Tayanch so’z va iboralar: Valeologiya, V.N.Vayner,o rganizm tuzilishi, irsiy mexanizm, tibbiy – gigienik madaniyat, Aqliy va jismoniy ishchanlik, OİV/OİTS, Mikroelementlar, Patologiya, Gigiena, statistik tekshiruv.
1.Valeologiya fanining tarixi,asoschilari.
«Valeologiya» lotincha so`z bo`lib, valoe-«salomatlik», «sog’lom bo`lish» ma`nosini anglatadi. Bu atamani birinchi bo`lib K.I.Brexman 1987 yilda kiritdi. Valeologiya fan va o`quv predmeti sifatida keng e`tibor qozonmoqda.
Darslik mualliflaridan biri V.N.Vayner (2001) ning fikricha «Valeologiya» oliy o`quv yurtlarida asosiy o`rinlardan birini egallaydi.
Valeologiya talabalarda jismoniy tarbiyaning nazariy, amaliy va mustaqil mashg’ulotlariga ongli barqaror va pozitiv munosabatlarini shakllantirishga yo`naltirilgan bo`lib salomatlikni yaxshilaydi, o`quv jarayonlarining unumdorligini oshiradi, jismoniy madaniyat elementlarini shakllantiradi.
Ayni paytda ushbu fan O`zbekiston respublikasining “Jismoniy tarbiya va sport to`g’risidagi qonuni va ” sog’lom avlod uchun nodavlat halqaro jamg’armasi belgilagan vazifalar bajarilishini ta`minlaydi. “Sihat-salomatlik yili” dasturini bajarish bo`yicha Vazirlar maxkamasining 2005 yil 25 yanvardagi qarorida jismoniy tarbiya institutida, universitet va institutlarning jismoniy tarbiya kafedralarida “Valeologiya asoslari ” fanining kritilishi ko`rsatilgan.
Valeologiya organizm tuzilishi va vazifalari, uning xarakat imkoniyatlari, jismoniy xolatini takomillashtirish, salomatlikni saqlash va yaxshilash, sog’lom xayot tarzi bo`yicha bilim va ko`nikmalar tizimini o`rganish, muntazam jismony mashklarni bajarishga extiyojini mustaxkamlashga yo`naltirilgan. Valeologiya - inson salomatligi, uni mustahkamlash yo`llari, aniq sharoitlarda inson hayotiy faoliyatini shakllantirish va saqlash haqidagi bilimlarning fanlararo yo`nalishidir. O`quv fani sifatida u inson salomatligi va sog’lom hayot tarzi haqidagi bilimlar majmuasini tashkil etadi. Valeologiya – salomatlik yoki qanday kilib sog’lom bo`lish mumkinligi haqidagi fan bo`lib, tibbiyot fanidan tubdan farq qilida. Tibbiyot o`z oldiga turli kasalliklar tabiati, ularning kelib chiqish sabablari, kasalliklarni oldini olish va davolash vazifalarini qo`ysa, valeologiya salomatlik tabiati, sog’lom bo`lish omillari va mexanizm masalalarini echadi . (V.P.Kaznacheev, 1977).
Ushbu fan oliy ta`limning ekstensiv axbarot tizimidan intensiv- fundamental tizimiga o`tishiga asoslangan yangi kontsepsiyasining tadbiq etishga yo`naltirilgan
Valeologiya predmeti –individual salomatlik va inson salomatligi zaxiralari, shuningdek sog’lom xayot tarzi demakdir. Valeologiyaning turli kasalliklarining oldini olishni tavsiya etuvchi profilaktik meditsinadan asosiy farqi xam shundadir (V.N.. Vayner. 2001).
Valeologiya organizm tuzilishi va vazifalari, uning harakat imkoniyatlari, jismoniy holatini takomillashtirish, salomatlikni saqlash va yaxshilash, sog’lom hayot tarzi bo`yicha bilim va ko`nikmalarni tizimini o`rganish, muntazam jismoniy mashqlarni bajarishga ehtiyojini mustahkamlashga yo`naltirilgan faoliyat sifatida ko`rib chiqiladi.
Valeologiya anatomiya, fiziologiya, psixologiya, sotsiologiya, falsafa, matematika, kibernetika va boshqa fanlar bilan chambarchas bog’liqdir. Valeologiyaning yuqorida qayd etilgan fanlar bilan bog’liqligi haqida keyinroq aniq vazifalarini bayon etishda so`z yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |