Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti


SIFATLI VA MIQDORLI RANG USULLARI



Download 61 Kb.
bet2/3
Sana18.04.2022
Hajmi61 Kb.
#560324
1   2   3
Bog'liq
Kamolov Ulugʻbek ekologiya 1

SIFATLI VA MIQDORLI RANG USULLARI. Kartalarda voqea va hodisalar sifat belgilarining rang yoki shtrix chiziqlar bilan tasvirlanishi sifatli rang usuli deb yuritiladi. Bu usul maydonlarni bir xil xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farq qilishga asoslanadi. Masalan, O'zbekiston geografik atlasidagi (1999) O'zbekistonning siyosiy-ma'muriy kartasida viloyatlar va Qoraqalpog'iston har xil ranglar bilan bir-birlaridan ajratib ko'rsatilgan. Geografik atlaslardagi barcha geografik rayonlashtirish kartalari: tabiiy-geografik, iqtisodiy-geografik, landshaft va boshqa rayonlashtirish kartalari ham shu usulda tuzilgan. Ba'zan qishloq xo'jaligi, geobotanik va landshaft kartalarining genetik, morfologik va xronologik xususiyatlarini tiplarga bo'lib tasvirlaganda rangga qo'shimcha har xil belgi va shtrixlardan foydalaniladi. Bunday kartaning o'qilishi qiyinlashsa-da, karta mazmuni chuqurlashib, berilayotgan ma'lumot yana ham ko'payadi. Banday kartalar tipologik kartalar deb yuritiladi. Sifatli rang usulida tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning asosan bir xil xususiyatlari tasvirlanib, so'ng yana tiplarga va guruhlarga bo'linishi mumkin. Masalan, sug'oriladigan tuproqlar, ya'ni qadimdan sug'oriladigan o'tloq voha tuproqlari: bo'z voha tuproqlari, taqir voha tuproqlari va yangi o'zlashtirilgan voha tuproqlariga bo'linishi mumkin. Bu usulda tasvirlanganda asosiy tasnif uchun bir xil rang tanlanadi, lekin uning guruhlarga bo'linishlari shtrixlar yoki o'ta yaqin ranglarda berilgani ma'qul. Demak, sifatli rang usulida tasvirlanayotgan voqea va hodisalarning maydon bo'yicha geografik joylashishi ko'rsatiladi. Bu usulda tarixiy kartalar ham tuziladi. Masalan, Amir Temur saltanati va uning parchalanib ketishiga oid tarixiy karta bunga misol bo'la oladi. Sifatli rang usulida ko'rsatkichlar rang bilan tasvirlansa,, miqdorli rang usulida uning asosini miqdor tashkil qiladi. Miqdor ko'rsatkichlari hudud bo'yicha tarqalgan bo'lishi mumkin.
KARTODIAGRAMMA USULI. Siyosiy-ma'muriy va tabiiy chegarali hududlarda voqeahodisalarning miqdor va sifat ko'rsatkichlari diagrammalar yordamida tasvirlanilsa, ushbu usul kartodiagramma usuli deyiladi. Kartodiagramma statistik usul hisoblanib, u bilan turli kartalarni (tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, qishloq xo'jaligi) tuzish mumkin. Dengizlarda ovlanadigan baliqlar miqdori, sug'oriladigan yerlar tarkibi, yillik yog'in-sochin miqdori kabi kartalar, shuningdek, dunyo bo'yicha tayyorlanadigan yoqilg'i strukturasida ayrim davlatlarning yoki guruh mamlakatlarning hissalarini kartodiagrammalarda ko'rsatish qulay. Kartodiagrammada turli sohalar hamda ularning strukturasi ham tasvirlanadi.

Download 61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish