Tomat sousini tayyorlashda texnologik jarayonlarning buzilishi ularning
karamelizastiyaga uchrashi, kuyishi, ta’mining, hidining yo’qolishini keltirib chiqarishi
mumkin. Yuqori sifatli tomat sousi esa toza, pushti-qizil rangli, yoqimli hid va ta’mga ega
bo’ladi.
Sho’rvasining loyqalanishi esa konserva tayyorlash uchun eski va yaxshi
yuvilmagan baliqlardan foydalanilgan holatlarda vujudga keladi. Bunday konservalarning
tovar ko’rinishi, ozuqaviy qiymati va ta’m ko’rsatkichlari yomonlashadi.
52
Ba’zan go’shtning bankaning ichki qismiga tegib turgan joyi qorayib qoladi,
ayniqsa siri ko’chgan joyida bu o’zgarish kuchli seziladi. Bunday konservalarning ta’m
ko’rsatkichlari yomon bo’lganligi uchun sotuvga ruxsat etilmaydi.
Yog’ning oksidlanishi. Agar konserva tayyorlash uchun eski baliq yoki sifatsiz
o’simlik moyidan foydalanilgan bo’lsa, u holda mahsulotda yoqimsiz hid va ta’m paydo
Do'stlaringiz bilan baham: |