O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 1,9 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/95
Sana06.02.2022
Hajmi1,9 Mb.
#432693
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95
Bog'liq
Диншунослик Услубий Кўлланма сўнгги doc

beshta aqida:
tavhid (yakka xudolik), adl (adolat), nubuvvat 


94 
(payg‘ambarlik), imomat (imomlar hokimiyati) va qiyomat (oxirat kunining kelishi 
va o‘lganlarning tirilishi)ni tan olishdan iborat. 
IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislarni to‘plash tugallangan. To‘plangan 
hadislar hajmi, chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis 
(hadis to‘plovchi) mashhur bo‘lgan. Shulardan uchtasi Markaziy Osiyo-dan 
chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo‘lisi va mashhuri Imom Muhammad ibn 
Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) dir. U Buxoroda tug‘ilib, shu erda o‘z davri 
ilmlarini, ayniqsa, diniy bilimlarini har tomonlama o‘rgangan. So‘ng o‘z 
bilimlarini mukammallashtirish maqsadida Makka, Madina, Bog‘dod, Damashq, 
Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda ko‘p olimlar, 
dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar to‘plagan, so‘ng Buxoroga 
qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan. Uning maqabarasi hozir ta‘mirlangan 
va ziyoratgohga aylantirilgan. 
Buxoriydan bizga juda ko‘p meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid 
20 taga yaqin katta hajmdagi asarlari mavjud. ―Al-Jome‘-Sahih‖, ―At-tarix al-
Kabir‖,‖At-tarix as-sagir‖, ―Al-Adab al-Shufrad‖ kabilar shular jumlasiga kiradi. 
―Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim ikkalalarining ikki 
sahih kitobi paydo bo‘lgach, olimu muhaddislar juda nozik did bilan tekshirib
bahs yuritganlaridan keyin eng ishonchli ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning 
kitobi Qur‘oni Karimdan keyin Islomning ikkinchi manbasi, ―Eng oliy va eng 
sahih» manba deb shu ikki kitobni tasdiqladilar‖
10
.
Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to‘rt jildli ―Al 
Jome‘ al-Sahih‖ ―Sahih- al-Buxoriy‖ nomi bilan ham ma‘lumdir. Bu asar 160 
qismdan iborat bo‘lib, 3450 bobni o‘z ichiga oladi. Chunki, Buxoriy 20 mingdan
ortiqroq hadis to‘plab, bulardan 7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy 
to‘plamiga haqiqiy bilgan hadislarnigina kiritgan. Bu kitobdagi hadislarda inson 
uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma‘naviy yuksalishi, pokligi, donoligi, yaxshi-
yomonni ajrata bilishi kabi g‘oyalar bayon etilgan. 
10
Имом Бу хорий таърифи. Тошкент.-«Чў лпон» нашриѐти.-1996 йил. 9-бе т. 


95 
Hadislarning asosiy maqsadi: do‘stlik, adolat, o‘zaro yaxshi munosabatlarni 
mustahkamlash, insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil Buxoriy ―Sahih‖ning hozir 
to‘rttala jildi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, undan xalqimiz foydalanmoqda. 
Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo‘lmish mashhur muhaddislardan biri 
Imom Iso at-Termiziydir (824-892 yillar). Undan ―Jame‘ al-kabir‖, ―Jome‘ at-
Termiziy‖, ―Ash-Shamoil al-Nabaviya‖, ―At-Tarix‖, ―Kitob az-Zuxd‖ kabi o‘ndan 
ortiq asarlar qolgan. Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari ―Jome‘ 
at-Termiziy‖ bo‘lib, unda insonparvarlik g‘oyalari keng ifodalangan. O‘g‘irlik, 
zo‘ra-vonlik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik kabi salbiy, ahloqqa zid 
qusurlar qattiq tanqid qilingan. 
Islomda mashhur bo‘lgan muxaddislardan yana biri Abu Abdurahmon an-
Nasoyidir (850-915 yillar). U Nisa (Turkmaniston) shahrida tug‘ilib, horijiy sharq 
shahar-larida, xususan Misrda o‘z bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla 
shahrida vafot etgan. Uning ―at-sunai al-Kubro‖ kitobi mashhur bo‘lgan. Qolgan 
yana uchta hadis yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi. 
Hadislar Qur‘on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlarning ta‘lim-
tarbiyasida, fiqx sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon katta ahamiyatini saqlab 
kelmoqda. 
Shariat-arabcha ―to‘g‘ri yo‘l‖, ―ilohiy belgilab berilgan yo‘l‖ demakdir. 
Shariat - islom qonun-qoidalariga, moddiy va ma‘naviy hayotning barcha 
sohalarida musulmonlar bajarishi lozim deb belgilangan, ijtimoiy-iqtisodiy, 
fuqarolik, ahloqiy va diniy faoliyat va hatti-harkatlar bo‘yicha qonun-qoidalar va 
me‘yorlar majmuasidir. 
Shariatning harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u faqat huquq va 
qonunchilikka xos masalalar bilan cheklanib qolmay, u ahloq va diniy 
marosimchilik masalalarini ham o‘z ichiga oladi. Musulmonlar uchun bajarish farz, 
ya‘ni majbur hisoblangan dasturlarni belgilab beradi va ularning diniy qonun 
tusiga kiritadi. Shuni hisobga olganda, shariatni faqat shartli ravishda diniy huquq 
tizimi deb atash mumkin. 


96 
Shariat XIII-XII asrlar davomida asta-sekin shakllandi. Qur‘on, hadis (sunna), 
ijmo‘ va qiyos shariat manbalari hisoblanadi. 
Ijmo‘ - diniy jamoa fikri (arabcha-ijmo‘ al-umma) bo‘lib, Qur‘on va 
hadislarga asoslangan, ammo alohida vaziyat yoki shart-sharoitni hisobga olib 
chiqariladigan ulamolar hukmi edi. 
Qiyos - kengayib ketgan, ichki nizolar kuchayib borayotgan xalifalikda 
shariatga asos qilib olingan to‘rtinchi manba edi. Qur‘on va hadislardan 
topilmagan ko‘rsatmalar o‘rniga ulamolar bergan fatvo o‘tgan. Qiyos - mantiqiy 
taqqoslash yo‘li bilan biror masala bo‘yicha hukm chiqarish usulidir. 
Ijmo‘ bilan qiyos qabul qilingach, mahalliy va markazdagi humdorlar 
shariatni o‘z xohish-irodalariga qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada 
islomning Muhammad payg‘ambar davridagi ko‘p talablari buzildi. Islomga bid‘at 
hisoblangan yangiliklar kirib qolgan. Keyingi vaqtlarda vahhobiylar ―islomni 
tozalash‖ni talab qilmoqdalar.

Download 1,9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   95




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish