121
XV-XVI asrlarda Ispaniya va Portugaliya mustamlaka imperiyalari tashkil
topgach missionerlik Katolik
11
cherkovi doirasida o‘z faoliyatini kuchaytirgan va
yangi erlarni zabt etishda g‘oyaviy asos bo‘lib xizmat qilgan.
Katoliklarning turli
yo‘nalishlariga mansub missionerlarning oshkora yoki maxfiy ravishda Amerika,
Osiyo, Afrika xalqlarini zabt etishda qatnashganlari bunga dalil bo‘la oladi.
Shunisi e‘tiborga molik-ki, missionerlik rivojlanib borgani sari tegishli
tashkiliy asoslar ham yaratib borilgan. Xususan, katolik missionerlariga rahbarlik
qilish uchun papa Grigoriy XV 1662 yilda Diniy targ‘ibot kongregatsiyasini (1968
yildan Xalqlarni Injilga e‘tiqod qildirish kongregatsiyasi) ta‘sis etgani fikrimizning
isboti bo‘la oladi. Rim papasi Piy XII ning missionerlikka da‘vat
ruhi bilan
sug‘orilgan ―Fideyi Donum‖ (1957), Ioann XXIII ning ―Printseps postorum‖
(1959), Pavel VI ning ―Populorum progressio‖ (1967) nomalari, II Vatikan
soborida (1962-65) missionerlik masalalariga bag‘ishlab qabul qilingan maxsus
dekret qabul qilingani ham bu yo‘ldagi ishlar tadrijiy tashkil etilganini ko‘rsatadi.
Missionerlik muassasalari yirik kapital va erlarni tasarruflariga olib, o‘z
mamlakatlari siyosatini o‘tkazishda faol ishtirok etganlar. Ma‘rifat tarqatish, tibbiy
yordam ko‘rsatish ishlarini monopollashtirib olib shu yo‘l
bilan xristianlik
targ‘ibotini kuchaytirganlar.
Shu asnoda tajriba osha borgani va faoliyat hududi kengaygani sari
missionerlar xristianlikni qabul qilgan aholi ichidan mahalliy ruhoniy kadrlar
tayyorlashga e‘tibor bera boshlganlar. 1978 yildagi konklavlarda
12
Afrikadan 12
kardinal, Osiyodan 9 kardinal ishtirok etgani ana shu harakatning hosilasi edi.
1517 yili katoliklikdan ajralib chiqqan protestantlik uyushmalari esa
umumjahon ruhoniyligi
tamoyiliga amal qilib, har bir dindordan missionerlik
qilishni talab etib kelmoqda. Xususan, 1772 yilda Germaniyaning Drezden shahri
yaqinidagi Gerngut degan
joyda yuzaga kelgan gernguterlar
jamoasi
protestantlardan birinchi bo‘lib missionerlik faoliyatini olib borganlar. XVIII-XIX
11
Хрис тианликдаги энг йирик оқимлардан бири бў либ, лотин тилида н таржима қилганда ― Бутун жа ҳон‖
деган маъно беради.
12
Католик черковининг енг юқори даражадаги руҳонийлари – кардиналларининг кенгаши
ҳисобланиб, Папа ҳам айнан шу кенгаш аъзолари орасидан сайланади. Бу ҳам конклавларнинг
мақоми нечоғлик юқори эканини англатади.
122
asrlarda protestant missionerligi Angliyaning kolonial siyosati bilan bog‘liq holda
o‘sib bordi.
Shuningdek, missionerlik faoliyati bilan xristianlik doirasida yuzaga kelgan,
izdoshlari soni ozchilikni tashkil qiladigan yangi konfessiyalar ham shug‘ullana
boshlaganini qayd etish zarur.
Yuqoridagi mulohazalar ham missionerlik asosan xristian dini bilan bog‘liq
hodisa ekanini ko‘rsatadi. Katoliklik va protestantlikda missionerlik bilan
shug‘ullanish har bir masihiyning burchi darajasiga ko‘tarilgan.
Shunga qaramay, missionerlikni faqat xristian dini bilan bog‘lash to‘g‘ri
bo‘lmaydi. Hozirgi kunda missionerlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishga harakat
qilayotganlar orasida bahoiylar va krishnachilar ham borligi fikrimizga misol bo‘la
oladi.
―World Book‖ entsiklopediyasida keltirilgan ma‘lumotlarga ko‘ra,
dunyodagi umumiy missionerlarning 2G‘3 qismini katolik
missionerlari tashkil
etadi. Shunday bo‘lsa-da, hozirgi kunda Protestantlik missionerlikning asosiy
homiysi bo‘lib turibdi.
Bir qancha oqimlarga bo‘linib ketgan Protestantlikda missionerlik din
arkonlaridan biri hisoblanib, missionerlik jamiyatlarining har bir a‘zosi esa bunday
amaliyotni o‘zi uchun farz deb biladi. Shuning uchun ham, hozirda dunyodagi
xalqaro missionerlarning ko‘pchiligini protestant missionerlari tashkil qiladi.
Agarda protestantlik tarqalgan hududlar xaritasiga nazar tashlasak, ularning deyarli
barchasi rivojlangan yirik davlatlarda joylashganiga guvoh bo‘lamiz.
Protestantlikda oqimlar juda tez-tez paydo bo‘lib turadi, har bir oqim o‘z
missionerlik tashkilotiga ega bo‘ladi. Quyida protestantlikdagi
eng yirik va
missionerlik bilan faol shug‘ullanadigan tashkilot va uyushmalar haqida fikr
yuritiladi.
Protestant oqimlari orasida eng yiriklaridan biri bo‘lmish adventizm
13
oqimiga 1831 yili Uayt Miller tomonidan asos solingan. U.Miller Bibliya
13
лот. adventus-келиш, қайтиш.Ушбу оқим ва киллари Исо Масиҳ қайтиб келиши ва ер юзини поклпшини
кутиб ў тиришади.
123
matnlariga asoslangan holda 1843-1844 yillarda Isoning
ikkinchi qaytishi yuz
beradi deb bashorat beradi. Bashorat amalga oshmagan bo‘lsada, oqimning ta‘siri
ko‘pchilik orasida saqlanib qoladi.
Do'stlaringiz bilan baham: