1 savol. Atom va atom yadrosi to‘g‘risida umumiy tushunchalar. Atom
yadrosining tashkil qiluvchi elementlari.
Atom
(yun. atomos –
bo‘linmas
) – kimyoviy elementning barcha
xossalarini o‘zida mujassamlashtirgan eng kichik zarrasi. Dastlabki
"bo‘linmas"
nomini olgan bu zarraning ichki tuzilishi anchagina murakkab. Atom musbat
zaryadlangan negiz (yadro) va yadro atrofida harakatlanuvchi elektronlardan
tashkil topgan. Atom markazida barcha massasi jamlangan musbat zaryadlangan
negiz (yadro) joylashgan; atrofida o‘lchovlari (~ 10~8 sm) Atom o‘lchovlarini
ifodalaydigan elektron qobiqlarini hosil qiluvchi elektronlar harakat qiladi. Atom
yadrosi
protonlar
va
neytronlardan
tashkil topgan.
Atomdagi elektronlar soni yadrodagi protonlar soniga teng (Atomdagi
barcha elektronlar zaryadi yadro zaryadiga teng), protonlar soni elementning
davriy tizimidagi tartib raqamiga teng. Atom elektronlarni tutib olib yoki berib,
manfiy yoki musbat zaryadlangan ionlarga aylanadi. Atomning kimyoviy xossalari
asosan tashqi qobiqdagi elektronlar soni bilan aniqlanadi. Kimyoviy qo‘shilib,
Atomlar molekulalar hosil qiladi. Atomning ichki energiyasi uning muhim
ko‘rsatkichi hisoblanadi. Ichki energiya ma’lum (diskret) qiymatlarga ega bo‘lishi
va u sakrashsimon kvant o‘tishlardagina o‘zgarishi mumkin. Ma’lum qiymatdagi
energiyani yutib, Atom qo‘zg‘algan holat (energiyaning yuqoriroq sathi)ga o‘tadi.
Atom foton chiqarib, qo‘zg‘algan holatdan kichik energiyali holat (energiyaning
pastroq sathi)ga o‘tadi. Atomning eng kichik energiyasiga mos sathi asosiy sath,
Atom markazida Ze musbat zaryadli massiv yadro joylashgan, yadro atrofida – Ze
elektronlar aylanadi.
35
Atom tuzilishi haqidagi fan ("Atom fizikasi" "Yadro fizikasi", "Elementar
zarralar fizikasi" va boshqa yo‘nalishlar) nazariyasi ancha murakkab bo‘lib,
fizikaning deyarli barcha yutuqlariga va hozirgi zamon matematik apparat
yutuqlariga tayanadi.
Fan XXI asrning ikkinchi yarmiga kelib, atomning murakkab strukturaviy
tuzilishi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘ldi. Mendeleyev (1869-y.) elementlar
davriy sistemasini kashf etib, moddalar kimyoviy xossalarini yagona atom modeli
nuqtai nazariyasi asosida tushuntirishga asos soldi. Elektron kashf etilib, u atom
molekulalarning asosiy tarkibiy qismi ekanligi aniqlandi.
Atomdagi musbat va manfiy zaryadlarning taqsimlanish xarakterini
yaxshiroq bilish uchun mashhur ingliz fizigi Ernest Rezerford bilan uning
xodimlari tajriba o’tkazib, α- zarra moddaning yupqa qatlamidan o’tayotganda o’z
yo’nalishini o’zgartirishini - sochilishini kuzatdi. α - zarralar ba’zi elementlar
radioaktiv parchalanganda katta tezlikda ajralib chikadigan geliyning ikki marta
ionlashgan atomlari ekanligi 1909 yilda tajribalar asosida isbot qilingan.
Tomson modeli sun’iy tabiatga ega bo‘lib, ba’zi kamchiliklardan holi emas.
Bu modelda musbat va manfiy zaryadlaming tabiati har xil qarashlar
mavjud:
1. Manfiy zaryadlar alohida zarrachalar atributi deb hisoblansa, musbat
zaryadlar birday zichlik bilan taqsimlangan modda tarzida tasvirlanadi;
2. Atomning Tomson taklif etgan sistemasi yordamida, nafaqat chiziqli
spektrni, balki uning birorta chizig‘ini ham hosil qilib bo‘lmaydi;
3. Bu nazariyadan foydalanib, elementlar xossalarining davriy qonunlarini
tushuntirib bo‘lmaydi. Boshqacha aytganda, atom tuzilishi haqidagi masala yana
ochiq qoladi.
Rezerford (1911-y) tajriba natijalarini umumlashtirib, atomning yadro
modelini taklif etdi.
Atom butun massasi va musbat zaryadi markazi (10
-14
m)da joylashgan
yadrodan va uning atroftda ma’lum orbita bo‘yicha harakatlanayotgan elekrondan
iborat zaryadlar sistemasidir.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |