2.2. Havaskor ashula to’garaklarining amaliy faoliyatlari.
Havaskorlarning mashg’ulotlarda xalq qo’shiqlarini muvaffaqqiyatli o’rganib borishi izchil ravishda ish olib borishni talab etadi, shu bilan birga rahbarning havaskorlarga mustaqil topshiriqlar berib borishi ham katta rolь o’ynaydi. Vazifalar aniq, tushunarli, havaskorlarni imkoniyati darajasida bo’lishi va ularni bajarilishini kuzatib, oliy o’quv yurtlarida o’tadigan turli kechalar, bayramlar va tadbirlarda, kontsert chiqishlarida bilim va saviyalari tekshirib boriladi.
Havaskorlar o’z mahoratlarini tobora o’stirib, murakkabroq asarlarni o’rganishlari va repertuarlaridagi qo’shiqlar sonini ko’paytirishlari kerak. Havaskorlik ansambli qatnashchilarining oliy o’quv yurti doirasidagi kontsertlari bilan birgalikda turli ko’rik-tanlovlarga qatnashishlari, turli joylarga kontsertlar tashkil qilib o’z san’atlarini namoyish qilishlari ular uchun o’ziga xos imtihon hisoblanadi.
To’garakka tortilganlar bilan birinchi yildagi mashg’ulotlardan boshlab ularning sezgilari va qobiliyatlarini o’stirish bo’yicha turli ishlar amalga oshiriladi. Bunda qatnashchilarning imkoniyatlari, individual xususiyatlari hisobga olinadi, ularga qo’shiq san’ati, tarixi hamda namoyandalari haqida dastlabki tushunchalar beriladi. Bu o’rinda mashg’ulotning suhbat formasidan, magnitofon, radio singari texnik vositalardan foydalansa bo’ladi. Havaskorlarni qo’shiq aytishga tayyorlash jarayoni ham shunga kiradi. qo’shiq aytish holati bilan bog’liq bo’lgan masalalar, unli va unsiz tovushlarni talaffuz qilishni shakllantirishga, to’g’ri nafas olishga o’rgatish natijasida ashulabop tovush hosil qilishga, intonatsiyadagi musaffoliqni nazorat qilishga birinchi yildagi mashg’ulotlardan boshlab kirishiladi. Havaskorlar murakkabligi o’rtacha bo’lgan turli xarakterdagi 3-4 asarni va ovoz sozlash mashqlari bo’yicha iloji boricha 1 yoki 2 vokalizni o’rganishlari tavsiya etiladi. qo’shiqlarni yoshlarga o’rgatishda o’qituvchi musiqa savodi haqida tushuncha hosil qiladi va ularning bu boradagi tasavvurlarini kengaytiradi. Bunda u doskaga chizilgan nota chizig’idan hamda fortepiano va cholg’u asboblaridan foydalanadi. U ashulabop nafas olish, uni sarflash, jarangdorlikka erishish, artikulyatsiya va diktsiya, intonatsiya musaffoligi, regstrlarni to’g’rilash, vokal ijrochilik iqtidorini o’stirish, cholg’u jo’rligida yoki jo’rsiz ashula aytish yo’llaridan ham ta’lim berishni unutmasligi kerak. Bu havaskorlarning ovozlari to’g’ri rivojlanishini ta’minlash bilan bir qatorda ashulalarni qiynalmay aytishlariga imkon yaratadi. To’garakda ashula aytish malakalari egallanar ekan yakkaxon holda ashula aytish bilan birga jo’rnavozlikda kuylash juda katta ahamiyat kasb etadi. Bunda ikki kishi, uch kishi, to’rt kishi va ansamblь bo’lib ijro etish ko’zda tutiladi. Ansamblь bo’lib qo’shiq aytish asosan to’garakning ikkinchi guruhida qo’llanilsa yaxshi bo’ladi.
To’garkak qatnashchilarini cholg’u ansambli jo’rligida yoki o’zi soz chalib qo’shiq aytishga o’rgatish muhim ahamiyatga ega. Bu havaskorlarning musiqaviy sezgilarini o’stirish bilan bir qatorda, qo’shiqdagi obrazlilikni chuqur his qilishlarini yengillashtiradi. Mashg’ulotlar jarayonida to’garak rahbari qo’shiq san’atining muhim masalalari yuzasidan suhbatlar o’tkazib turishi, havaskorlar bilan taniqli xonandalar va xalq hofizlari ijrosidagi qo’shiq namunalarini birgalikda tinglashni tashkil qilishi yaxshi natijalar beradi.
O’rganiladigan qo’shiqlar soni va mashqlar, vokalizlar soni ko’paytirib boriladi. qo’shiq nomerlari tanlashda to’garak rahbari ikki guruhni ko’zlab ish tutadi. Mashg’ulot o’tkaziganda nazariyalarni amaliyot bilan uzviy ravishda bog’lab olib borishni unutmaslik kerak. Yoshlarni badiiy-estetik tarbiyalashda ovozlarning shakllanishi, tovush gigienasi va muhofazasi masalalari e’tibordan chetda qolmasligi lozim. Bulardan tashqari, havaskorlarni qo’shiq san’atiga oid adabiyotlar bilan tanishtirib borilsa yaxshi natijalarga erishiladi. Xalq havaskorlik ansambllari, taniqli maqom va folьklor jamoalari faoliyatlari bilan tanishib borish yanada muhim ahamiyat kasb etadi.
O’quvchilarni musiqa darslariga qiziqtirish, avvalo, dars jarayonini qiziqarli tashkil etilishi va o’qituvchining kasbiy mahoratiga bog’liq. Yaxshi yo’lga qo’yilgan musiqa to’garaklari esa o’quvchilarni shu fan bo’yicha darsda olgan bilim va tushunchalarini, musiqaning nazariy va amaliy sohalaridan ko’nikma va malakalarini orttirishga xizmat qiladi. Musiqa darsining o’ziga xos xususiyati shundaki, dars jarayonida o’qituvchining har bir o’quvchini individual qobiliyati, qiziqishlariga qarab ish tutish imkoniyati cheklangan bo’ladi. Bunga birinchi navbatda «vaqt» masalasi imkon bermaydi desak xato bo’lmaydi. O’quvchilar darsda musiqa tinglash, kuylash va nazariy bilimlar olishidan tashqari yana musiqaning ayrim turlari bo’yicha, deylik musiqa asboblarida chalish, qo’shiqchilik, raqs, xor ijrochiligi bo’yicha ko’proq bilim olish, o’rganish va o’z qobiliyatlarini namoyish qilishga qiziqadilar.
Musiqa san’ati bo’yicha tashkil etiladigan to’garaklarda bu narsa e’tiborda tutiladi. CHunki to’garak ishlarining birinchi galdagi asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarni ana shu istak va qiziqishlarini qondirish, shu orqali ularni nafosat olamiga chuqurroq olib kirish, iqtidor va qobiliyatlarini rivojlantirish, ma’naviy ehtiyojlarini qondirish va yuzaga chiqarishdan iboratdir.
Bunday to’garaklar kelgusida talantli san’at namoyondalarini yetishib chiqishiga zamin bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Maktabda va maktabdan tashqari muassasalarda tashkil etiladigan bolalar ashula to’garaklari asosan jamoaviy ijrochilik, ya’ni xor ijrochiligi negizida tashkil eitilishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Ma’lumki, umumta’lim maktablari «Musiqa madaniyati» darsliklari va o’quv dasturlariga juda ko’plab xalq musiqa ijodiyotiga mansub qo’shiqlar kiritilganki, ularni o’rganish va kuylash musiqa darslarining tashkiliy pedagogik va tuzilish xususiyatlariga ko’ra jamoaviy tarzda olib borilishini taqozo etadi. SHunday bo’lgach, umumta’lim maktablarida tashkil etiladigan ashula va xor to’garaklari ishini mushtarak holda olib borish har jihatdan to’g’ri bo’ladi. Xor ijrochiligiga qo’yiladigan barcha talablar esa o’z navbatida ashula san’ati bilan bog’liq talab va maqsadlarga mos keladi. Maktabda tashkil etiladigan ashula va xor to’garaklari o’z xususiyatiga ko’ra ko’p sonli o’quvchilarni qamrab olishi bilan boshqa to’garak turlaridan farq qiladi. Xor ijrochiligi shunday bir san’atki, unda adabiy va musiqiy ijodiyot uyg’unlashib ketadi. Xor san’ati o’zini paydo bo’lishi bilan xalq musiqiy ijodiyoti bilan chambarchas bog’liq holda rivojlanib keladi. SHuning uchun ham xalq ommasini xalq qo’shiqlari, zamonaviy mavzularda kompazitorlar tomonidan yaratilgan va yaratilayotgan asarlar, qardosh xalqlar, chet el klassik vokal-xor asarlari namunalari bilan tanishtiradi, ularning ma’naviy olamini boyitadi. Xor san’ati bugungi kunda jahon xalqlari musiqiy madaniyatiga chuqur kirib borgan musiqiy janr sifatida rivojlanib bormoqdaki uni milliy qo’shiqchilik negizida rivojlantirish borasida ham muvoffaqqiyatli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunga SH.Yormatov rahbarligidagi bolalar xor jamoalarini faoliyatini misol keltirish mumkin. Ular ijrosida maxsus xor ijrosi uchun yozilgan asarlar bilan birgalikda xalq ijodiyotiga tegishli qo’shiq namunalarini ham chiroyli va o’ziga xos tarzda, milliy cholg’u va raqslar jo’rligida ijro etilayotganligi buning dalilidir. San’at bayramlarida, tantanali kechalar, madaniy-ommaviy tadbirlarda professional xorlar bilan bir qatorda havaskorlik xorlari, shuningdek bolalar xorlarining chiqishlari har bir tadbirga o’zgacha ruh va fayz baxsh etadi. SHuning uchun ham maktablarda tashkil etiladigan xor to’garaklari o’quvchilarga vokal-xor san’ati yordamida g’oyaviy-estetik tarbiya berish bilan aytib o’tilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirish va shu orqali barkamol avlodni tarbiyalashda benazir ahamiyat kasb etadi. SHu o’rinda shuni ham ta’kidlash o’rinli bo’ladiki, hozirgi kunda maktab va maktabdan tashqari muassasalarda bir vaqtning o’zida bolalar xor jamoalarini hamda ashula (vokal) to’garaklarini tashkil etish juda ham mushkul bo’lib, bu borada ashula to’garagi nisbatan qulay va eng ommaviy to’garak shakllaridan bo’lib qolmoqda. Ashula va xor to’garagining mashg’ulotlari quyidagi vazifalarni o’z ichiga oladi:
- o’quvchilarni g’oyaviy va estetik tarbiyalash;
- qatnashchilarni istak va xoxishlarini qondirish bilan ularning qo’shiq kuylash va ijro madaniyatini rivojlantirish;
- ansamblь va cholg’u jo’rligida kuylashga o’rganish;
- ko’p ovozli kuylash malakalarini egallash;
- jo’rli va jo’rsiz ijro etish malakalarini shakllantirish;
- mashg’ulotlar jarayonida ularga nazariy bilimlar berib borish va musiqa darsida olgan bilim va malakalarini mustahkamlash;
- qatnashchilarni badiiy ijro mahoratiga ega qilish va ularni kontsert-ijrochilik faoliyatiga tayyorlash.
Bolalar ashula va xor to’garalari faqat o’quvchilarni qiziqish va istaklarini ruyobga chiqarish uchungina tuziladi deyish to’g’ri bo’lmaydi. To’garak faoliyati tarbiyaviy maqsadlar bilan uyg’unlashtirilgan holda olib borilgandagina kutilgan natijalarga erishish mumkin. Har tomonlama barkamol avlodni tarbiyalash asosiy maqsad qilib qo’yilgan ekan, to’garak faoliyati ham shu maqsadga qaratilgan bo’lishi tabiiydir.
To’garak mashg’ulotlarida o’rganiladigan qo’shiq namunalari mazmuni va mavzusi jihatdan rang-barang, yoshlarni ma’naviy kamol toptirishga qaratilgan bo’lishi lozim. To’garak mashg’ulotlarida o’quvchilarni musiqa bo’yicha kuylash, tinglash va musiqa savodi yuzasidan bilimlari chuqurlashib borishi ularning badiiy didlarini o’sishiga xizmat qiladi. Yana bir jihat shundan iboratki, to’garaklarda qatnashadigan o’quvchilarni asosiy ko’pchiligi o’qishda va maktab hayotida faol qatnashib kelishadiganlar bo’lishadi. Bu esa to’garak rahbaridan o’z ishiga jiddiy va o’ta ma’suliyat bilan yondoshishni talab qiladi. Rahbar-o’qituvchining shaxsiy namunasi, xulq-odobi va murabbiylik, rahbarlik fazilatlari jamoani uyushtirish, yaxshi natijalarga erishishida muhim omil sanaladi.
Ashula va xor to’garaklarini tashkil qilish asosan ikki bosqichdan iborat bo’ladi:
1. Tayyorgarlik davri.
2. Jamoani shakllantirish davri.
Tayyorgarlik davrida maktab yoki tashkilot ma’muriyati bilan kelishilgan holda avvalo ashula va xor mashg’ulotlari uchun maxsus xona belgilanadi. Xona yorug’, keng, issiq bo’lishi, shu bilan birga fortepiano, milliy cholg’ular va vokal-xor ishlariga oid ko’rgazmali qurollar, maxsus o’tirg’ichlar bilan jihozlangan bo’lishi kerak. To’garak mashg’ulotlarini o’tkazish kuni (haftada necha marta, qaysi kunlar) vaqti (soat nechadan nechagacha) aniqlanadi. To’garakni ish boshlashi haqida e’lon chiqarilib yaqin atrofdagi maktablarga tarqatiladi. SHundan so’ng unga qatnashish istagida bo’lganlar ro’yxatga olinadi.
Ushbu ishlar nihoyasiga yetgandan so’ng to’garakka qatnashish istagini bildirgan o’quvchilarni bir joyga yig’ib tashkiliy mashg’ulot kuni belgilanadi. Birinchi tashkiliy mashg’ulotlarda ashula va xor to’garagi ishi uchun kerakli bo’lgan hamma zaruriy shart-sharoitlar imkon qadar muhayyo etilgan bo’lishi, ya’ni musiqa asbobi (fortepiano, akkordion yoki milliy cholg’ulardan rubob), xonandalar o’tirishi uchun maxsus o’tirg’ichlar yoki stullar bo’lishi kerak va xonada musiqa yozuvlari eshittirishga mo’ljallangan apparatlar, taniqli kompazitorlarning, bastakor va dirijyorlarning portretlari bo’lishi, qatnashchilarga eshittirish uchun iloji boricha taniqli bolalar xor jamoalari ijrosidagi qo’shiqlar yozuvlari, plastinkalar bo’lishi maqsadga muvofiq bo’ladi.
To’garakka qatnashish istagini bildirgan o’quvchilar bilan o’tkaziladigan dastlabki uchrashuvga rahbar jiddiy qarashi, yaxshi tayyorgarlik ko’rishi kerak. Birinchi suhbatda qo’shiqchilik san’ati hamda xor ijrochiligining madaniy hayotimizda tutgan o’rni, yaxshi bolalar xor jamoalarining muvaffaqiyatlari haqida hikoya qilinib, ularning eng yaxshi ijro namunalaridan eshittirish yaxshi natija beradi.
SHakllantirish davrida dastlab ashula va xor to’garagiga qatnashish istagidagi har bir o’quvchi bilan individual suhbatlashish orqali uni musiqa san’atiga, xususan qo’shiq san’atiga bo’lgan munosabati, qiziqishi va tushunchalari aniqlanadi. SHundan so’ng ularning qo’shiq kuylash bo’yicha iqtidorlarini aniqlashga kirishiladi. SHuni ham aytish kerakki, agar rahbar ashula to’garagini tashkil etayotgan maktabda ancha vaqtdan buyon musiqa darslarini olib borayotgan tajribali o’qituvchi bo’lsa, ishtirokchilarni ijrochilik va ovoz imkoniyatlaridan yaxshi xabardor bo’lishi mumkin. SHunday bo’lmagan taqdirda har bir o’quvchidan o’zi bilgan va yaxshi ko’rgan biror qo’shiqni kuylab berishi so’raladi. Bolaning ovozi qo’shiqbopligi, tembri, kuchi, haqida dastlabki ma’lumot shu tariqa olinadi. Biror qo’shiqning kichik bir jumlasi yoki kupletini o’qituvchi o’zi kuylaydi va havaskor o’quvchidan uni qaytarishni so’raydi. Yoki biror vokal mashqni so’z yoki so’z bo’g’ini orqali kuylaydi va uni qaytarish so’raladi. Bu bilan o’quvchining eshitish va eslab qolish qobiliyati aniqlanadi.
SHundan so’ng biror mashq sekventsiya tarzida yarim tondan yuqoriga va pastga kuylatiladi. Bu bilan bola ovozini diapozoni aniqlanadi. SHu jarayonda qatnashchining ovoz turi, diapozoni aniqlanadiki bu xonandalar ovozini partiyalarga ajratishda, ya’ni xor jamoasini tashkil etishda eng muhim hisoblanadi.
To’garak rahbari dastlabki mashg’ulotlardan boshlab, har bir bolaning musiqaviy qobiliyatini o’rganib, nazorat qilib borishi lozim. qatnashchilarning musiqiy qobiliyatlari to’g’risidagi ma’lumotlar asosan kichik yoshdagi bolalar xorlarida qobiliyatli, o’rtacha qobiliyatli, qobiliyati qoniqarli sifatida maxsus daftarga qayd etiladi. Ana shu asosda havaskorlar partiyalarga taqsimlanadi. Garmonik o’quv malakalari bir qadar shakllangach xotirasi yaxshi, mashqlarni qoniqarli ravishda kuylaydigan darajaga erishgach bolalarning pastgi ovozlari alьt partiyasiga kiritiladi. Boshqalar vaqtincha shartli ravishda diskantlar partiyasiga kiritiladi. Vaqt o’tishi bilan bolalarning musiqa o’quvi va kuylash malakalari o’sib borishi bilan, ovoz diapozonlarini kengayishi tufayli, ularning ijrochilik mahoratlarida ham rivojlanish va o’zgarish alomatlari namoyon bo’ladi. Har bir qatnashchining ansamblь bo’lib kuylash paytida o’zining doimiy o’rni bo’lishi kerak. Bolalarni joylashtirishda ularning qobiliyatlari hisobga olinadi. CHunonchi kam qobiliyatli bolalar oldinroqda qobiliyatli bolalar orqada, yoki kam qobiliyatli bolalar bilan qobiliyatli bolalarni yonma-yon joylashtirish ham yaxshi samara beradi. Bunday joylashish qobiliyatli bolalarni butun jamoani o’zlariga ergashtirib borishlariga yordam beradi.
Havaskorlarning ovozini sinab ko’rishda musiqa asbobi, eng maqbuli fortepianoda uning ovoz diapozoni qaysi notagacha borishi aniqlanadi va natijasi yozib qo’yiladi.
SHu o’rinda uning usulga tushish-tushmasligi, eshitish va xotirasi hiqidagi ma’lumotlar ham qayd etiladi.
Havaskor o’quvchini to’garakka qabul qilishda unda, asosan quyidagi xususiyatlar mavjudligi inobatga olinadi:
1. Ovozning qo’shiq aytishga monandligi, ya’ni keraklicha tembr, kuch va diapozonga egaligi;
2. qatnashchini qo’shiq aytish iqtidoriga ega bo’lishi va qiziqishi.
O’quvchilarni to’garakka qabul qilishda eng nozik va muhim jihati shundan iboratki, to’garakka qatnashish istagini bildirgan har bir o’quvchini bir boshidan yalpisiga qabul qilaverish ham mumkin emas. SHu bilan birga to’garakka qabul qilish bo’yicha sinovlar talablariga javob beraolmagan o’quvchilarni sen qo’shiq aytishga yaramaysan yoki seni to’garakka qabul qilaolmaymiz deb qaytarib yuborish ham pedagogik va metodik jihatdan to’g’ri bo’lmaydi. Bunday holatlarda o’qituvchi avvalo o’quvchiga juda ehtiyotkorlik bilan uni to’garakka qatnashishga tayyor emasligini, iloji bo’lsa boshqa to’garaklarga qatnashishi mumkinligini tushuntirishi lozim. Aks holda bolalarda umuman san’atga va qo’shiq kuylashga bo’lgan ishtiyoq va intilishlarini so’ndirib qo’yish mumkin. Bunday holda o’quvchilarni rezervda ushlab turish va ma’lum bir payt o’tgandan keyin, ularni asosiy tarkibga qo’shish maqsadga muvofiq bo’ladi. Ba’zan, ilk tekshirish davrida o’quvchi o’zining iqtidori va ijrochilik imkoniyatlarini yaxshi namoyon etaolmasligi mumkin. Ta’kidlab o’tilganidek to’garakka qabul qilishda sinovdan o’tkazish muhim va ma’suliyatli jarayon hisoblanadi. Bolalarni qobiliyatini tekshirishda har doim ham to’g’ri xulosaga kelaverish qiyin. Bolada yaxshi ovoz, qobiliyat, musiqiy xotira kabilar qoniqarli tarzda mavjud bo’lsa-da, ba’zan ular o’z mahoratlarini yaxshi namoyon etaolishmaydi. Ayrim bolalarda tortinish, o’zini yo’qotib qo’yish tufayli ularning asab a’zolari bo’shashib, ovozlari qaltirab chiqadi, natijada yaroqli ovoz va ijrochilik sifatlarini to’la namoyon qilishning imkoni bo’lmaydi. SHuningdek, ayrim o’quvchilarda so’zlarni unutish, tonga tushmaslik, usulga tushmaslik kabi kamchiliklar ro’y berishi mumkin. Odatda shunday holatlar ham kuzatiladiki, o’quvchi mashg’ulot paytida ma’lum bir qo’shiqni yaxshi ijro etsada, sahnaga chiqqanda yoki ko’pchilik oldida o’zini yo’qotib qo’yadi. Bunday kamchiliklarni rahbar o’zining maxsus dafatariga qayd qilib borishi va sekin-astalik bilan ularni bartaraf etish yo’llarini izlashi lozim. Ba’zan shunday ham bo’ladiki, dastlabki paytda o’zini yaxshi namoyon qilaolmagan o’quvchi havaskor oz fursatdan so’ng yaxshi natijalarga erishadi va ijobiy ta’surot qoldiradi. San’at shunday o’ziga xos narsaki, u bilan shug’ullanish istagida bo’lganlardan tinimsiz, izchil va doimiy mehnat, izlanishni talab qiladi. Yaxshi qo’shiqchi bo’lish uchun vokal kuylash qoidalari, vokal-xor malakalarini qunt bilan egallab borishga to’g’ri keladi. Xor to’garagi mashg’ulotlariga kirishishdan oldin va dastlabki mashg’ulotlar (3-4 va undan ko’proq) davomida qatnashchilarning ovozi va boshqa musiqiy qobiliyatlarini tekshirish va sinovdan o’tkazish ishlari davom ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |