Temuriylar davrida ta'lim-tarbiya masalasi
Reja:
XIV-XVI asrlarda Movarounnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar.
Amir Temur amal qilgan ahloqiy sifatlar.
Amir Temurning odob-axloqqa oid nasihatlari.
Mirzo Ulug'bekning ilm-ma'rifat sohsidagi xizmatlari.
Zahiriddin Muhammad Boburning talim-tarbiya sohasidagi xizmatlari.
1. XIV-XVI asrlarda Movaraunnahrda ta'lim-tarbiya va pedagogik fikrlar
Temuriylar xukmronligi davrida ta'lim-tarbiya, madaniyatimiz va ma'naviyatimiz rivojiga katta hissa qo’shildi va ular xozirda xam o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda.
XIV asrning 50-yillarda Amir Temur siyosat maydoniga chiqdi. Markazlashgan yirik feodal davlati barpo etildi. Madaniyat, maorif qaytadan yuksala boshladi. Shuning uchun XIV asrning 2-yarmi va XV asr tarixida Sharq uyg’onish davrining 2-bosqichideb atalgan.
Amir Temur Movorounnahrga boshqa o’lkalardan ҳunarmandlarni olib berdi. Samarqand madrasalar, kutubxonalar, rasadxonalar qurildi. Tibbyot, riyoziyot, falakkiyot, geografiya, tarix, adabiyot, falsafa, tabiatshunoslikka oid ajoyib asarlar yaratildi.
Temurdan so’ng temuriylar davrida Movorounnaxr va Xuroson davlatiga ajralgan xolda boshqarildi. Samarqand va Hirot madaniat va ilm-fan markaziga aylandi. Shohizinda, Go’riamir, Bibihonim masjidi, Registon maydoni, qator binolar barpo etildi.
Ulug’bek zamoniga kelib esa matematika, astronomiya fanlari rivojlandi. Tibbyot, tarix, adabiyot va diniy ilmu ma'rifatga e'tibor berildi. Buxoro, Samarqandda madrasalar qurildi.
Bu davlatda adabiyot haqida Atoiy, Sakkoky, Haydar Xorazmiy, Durbek, Lutfiylarning qimmatli asarlarini berdi.
Samarqandda Qozizoda Rumiy, Mansur Koshy, Hirotda Navoiy, Jomiy, Bexzod, Tarixchi Xondamir, Xattot Sulton Ali Mashhadiy va boshqalar ijodi gulladi.
Ali Qushchi astronomiya oid «Risola dar falakkiyot» asarini yozib, unda geometrik bilim asoslari, tibbyot fanlari va boshqa sohalarga oid boshlang’ich bilimni bayon etdi.
XV asrda tarix fani rivoj topdi, Hofizu Abru "Zabdan tovara" (Tarixning qaymog’i) kitobini yozib, unda 1427-yillarda bo’lgan voqealarni bayon etdi. Abdurazzoq Samarqandiy buni davom ettirib «Ikki saodatli yulduzning chiqish joyi va ikki dengizning qo’shilish joyi» asarida 1471-yil davomidagi voqealarnibayon etdi. «Ravzatus sappho» asarini yozgan Mirhond, «Haqbibus siyar» asarini yozgan Xondamir asaring bir qismi Sulton Husain hukmronlik qilgan davrga bag’ishlandi.
Shular qatorida bir qancha ilm maskanlari qurildi bular: Shayboniyxon madrasasi, Abdurayim Sadr madrasasi, Mirarab madrasasi va boshqalar qurildi.
Hususiy taʼlimi yuzaga keldi, uyda muallim yollab o’qitish odat tusiga kirdi. Shahar qishloq, ovullarda ochilgan maktablarda o’qitish 6 yoshdan boshlandi. Bolalar maktabda alifbe o'rganib, ayrim xarflarni chizishni mashq qilishgan. O’quvchilar ta'limda savod chiqargach madrasaga kirib diniy va dunyoviy ta'limdan bilim olardilar.
2. Amir Temur amal qilgan axloqiy sifatlar
«Temur tuzuklari» da o’zi amal qilgan o’n bir sifatni yoshlarimiz ongi va qalbiga singdirsak, shuning o’zi ta'lim-tarbiya sohasidagi g’oyalarni yoshlariizni tarbiyalashda tadbirkor bo’lishdan odamlar bilan maslahatlashib, nozik va tarbiya ko’rgan aqilli kishilar bilan birga kelishib, e'tiqodli, iymonli qilib tarbiyalashda e'tiborni kuchaytirsak foydadan holi bo’lmaidi.
Amir Temur o’zining o’nbir sifatiga umr bo’yi rioya qilib yashagan. Shu tufayli el hurmatiga, xalqning beqiyos e'zoziga va yuksak baxtga sazovor bo’lgan. Insonga hurmatni, mehr-oqibatni, sabr-qanoat va burchga sadoqatni beqiyos o’zida payd qilishda ibrat, namuna bo’la olgan. O’n bir sifat esa quyidagilardan iboratdir:
Do'stlaringiz bilan baham: |