94
(payg‘ambarlik), imomat (imomlar hokimiyati) va qiyomat (oxirat kunining kelishi
va o‘lganlarning tirilishi)ni tan olishdan iborat.
IX-X asrlarda hadisshunoslik va hadislarni to‘plash tugallangan. To‘plangan
hadislar hajmi,
chinligi, tartibi, ahamiyati bilan musulmon olamida olti muhaddis
(hadis to‘plovchi) mashhur bo‘lgan. Shulardan uchtasi Markaziy Osiyo-dan
chiqqan. Muhaddislar orasida eng orbo‘lisi va mashhuri Imom Muhammad ibn
Ismoil al-Buxoriy (809-870 yillar) dir. U Buxoroda tug‘ilib, shu erda o‘z davri
ilmlarini, ayniqsa, diniy bilimlarini har tomonlama o‘rgangan. So‘ng o‘z
bilimlarini mukammallashtirish
maqsadida Makka, Madina, Bog‘dod, Damashq,
Hijoz, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga borgan. Bu shaharlarda juda ko‘p olimlar,
dinshunoslar, muhaddislar bilan uchrashgan, hadislar to‘plagan, so‘ng Buxoroga
qaytgan. U Samarqand yaqinida vafot etgan. Uning maqabarasi hozir ta‘mirlangan
va ziyoratgohga aylantirilgan.
Buxoriydan bizga juda ko‘p meros qolgan. Uning islom dinshunosligiga oid
20 taga yaqin katta hajmdagi asarlari mavjud. ―Al-Jome‘-Sahih‖, ―At-tarix al-
Kabir‖,‖At-tarix as-sagir‖, ―Al-Adab al-Shufrad‖ kabilar shular jumlasiga kiradi.
―Islom olamida hazari imom Buxoriy va imom Muslim ikkalalarining ikki
sahih kitobi paydo bo‘lgach, olimu muhaddislar
juda nozik did bilan tekshirib,
bahs yuritganlaridan keyin eng ishonchli ekaniga qalblari taskin topdi. Allohning
kitobi Qur‘oni Karimdan keyin Islomning ikkinchi manbasi, ―Eng oliy va eng
sahih» manba deb shu ikki kitobni tasdiqladilar‖
10
.
Buxoriyni butun musulmon olamiga mashhur qilgan asari to‘rt jildli ―Al
Jome‘ al-Sahih‖ ―Sahih- al-Buxoriy‖ nomi bilan ham ma‘lumdir. Bu asar 160
qismdan iborat bo‘lib, 3450 bobni o‘z ichiga oladi. Chunki, Buxoriy 20 mingdan
ortiqroq hadis to‘plab, bulardan 7250 tasini mana shu kitobiga kiritgan. Buxoriy
to‘plamiga haqiqiy bilgan hadislarnigina kiritgan. Bu
kitobdagi hadislarda inson
uchun tarbiyaviy ahamiyati, uning ma‘naviy yuksalishi, pokligi, donoligi, yaxshi-
yomonni ajrata bilishi kabi g‘oyalar bayon etilgan.
10
Имом Бу хорий таърифи. Тошкент.-«Чў лпон» нашриѐти.-1996 йил. 9-бе т.
95
Hadislarning asosiy maqsadi: do‘stlik, adolat, o‘zaro yaxshi munosabatlarni
mustahkamlash, insonni yomonlikdan asrashdir. Ismoil Buxoriy ―Sahih‖ning hozir
to‘rttala jildi o‘zbek tiliga tarjima qilinib, undan xalqimiz foydalanmoqda.
Buxoriyning yaqin shogirdlaridan bo‘lmish mashhur muhaddislardan biri
Imom Iso at-Termiziydir (824-892 yillar). Undan ―Jame‘ al-kabir‖, ―Jome‘ at-
Termiziy‖, ―Ash-Shamoil al-Nabaviya‖, ―At-Tarix‖, ―Kitob az-Zuxd‖ kabi o‘ndan
ortiq asarlar qolgan. Termiziyni musulmon olamiga mashhur qilgan asari ―Jome‘
at-Termiziy‖ bo‘lib, unda insonparvarlik g‘oyalari keng ifodalangan. O‘g‘irlik,
zo‘ra-vonlik, yolg‘onchilik, ichkilikbozlik, manmanlik kabi salbiy,
ahloqqa zid
qusurlar qattiq tanqid qilingan.
Islomda mashhur bo‘lgan muxaddislardan yana biri Abu Abdurahmon an-
Nasoyidir (850-915 yillar). U Nisa (Turkmaniston) shahrida tug‘ilib, horijiy sharq
shahar-larida, xususan Misrda o‘z bilimini oshirgan. U Falastin-ning Romla
shahrida vafot etgan. Uning ―at-sunai al-Kubro‖ kitobi mashhur bo‘lgan. Qolgan
yana uchta hadis yozganlar Eron va Arab mamlakatlarida edi.
Hadislar Qur‘on kabi muqaddas manba sifatida musulmonlarning ta‘lim-
tarbiyasida, fiqx sistemasida, oilaviy tarbiyada hamon
katta ahamiyatini saqlab
kelmoqda.
Shariat-arabcha ―to‘g‘ri yo‘l‖, ―ilohiy belgilab berilgan yo‘l‖ demakdir.
Shariat - islom qonun-qoidalariga, moddiy va ma‘naviy hayotning barcha
sohalarida musulmonlar bajarishi lozim deb belgilangan, ijtimoiy-iqtisodiy,
fuqarolik, ahloqiy va diniy faoliyat va hatti-harkatlar bo‘yicha
qonun-qoidalar va
me‘yorlar majmuasidir.
Shariatning harakterli xususiyatlaridan biri shundaki, u faqat huquq va
qonunchilikka xos masalalar bilan cheklanib qolmay, u ahloq va diniy
marosimchilik masalalarini ham o‘z ichiga oladi. Musulmonlar uchun bajarish farz,
ya‘ni majbur hisoblangan dasturlarni belgilab beradi
va ularning diniy qonun
tusiga kiritadi. Shuni hisobga olganda, shariatni faqat shartli ravishda diniy huquq
tizimi deb atash mumkin.
96
Shariat XIII-XII asrlar davomida asta-sekin shakllandi. Qur‘on, hadis (sunna),
ijmo‘ va qiyos shariat manbalari hisoblanadi.
Ijmo‘ - diniy jamoa fikri (arabcha-ijmo‘ al-umma) bo‘lib, Qur‘on va
hadislarga asoslangan, ammo alohida vaziyat yoki shart-sharoitni hisobga olib
chiqariladigan ulamolar hukmi edi.
Qiyos
- kengayib ketgan, ichki nizolar kuchayib borayotgan xalifalikda
shariatga asos qilib olingan to‘rtinchi manba edi. Qur‘on va hadislardan
topilmagan ko‘rsatmalar o‘rniga ulamolar bergan fatvo o‘tgan. Qiyos - mantiqiy
taqqoslash yo‘li bilan biror masala bo‘yicha hukm chiqarish usulidir.
Ijmo‘ bilan qiyos qabul qilingach, mahalliy
va markazdagi humdorlar
shariatni o‘z xohish-irodalariga qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada
islomning Muhammad payg‘ambar davridagi ko‘p talablari buzildi. Islomga bid‘at
hisoblangan yangiliklar kirib qolgan. Keyingi vaqtlarda vahhobiylar ―islomni
tozalash‖ni talab qilmoqdalar.
Do'stlaringiz bilan baham: