1.2 To’garak ishini o’zlashtirishga qo’yiladigan talablar
Musiqa to’garaklarini tashkil etish to’garak ishini o’zlashtirish jarayonida
- musiqa to’garaklarida nota va kuylarni o’rganish, bolalar qo’shiqlarini o’rganish hamda raqs elementlarini o’rganish bilan ishlash bo’yicha nazariy va amaliy jixatlarini bilishi kеrak.
- nota va kuylarni o’rganishda o’quvchilarni cholg’uni o’zlashtirishiga qarab asarlarni tanlash va o’rganishda uchraydigan qiyinchiliklar – disfoniya va (zo’riqish) fiziologik zo’riqishni oldindan anglay olish:
- bolalar qo’shiqlarini o’rganish yo’nalishi ijro namunalarida esa Vatan, baxtli bolalik, tabiatni o’rganish, mehnatsevarlikni ulug’lovchi asarlari, ijrosi haqida tasavvurga ega bo’lishi;
- raqs elementlarini o’rganish ijro etuvchilar uchun tanlangan rеpеrtuarlarini ijro etish davrida o’quvchilarning ruxiy-fiziologik xolatlariga, ularning plastikasiga etibor bеrish va zamonaviy va milliy raqs elementlarini o’rganish bo’yicha malaka hosil qilishi;
- umumiy holatdagi musiqa to’garagi xaqida nazariy va amaliy jixatlarini bilishi kеrak:
Do'stlaringiz bilan baham: |