O‘zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti pedagogika fakulteti Musiqa ta’lim yo’nalishi talabasi Abduraximova Ozodaning umumta’lim maktablarida musiqa to’garaklarini tashkil etish


To’garaklar faoliyatida milliy tarbiya tizimini rivojlantirish



Download 10,29 Mb.
bet10/19
Sana13.02.2022
Hajmi10,29 Mb.
#447260
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Umumtalim maktablarida musiqa togaraklarini tashkil etish

1.3. To’garaklar faoliyatida milliy tarbiya tizimini rivojlantirish.

Sinfdan tashqari musiqiy tarbiya ishlari maktabning turli to’garaklar - xor, cholg’u ijrochiligi, yakka qo’shiqchilik, turli ansamblarni tashkil kilish shakllarida amalga oshirilmokda. CHolg’uchilik to’garaklari :


O’zbek xalq musiqasi hamda milliy musiqamizni anglashdagi eng muhim vositalardan biri o’zbek cholg’ular bo’lib, “cholg’uchilik” to’garaklari ushbu vazifani bajarishda yoshlarni to’g’ri yo’naltiruvchi omillardan biri sanaladi. Yakka cholg’u ijrochiligi to’garaklari musiqani o’rganishga intilayotgan bolalarga bilim olish imkoniyatini beradi. Maktab to’garagiga yoshi va musiqa tayyorgarligi saviyasidan qat’iy nazar, xohlagan bola kelishi mumkin va bu maktab musiqa hayotining barcha shakllarining samaradorligini ko’tarishiga ko’maklashadi.
CHolg’uchilik to’garaklari biror bir milliy cholg’uda ijro etish
malakalarini shakllantirishga va mazkur cholg’u yordamida dastur tayyorlashga qaratilgan bo’ladi. SHuningdek, mashg’ulotlarda milliy cholg’ularning kelib chiqish tarixi, ijrochilik imkoniyatlari, tembr xususiyatlarini to’la-to’kis ochib berish, ular orqali milliy musiqamizning lad va ohanglari, usul xusuiyatlarini to’g’ri idrok etishga o’rgatadi. Dastlab ijro cholg’usi haqida tushunchalar beriladi. So’ng boshqa sozlar – yakkaparvoz, jo’rparvoz, cholg’u ansambli va orkestr haqidagi ma’lumotlar berib boriladi.
SHu tarzda milliy musiqiy janrlar: kasbiy va ommaviy janrlar haqida tushunchalar beriladi. Kasbiy ijodiyot namunalaridan – katta ashula, maqom,dostonchilik, ommaviy janrlardan – lapar, yalla, terma, allalar, yor-yorlar va bolalar qo’shiqlari ham amaliy ham nazariy jihatdan o’rgatilib boriladi.
CHolg’uchilik to’garaklarida o’quvchilarni nafaqat cholg’u asbobida ijro etish, balki ularni ma’naviy, estetik, madaniy va jismoniy rivojlantirishga kuchli e’tibor qaratiladi. VCHA (vokal-cholg’u ansambllari) faoliyati Vokal-cholg’u guruhlari va vokal-estrada studiyalari bugungi kunda maktab o’quvchilarini musiqaga jalb etishning eng ommaviy shakliga aylanib ketdi. Ba’zan esa ular musiqali-ma’rifiy ishlarning markaziga aylanib, yosh avlodni zamonaviy musiqaga jalb etib, unga bo’lgan qiziqishini uyg’otmoqda, yaxshi musiqaviy didni tarbiyalashiga xizmat qilmoqda. Ammo ko’p hollarda, ularning faoliyati jamiyatimizning ma’naviyati va axloqiga yot bo’lgan, badiiy va musiqiy sifati jihatidan talab darajasida bo’lmagan namunalarni ommalashuviga sabab bo’lmoqda.
O’quvchilarning maktabda vokal-cholg’u ansamblni tuzish tashabbuslarini qo’llab-quvvatlagan holda, o’qituvchi ularga ijobiy ta’sir ko’rsatadigan asarlarni tanlashiga yordam berib, bolalarnnng faoliyatini to’g’ri yo’lga qaratmog’i lozim.
Vokal-cholg’u ansambllarining ommaviy musiqiy tarbiyadagi ahamiyati ijobiy yoki salbiy xarakterda bo’lishi ularning o’z oldiga qo’ygan maqsadlari, shuningdek, ular faoliyatining mazmuni va mohiyatiga bog’liqdir. Orkestr jamoalari. Afsuski, orkestr jamoalari moddiy va tashkiliy jihatdan qiyin ahvolda ekanligi sababli, maktab hayotida kamdan-kam hollarda tashkil etiladi. Orkestrda ishtirok etish bolalar va o’smirlar bo’sh vaqtini o’tkazilishining sermazmun shakllaridan biri bo’lib, ularda estetik va fuqarolik tuyg’ularini tarbiyalaydi. Maktablarda turli xil – simfonik, kamer, puflama, o’zbek xalq cholg’u asboblari orkestrlarini tashkil etilishi shaxsning ma’naviy shakllanishida muhim omil xisoblanadi.
Maqomchilar (milliy mumtoz musiqa) ansambli jonli va ta’sirli vositalarning boy majmuiga ega bo’lgan milliy san’atning eng muhim ko’rinishlaridan biridir. Yosh avlod vakillarining an’anaviy musiqa ansambllariga qatnashlari millatning ruhiyati va ma’naviyatini shakllantirishga, xalq madaniyatining an’analari, uning bebaho qadriyatlarini o’rganishga yordam beradi. Maqomchilar ansambllari asl milliy an’analarni saqlab qolish va keyingi rivojlanishi uchun muhim zaxira bo’lishi mumkin.Yakkaxonlik to’garagi 1930-50 yillarda keng tarqalgan edi, keyingi yillarda esa ular alohida guruh sifatida jamoadan ajratilmaydi, chunki ularning asosiy vazifasi yakkaxon qo’shiqchilarni emas, balki xorda ashula boshlovchilarni tayyorlashdir. Odatda ular xor jamoalarda qo’shiq aytadilar va alohida mashg’ulot o’tkazadilar.Bolalarning yakka qo’shiqchiligi, anchadan beri, musiqashunos-pedagoglarning diqqatini jalb etib kelmokda va bu borada ikki xil fikr bor.
Birinchi yo’nalish tarafdorlari, bolalarning qo’shiq aytishi tabiiy hodisa deb hisoblaydilar. Ammo, ularning fikricha, bolalarda ovoz apparati hali to’lalishcha shakllanmagan bo’lsa-da, ularni qo’shiq aytishga o’rgatish mumkin emas. Ovoz apparatining dastlabki ko’nikmalari u o’zgargandan so’ng keraksiz bo’lib qoladi.
Boshqa yo’nalish vakillari esa — balog’at yoshida bolalar ovozi o’zgaradi (mutatsiya), degan fikrga ko’shilgan holda, baribir bolalik chog’ida mashg’ulot o’tkazish maqsadga muvofiq deb hisoblaydilar. Ularning ta’kidlashicha, qo’shiqchilik faoliyati nafaqat ovoz apparati, balki kuylovchining ongiga ham bog’liqdir, chunki qo’shiqchilik malakalari xalqumda emas, balki miyada shakllanadi. Bu hol esa ovoz o’zgargandan keyin ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Bu nuqtai nazar tarafdorlari keyingi yillarda ko’payib bormoqda.
Xor to’garagi :
Musiqa darsi va sinfdan tashqari mashg’ulotning asosiy maqsadlari bir-biriga yaqin bo’lgan chog’da xam xor to’garagi o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Birinchi navbatda, bu bolalarning turli yoshga mansubligida namoyon bo’ladi. Quyi sinf xor guruhlari, ko’pincha, 1-4, ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilarining, o’smirlar guruhi yoki 4-9 sinf o’quvchilarini birlashtiradi yoki 4-6, 7-9 sinf o’quvchilari guruhlariga bo’linadi.
Jamoadagi xor-ijrochilik insh nafaqat alohida e’tiborni, balki muntazam ravishda bolalarga ta’lim berishini ham talab qiladi. Mashg’ulotlar davomiyligi xor to’garagi qatnashchilarining yoshlariga bog’liqdir. Amaliyot ko’rsatadiki, kichik xor guruhi bilan haftada ikki marta 45 minutdan mashg’ulot o’tkazish maqsadga muvofiq. O’smirlar xor guruhi esa tanaffus bilan ikki akademik soatdan shug’ullanishi mumkin.
Xor to’garagida bolalar uchun qulay va qiziqarli, ularning aql va
ruhiyatini boyitadigan, ijrosi yengil bo’lgan asarlarning tanlashi katta ahamiyatga egadir.Sinf va xor to’garagidaga ish usullari ko’p hollarda bir-biriga o’xshab ketadi (masalan, asar bilan tanishish, uning qisqa tahlili, qo’shiqni jumlalarga bo’lib o’rganish va hokazo), ammo xordagi mashg’ulot jarayoni notaga qarab kuylash, asar yozuvini eshittirish hamda o’zining ijrosida eshitish imkonini beradi. Bularning hammasi repertuarni chuqur va tez o’zlashtirishiga yordam beradi.
Musiqiy olimpiadalar Musiqiy olimpiadalar maktab, tuman, respublika miqyosida o’tkazilishi mumkin. Bu olimpiada o’tkazishning bosqichlari hisoblanadi. Olimpiadadan kutilgan maqsad - maktab o’quvchilarinish musiqa saviyasi va estetik madaniyati darajasini aniqlash, o’quvchilarning musiqaga bo’lgan qiziqishlarini faollashtirishdir. Musiqa olimiiadasi maktab o’quvchilari bilan o’tkaziladigan ishning eng ommaviy ko’rinishi bo’lib, og’zaki va yozma shakllarda o’tkazilishi mumkin.
Olimpiadaning birinchi bosqichi – bu maktab dasturi asosida
o’quvchilarni musiqaga oid bilimlarini tekshirish bo’lib, maktab bosqichi hisoblanadi, keyin tuman, shahar va respublika bosqichlari o’tkaziladi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, bu shakl bolalar faoliyatining oddiy va tushunarli shakllaridan bo’lib, ularni qiziqtiradi va faollashtiradi. Bu ish nimadan boshlanadi? O’quv yilining boshida tuman uslubiyotchilari bilan yig’ilish o’tkazilib, unda maktab va tuman bosqichlarini o’tkazish usullari bayon etilib, tavsiyalar beriladi, hay’at a’zolari belgilanadi.
Olimpiadada maktab o’quvchilariga taklif etiladigan savollar maktab dasturi bo’yicha o’rganiladigan musiqa asarlari va musiqa nazariyasiga oid bilimlar asosidagi bilimlarni o’z ichiga olishi kerak. Maktab bosqichining davomiyligi - 45 minut, savollar soni esa 5 tadan-10tagacha bo’lishi mumkin. Maktab bosqichi – bu sinflar o’rtasidagi musobaqa bo’lib, musiqa darslarida olingan bilimlarning puxtaligi tekshiriladi. Ikkinchi – tuman bosqichida maktab tanlovida g’olib chiqqan o’quvchilar ishtirok etadilar. Tuman bosqichida taklif etiladigan savollar ham dastur talablaridan chetga chiqmagan holda, ularning bayon etish shakli murakkablashtirilgan bo’ladi. Tuman olimpiadasi ham maktabda bo’lgani kabi yozma ravishda o’tkaziladi, ammo uni og’zaki usulda: ijodiy musiqa o’yinlari, xazillar, musiqali topishmokdar bilan to’ldirish mumkin. Tuman bosqichi musiqiy bilimlarning hajmi va teranligini aniqlashga, ularni yangi musiqa materialida sinab ko’rishga yordam beradi. Tuman bosqichida g’olib chiqqan o’quvchilar shahar olimpiadasida ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.
SHahar hay’at a’zolari tarkibiga musiqa-pedagogika oliy o’quv
yurtlarining professor-o’qituvchilari, shuningdek shaharning eng yaxshi musiqa o’qituvchilarini kiritish mumkin. Savollar soni 9-10 tagacha yetadi, shuni nazarda tutish kerakki, ular izchillik printsipi asosida tuzilgan bo’lib, avval osonlari, so’ngra qiyinroqlari beriladi. Savollar o’quvchilardan nafaqat ma’lum bir savollarni bilishni, balki musiqa haqida o’ylash, fikrlashni talab qiladi (masalan: maqomning katta ashuladan, baletning operadan, kontsertning simfoniyadan qanday farqi bor va nima uchun? va hokazo).
Olimpiada tugagan zaxoti yozma ishlar tekshirilib, eng ko’p ball to’plagan qatnashchilar g’oliblar deb e’lon qilinadi. G’oliblarga ballarning hajmiga qarab I, II, III darajali diplomlar beriladi. Olimpiadalar o’tkazilishi musiqa ta’limi tizimi ishini faollashtiradi va o’qitish usullarini yaxshilashga ta’sir ko’rsatadi, shuningdek maktab ma’muriyati va butun pedagoglar jamoasini musiqa darslarini o’tkazish sharoitlarini yaxshilashga, sinflar, kabinetlarni jihozlash, audio-vizual texnika, kompyuterlar sotib olish va ularni dars jarayoniga tatbiq etish ishlariga jalb etadi. Olimpiadalar o’tkazilishining ijobiy tomonlari shundaki, ularning aks-sadosi maktab o’quvchilarining musiqa darslariga va musiqa san’atiga bo’lgan qiziqishlarini oshirishga shuningdek, o’quvchilarning musiqiy-estetik madaniyati, bolalarning ma’naviy-axloqiy saviyasini sezilarli darajada ko’tarilishiga turtki bo’ladi.
XX asrda, sovet ittifoq davrida birinchi olimpiada Sankt-Peterburgda o’tkazilgan. 1970-80 yillardan boshlab olimpiadalar O’zbekistonda ham o’tkazila boshladi. D.SHtern, N.Tishkevichlar tashabbusi bilan tashkil topgan musiqiy olimpiadalarda respublikamizning turli shaharlardan kelgan bolalar ishtirok etganlar. Toshkentda tashkil etilgan olimpiadaning boshqalardan farqi shunda ediki, ular asosan og’zaki ravishda emas, balki yozma shaklda o’tkazilgan. Olimpiadaning yozma ravishda o’tkazilishining afzalligi shundaki, u har bir o’quvchining musiqali-estetik madaniyat saviyasini aniqlash imkonini beradi.
Olimpiadalar o’quvchilarning musiqaga oid bilimlarining puxtaligi, teranligi va anglab-etilganini tekshirishga yordam beradi. Natijalar shuni ko’rsatdiki, bu ish shakli bolalar uchun nafaqat tushunarli va qulay bo’lib, balki ularning faolligini ham oshirgan. Maktab o’quvchilariga berilgan hamma savollar shunday tuziladiki, ularga beriladigan javoblar qisqa va aniq bo’lishi nazarda tutiladi.
Hozirgi kunda musiqiy olimpiadalar nafaqat umumiy o’rta ta’lim, balki ixtisoslashgan musiqa maktablarida keng qamrovda o’tkaziladi. Zamona talabiga ko’ra olimpiada bosqichlari ham takomillashib bormoqda. Birinchi maktab bosqichida faqat maktab dasturidagi asarlardan foydalaniladi. Savollar 6-8 tadan iborat bo’ladi. Hay’at a’zolari qatoriga konservatoriya o’qituvchilari kirgan.
Maktab bosqichida g’olib chiqqanlar tuman bosqichida qatnashadilar. Tuman bosqichidagi olimpiada shartlari dasturga muvofiq bo’lsada, biroz murakkab tidla bayon etilgan bo’ladi. Hozirgi kunda olimpiadalarda test savollaridan foydalanish ham keng tarqaldi. Tuman bosqichida g’olib chiqqan o’quvchilar SHahar bosqichiga yo’llanma oladilar. SHahar olimpiadasi natijalarini tuman metodistlari maktab o’qituvchilari yig’ilishida bayon etiladi. SHahar bosqichlarida g’olib chiqqan o’quvchilar Respublika bosqichida qatnashadilar. Respublikada g’olib qiqqan o’quvchilar maxsus sovg’alar va diplomlar bilan taqdirlanadilar. Bunday olimpiadalarning o’tkazilishi o’quvchilarning va fan o’qituvchilarining musiqa darslariga bo’lgan munosabati va qiziqishlarini yanada kuchaytirib, boshqa o’quvchilarni ham musiqa san’atiga jalb etishga asos bo’ladi.


Download 10,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish