- “Xudo Assambleyalari” cherkovlariga 1914 yilda AQShning Arkanzas shtatida asos solingan. Markazi
Missuri shtatining Springfild shahrida joylashgan. Bu cherkov a‘zolarining soni 2
milliondan ortiqni tashkil etadi. Ushbu cherkov pyatidesyatniklikning muqaddas
uchlik, Muqaddas Ruh bilan cho‘qintirish, ―xudo bilan notanish tilda
gaplashish‖(glossaliya) kabi g‘oyalari qatoriga, e‘tiqod orqali shifo topish, Isoning
ikkinchi qaytishi, o‘liklarning ikki marta qayta tirilishi, Isoning 1000 yillik
podshohligi
va
balog‘atga etganlarni suvga butunlay botirish orqali
cho‘qintirishdek aqidalarni ham qo‘shgan. Assambleya boshida 2 yilda bir
yig‘iladigan Markaziy kengash turadi. Ular 16 nashr, jumladan, ayollar va bolalar
uchun jurnallarga, bir necha kollej va Bibliya maktablariga egalar. Xudo
126
Assambleyalari cherkovi 98 mamlakatda o‘z jamoalariga ega, 71 mamlakatda
missionerlik faoliyatini olib boradi.