cho’l kasalligi
” ko’p uchraydi. Cho’l kasalligiga chalinish natijasida ruhiy
hastaliklar ham yuzaga kelishi mumkin. Masalan tropik mamlakatlar aholisi
orasida astiniya kasalligi tarqalgan va uning vujudga kelishi mazkur
mamlakatlarning tabiiy sharoiti bilan bevosita bog’liq.
Inson slomatligini belgilashda joylarning tuproq xususiyatlari ham yetakchi
ahamiyatga ega. Chunki, tuproq tarkibida kasallik tug’
diruvchi bakteriyalar va
mikrorganizmlar hayot kechiradi. Tuproq turli xil mikroorganizmlar uchun makon
hisoblanadi. O’lat,tulyaremeya, gangrena singari ko’plab kasalliklarni tashuvchi
infektsiyalar aynan tuproqda yashaydi. Mashhur tibbiy geograf SHaalya o
’z
tadqiqotlarida sal
ьmonelezlarning vujudga kelishi va tarqalishini ko’proq tuproq
omili bilan bog’laydi. Tuproqni ifloslanishi o’z navbatida suvni ham ifloslanishiga
olib keladi. Tuproqdagi barcha mikroelementlar inson ogranizmiga suv orqali
o’tadi. S
huning uchun yirik aholi pukntlarida suv ichimlik suvi doimo xlor bilan
tozalanadi. Ayrim hollarda endemik buqoq kasalligini yuzaga kelishi suvning
tarkibidagi mikroelementlar bilan bog’liq. A.P.Vinogradov tadqiqotlaridan
ma’lumki, inson organizmi bir kecha k
unduzda 120 gramm yod qabul qilishi
kerak. Buning 70 grammi o’simlik mahsulotlaridan 40 grammini esa hayvon
mahsulotlaridan olinishi kerak.Demak, inson yodni asosiy qismini o’simliklardan
oladi. Yod moddasini esa o’simliklar suv orqali tuproqdan oladi. A.P
.Vinogradov
nazariyasiga ko’ra tog’ va kulrang tuproqlarda yod tanqisligi mavjud.
Nozogeografiya
. Tibbiyot geografiyasining asoslarini yaratishga katta xissa
qo’shgan yirik olim A.A.SHoshin (1962,s.82), nozogeografiya, ya’ni inson
kasalliklari geografiyasini tibbiyot geografiyasining tarkibiy qismlaridan biri
ekanligini ta’kidlagan.
Tibbiyot geografiyasining vujudga kelgan davridan boshlab, to hozirga
qadar bajarilgan tibbiy
—
geografik tadqiqotlarning aksariyatini bevosita
nozogeografiya
bilan
tushuntiri
sh ham yetarli bo’lmaydi. Vaxolanki,
«Nozogeografiyaning asosiy vazifasi inson kasa
liklarini geografik tarqalishining
umumiy
qonuniyatlarini
ochib
berish,
alohida
olingan
kasaliklarning
nozokomplekslari va nozoareallarini hamda ularning tadrijiy o’zgarishl
arini
aniqlash bilan belgilanadi. Demak, shunday qilib, tadqiqot ob’ektining o’ziga
xosligiga borliq h
olda, nozogeografiya tibbiyot geografiyasining mustaqil bo’limi
hisoblanadi» (SHoshin, 1962, C)83).
Umuman olganda, tibbiyot geografiyasi aholi va uning salomatlik xolati
bilan bog’liq bo’lgan barcha geografik jarayon va qonuniyatlarni o’rganar ekan,
bunda u eng avvalo, geografik muxitning aholi salomatligiga ta’sir ko’rsatuvchi
kompleks tabiiy va ijtimoiy-
iqtisodiy omillariga asosiy e’tiborni qaratadi. Ula
r
orasida, ayniqsa iqlim va atrof-
muhitning aholi salomatligiga ta’siri,
kasalliklarning tarqalishi, aholining joylashuvi, mehnat va turmush sharoitlari,
urbanizatsiya jarayonlari, regionning xo’jalik ixtisoslashuvi xususiyatlari, sog’liqni
saqlash soxasini rivojlanganlik darajasi va boshqalar juda muximdir. Hozirgi
davrda ayniqsa ijtimoiy - iqtisodiy xususiyatga mansub omillarning ahamiyati ortib
bormoqda. Ular orasida, avvalo, sog’liqni saqlash geografiyasi yoki salomatlik
geografiyasidan turib, sog’liqni
saqlash tazimining shakllanishi, rivojlanishi,
aholini salomatlik holatiga ta’siri kabi masalalar o’rganilgan izlanishlar muxim
ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi. Binobarin, tibbiy - geografik tadqiqotlarning
muxim ilmiy - amaliy natijasi xisoblangan tibbiy - geografik atlaslar qishloq
joylarda sog’liqni saqlashni xolati va rivojlaniga masalalari bo’yicha AP.Ayriyan
tomonidan Armanistonda, F.G.Grigoryev tomonidan esa Chuvashiyada (1976 y)
chop etilgan.
Nozogeografiyaning mohiyati va vazifalarini tushuntirishda kasallikning
o’zini mazmuni, kelib chiqish sabablari xaqida aniq ma’lumotlarga ega bo’lish
lozim. Bu borada ko’pgina tadqiqotlarni amalga oshirgan olimlarning (I.Sechenov,
S.Botkin, Anichkov, Petrov, I.Pavlov) fikricha, insonning kasallanishi, avvalo
o
’ziga xos biologik jarayon bo’lib, insonni atrof
-
muhit bilan o’zaro ta’sirida uning
xayot faoliyatini buzilishi yoki butunlay to’xtashi bilan bog’liqdir.
Inson kasalliklari turli -
tuman bo’lishi bilan birga, ularni keltirib chiqaruvchi
sabablar ham turlic
hadir. Shu jixatdan ularni o’rganish va bu boradagi bilimlarga
ega bo’lish kasalliklarning tarqalishini bartaraf etishda katta amaliy ahamiyat kasb
etadi.
Avvalambor, inson kasalliklarining kelib chiqish sabablarini o’rganish juda
muhim masalalardan biridir. Ammo, shu bilan birga kasalliklarning hududiy
tarqalishi qonuniyatlarini ochib berish kelajakda paydo bo’lishi (tarqalishi)
mumkin bo’lgan kasalliklar areallarini aniqlash ham dolzarb masalalardan biri
hisoblanadi.
Inson kasalliklarining kelib chiqishi
ob’ektiv omillar bilan chambarchas
bokliq. Bunda, eng avvalo insonni o’rab olgan atrof
- muhitning bosh rolini alohida
ta’kidlash kerak. Binobarin, Ye.N.Pavlovskiyning parazitar (yuqumli)
kasalliklarning tabiiy o’choqlari haqidagi g’oyasi (bilimlari) bir q
ator inson va
hayvon kasalliklarining geografik tarqalishi va evolyutsiyasi haqida ilmiy
asoslangan xulosalar olish imkonini berdi.
Nozogeografik tadqiqotlarda nafaqat kasalliklarning kelib chiqishi yoki
ularning tarqalishi qonuniyatlari, balki nozokomplekslar, nozoareallarni aniqlash,
tadkiq etish muxim masalalardan biridir. Ammo, amalda bunday nozoareallar,
ayniqsa nozokomplekslarni aniqlash murakkab va tadqiqotchidan chuqur
epidemiologik bilimlarni bilimlarni ham talab qiladi.
Nozokompleks bu, bir qato
r bo’g’inlarni (komponentlarni) o’z ichiga olgan
bir butun tizim sifatida tushunilishi mumkin. Ushbu bo’tinlarning xdr biri o’zaro
bevosita aloqadorlikka ega. Ulardan birortasining o’zgarishi dorhol boshqasiga o’z
ta’sirini ko’rsatadi. Inson kasalliklaridan birortasiga mansub bo’lgan
nozokompleks bir tomondan, kasallikni vujudga keltiruvchi (chaqiruvchi) shart
—
sharoitlarni va ikkinchi tomondan, aynang shu kasallikni qabul qilishga moyil
organizmni o’z ichiga qamrab oladi. Jumladan, endemik buqoqqa xos bo’
lgan
nozokompleks, eng avvalo ushbu kasallikka moyil bo’lgan inson organizmi hamda
suv va oziq
—
ovqat mahsulotlarida yod moddasini yetishmasligini o’z ichiga
oladi. Nozokomplekslarni, ayniqsa yuqumli kasalliklar bo’yicha ko’plab ajratish
mumkin.
Nozokompl
ekslarning komponentlari va ular o’rtasidagi o’zaro aloqadorlik
sodda (inson
—
suv yoki oziq
—
ovqatda yodning yetishmasligi) yoki murakkab
(atrof muxitning ikki, uch va undan ortiq komponentlari va inson organizmi)
ko’rinish (tur)larga ega. Murakkab nozokomplekslarga, ko’pincha inson parazitar
kasalliklari bilan bog’liq bo’lgan (bezgak, leyshmanioz, kana entsefaliti va b.) larni
kiritish mumkin. Muayyan hudud doirasidagi turlicha nozokomplekslar, bevosita
inson kasalliklari bilan aloqador bo’lgan nozogeograf
ik vaziyatning u yoki bu
holatini belgilashda muhim rol o’ynaydi.
Nozogeografik vaziyatning bosh mezonlari va ko’rsatkichlariga aholining
o’rtacha umr ko’rishi, umumiy va bolalar o’limi darajasi, aholining kasallanishi,
turli mamlakat va rayonlardagi ekologik, sanitariya -gigiena va epidemiologik
xolatlar kiradi. (Soliyev, Komilova, 1999, s.12)
Zamonaviy nozogeografik tadqiqotlarni kasaliklarning nozoareallarini
(tarqalish hududlarini) o’rganmasdan tasavvur qilib bo’lmaydi. Demak, nozoareal
-
bu aholi oras
ida muayyan bir kasallik turi xisobga olinayotgan yoki paydo bo’lishi
mumkin bo’lgan hududni o’z ichiga oladi. Ularning vujudga kelishi, maydoni,
chegaralari tabiiy
—
geografik, ijtimoiy -
iqtisodiy omillar ta’sirida turlicha
shakllanadi.
Alohida olingan
inson kasalliklari nozoareallarining tadrijiy o’zgarishlarini
tadqiq etish natijasida ularning vujudga kelishi sabablari o’rganilib, tarqalishi
mumkin bo’lgan hududlar aniqlanadi. Bu esa, kasalliklarning avvaldan qachon va
qaerda paydo bo’lishini bilishda
va ularga qarshi tibbiy chora
—
tadbirlarni amalga
oshirishda katta ahamiyatga ega.
Turlicha inson kasalliklarining nozoareallarini o’zaro hamda atrof
-muhit
omillari va shart -
sharoitlari bilan taqqoslash, o’z navbatida ularning vujudga
kelishi, hozirgi h
olati va kelgusidagi o’zgarishlari qonuniyatlari haqida xulosalar
olish imkonini beradi.
Nozogeografiyaning ichida ayrim kasalliklarni kelib chiqishini tarixiy
davrlar mobaynida o’rganuvchi tarixiy nozogeografiya yo’nalishi ham mavjud.
Hozirda, tibbiyot geografiyasi tarkibida mintaqaviy (regionalnaya) tibbiyot
geografiyasi shakllanib bormoqda (Keller, 1989, s.12). Bu yo’nalish bo’yicha
ko’plab nozogeografik tadqiqotlar sobiq Ittifoqda amalga oshirilgan.
O’zbekistonda esa buiday tadqiqotlar jumlasiga, N.Komi
lova tomonidan bajarilgan
dissertatsiyani kiritish mumkin. Binobarin, Buxoro viloyati nozogeografik vaziyati
masalalari yoritilgan ushbu ish Uzbekistonda nozogeografiya bo’yicha amalga
oshirilgan ilk tibbiy
—
geografik tadqiqotdir.
Inson kasalliklarining kelib chiqishi va tarqalishida yoki nozokomplekslar va
nozoareallarni vujudga kelishida kasalliklarning rivojlanishi bilan atrof-muhit
omillari orasida uzviy aloqadorlik mavjud. Bunda atrof-muhitning tabiiy va
ijtimoiy
—
iqtisodiy omillarini yetakchi rolini
alohida ta’kidlash lozim.
Inson kasalliklari va uning turlicha nozokomplekslari va nozoareallarini
vujudga kelishi va tadrijiy o’zgarishlariga ta’sir ko’rsatuvchi omillarga quyidagilar
kiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |