O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi nammti akademik litsey



Download 12,09 Mb.
bet45/50
Sana31.05.2022
Hajmi12,09 Mb.
#622764
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
1-kurslarga murabbiylik soati konspekti 2021

Imzo:________________
Sana:_________________________
31-Mavzu:Mening kelajakdan maqsadim.
Maqsad:O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, o`z huquqlarini bilishi, O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga hurmat ruhida tarbiyalash .
Natija:O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi

Mening maqsadim… (Esse) Respublikamizda har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish jamiyatimiz oldida turgan eng muhim va dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi. Xususan o`quvchilarning ma`naviy dunyosini har tomonlama boyitish va uni to`g`ri shakllantirish, ularni odob- axloqli, go`zallikni qadirlaydigan qilib tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu o`rinda maktabda tasviriy san`at darslarining o`rni beqiyos kattadir “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ta`lim mazmuniga pedagogik va axborot texnologiyalarini keng qamrovda olib kirish vazifasi qo`yilgan edi.Hozirgi kunda pedagog uchun nafaqat professional mahorat,uning faoliyatini osonlashtiradigan dasturiy-texnik vositalarni o`zlashtirish va qo`llash,balki o`qitishi lozim bo`lgan fanga oid intellektual va ijodiy masalalarni hal eta oladigan dasturlardan foydalanish ham muhimdir. Texnologiya tushunchasi yunoncha so`z bo`lib,san`at,mahorat degan ma`nolarni anglatadi.
Yunon tili (yunon. Ελληνικά [ɛliniˈka]) - yunon tili tarixidagi dastlabki bosqichda - mil. av. 14- 12-asrlardan mil. 1 -4-asrlargacha amalda boʻlgan (hoz. oʻlik) til; greklarning qadimiy tili (yana q. Yunon tili).
Ta`lim texnologiyasi tushunchasi esa ta`lim berish san`ati,ta`lim berish mahorati degan ma`nolarni ifodalaydi.Yangi pedagogik texnologiya deyilganda ta`lim berish san`atini ishga solib,uni samarali tashkil etish ,uni jahon andozalari darajasiga ko`tarish tushuniladi. O`quvchilarga tasviriy san`at fanini o`rgatish,ularni tarbiyalash,malakasini har tomonlama oshirish vazifasidan kelib chiqib,bilish nazariyasiga asoslanib,o`z tamoyillarini ishlab chiqish lozim.Bu tamoyillar umumdidaktik tamoyillardan tashqari tamoyillar bo`lib,o`qituvchi va o`quvchi o`rtasidagi o`quv mehnatning yo`nalishlarini belgilab beradi. Tasviriy san`at darslarida asosiy diqqat bolaning rasm chizishiva uni turli ranglarda ishlashni tarkib toptirish ,ya`ni ranglardan to`g`ri foydalanish malakalarini shakllantirishga qaratilgan.Ta`limda yangi ilg`or pedagogik texnologiyalarni joriy etish ustuvor masala.Ta`limning bu usuli o`quvchini faollashtiradi.Bu esa mavzuning ongli o`zlashtirishga yordam beradi.Mashg`ulot jarayonida muammoli ta`limni amalga oshirish ham shu maqsad yo`lida xizmat qiladi. Men o`qituvchiman.Men 30 yildan buyon o`qituvchilik qilaman .Ish faoliyatim davomida darslarni samarali o`tishi ,o`quvchilar faol bo`lishi uchun har bir darsimga puxta tayyorlanaman. O`quvchilar ongida bo`shliq bo`lmasligi uchun harakat qilaman.Mening vazifam malakali,yetuk,har tomonlama barkamol insonlarni tarbiyalashdir. Ma`lumki ,pedagogik texnologiya o`quvchini mustaqil o`qishga,bilim olishga qiziqtirish, fikrlashni o`rgatishga xizmat qiluvchi jarayondir.
Harakat - borliqnint ajralmas xususiyati boʻlgan oʻzgaruvchanlikni (q. Barqarorlik va oʻzgaruvchanlik) ifodalovchi falsafiy kategoriya. H. tushunchasi imkoniyatlarning voqelikka aylanishini, roʻy berayotgan hodisalarni, olamning betoʻxtov yangilanib borishini aks ettiradi.
Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir.
Darhaqiqat, har bir dars,har bir mavzuning o`ziga xos texnologiyasi mavjud. Men o`qituvchi bo`lib shuning uchun ishlayman... Har bir insonning hayotda o`z oldiga qo`ygan maqsadi,ana shu maqsad asosida tug`ilgan orzulari,orzularga erishish uchun harakatning vujudga kelishi,natijada qaysidir kasb yoki hunarning etagidan tutishni xohlaydi.Men ham o`z orzularimning ijobatini ayni shu kasbim-o`qituvchilik sohasida topishni xohladim.Chunki barkamol avlodni tarbiyalash har qanday kasb egasiga ham nasib qilavermaydi.Men o`z xarakterimda bolajonlikni ,yosh avlodga mehr-muhabbatli bo`lishni ko`raman.Shuning uchun bo`lsa kerak,o`qituvchilik kasbini tanladim. Hozirgi kunda o`qituvchidan yuksak dunyoqarash hamda kuchli bilim talab qilinadi. O`qituvchi nafaqat o`z kasbining ustasi,balki zamon bilan hamnafas bo`lishi lozim. Shunday ekan,o`qituvchi bugun ”qotib qolmasligi”kerak.Doimo harakatda va ialanishda bo`lishi lozim. Mening pedagogik dunyoqarashim... Men zamon talabi bilan hamnafas fikr yurituvchi yosh avlodni chin insoniy fazilatlarni o`zida mujassam etgan inson sifatida tarbiyalashga ahd qilgan insonni haqiqiy pedagog deb bilaman.Chinakam pedagog doimo izlanishda bo`lishi kerak. Tasviriy san`at o`quv fani madaniyatimizning tarkibiy qismlaridan biri sifatida o`quvchilariga badiy- estetik didning uyg`un rivojlanishiga hizmat qiladi va o`quvchi shahsi uchun muhim bo`lgan ijodiy qobilyatni shakllantiradi . O`quvchilar tevarak atrofni, borliqni kuzatib, uni ongli idrok etsagina, ularning estetik his tuygu`lari shunchalik barqaror bo`ladi. O`rta maktab talimda tasviriy san`at fanining o`rni beqiyosdir.Prezidentimiz ta`kidlaganidek ”Dunyodagi jamiki ezgu fazilatlar inson qalbiga avvalo,tasviriy san`atning betakror jozibasi bilan singadi.Demak,o`quvchilarga o`tmish madaniyatiga ,ona zaminiga ,vatanparvarlik,insonparvarlik g`oyalari avvalo, tasviriy san`atni o`qitish jarayonida amalga oshiriladi.Bugungi kun pedagogi darslarda manzularni rasmlar, video lavhalarkompyuterlar orqali yoritib berishga harakat qilishi lozim.
Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama.
AKTdan dars jarayonida shuning uchun foydalanaman... Mamlakatimizda uzluksiz ta`lim tizimi islohi ko`p jihatdan o`qituvchi faoliyatiga,uning kasbiy nufuzini oshirishga bog`liq. Pedagogik mahorat,o`qituvchiga o`quv faoliyatiga ham,o`qishdan tashqari faoliyatda ham zarur bo`lgan umumiy pedagogik malakalar majmuidir.Yosh avlodga to`g`ri ta`lim-tarbiya berish vazifasini malakali pedagogik mahorat hamda nutq madaniyatiga ega bo`lgan o`qituvchi kadrlar to`laqonli amalga oshirishi mumkin. O`quvchining yetuk kasb egasi sifatida shakllanishida uning shaxsiy sifatlari muhim ahamiyatga ega.Shaxsiy sifatlar individning oila va uzluksiz ta`lim tizimida,asosan,adabiy ta`lim orqali oladigan tarbiyasi jarayonida rivojlantiriladi. XXI asr axborot texnologiyalari asri.O`qituvchi turli yangiliklardan,internet,Ziyonet ta`lim portali,uzedu.uz,kitob.uz saytlari orqali tanishib borishi lozim. Ma`lumki,pedagogik texnologiya o`quvchini mustaqil o`qishga ,bilim olishga qiziqtirish,fikrlashga o`rgatishga xizmat qiluvchi jarayondir.Axborot kommunikatsiya texnologiyaning darsda qo`llanilishi zamon talabi hisoblanadi.Darsda AKTdan foydalanganda o`quvchi faol bo`ladi,o`quvchining zerikishga vaqti bo`lmaydi.Til va adabiyot metodikasida yangi texnologiyalarni qo`llash va interfaol usullardan foydalanish yaxshi samara beradi.




Download 12,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish