O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi nammti akademik litsey



Download 12,09 Mb.
bet44/50
Sana31.05.2022
Hajmi12,09 Mb.
#622764
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50
Bog'liq
1-kurslarga murabbiylik soati konspekti 2021

Imzo:________________
Sana:_________________________
30-Mavzu:Biz kimmi, qanday buyuk zodlarning avlodimiz.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z huquqlarini bilishi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash .
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Ajdodlarning buyuk kashfiyot va g‘alabalari bilan faxrlanish, o‘tmishdan qahramon axtarish, ular nomini abadiylashtirish, ularga bag‘ishlab anjumanlar o‘tkazish, ularni dunyoga tanitishga intilish chorak asrlik mustaqilligimiz davridagi muhim tendensiyalardan bo‘ldi desak, mubolag‘a emas. Mustaqillikni endi qo‘lga kiritgan millat uchun bu ham kerakdir, ehtimol. Zero, milliy birlik, milliy g‘urur, milliy o‘zlik shakllanishida shonli o‘tmish haqidagi tasavvurlar, narrativlar muhim ahamiyatga ega. Tabiiyki, mazkur jarayon ajdodlardan shunchaki faxrlanish bilan cheklanmaydi. Ulardan meros qolgan an’ana, odat, qadriyatlarni asrab-avaylashga ham e’tibor qaratiladi. Xo‘sh, buning nimasi yomon? Albatta, yomon emas. Ammo me’yor buzilsa, ijobiy tendensiya ham salbiylik kasb etib, taraqqiyot yo‘lidagi g‘ovga aylanadi.
Inson mudom faxrlanish, g‘ururlanishga sabab bo‘luvchi nimalarnidir izlab yashashga mahkum. Deylik, ayrim odamlar o‘z kuchi, bilimi, mansabi, boyligi yoki tarbiyalab voyaga yetkazgan farzandi bilan faxrlanadi. Mahalla yoki qishloq ahli o‘zlaridan chiqqan sportchi yoki biror saxovatpesha bilan g‘ururlanadi. Xuddi shu kabi butun boshli millatlar ham o‘ziga faxr-iftixor obyektini, qahramonlar “panteoni”ni yaratib oladi. Bunga tabiiy bir ehtiyoj bor. Ba’zida “panteon” o‘z-o‘zidan shakllanadi, ba’zida hukumatlar bunga bosh-qosh bo‘ladi. Shukrki, boy bir “panteon”imiz bor – Shiroq, To‘maris, Spitamen, Mahmud Torobiy, Jaloliddin Manguberdi, Amir Temur, Navoiy, Bobur… Yoki aqlu zakovatda tengi yo‘q Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino… Bu nomlarni yuksak minbarlarda so‘zlangan nutqlardan tortib maktab darsliklariga qadar uchratish mumkin. Hatto nomi eslanayotgan zotlar haqida tayinli bir narsa bilmasak, deylik, biror kitobini o‘qimagan bo‘lsak ham, ismini takror-takror, o‘rni kelsa-kelmasa aytaveramiz. Ularning hayoti, qilgan ishlari, yozgan asarlariga tanqidiy munosabat xush qarshilanmaydi. Zero, siz bu bilan millat “panteon”iga til tekkizgan bo‘lasiz. Mayli, bu – boshqa masala. Hozircha biz turli davrlarda yashagan avlodlar o‘rtasidagi axloqiy munosabat haqida so‘zlamoqchimiz. Chunki ayni shu masala ajdodlarga bo‘lgan munosabatimizning axloqiy mag‘zini “chaqib beradi”. Turli davrlarda yashagan, bir-birini ko‘rmagan insonlar o‘rtasida qanday axloqiy munosabat bo‘lishi mumkin?
Bir davrda yashayotgan insonlarning o‘zaro axloqiy munosabatlarini “huquq” va “burch” tushunchalarida jamlash mumkin. Bizga birov nimanidir sotsa, u o‘z haqini olishga huquqli, biz esa unga o‘sha haqni berishga burchlimiz. Ota-onamiz bizni boqib, tarbiyalagan, demak, bizda ularning haqi bor, biz esa ular oldida burchlimiz. Hattoki bir-birini mutlaqo tanimaydigan kishilar o‘rtasida ham huquq-burch munosabatlari mavjud. Ko‘chada bir bog‘lam pulimizni tushirib qoldirsak, orqadan kelayotgan kimdir bizni bundan ogoh etadi. Biz yaxshiligi uchun o‘sha odamdan qarzdormiz, ammo bu qarzimizni uning o‘ziga qaytarmaymiz. Ikkinchi bir kishi biz kabi pulini tushirib qoldirganda uni ogohlantirish orqali o‘sha birinchi odam oldidagi axloqiy burchimizni o‘taymiz. Bizga rost gapirgan har bir kishi oldidagi qarzimizni o‘zgaga rost gapirib uzamiz. Universitetda o‘qiganimizdagi shartnoma pulini to‘lab bergan saxovatpesha inson oldida ham qarzdormiz va bu qarz bir kun kelib mutlaqo boshqa bir insonga yaxshilik qilish bilan qaytariladi. Shu ma’noda, barcha axloqiy masalalar ma’naviy oldi-berdi, huquq va burchdan iborat. Endi shu qarashni avlodlar o‘rtasidagi munosabatga tatbiq etsak-chi? Deylik, Navoiydan bizga “Xamsa”, temuriylardan esa biz bugun maqtanib yurgan obidalar meros. Yoki buni umuminsoniy miqyosda ham aytish mumkin: Shekspir pyesalarni, Betxoven simfoniyalarni, Nyuton gravitatsiya qonunini, Darvin “Tabiiy tanlanish nazariyasi”ni, Eynshteyn va Puankare nisbiylik nazariyasini qoldirdi. Zamondoshimizning biror yaxshiligi bois undan qarzdor bo‘lamiz-u, o‘tmish ajdodlar qoldirgan moddiy va ma’naviy meros uchun nega ulardan qarzdor bo‘lmaylik?! Ziyrak o‘quvchi tushundiki, men yuqorida ta’riflaganim axloqiy munosabatlar avlodlar o‘rtasida ham bor. Ayni shu mulohazalarga tayanib, ajdodlardan faxrlanish masalasini ham ko‘rib chiqish mumkin.



Download 12,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish