Asiklovir chinligi IQ-spektrometrik usulda standart namuna eritmasi bilan taqqoslab aniqlanadi. Asiklovir chinligi yupqa qatlam xromatografiya usulida aniqlanadi. Bunda silikagel plastinkasi, erituvchilar aralashmasi sifatida p-propanol: kons. ammiak: difenilformamid (6 0 : 3 0 : 10)dan foydalaniladi 254 nm toMqin uzunligida UB nur spektrida ko'riladi. Miqdori suvsiz muhitda kislota-asos titrlash (potensiometrik titrlash) usulida aniqlanadi. Aniq tortib olingan preparatni suvsiz sirka kislotasida eritib, 0,1 N perxlorat kislotasi bilan neytrallanadi. Indikator sifatida ko‘k-yashil kristall binafshasidan foydalaniladi. Tibbiyotda virusga qarshi vosita sifatida keng qoMlaniladi. Mahkam berkitilgan idishda, quruq va qorong‘u xonada saqlanadi
Do'stlaringiz bilan baham: |