6. Buyrak usti bezi
Buyrak usti bezi buyrak ustida joylashgan bo’lib, uzunligi 40-60 mm,
balandligi 20-30 mm, qalinligi 2-8 mm, og’irligi 12-13 g (9-rasm). Yangi tug’ilgan
119
bola buyrak usti bezini bittasini og’irligi 8-9 g, o’lchamlari: ko’ndalangiga 3,3-3,5
sm, qalinligi 1,2-1,3 sm, balandligi 2,3-2,8 sm. Yangi tug’ilgan bola buyrak usti
bezida po’stloq qismi yaxshi, mag’iz qismi esa kam rivojlangan. Bola hayotining
dastlabki uch oyida buyrak usti bezining og’irligi sezilarli (3,5 g gacha) kamayadi.
Bez hajmining bunday kamayishi uning po’stloq qismini yupqalashuvi va qayta
o’zgarishiga bog’liq. Keyingi davrlarda buyrak usti bezining o’lchamlari kattalasha
boshlaydi. Uning og’irligi 5 yoshda 4,6 g, 10 yoshda 6,6 g, 15 yoshda 8,63 g va 16-
20 yoshda 12,95 g yetadi.
Buyrak usti bezining po’stloq qavati hujayralari o’zining kelib chiqishi
jihatidan epiteliy to’qimasi hujayralariga yaqin turadi. Ular uchta zonani tashkil
qiladi. Koptokchali tashqi zona, tutamli orqa zona va to’rli ichki zona. Buyrak usti
bezining po’stlog’idan 46 tadan ortiqroq gormonlar - kortikosteroidlar ajratib
olingan, biroq ularning 8 tasigina faoldir. Buyrak usti bezlari po’stloq qavati
steroidlari besh guruhga bo’linadi:
1.
Glyukokortikoidlar; 2. Mineralokortikoidlar; 3. Indrogenlar; 4.
Istrogenlar; 5. Gestogenlar.
9-rasm.
Buyrak usti bezining joylashuvi
Bularning ichida glyukokortikoidlar va mineralokortikoidlar katta ahamiyatga
egadir. Mineralokortikoidlar organizmda mineral moddalar almashinuvini, avvalo
qondagi natriy va kaliyning miqdorini rostlab turadi. Mineralokortikoidlarga
dezoksikortikosteron va
aldesteron
kiradi,
aldesteron
faolroq va asosiy
mineralokortikoid gormon bo’lib hisoblanadi. Mineralokortikoidlar koptokchali
zonada ishlanib chiqadi. Ular buyrak kanalchalarida natriy va xlor reabsorbsiyasini
kuchaytirib, kaliy reabsorbsiyasini susaytiradi. Oqibatda, qon, limfa va to’qima
oraliq suyuqliklarida osh tuzining miqdori ko’payib, kaliy kamayadi. Shu sababli
osmotik bosim oshib, organizmda tegishlicha tuz ushlanib turadi, qon bosimi va
boshqa
xavfli
muhim
ko’rsatkichlar
normal
darajada
saqlanadi.
120
Mineralokortikoidlarning yetishmasligi organizmdan ko’p miqdorda natriy chiqib
ketishiga, natijada bir qator xavfli muhim ko’rsatkichlarning o’zgarib qolishiga
sababchi bo’ladi. Shuning uchun ham buyrak usti, bezlarning po’stloq qavati olib
tashlangan hayvon bir necha kundan keyin o’lib qoladi. Bunday hayvon organizmiga
ko’p miqdorda natriy yoki mineralokortikoidlar yuborib turish yo’li bilan hayotini
saqlab turish mumkin.
Glyukokortikoidlarga kortizon, girokortizon va kortiko-steronlar kiradi. Qo’y
va echkilar buyrak usti bezining po’stloq qavatida kortikosteron, yirik shoxli
mollarda, cho’chqalarda, it va mushuklarda esa bularning har ikkalasi sezilarli
miqdorda hosil bo’ladi.
Glyukokortikoidlar tutamli zonada ishlanib chiqadi va oqsillarning
uglevodlarga aylanishini tezlashtiradi. Bu vaqtda oqsillarning parchalanishi
tezlashib, jigarda oksidlanish va dezaminlanish reaksiyalari kuchayadi. Oqibatda
qonda qand, jigar va muskullarda glikogen miqdori ko’payadi. Bu gormonlar
uglevodlarni yog’ga aylanishiga ham to’sqinlik qiladi. Ular ko’p miqdorda
organizmga yuborilganda muskul va biriktiruvchi to’qima oqsillari kamayib ketadi.
Erkaklik jinsiy gormonlari - androgenlar, urg’ochilik jinsiy gormonlari - estrogenlar
va gestrogenlar, jumladan, progesteron to’rli zonada hosil bo’ladi. Steroid
gormonlarning organizmda almashinuvi natijasida yuzaga kelib, qonda mavjud
bo'ladigan 17 kortikosteroidlarning miqdorini aniqlash yo’li bilan buyrak usti bezlari
po’stloq qavatining funksional faolligi to'g’risida fikr yuritiladi. Chunki qondagi
eozinofillar va limfositlar miqdori ham bir nav ko’rsatkich bo’lib, xizmat qilishi
mumkin, chunki glyukokortikoidlar bu hujayralar hosil bo’lishini tormozlaydi.
Buyrak usti bezlarining po’stloq qavatining gormonlari turli kasalliklarga, har xil
turdagi noqulay sharoitlarga (sovuq, issiq haroratga, gipoksiya va hokazolarga)
organizm chidamini oshirishda katta rol o’ynaydi. Buyrak usti bezlarining po’stloq
qismidan gormonlar ajralishini gipotalamus va gipofiz idora etib turadi. Gipofiz
olinib tashlangan hayvonlarda bu bezlarning po’stloq qatlami (koptokchali
zonasidan tashqari) atrofiyaga uchraydi. Gipofiz buyrak usti bezlarining faoliyatini
o’zi ishlab chiqaradigan adrenokortikotrop gormon (AKTg) vositasi bilan idora
qiladi. Gipofiz olib tashlangan hayvonlarga shu gormonlardan belgili miqdorda
yuborib turish yo’li bilan buyrak usti bezlari po’stloq qavatining atrofiyaga
uchrashiga yo’l qo’ymaslik mumkin. Bu gormon organizmga surunkali ravishda
yuborib turilsa, bez po’stloq qavatida sintez jarayonlari kuchayib, gipertrofiyaga
uchraydi. Bez to’qimasidagi xolesterin va askorbin kislota kamayadi, chunki bular
kortikosteroidlarning sintezlanishi uchun sarflanadi. Demak, AKTgning organizmga
takroriy yuborilishi qonda kortikosteroidlar miqdorining ko’payishiga sabab bo’ladi.
Ammo shuni qayd qilish kerakki, AKTg koptokchali zonaning faoliyatini va undan
ajraladigan aldosteron gormoni sekretsiyasini boshqarishda bevosita ishtirok
etmaydi. Keyingi vaqtda olingan ma’lumotlarga qaraganda, aldosteron
sekretsiyasini epifizning adrenoglomeronlotropin gormoni stimullab turadi.
Bu gormonning organizmga yuborilishi koptokchali zonada tegishli
o’zgarishlar yuz berishiga va ko’p miqdordagi aldosteronning qonga chiqarilishiga
121
sabab bo’ladi. Ammo, epifiz olib tashlanganda aldosteron sekretsiyasi qisqa vaqt
ichida ko’payib ketsada, keyinchalik o’z-o’zidan oldingi holatiga kelib qoladi.
Bundan tashqari, qon, limfa va to’qima oraliq suyuqliklaridagi kaliy va natriy
miqdori aldosteron sekretsiyasiga katta ta’sir ko’rsatadi. Agarda organizmning ichki
muhitida kaliy natriydan ko’payib ketsa, aldosteron ham qonga ko’proq chiqariladi.
Organizmda kaliyning kamayishi aldosteronning kam ajralishiga sabab bo’ladi. Bu
gormon sekretsiyasida buyrak ham ishtirok etadi degan ma’lumotlar bor. Buyrakdan
ajraladigan renin qonga o’tib, unda tegishli oqsilni gipertenzinga aylantiradi. Bu
modda o’z navbatida sezilarli miqdorda aldosteron ishlanib chiqishiga sabab bo’ladi.
Buyrak usti bezi po’stloq qavati faoliyatining boshqarilishida miya po’stlog’i ham
ishtirok etadi.
Mag’iz qatlamining faoliyati
. Buyrak usti bezining mag’iz moddasidan
adrenalin va noradrenalin gormonlari ishlab chiqariladi. Bu gormonlar organizmda
fenilalanin va tirozin aminokislotalaridan hosil bo’ladi. Adrenalinning ta’siri
simpatik nerv tolalari uchlaridan ajraladigan moddalarning fiziologik ta’siriga
o’xshashdir. Uning ta’siridan ko’z qorachig’i kengayadi, yurak qisqarishlari ritmi
tezlashadi, kuchi oshadi, muskullarning o’tkazuvchanligi va qo’zg’aluvchanligi
kuchayadi. Adrenalin mayda arteriya va arteriolalarni (yurak toj tomirlari va miya
tomirlaridan tashqari) toraytirib, qon bosimini oshiradi. Qon ivishini tezlashtiradi,
bronxlarni
kengaytiradi,
ichak
peristalikasini
tormozlab,
muskullarini
bo’shashtiradi, sfinkterlar muskulini qo’zg’atib, sfinkterlarning epilishiga olib
keladi, ishlayotgan skelet muskullarini qon bilan ta’minlanishini yaxshilaydi.
Adrenalin uglevodlar almashinuvida ishtirok etib, glikogenning parchalanib,
glyukozaga aylanishini va qonda qand miqdorini bir me’yorda turishini ta’minlaydi,
markaziy asab tizimi qo’zg’aluvchanligini kuchaytiradi. Noradrenalin qon tomirlari
devorining muskullariga ta’sir etib, ularning qisqarishi, natijasida tomirlar yo’lining
torayishi va qon bosimining ko’tarilishiga sabab bo’ladi. Me’da - ichak devorlari,
o’t pufagi muskullariga juda zaif ta’sir ko’rsatadi. Uglevodlar almashinuviga,
organizmdagi oksidlanish jarayonlariga tabiatan adrenalin bilan bir xil, ammo unga
qaraganda 4-8 baravar kuchsizroq ta’sir ko’rsatadi.
Organizmda adrenalin va noradrenalinni tegishli fermentlar - aminooksidaza
va firozinoza juda qisqa vaqt ichida parchalab yuboradi, shunga ko’ra bu
gormonlarning ta’siri ko’p cho’zilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |