ATOM YADROSINI TASHKIL QILUVCHI ELEMENTLAR
Elektron
– manfiy zaryadli zarracha.
Proton
– musbat zaryadli zarracha.
Neytron
– zaryadsiz zarracha.
Shunday qilib, zamonaviy tasavvurlarga ko’ra, atom yadrosi tarkibiga proton
va neytronlar kiradi. Shuning uchun bu zarralar nuklonlar degan umumiy nomda
yuritiladi (“nuklon” lotincha so’z bo’lib, yadro, mag’iz ma’nosini anglatadi).
Yadro zaryadi va atom nomeri.
Atom hamma massasi mujassamlashgan musbat zaryadli juda kichik
yadrodan va uni o’rab turgan manfiy zaryadli elektronlardan tashkil topgan
sistemadan iborat. Ximiyaviy elementlar jadvalida elementlar o’rni ularning atom
og’irliklari bilan emas, balki yadro zaryadi qiymati, atom nomeri bilan belgilanadi.
Ximiyaviy elementlar jadvalidagi bir elementdan ikkinchi elementga o’tilganda
uning atom yadrosi zaryadi birga o’zgaradi.
Z ~ yadrodagi musbat zaryad kattaligi bo’lib, bu elementning atom nomeriga
mos keladi. Neytral atomdagi elektronlar soni ham Z ga teng.
Yadroning elektr zaryadi musbat va elementar (elektron) zaryad kattaligi
e=1,6021.10
-19
Kl ga karralidir.
Uni Ze ko’paytma ko’rinishida ifodalanadi (bu yerda Z atom nomeri).
37
Shunday qilib, berilgan atomning Mendeleyev jadvalidagi o’rnini bildiruvchi atom
nomeri Z ham muayyan elementning ximiyaviy xususiyatini anglatadi, chunki
barcha ximiyaviy jarayonlar elektronlarning qayta joylashishi tufayli yuz beradi.
Elektr zaryadi atom yadrosining asosiy xarakteristikalaridan biridir; u neytral
atomdagi elektronlar sonini, ximiyaviy, optik (energiya sathlari) va boshqa fizik
xususiyatlarini aniqlaydi. Atom yadrodan va uning atrofida turli masofada aylanib
yuruvchi elektronlardan tashkil topgan.
Atom yadrosi va uni tavsiflovchi kattaliklar
Ma’lumki, atom yadroviy tuzilishga ega bo‘lib, yadrosining o’lchami
10
-14
- 10
-15
m chamasida (Rezerfordning α zarrachalar bilan o‘tkazgan tajribasi
natijasiga asosan).
Agar yadroni R radiusli noshaffof shar deb olsak, bu holda neytronlar
(energiyasi 10 MeV - dan katta) ni tez yutib oladigan yadro kesimi yuzasi πR
2
orqali aniqlanadi. Shu tariqa qator elementlar yadrolarning radiuslari 3,8*10
-15
m
(uglerod uchun) dan 8*10
-15
m (vismut uchun) gacha bolgan oraliqda yotadi.
Yadro fizikasida uzunlikning o’lchov birligi sifatida Fermi ishlatiladi, l fermi
=l fm = 10
-15
m.
Atom yadrosini xarakterlovchi asosiy kattaliklardan biri, zaryad
soni (Z) hisoblanadi. Zaryad soni elementlarning davriy sistemadagi
tartib nomeri bilan mos tushib, yadro tarkibidagi protonlar sonini,
ularning
konfiguratsiyasini,
shuningdek
kimyoviy
spetsifik
xususiyatlarini ham bildiradi. Vodoroddan boshqa hamma elementlaming yadrosi
ikki xil elementar zarrachalar - protonlar va neytronlardan tashkil topgan
boladi.
Ular
nuklonlar
deb yuritiladi (nuklon, lotincha so‘z bolib
«nuclius»
-
yadro
–
mag’iz
ma’nosini
anglatadi).
Faqat
vodorod
atomi
yadrosi
bitta
zarracha
-
protondan
tashkil
topgan.
Proton
:
1
1
p ramz bilan belgilanadi, zaryadi elektronning zaryad miqdoriga
teng musbat zaryadli zarrachadir. Protonning tinch xolatdagi massasi. m
p
=1836m
c
=938,5 MeV.
38
Yadro fizikasida massani energiyaning olchov birligida o ‘lchash qabul
qilingan (Nisbiylik nazariyasi xulosalariga asosan E= Mc
2
).
Do'stlaringiz bilan baham: |