O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti


Kalla-pocha mahsulotlarining sifat tahlili



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet116/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

 
Kalla-pocha mahsulotlarining sifat tahlili 
Kalla-pocha mahsulotlari-bu molni so’yib, go’shtiga birlamchi ishlov berganda 
chiqadigan ikkinchi darajali ahamiyatga ega bo’lgan mahsulotlar-ichki a’zolar, kalla, dum, elin, 
oyoq qismlaridir. 


71 
So’yilgan molning turiga qarab kalla-pocha mahsulotlari molniki, qo’yniki, echkiniki, 
cho’chqaniki va hokazo bo’ladi. Bu mahsulotlar mol go’shtida so’yilgandan keyingi massasining 
24% gachasini, qo’y go’shtida 20, cho’chqa go’shtida esa17 % gacha qismini tashkil etadi.
Haroratiga qarab kalla-pocha mahsulotlari ham sovitilgan va muzlatilgan bo’ladi. 
Ozuqaviy qiymati bo’yicha kalla-pocha mahsulotlari I va II kategoriyalarga bo’linadi. 
Birinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlariga yurak, buyrak, til, jigar, elin, molning va 
qo’yning dumg’o’zasi va go’sht qiyqimlari kiradi. 
Ikkinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlariga esa cho’chqa qallasi, molning tili olingan 
kallasi, qo’yning (tili olingan va olinmagan) kallasi, mol va cho’chqa qulog’i, mollarning 
poychasi, cho’chqa dumg’o’zasi, cho’chqa qorini, lab, bo’g’iz, qorajigar, kekirdak, o’pka va 
hokazolar kiradi. 
Kalla-pocha mahsulotlarini kategoriyalar bo’yicha bo’lganda ularning ozuqaviy qiymati 
va ta’m ko’rsatkichlari asos qilib olinadi. Birinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlari ikkinchi 
kategoriyasig qaraganda ancha yuqori ozuqaviy qiymatga va ta’m ko’rsatkichlariga ega ekanligi 
bilan xarakterlanadi. Masalan, til, jigar, yurak, miya kabilar tarkibi va energiya berish qobiliyati 
bo’yicha 1-navga kiradigan go’sht qismlaridan ancha qolishmaydi. 
Birinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlarining tarkibida to’liq qiymatga ega bo’lgan 
oqsillar miqdorining hissasi yuqoridir. Kalla-pocha mahsulotlaridan jigar fosfor va temir 
tuzlariga boyligi bilan ajralib turadi. Ba’zi bir kalla-pocha mahsulotlari, masalan, jigar, buyrak, 
yurak vitaminlar miqdori bo’yicha go’shtdan ham yuqori turadi. Jigarda ko’p miqdorda A, V, 
RR vitaminlari, buyrakda esa V va RR vitaminlari uchraydi. 
Birinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlarining tarkibida ko’p miqdorda ekstraktiv 
moddalarning borligi uchun ham ular yuqri ta’m ko’rsatkichlariga ega bo’lib, yaxshi hazm 
bo’ladi. 
Ikkinchi kategoriya kala-pocha mahsulotlari tarkibida umumiy oqsil miqdori yuqori 
bo’lsa-da, bu oqsillar asosan to’liq qiymatga ega bo’lmagan oqsillardir. Shu sababli ham 
ularning ozuqaviy qiymati birinchi kategoriya kalla-pocha mahsulotlariga nisbatan birmuncha 
past hisoblanadi. 
Kalla-pocha mahsulotlari ishlov berish sifati va organoleptik ko’rsatkichlari bo’yicha 
standart talablariga javob berishi kerak. 
Sotishga chiqarilayotgan kalla-pocha mahsulotlari yangi, toza, kasalliklarsiz va begona 
hidlarsiz bo’lishi kerak. 
Tabiiy rangini yo’qotgan, to’g’ri ishlov berilmagan, shuningdek, yorilgan va kesilgan 
joylari mavjud, qayta muzlatilgan, buzilgan mahsulotga xos hidga ega bo’lgan kalla-pocha 
mahsulotari sotuvga chiqarilishi mumkin emas. 
Kalla-pocha mahsulotlari toza yashiklarga so’yilgan molning turiga va termik holatiga 
qarab joylanadi. Muzlatilgan mahsulotlar esa bundan taщqari matodan qilingan qoplarga, kraft-
paketlarga, chipta xaltalarga 50 kg massadan oshirmay joylanadi. 
Sovitilgan va muzlatilgan kala-pocha mahsulotlari 0
0
S dan past haroratda va havoning 
nisbiy namligi 85% dan kam bo’lmagan sharoitda 3 kungacha, 0
0
-+6

S da esa sovitilgan kalla-
pocha mahsulotlarini 36 soatgacha, muzlatilgan kalla-pocha mahsulotlarini esa 48 soatgacha 
saqlash mumkin. 

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish