O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muxandislik-texnologiya instituti



Download 2,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet260/373
Sana06.02.2022
Hajmi2,02 Mb.
#434061
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   373
Bog'liq
oziq-ovqat mahsulotlari ekspertizasi

Pastila. 
Bu mayda g’ovakli engil mahsulot. Uni meva-rezavor meva bo’tqasi, tuxumning 
oqi va shakarga ilvira beruvchi moddalar qo’shib kuvlash yo’li bilan olinadi. 
Pastila olishda qo’llaniladigan stabilizator moddasining turiga qarab yopishqoq pastila va 
qaynatma pastila turlari ishlab chiqariladi. Yopishqoq pastila olishda asos sifatida yopishqoq-
agar-shakar-patoka sharbati ishlatilsa, qaynatma pastilada asos sifatida marmelad massasidan 
foydalaniladi. 
Yopishqoq pastila shakllash usuliga qarab to’g’ri burchakli g’o’lacha ko’rinishidagi 
qirqma pastilaga (sutli, qaymoqli, o’rikli va hokazo) va ikkita yarim sferadan iborat, ichiga biron 
masalliq solingan va massaliq solinmagan sharsimon yoki oval shaklidagi mahsulot kuyma 
(zefir) pastilaga bo’linadi. 
Qaynatma pastilani to’g’ri burchakli qatlar ko’rinishida (qatlama pastila), to’g’ri burchak 
kesimi (qirqma), bir necha qavatli pastila ko’rinishida quyiladi. 
Pastilaning sifati GOST 6441-69 standarti talabi asosida baholanadi. 
Pastilaning hidi va ta’mi yoqimli, aniq seziladigan, o’ziga xos, begona hidlarsiz va 
ta’mlarsiz bo’lishi kerak. Ularning konsistenstiyasi ko’pchigan qavariq, yumshoq, qaynatma 
pastila esa sal cho’ziluvchan bo’ladi. Strukturasi mayda g’ovax, shakli to’g’ri, o’ziga xos bo’lishi 
talab etiladi. Yuzasi zefirda qirralari aniq taram-taram gulli, pastilada esa bir tekis qand talqoni 
sepilgan, yupqa kristall jildli bo’ladi. 
Shokoladli qiyom surilgan mahsulotlarda esa yorilgan joylari bo’lmasligi, tagi ko’rinib 
qolmagan, tekis yoki to’lqinsimon qiyom qatlami bo’lishi kerak. 
Pastilalarning sifatini baholashda ham fizik-kimyoviy ko’rsatkichlari muhim hisoblanadi. 
Yuqorida qayd etilgan standart talabi bo’yicha eng muhim fizik-kimyoviy ko’rsatkichlaridan biri 
pastila tarkibidagi suv miqdori hisoblanadi. 
Yopishqoq qirqma pastilalarda suv miqdori 14-20%, qaynatma qirqma pastilalarda esa 
15-19% ni tashkil etishi kerak. Yopishqoq quyma (zefir) pastilalarda esa namlik 12-25% 
bo’lishi standartda qayd etilgan. Meva-rezavor mevali qandolat mahsulotlarining hamma 
turlarida ham qaytaruvchanlik xususiyatiga ega bo’lgan qand miqdori me’yorlashtiriladi. Bu 
ko’rsatkich yopishqoq pastilalarning barcha turlarida 7-14% ni, qaynatma pastilalarning barcha 
turlarida esa 10-20% ni tashkil etishi standartlarda ko’rsatib qo’yilgan. 
Qandolat mahsulotlarining tozaligini belgilovchi ko’rsatkichlardan yana biri 10% li xlorid 
kislotasida (HCe) erimaydigan kul miqdori hisoblanadi. 10% li xlorid kislotasida erimaydigan 
kul miqdori pastilalarning ikala turida ham 0,05% dan ortiq bo’lmasligi talab etiladi. 
Marmeladlardan farq qilib pastilalarning sifatini baholashda mahsulotning zichligi ham 
aniqlanishi kerakligi standartda ko’rsatib qo’yilgan. Bu ko’rsatkich yopishqoq pastilalarda 0,6-
0,7 g/sm
3
dan, qaynatma pastilalarda esa 0,9 g/sm
3
dan katta bo’lmasligi qayd etilgan. 
Ko’pchilik qandolat tovarlarida og’ir metallar tuzlari miqdori chegaralanadi. Pastila ham 
ana shunday mahsulotlar qatoriga kiradi. Pastilalar tarkibida qo’rg’oshin va qalay tuzlari 
bo’lmasligi, mis tuzining miqdori esa 1 kg mahsulotda 10 mg dan ortiq bo’lmasligi kerakligi 
ko’rsatib qo’yilgan.

Download 2,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   256   257   258   259   260   261   262   263   ...   373




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish