Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti



Download 61 Kb.
bet1/3
Sana18.04.2022
Hajmi61 Kb.
#560324
  1   2   3
Bog'liq
Kamolov Ulugʻbek ekologiya 1


O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI
O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
GEOGRAFIYA VA TABIIY RESURSLAR FAKULTETI
GEODEZIYA, KARTOGRAFITA VA KADASTR YO`NALISHI
EKOLOGIK KARTOGRAFIYA FANIDAN
1-AMALIY ISH
MAVZU:Ekologik kartalarda kartografik tasvirlash usullarini o`rganish

Bajardi: Kamolov U.
Tekshirdi:Ochilov Sh.
Toshkent-2022
Kartadan foydalanish, uning mazmunini o'qib tushunish, ya'ni karta to'g'risida to'liq ma'lumot olish va kartaning o'quvchanligini oshirish uchun kartaning tili hisoblangan shartli belgilar to'g'risida to'liq tasawurga ega bo'lmoq kerak. Kartadagi belgilarning asosiy vazifasi tasvirlanayotgan voqea va hodislarning o'rnini, turini (zavod, suv ombori, gaz quvuri, shaharning o'rnini va b.), miqdorini (aholi soni, zavodning ishlab chiqarayotgan mahsuloti, yetishtirilgan yalpi paxta hosili), sifatini (sho'r bosgan joylar, quduq suvining sifati, ko'mirning sifati va b. lar), tarqalish xususiyatlarini (aholi zichligi, migratsiyasi, shamollar harakati, geologik jarayonlar) ko'rsatishdan iborat. Kartografik belgilar shartli belgilardan mazmunining kengligi, aniq shakli, miqdor va sifat ko'rsatkichlari hamda aniqlilik darajasi bilan farq qilib, kartografiyada legenda deb yuritiladi. Dastlabki kartalarda voqea va hodisalar suratlar yoki shakllar bilan tasvirlangan, bu esa kartani o'qishni osonlashtirgan. Masalan, tog'lar perspektiv usulda berilib, shakl yordamida tasvirlangan, o'simliklar ham shakllariga qarab ko'rsatilgan (igna bargli va yaproq bargli), lekin ularning miqdor va sifat ko'rsatkichlarini aniqlash mumkin bo'lmagan. Shuning uchun kartalardan to'liq foydalanish va to'liq ma'lumot olish uchun yangi belgilar qo'llash zararati tug'ilgan. Tanlangan belgilar geometrik shaklda, badiiy va an'anaviy shakllarda bo'lganidan ma'lum darajada mazmunni anglatadi. Kartografik belgilar shakli, kattaligi, holati, rangi va strukturasi bilan bir-biridan farq qiladi. Chiziqli belgilar bilan juda ko'p voqea va hodisalar — daryolar, temiryo'llar, avtomobil yo'llari, chegaralar, dengiz va ko'llarning qirg'oq chiziqlari va h. k. lar tasvirlanadi.
Qoraqalpog`iston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo`mitasi asosiy vazifalari qo`yidagilardan iborat:

ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklash sohasida davlat boshqaruvi;


atrof-muhit qo`lay ekologik holatini, ekologik tizimlar, tabiiy komplekslar va muhim ob`ektlar muhofazasi, ekologik sharoitning salomotligini ta`minlash;
chiqindilar bilan bog`liq ishlarni amalga oshirish sohasidagi qonunchilikga amal qilinishi ustidan davlat ekologik nazoratni amalga oshirish, mahalliy davlat hokimiyat organlari va fuqarolar o`z-o`zini boshqarish organlari bilan homkarlikda maishiy chiqindilarni yig`ish, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash hamda ko`mish borasida ta`sirshan tizimni tashkil etish;
Butun dunyo ahli karantin munosabati bilan iloji boricha uyda qolmoqda. Transport qatnovi cheklangan. Nukus shahar gidrometeorologiya laboratoriyasining kunlik ma’lumotlariga ko‘ra, shahar havosida chang va azot oksidlari, is gazi miqdori keskin kamayganligi aniqlandi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida jami 119 345 ta avtotransport vositasi mavjud bo‘lib, ushbu avtotransport vositalaridan har yili atmosfera havosiga 31,7 ming tonna zararli moddalar tashlangan. Respublika bo‘yicha avtotransport vositalaridan bir kunda 86,8 tonna zararli moddalar tashlanar edi. Bu esa bugungi kunda 85% ga kamaygan. Atmosfera xavosining tozaligi atrof-muhitni yanayam ko‘rkamlashtirib, shahrimiz xavosida sezilarli darajada bilinmoqda.
Xalq deputatlari Xorazm viloyati kengashida ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilishning holati yuzasidan Xorazm viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i Otabek Qlichev hisobot berdi.

Unda qayd qilinishicha, boshqarma tomonidan 2021 yilning 11 oyi davomida 3477 ta tekshirish va tezkor nazorat tadbirlari, reydlar o‘tkazilgan. Ekologik qonunchilik talablarini buzganligi uchun 2514 nafar shaxslarga nisbatan jami 1,2 mlrd so‘mlik ma'muriy jarimalar qo‘llanilib, 677 mln so‘m undirib olingan. Shuningdek, 294 ta holatda tabiatga yetkazilgan zararlar bo‘yicha 613,9 mln so‘mlik da'vo qo‘llanilib, 170,2 mln so‘m undirib olingan.


Atrof-muhit ifloslanishining monitoringi bo‘yicha 139 ta korxonada instrumental o‘lchovlar o‘tkazilib, 431 ta manbadan 1448 ta namuna olinib, 6507 ta kimyoviy tahlil o‘tkazilgan.
Hisobot davrida 2170 ta tashkilot atrof-muhitni ifloslantirgani va chiqindi tashlagani bo‘yicha kompensatsiya to‘loviga jalb qilinib, 3,3 mlrd so‘mlik to‘lov hisoboti qabul qilinib, 1278 ta tashkilotdan 3 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ undirilgan.
2655 ta transport vositasi gaz yoqilg‘isida ishlashga moslashtirilishi natijasida atmosfera havosiga chiqadigan 1130,8 tonna uglerod va azot oksidlar, uglevodorodlar va boshqa chiqindi gazlar kamayishiga erishilgan.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish