Marosim va bayramlar:
a) dindorlarni hamkorlik ruhida tarbiyalaydi; b) dindorlar orasida tartib-
intizomni mustahkamlaydi; v) dindorlarning vaqti, moddiy harakat-larini talab
qiladi; g) dindorlar iymon va e‘tiqodini kuchaytiradi; d) ular milliy va baynalminal
madaniyatning bir qismiga aylanib, umuminsoniy qadriyatlarni kuchaytiradi. Bu
xususiyatlarning barchasi xristianlik marosim va bayramlarida ham to‘la amal
qiladi.
Xristianlik marosimlari asrlar mobaynida asta-sekin shakllanib borgan, ular
quyidagilardir: cho‘qintirish, prichashchenie (non va vino iste‘mol qilish),
miropomazanie (cherkovlarda chaqaloqni cho‘qintirgandan keyin xushbo‘y moy
surkash), elosvyashchenie (soborga olib kelish), nikoh (gulcham-bar kiydirish,
nikoh uzugi taqish kabilar), tavba qilish (gunohlariga pushaymon bo‘lish),
ruhoniylikka qabul qilish, Pasxa, rojdestvo Xristovo, troitsa bayramlari. Xristianlik
marosimlarini tainstvolar deb ataladi. Bu marosim va bayramlar barcha xristian
yo‘nalishlarida mavjud, faqat ularni shakli va vaqti turlicha xolos.
Cho‘qintirish marosimi xristian dinining eng muhim va asosiy marosimidir.
Bu marosim cherkovda o‘tkaziladi. Marosiming asosiy mohiyati tug‘ma gunohdan
58
bolani xalos qilish, uni xristianlikka dohil qilish, unga xristiancha ism qo‘yish, uni
cherkov qavmiga, ya‘ni aholi ro‘yxatiga yozib qo‘yishdir.
Marosim o‘tkazish uchun yangi tug‘ilgan bolani cherkovga olib kelishadi. Bu
erda ruhoniy uning yuziga qarata uch marta kuf-suflaydi, dajjollarga qarshi afsun
o‘qiydi. Shaytondan yuz o‘girishga, uni puflashga va unga tuflatishga chaqiradi.
Bu ishlarning hammasini chaqaloq nomidan cho‘qintirayotgan erkak yoki ayol,
ya‘ni chaqaloqni «cho‘qintirayotgan otasi yoki onasi» bajo keltiradi. Shundan
keyin pop chaqaloqni uch marta suvga botirib oladi, chaqaloqqa zaytun yog‘i
surtaydi, uning boshidan bir tutam sochini kesadi va bolaga ism qo‘yib beradi.
Rivoyatga ko‘ra Iso payg‘ambarni Iordan daryosida avliyo Ioann Cho‘qintiruvchi
cho‘qintirgan.
Cho‘qintirish marosimi qadimgi Hindiston, Rim, Misr, Kichik osiyo va
boshqa davlatlar hududlarida yashagan xalqlar orasida ham mavjud bo‘lgan.
Xristianlikda cho‘qintirish marosimi yangi eraning 1-asri oxirlarida paydo bo‘lgan.
Bi-rinchi xristian jahon soborining (4-asr) qaroriga muvo-fiq, bu marosim har bir
xristian uchun majburiy deb topilgan va ―e‘tiqod simvoli‖ga kiritilgan. Shu
vaqtdan boshlab ―cho‘qin-tirilgan‖ so‘zi ―xristian‖ degan so‘z bilan teng ma‘no
kasb etgan. Xristianlar boshqa dindagi hamma kishilarni ―cho‘qin-maganlar‖ deb
atay boshlaganlar.
Nikoh marosimi ham cherkovda o‘tkaziladi. Bu marosim oila qurish
marosimidir. Cherkovda o‘tkazilgan nikoh xristian oilasining qonuniy asosi
hisoblanadi. Nikoh paytida pop kelin-kuyovga oq fotiha beradi, ularni qo‘sha
qarib, uvali-juvali bo‘lishini xudodan tilaydi, kelin-kuyovga shohona jig‘a taqadi,
ularga yonib turgan shamni ushlab turishni buyuradi. Ularning yuzlariga krest
bilan soya soladi, isiriq-buxur tutatadi (yoki isiriqqa o‘xshash xushbo‘y hid tutuni
soladi). Kelin bilan kuyov bir-birlarining barmoq-lariga nikoh uzugi taqishadi, pop
ularni bir-biriga vafodor, g‘amxo‘r, ittifoq bo‘lib yashab, turmush kechirishga
da‘vat qiladi. Oilani buzish, ajralish ham cherkov ruxsati bilangina bo‘ladi.
Tavba qilish marosimi ham cherkovda bo‘ladi. Tavba qilishda gunoh qilib
qo‘ygan har bir xristian o‘z gunohidan pushaymon bo‘ladi. U gunohini kechirishni
59
xudodan so‘rab berishni popdan iltimos qiladi. Tavba qiladigan shaxs popga hech
bir guvohsiz, u bilan yuzma-yuz, tiz cho‘kkan ho lda o‘zining hamma gunohlarini
batafsil so‘zlab beradi.
Prichashchenie marosimi xristian dinining asosiy marosimlaridan biri
hisoblanadi. Bu marosimni go‘yoki Isoning o‘zi tayin qilgan emish.
Prichashchenie marosimidagi asosiy mazmun shuki, non bilan vinoni sirli ravishda
dindorlar birgalikda iste‘mol qiladi, bunda nonni Isoning go‘shti, vinoni esa uning
qoni deb tasavvur qilinadi. Isoga yanada yaqinlashish uchun, u bilan bir tan, bir jon
bo‘lib ketish uchun shu marosim o‘tkaziladi. Mashhur ruhoniy va faylasuf olim
o‘rta asrlarda yashagan Foma Akvinskiy, Prichashchenie-ning har bir zarrasida Iso
bordir, deb ta‘limot beradi. Xristianlikning prichashchenie marosimi qadimgi
zamon-lardagi totemizm dinidagi totem-hayvonni qurbon qilib, uning «muqaddas»
qoni va go‘shtini iste‘mol qilish marosi-mining yangi shaklidan boshqa narsa
emas.
Xristianlikda yana dafn marosimi, butlarga, xochlarga, avliyolar jasadiga,
muqaddas joylarga, ayrim ikonalarga sig‘inish marosim-odatlari ham bor.
Xristianlik bayramlari, ya‘ni eng muhim diniy voqea va hodisalar bilan
bog‘liq bo‘lgan alohida kunlar, barcha xristianlar uchun bayram tantanalari
mavjud. Cherkovlar bayramlarga jiddiy va katta e‘tibor berib kelayotir.
Iso payg‘ambar tug‘ilgan kuni (rojdestvo) bayrami cherkov hayoti va
dindorlarning turmushida ko‘zga ko‘rinarli o‘rinda turadigan, millionlab
kishilarning tantanali bayramlaridan hisoblanadi. Cherkov ta‘limotiga ko‘ra bu
bayramni xudo Iso sharafiga bag‘ishlab bayram qilishni tavsiya etgan. Katolik
ruhoniysi va olimi Dionisiy kichkinaning mo‘ljaliga ko‘ra Rim shahriga asos
solinganiga eramizdan avvalgi 754-yildan boshlangan. Iso tug‘ilgan kunni
misrliklar 6 yanvarda nishonlaganlar. Rojdestvo bayrami oldidan dindorlar
uylaridagi barcha narsalarni yuvadilar, pollarini artib chiqadilar, ustki kiyimlarni
qoqadilar, hammomda cho‘miladilar, toza kiyimlarni kiyadilar. Italiyada rojdestvo
kuni uylaridan eski kiyimlarni, narsalarni, buyumlarni ko‘chaga irg‘itib
60
yuboradilar, shu qutlug‘ bayramda hatto urushlar to‘xtatilgan. Ayrim arazlashib
yurgan kishilar yarashganlar.
Pasxa bayrami xristianlarda ayniqsa katta tantana bilan o‘tadigan bayramdir.
Pasxadan oldin ehtirosli hafta deb atalgan hafta keladi, bu hafta davomida
dindorlar ro‘za tutadilar, zo‘r berib ibodat qiladilar. Bu hafta oxiri xudoga ehtirosli,
mungli murojaat ohangida ibodat qilish bilan yakunlanadi. Undan keyin pasxa
bayrami boshlanadi. Quvonchli hafta deb atalgan bu hafta davomida bayram kun-
lari ruhoniylar va cherkov uchun ―ish‖ kunlari bo‘lib, ular dindorlarga haloskorlik
g‘oyalarini, pasxa bayrami qanday kelib chiqqanligini tushuntirib beradilar. Ular
pasxa va ehtirosli hafta insonning mashaqqat chekkanligi, o‘limi va qayta tirilishini
xotirlash uchun belgilangan deb hisoblaydi-lar. Qadimgi o‘lib tirilishga, o‘ladigan
tanayu, o‘lmaydigan jon (ruh) ga ishonish to‘g‘risidagi apima-animizm dinini
ta‘siri va shu din asosida paydo bo‘lgan.
Bir butun din bo‘lgan xristianlik turli tarixiy shart-sharoitlar, bu dinning
mahalliy hukmdorlar manfaatlariga, quldorlik, feodalizm va kapitalizm tuzumlari
sharoitiga moslashtirishga qilingan harakatlar tufayli turli yo‘nalish-laru sektalarga
bo‘linib ketgan. Ichki inqiroz va tashqi hujumlar natijasida (german qabilalari)
Rim imperiyasi 3-4 asrlarda G‘arbiy va Sharqiy qismlarining ajralib ketishiga olib
keldi. Rim imperiyasining G‘arbiy qismida mayda mustaqil davlatlar paydo bo‘ldi.
Ulardagi siyosiy hokimiyatga nisbatan cherkovlar hukmronligi ustunroq bo‘lib,
ularning Rim shahrida joylashgan bosh cherkovga tobe‘ligi saqlanib qoldi. Lekin
Sharqiy viloyatlar Vizantiya imperiya-si tizimida yagona davlat bo‘lib, davlat
siyosiy hokimiyatiga bo‘ysinardi. 1054 yilda Vizantiya hududidagi cherkovlar Rim
markaziy cherkovidan ajralib ketdi. Shu tariqa xristianlik ikki yo‘nalishga -
katoliklar va pravoslavie yo‘nalishlariga bo‘lindi.
16-asrda burjua sinfi va kapitalizm tuzumi manfaatlariga mos keladigan yana
bir yangi yo‘nalish - protestantizm vujudga keldi. Bulardan tashqari ana shu
yo‘nalishlar ichida xristian uyushmalari, jamoalari, ya‘ni sektalari ham paydo
bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |