Birinchi olam
eng yuqori olam bo‘lib, unda mutlaqo osoyishtalik hukmron. Unda faqat sof
ruhgina mavjud deyiladi. Bu olam ruhning makonidir. Buddaviylikning ta‘lim
berishicha, ilohiy ruhni mutlaqo bilib bo‘lmaydi. Birinchi olamda ruh materiyadan
tashkarida, u harakatsiz osuda yashaydi.
Ikkinchi olam,
rivoyatlarga ko‘ra, ruhiy
mavjudotlar bilan to‘la jannat bo‘lib uni bodisatva deyiladi. Bu olamning hokimi
Amitabadir. Amitaba olamida ruh gunohidan xalos bo‘lgan, lekin eng oliy olamga,
ya‘ni nirvanaga - mutlaqo bo‘shliq va osoyishtalik olamiga ko‘tarilmagan avliyolar
yashaydi. Buddalar kishilarga budda ta‘limotini o‘rganish, yaxshi yo‘ldan boshlab
borish uchun erga yuborilar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |