67
Chirishning boshlang’ich bosqichida organoleptik ko’rsatkichlarning o’zgarishi juda kam
bo’lganligi sababli ham, oqsil moddalarining parchalanayotgandagi o’ziga xos hidini sezish amri
maholdir. Ma’lumki, uchuvchan moddalarning atrofga uchib chiqish
darajasi haroratning ortib
borishi bilan ortib boradi. Shu sababli ham tekshirilayotgan go’sht bo’lakchasini qaynatib yoki
qovurib hidini aniqlash tavsiya etiladi. Shuningdek, go’sht bo’lakchasini barmoqlar orasida ezib,
so’ngra hidini aniqlash ham tavsiyalardan biri hisoblanadi. Buzilib boshlagan go’sht hidining
intensivligi go’sht yuzasiga suyultirilgan kislotalar (xlorid kislotasi, sulfat kislotasi ) yoki
ishqorlar surkalganda ham ortadi. Anoerob jarayonlarda go’shtning yuzasi emas, balki ichki
qatlamlarining hidini, rangini, konsistenstiyasini tekshirish samarali usullaridan biri hisoblanadi.
Agar go’shtda parchalanish jarayoni endigina boshlangan bo’lsa, bu go’shtlar
darhol
ovqotga ishlatilishi mumkin bo’ladi. Bunday go’shtni qaynatishdan oldin kaliy permanganatning
(KM
n
O
4
) kuchsiz eritmasi bilan yuvish talab etiladi.
Mog’orlash. Ba’zi holllarda go’sht va go’sht mahsulotlarining yuzasida o’ziga xos
yoqimsiz kuchli hidli oq, qo’ng’ir, qo’ng’ir-yashil po’panak dog’i paydo bo’ladi.
Po’panaklar faqat kislorodli sharoitda rivojlana olishi mumkin bo’lganligi uchun ham
go’shtlarning yuza qismi mog’orlanadi. Ko’pchilik hollarda mog’or zamburug’lari rN
ko’rsatkichi 5,6-6,0 ga teng bo’lgan, etilgan, go’shtlarda yaxshi rivojlanadi. Mog’or
zamburug’lari kislotali sharoitga bardoshli, hatto ular rN muhiti 2,0 ga teng bo’lganda ham
o’lmaydi. Go’shtlarni yaxshi shamollatilmaydigan xonalarda saqlash, ularning tezroq
mog’orlishini ketirib chiqaradi.
Mikroorganizmlarning rivojlanishiga ta’sir qiladigan
muhim omillardan yana biri
oziqlanayotgan muhitning namligi hisoblanadi. Mog’or zamburug’lari bakteriyalar rivojlana
olmaydigan darajaga quritilgan go’sht sirtida ham rivojlana olishi mumkin. Shu sababli ham
quritilgan go’shtlar chirish yo’li bilan boradigan parchalanishga bardoshli bo’lsada, mog’orlash
belgilari ularda bemalol kuzatilishi mumkin.
Go’shtlarning asosan 2 mm chuqurlikkacha yuza qismi mog’orlaydi. Ba’zi hollarda
kuchli mog’orlanish natijasida zaharli moddalar ham to’planishi mumkin. Natijada,
bunday
go’shtlar ham iste’molga yaroqsiz holga kelishi mumkin. Umuman mog’orlangan go’sht qismini
pichoq bilan kesib tashlab, keyin iste’mol qilinadi. Mog’orlash chirishni keltirib chiqarmasada,
oqsillarning gidrolizlanishini keltirib chiqaradi. Bu esa aminokislotalarning amin guruhlarini
yo’qotish bilan tugallanadi. Natijada hosil bo’lgan ammiak go’shtning rN muhitini ishqorli
sharoitga o’zgartiradi. Shunday qilib, mog’orlarning rivojlanishi rN ko’rsatkichining ortishiga,
proteolitik bakteriyalar rivojlanishi intensivligining kuchayishiga va go’shtning
chirish bilan
bog’liq parchalanishga barqarorligining keskin kamayishiga sabab bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: