O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti magistratura bo’limi kurs ishi mavzu: Informatika fanidan mustaqil ishlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi Bajardi
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NAVOIY DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI MAGISTRATURA BO’LIMI
KURS ISHI Mavzu: Informatika fanidan mustaqil ishlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi Bajardi: 5A110102-Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisiligi 1-kurs magistranti Sharipova Zebiniso Furqat qizi
lmiy rahbar: f.-m.f.m. G’.R.Yodgorov
NAVOIY-2021.
Mundarija
Kirish 3
Oliy o’quv yurtlarida mustaqil ishlarni tashkil etish va nazorat qilish shakllari va usullari 5
Informatika fanidan mustaqil ishlarni tashkil etish va o’tkazish metodikasi 21
Zamonaviy o’qitish metodlari va ularning informatika faniga tadbiqi 26
Xulosa va yakunlash 35
Foydalanilgan adabiyotlar 36
Kirish
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 21-martdagi “Zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-1730 sonli qarori Respublikamizda axborot-kommunikasiya texnologiyalari taraqqiyotida yana bir muhim bosqich bo’lib qoladi. Prezidentimiz I.Karimov XXI asrni ma’naviy-ma’rifat asri, ilm-fan madaniyat va axborotlar asri deb ta’riflar ekan, bu bilan hozirgi davrning muhim belgisi va xususiyatini ham belgilab berganini payqab olish qiyin emas.
Hozirgi paytda ta’lim jarayonini avtomatlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ta’lim jarayonini avtomatlashtirishning qulay vositalaridan biri kompyuter texnologiyalaridan foydalanishdir. Kompyuterlarning keng qo’llanilishi o’qituvchilar tomonidan metodik qo’llanmalarni tayyorlashdagi murakkabliklarni bartaraf qilish va bu jarayonni avtomatlashtirish imkonini beradi. Turli xil ―elektron o’quv uslubiy majmualar, metodik qo’llanmalarning kompyuterda taqdim etilishi ko’pgina afzalliklarga ega.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalaridagi axborot ta’lim muhitiga o’zaro axborotli ta’sir muhiti sifatida qaralib, talabalar, magistrantlar hamda ilmiy izlanuvchilarning axborotga, maxsus apparat va dasturiy vositalarga bo’lgan talab-ehtiyojlarini qondirish maqsadi ko’zda tutiladi.
Jamiyat taraqqiyotining muhim sharti kadrlar tayyorlash tizimining mukammal bo’lishi, zamonaviy iqtisod, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalar asosida yuksalish bilan belgilanadi. Yosh avlodga ta’lim - tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan ko’nikma, malaka, bilimlarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ana shu ustuvor vazifalarni amalga oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi.
Biz mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab ta’lim sohasida eski yondashuvlardan butunlay voz kechib, yangicha tamoyillarga, milliy qadriyat va an’analarimizga, ilg’or jahon tajribasiga asoslanib, hayotimizni tub yangilash, uzoq va davomli maqsadlarimizni amalga oshirish uchun ta’lim - tarbiya sohasiga ustuvor ahamiyat qaratib, bor kuch va imkoniyatlarimizni shu yo’lda safarbar etmoqdamiz.
Shu sababli innovatsion texnologiyalar sharoitida informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish informatika o’qituvchisining metodik tayyorgarligining tarkibiy qismlariga muayyan o’zgartirishlar kiritish, uning mazmunini yangilash informatikadan dars samaradorligini oshirishda innovatsion usullardan foydalanish yo’llarini ishlab chiqish lozim.