118
va hodisalargina mavjuddir.
Bunda hamisha muayyan mazmun, muayyan shaklda
ifodalanib, muayyan shakl muayyan mazmunga ega bo’ladi.
Borliqdagi har bir narsa va hodisa mazmun va shakl birligi tufayligina mavjud
bo’lsa-da, ular shu birlikni vujudga keltirishda turlicha rol oynaydi. Shakl esa,
aksincha, mazmunni ifodalaydi. Qisqa qilib aytganda, mazmun shaklni belgilaydi.
Sabab va oqibat.
Narsa va hodisalar o’zlarining paydo bo’lishlari,
shakllanish va rivojlanishlarida bir-birlari bilan
aloqadorlikda va sababiy
bog’lanishlarda boMishib, ularning biri sabab, ikkinchisi shu sabab tufayli kelib
chiqqan oqibat bo’ladi. Ularning o’zaro bunday aloqadorligi sababiy bog’lanish
deyiladi. Bu sababiy bog’lanishda har bir narsa yoki hodisa ikkinchi bir narsa yoki
hodisani vujudga keltiradi.
Bir
hodisadan oldin kelib, uni vujudga keltirgan hodisa yoki hodisalar guruhi
sabab deb ataladi. Sababning bevosita yoki bavosita ta’siri bilan yuz beradigan hodisa
oqibat deyiladi. Masalan, qo’llarimizni bir-biriga ishqalaganimizda qo’llarimiz
qiziydi. Bu yerda ikki hodisa: ishqalanish va issiqlikning guvohi bo’lib turibmiz.
Lekin, bunda ishqalanish issiqlikni keltirib chiqarmoqda, ya’ni ishqalanish
issiqlikning paydo bo’lishiga sabab bo’lmoqda. Demak, ishqalanish —
sabab
, issiqlik
—
oqibat
bo’lmoqda.
Odatda, borliqdagi har bir hodisaning paydo bo’lishida, rivojlanishida o’z sababi
bo’ladi va, ayni vaqtda, muayyan oqibatni namoyon qiladi. O’z navbatida, bu oqibat
boshqa hodisalarning kelib chiqishi va rivojlanishiga sabab bo’lib xizmat qilishi
mumkin. Ayrim hodisalarni tushunmoq uchun biz
ulami umumiy aloqadorlikdan
ayirib olishimiz hamda alohida-alohida tekshirishimiz lozirm Bunday holda bir-biri
bilan almashinib turuvchi harakatlardan biri sabab tarzida, boshqasi pqibat tarzida
ko’z oldimizda namoyon bo’ladi.
Sabab bilan oqibatning o’zaro aloqadorligi sababiyat deb ataladi. Tabiat va
jamiyatdagi sabab-oqibat bog’lanishlarning
kishilar fikridagi ifodasi ,,sababiyat“
kategoriyasining paydo bo’lishiga olib kelgan. Sababiyat hodisalar o’rtasidagi
shunday ichki aloqadorlikki, bunda har doim bir hodisa mavjud bo’lar ekan, uning
ketidan muqarrar ravishda ikkinchisi sodir bo’ladi.
119
Sababiyat borliqda umumiy, har tomonlama xarakterga ega. Sababsiz oqibatlar
yo’q va bo’lishi
ham mumkin emas, hamma narsaning o’z sababi bor. „Shamol
bo’lmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi“, deydi xalqimiz. Aniqroq qilib aytganda,
kishilarda bir hodisa boshqa hodisaga sabab bo’ladi, degan tasawur ulaming
amaliyoti asosida kelib chiqqan.
Sabab va oqibat vaqt jihatdan ketma-ket kelib, bunda sabab oqibatdan oldin,
oqibat sababdan keyin keladi, ya’ni sabab oqibatni keltirib chiqaradi. Lekin, borliqda
ketma-ket keluvchi har qanday predmetlar va hodisalar
bir-birlari bilan sababiy
bog’lanishda bo’lavermaydi. Masalan, qishdan so’ng bahor, bahordan so’ng yoz,
yozdan so’ng kuzning kelishi sabab va oqibat bog’lanishi emas, ular bir-birlarini
keltirib chiqarishmaydi. Bu hodisalarning roy berishi Yerning Quyosh atrofida o’z
holatini o’zgartirgan holda aylanishi sababli sodir bo’ladi.
Odatda, sababni bahonadan ham farq qilish lozim. Bahona bevosita oqibatdan
oldin sodir bo’ladigan biror hodisa yoki voqea bo’lib, u o’z mohiyati bilan oqibat
sifatida roy bergan hodisaning haqiqiy va asosiy sababi bo’la olmaydi. Bunda bahona
sababning oqibatini keltirib chiqarishda turtki bo’lishi, oqibatning sodir bo’lish
jarayonini tezlatuvchi omil rolini oynashi mumkin. Masalan, bunga Rossiya
Federatsiyasida 1991-yil 19-21-avgustdagi davlat to’ntarishi
qilishga uringan
Favqulodda davlat komitetining faoliyatini misol qilib keltirish mumkin. Bu o’rinda
sobiq Ittifoq yemirilishi, uning o’miga yangi mustaqil davlatlar paydo bo’lishining
sabablari butunlay boshqa narsalar edi.
Borliqdagi sababiy bog’lanishlaming murakkab zanjirida zaruriy va tasodifly
aloqadorliklar ham muhim rol oynaydi.
Bunday aloqadorliklarni ,,zaruriyat“ va „tasodif’ kategoriyalari ifodalaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: