O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti fiziologiya va valeologiya asoslari kafedrasi valeologiya asoslari



Download 3,62 Mb.
bet30/109
Sana27.05.2022
Hajmi3,62 Mb.
#610713
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109
Bog'liq
Valeologiya yangi 2019

Surunkali ichkilikbozlik va
Alkogolizm nima?
SAVOL: Surunkali ichkilikbozlik nima?
JAVOB: Surunkali ichkilikbozlik deganda kishi haftasiga bir necha marta yoki kunda ichishga ruju qilsa unday kishini ichkilikboz deyiladi va u agarda davom-etaversa surunkali ichish deyiladi.
SAVOL: Alkogolizm deganda nimani tushunish kerak?
JAVOB: Alkogolizm - bu alkogol yoki alkogolli ichimliklardan doimo ichishga o’rgangan va usiz turaolmaydigan bo’lib qolgan, hamma vaqt dardi fikri alkogolli ichimliklardan ichishdan iborat hayot tarziga mubtalo bo’lgan, jismonan va ruhan odamgarchilikdan chiqqan kishining turmush tarzi tushiniladi. Bundan qutilish ancha mushkullashgan, og’ir, yaramas dard-xastalik hisoblanadi. Bunday bemorlar narkologik markazda va psixiatrik kasalxonalarda davolanadi.
SAVOL: Xumorilik nima?
JAVOB: Xumorilik ichkilikni muntazam ichadigan kishilarda bo’ladigan, nohush belgilardan hisoblanadi. Bunday holat ichish, chekish, narkotik va psixotrop moddalarni qabul qilmay qo’ysa yoki yo’qligidan iste’mol qilishlik to’xtatilsa paydo bo’ladi. Uni «Xumorilik belgisi» (Abstsinent sindrom) deyiladi. Belgisi - ichgan kishida ertasi kuni ushbu belgilar yuzaga keladi: umumiy loxaslik kuzatiladi, azoyi badani zir qaqshaydi, boshi og’riydi, boshi aylanadi, betoqat bo’ladi, ko’ngli aynib, qusadi. Uyquga to’ymaydi. Hadiksiraydigan bo’lib qoladi. Qo’rqoq bo’ladi. Ko’ziga har xil narsalar ko’rinadi (gallyutsinatsiya holati)...
Qon tanadagi hujayra va to’qimalarni kislorod bilan ta’minlaydi, hujayralardagi ishlatilgan va zararli moddalar esa, aksincha, qonga o’tadi. Keyinchalik qon o’pka, jigar va boshqa organlardan o’tganida bu moddalar tashqariga chiqarib yuboriladi. Alkogol organizmda to’planib, mazkur moddalarning almashinuvini buzadi.

Alkagol jigarni ishdan chiqaradi:


a- sog’lom kishining jigari; b-alkogolikni yog’ bosib, o’zgarib ketgan jigari; v- jigar tsirrozi- alkogollikni mujmaygan jigar jigari tuzatib bo’lmaydigan darajada o’zgargan.
Alaxlaydi, qo’llari qaltiraydi, bir narsani yuqotganday qidiradi, topolmaydi, chunki o’zi bilmaydi. Tez-tez fikriga aroq keladi, qidiradi, bo’lsa ichadi, bo’lmasa qanday bo’lmasin, hatto o’g’rilik va qabix ishlardan ham tortinmaydi, spirtli ichimliklardan qanday bo’lmasin topib ichadi. So’ngra biroz o’ziga keladi. Ichkilikboz va algogoliklarda "xumorilik" doimiy belgi hisoblanadi.
SAVOL: Alkogolizmni paydo bo’lishi va belgilari nimadan iborat?
JAVOB: Spirtli ichimliklarni ko’p va muttasil ichish oqibatida surunkali ichkilikbozlik - alkogolizm paydo bo’ladi. Uning quyidagi 4 ta bosqichi - davri tafovut etiladi.
Birinchi bosqich - boshlang’ich yoki nevrostenik bosqichida odam alkogolli ichimliklarga mayl qo’yadi va cag’alra mast bo’lib qoladi.
Ichkilik miqdorini borgan sari oshirib boradi - u endi ko’proq ichadigan bo’lib qoladi. Keyinchalik uning tinka-madori quriydigan, serzarda, emotsional (xayajon) beqaror, yomon uxlaydigan, vaqtidan erta yyg’onib ketadigan va ishga yaroqsiz bo’lib odamiylik qiyofasi salbiy tomonga o’zgara boradi. Spirtli ichimliklar ichishda o’zini boshqarolmaydi - nazorat yo’qoladi.
Ikkinchi bosqich - ya’ni narkoman bo’lib qolishdir. O’rtacha yoki ruju qilish odam bu bosqichda alkogolli ichimliklarga ruju qilib, qancha ichayotganini bilmaydigan bo’lib qoladi. Vaqt o’tishi bilan ruhiy holati izdan chiqa boradi, ichki a’zolari va nerv tizimi shikast topadi. Birinchi bosqichdagi qayd etilgan belgilardan ayrimlari hamon davom etaveradi. Bu davrda jismonan alkogolga intilish "xumorilik sindromlarining" paydo bo’lishi. Endi organizmning zaharlanishi unga intilishga majbur qiladi. Alkogolga "ochlik" hissiyoti tug’iladi. Organizmning ko’pchilik tizimida, a’zolar faoliyatining birin-ketin izdan chiqa boshlashi kuzatiladi. Ertalabdan ahvoli yomonlashadi, terlaydi, boshi og’riydi, umumiy bo’shashishlik, qusish, ich ketish, qo’llarining titrashi, badanining qaqshab og’rishi, pulsining notekis o’zgarishi kabilar bilan kechadi. Buni yo’qotish uchun u qatiq (kefir), pomidor soki, tuzlangan bodring, vanna yoki dush qabul qilish bilan tarqatishga harakat qiladi. Ammo bular uzoqqa bormaydi va u yana alkogol ichish bilan o’zini asrashga harakat qiladi.
Uchinchi bosqich - og’ir, uchchiga chiqqan yoki entsefalopatik bosqich, ya’ni u ruhan va jismonan insongarchilikdan chiqqan davr. Odam bu bosqichda o’zini to’xtatolmaydigan nazoratni yo’qotgan holga tushib, ketma-ket surunkasiga ichaboshlaydi. Endi ichkilikni ko’taraolmaydigan bo’lib qoladi. Oxiri nerv faoliyatida buzilishlar yuzaga keladi. Ichki a’zolari va nerv tizimi turli xil dardlarga chalinadi. Aksariyat hollarda, "ALKOGOL PSIXOZI" ro’y beradi. Gallyutsinatsiya (yo’q narsaning bor bo’lib ko’rinishi), qo’rqish, alaxlash yuzaga keladi. Muttasil hadiksiraydigan, tashvishlanadigan, nohaq rashklanadigan bo’lib qoladi. Dahshatli tushlar ko’radi. Talvasaga tushadi, barmoqlarining titrashi kuchaya boradi. Dahshatli gallyutsinatsiya va eshitishlar paydo bo’lib, unga azob bera boshlaydi, buni "OQ ALAHLASh" deyiladi. Ko’p terlaydigan, titrashi davom etadigan bo’lib qoladi. Jinsiy jihatdan mijozi susayib ketadi (impotentsiya), quvvatsizlanadi, aqliy va jismoniy ojiz bo’lib qoladi. Uning tashqi ko’rinishini ko’rgan har qanday odam undan yiroqlashishga harakat qiladi. Shuningdek ichkillikka mubtalo bo’lish alkogol ta’siriga chidamlilikning pasayishi, natijasida organizmda og’ir nerv-psixik buzilishlar yana xarakterli tomoni o’z-o’zini tanqid qila bilmaslik tufayli ichimlikka muttasil berilib ketadi. Piyanistalikka xos, xususiyatni arab ma’rifatchisi Al-FARADJI chiroyli qilib, shunday ta’riflaydi: "Vino, aroq ichgan kishi to’rtta xususiyatga ega bo’ladi: boshlang’ich davrda tustovuq kabi tovlanadi – gerdayib, maqtonchoqlik va viqor bilan asta-sekin qadam tashlaydi yoki o’ltirgan bo’lsa atrof tevarakka alanglaydi. So’ngra maymun sifat harakatlar bilan, barcha bilan hazillashib o’ynashadi, ashula aytadi yoki yig’laydi «men etimmanmi…» deydi. Uchinchi davrda u o’zini sherdek bilib, maqtonchoqlik bilan gerdayib, o’z kuchiga yuqori baho beradi va oxirgi to’rtinchi bosqichda u cho’chqaga aylanadi – o’zini bilmay balchiqda yotib qoladi». Ajoyib o’xshatish, shunday emasmi?!
To’rtinchi bosqich - yuqorida qayd etilgan barcha belgilar chuqurlashadi. Ozgina miqdorda alkogolli ichimlik ichsa ham unga juda yomon, salbiy ta’sir etadi, biroz ko’proq ichsa ahvoli og’irlashadi va ichimlikning miqdori biroz oshsa ham kuchli-yomon ta’sir etadi. Miyasiga qon quyiladi (insult). Hushidan ketadi, umumiy narkoz holatiga tushib, nafas markazining falaji tufayli dunyodan ko’z yumadi.
Endigi har bir alkogol iste’mol qilishlikdan so’nggi to’xtatish vaqtida yuqorida qayd etilgan "xumorilik sindrom"larining barcha belgilari kuzatiladi va borgan sari og’irlashadi, psixoz holatlari paydo bo’ladi va u 10-12 soatlar davom etadi. O’zicha o’tib ketishi mumkin. Alkogolizmning vaqti o’tgach zo’riqqan shakllari 7 kunlar davom etadi. Ichkilik ichish davom etaveradi, insoniylik xususiyatlari yo’qolaboradi, yanada jismonan va ruhan izdan chiqa boshlaydi, turli og’ir turdagi gallyutsinatsiyalar paydo bo’ladi, oxiri o’zini-o’zi o’ldirishga urinishlar kuzatiladi. Alkogolikning umri qisqara boradi. Biror sabab bilan hayotdan erta ko’z yumadi.
Ilmiy ma’lumotlarga ko’ra ichkilikbozlik oqibatida bo’ladigan o’lim, yurak-tomirlar xastaliklari va rak kasalligidan keyin, alkogolizm uchinchi o’rinni egallaydi.

Download 3,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish