O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


– Mavzu: Milliy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarni muvozanatga keltirish va uyg’unlashtirish



Download 0,6 Mb.
bet19/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

7 – Mavzu: Milliy, jamoaviy, shaxsiy manfaatlarni muvozanatga keltirish va uyg’unlashtirish
Reja

  1. Manfaat tushunchasi

  2. Milliy manfaatlarning namoyon bo’lishi

  3. Milliy manfaatlar va milliy g’oya uyg’unligi



Manfaatlar tushunchasi.
Manfaatlar tushunchasi falsafa, tarix, iqtisod, sotsiologiya, siyosatshunoslik, psixologiya kabi ijtimoiy-gumanitar fanlarning murakkab va ziddiyatli tushunchalaridan biridir. U shunchaki ma’lum maqsadga intilishni, ehtiyojlarni qondirishni, voqealar va munosabatlarning muayyan tarzda kechishidan foyda ko’rishni anglatibgina qolmaydi. U uzoq muddatli strategik maqsadlarni, yaxshi yashashga va taraqqiyotga intilishni, tinch va osoyishta, barqaror yuksalishni, kelajakdan, orzu-havaslarni amalga oshirishdan umidvorlikni ham anglatadi. Manfaatlar iqtisodiy va siyosiy tajovuzkorlik, geosiyosiy hukmronlik ruhida ham talqin qilinadi. Bu sinfiy ekspluatatsiyani, davlatlar o’rtasidagi urushlarni, mustamlakachilikni oqlashga asos bo’lgan. Bugun ham uning ayrim keskin va qo’pol shakllari ilgarigidek xalqaro munosabatlarda tan olinmasa-da, neomustamlakachilik, ba’zi geosiyosiy, inson huquqlari va demokratik erkinliklar niqobi ostidagi ko’rinishlari mavjud. SHu sababdan mazkur tushunchani ko’plab fanlar o’rganadi va har qaysi unga o’z mazmunini yuklaydi.
Inson yashashi, bola-chaqasini boqishi uchun unga doimiy daromad manbai (ish joyi) kerak. U turmush faravonligi yildan yilga o’sishini xohlaydi. Bular insonning iqtisodiy ehtiyojlaridir. Inson faqat yeyish-ichish uchungina tirik emas. Unga boshqalar bilan muloqot kerak. U ona tili, oilasi, urug’ jamoasi, elati, millati kelib chiqishini, tarixini, urf-odatlarini, xalqining dostonlari, qo’shiqlari, adabiyoti va san’atini, boshqa xalqlarning qadriyatlarini bilgisi keladi. Odamlar bola-chaqasi yaxshi bilim olishini, kasb-hunar va mutaxasislik egallashini, yaxshi tarbiya topib, hayotda birovdan kam bo’lmasdan, sog’lom va baquvvat o’sishini istaydi. Bular uning ijtimoiy va ma’naviy-madaniy ehtiyojlaridir.
Inson tinch-osoyishta va erkin hayot kechirishni, mamlakati, yurti tinch, siyosiy barqaror, qo’ni-qo’shnisi ham tinch-omon, jamiyatdagi umumiy muhit xayrixoh, mehr-oqibatli, yaratuvchilikka moyil, barcha bo’g’inlardagi davlat amaldorlari xalqparvar, adolatli bo’lishini orzu qiladi. Bular insonning ijtimoiy-siyosiy, huquqiy va axloqiy ehtiyojlaridir. Mazkur ehtiyojlar boshqacha shaklda va murakkabroq ko’rinishda oilaga ham, davlat va jamiyatga ham xos.
Ehtiyojlarning qondirilishi inson va jamiyat amaliy faoliyatining asosiy maqsadidir. Aynan ehtiyojlarning qondirilishida manfaat(lar) yuzaga chiqadi. YOki manfaat(lar) ehtiyojlarni qondirishga intilishdir, deyish mumkin.
Atoqli fransuz mutafakkiri K.A.Gelvetsiy “Aql to’g’risida” asarida jamiyat hayoti va rivojlanishi manfaat qonuniga bo’ysunishni, ochlik va muhabbat dunyoni boshqarishini ta’kidlaydi. U shunday yozgan: “Agar tabiiy olam harakat qonuniga bo’ysunsa, ma’naviy olamning manfaat qonuniga bo’ysunishi undan kam emas. yer yuzida manfaat barcha jonzodlar ko’z o’ngida har qanday predmetning turini o’zgartira oladigan qudratli sehrgardir”20 Gelvetsiy fikri keyingi faylasuflar tomonidan rivojlantirildi. Faqat faylasuflar o’zlarining ilmiy va ijtimoiy-siyosiy, axloqiy pozitsiyalaridan kelib chiqib masalaning u yoki bu tomoniga ko’proq urg’u berdilar. Gegel manfaatlarini ko’proq inson ruhi fenomenologiyasi bilan bog’lagan: “Tarixga yaqindan nazar tashlab shunga amin bo’lamizki, odamlarning harakati ularning ehtiyojlaridan, ehtiroslaridan, manfaatlaridan...kelib chiqadi,”21 – ta’kidlaydi u.
Marksizm shaxsiy, individual manfaatlar qatorida sinfiy, milliy va xalqaro manfaatlar to’g’risida ham fikr yuritadi. Bunda u sinfiy manfaatlarning ustuvorligini tan oladi. Kapitalizm sharoitida milliy manfaatlar o’rnini milliy burjuaziya manfaatlari egallaydi, deb hisoblaydi. Marksizm-leninizmga binoan, proletariatning vatani ham, milliy manfaati ham yo’q. Uning faqat sinfiy manfaati bor. Sinfiy manfaat uni boshqa ezilgan xalqlar va jahon proletariati bilan birlashishga undaydi. Buni uning o’zi anglay olmasligi mumkin. Xuddi shunday jahon burjuaziyasi inqilobiy proletariatga qarshi birlashishdan, jahonni mustamlakaga aylantirib, bo’lib olishdan manfaatdor. Lekin milliy burjuaziyaning tor, g’arazli iqtisodiy va siyosiy manfaatlari ular va boshqa mamlakatlar burjuaziyasi orasida ziddiyatlarni, hatto urushlarni keltirib chiqaradi.
Marksizm – leninizm manfaat(lar) tushunchasini ancha keng taxlil qildi. Ammo masalalarga tor inqilobiy sinfiylik va partiyaviylik nuqtai nazaridan yondashdi. Manfaatlardagi ziddiyatlarni, alohidalikni mutlaqlashtirdi, umumiylikni inkor qildi. Umumiylik asosida sinfiy manfaatlarni murosaga keltirish, imkon qadar uyg’unlashtirish, mulkdor (burjua) va ishga yollanuvchi (proletariy) o’rtasida ijtimoiy sheriklik o’rnatishga harakat qilishni opportunizm, revizionizm, xoinlik, shtreykbrexerlik va sh.k. salbiy baholar bilan siyladi. Marksizm – leninizm ijtimoiy sheriklikni qat’iyan rad etib, faqat murosasiz sinfiy kurashni yoqladi. Bu undagi ayrim to’g’ri ilmiy-falsafiy xulosalarni oqibatda obro’sizlantirdi.
Manfaat(lar) – nisbiy tushuncha. U davr va sharoit talablariga, siyosiy va iqtisodiy kon’yunkturaga muvofiq o’zgarib boradi. Manfaat(lar) shaxsni jamoa va jamiyat bilan bog’laydi, birlashtiradi, chunki uning asosida zarur ehtiyojlar yotadi. SHu sababdan manfaat o’zaro ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan sotsiumning turli darajalari o’rtasidagi zaruriy aloqalar va ularning sotsium tomonidan anglanishi desak, xato qilmaymiz.
Manfaatlarni, ehtiyojlar kabi, sog’lom va nosog’lom manfaatlarga bo’lish mumkin. Inson va jamiyat rivojlanishiga, hayot farovonligi va ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladigan manfaatlar sog’lom manfaatlardir, ular asl insoniy ehtiyojlardan kelib chiqadi. Nosog’lom manfaatlar nafs va hirsga aylanadi, ma’naviyatga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Oqibat natijada ularni qondirish uchun yo birovni ekspluatatsiya qilish, aldash, haqidan urish, firibgarlik qilish, yo o’g’irlik, zo’ravonlik qilish, yo axloqiy buzuqlikning, qonunbuzarlikning boshqa shakllaridan foydalanish kerak. Ma’naviy tarbiya insonda sog’lom ehtiyojlarni shakllantirishi, unga sog’lom manfaatlarni nosog’lom manfaatlardan farqlashni o’rgatishi zarur.
Jamiyat barqaror va samarali rivojlanishining siyosiy, iqtisodiy, axloqiy, huquqiy va boshqa ko’plab ijtimoiy omillari bor. Ular orasida shaxsiy, jamoaviy-korporativ, hududiy-mintaqaviy manfaatlar, davlat manfaatlari va umummilliy manfaatlar alohida ajralib turadi. Ular orasida ancha-muncha farq mavjud. Bu esa ularni o’zaro muvozanatga keltirishni, uyg’unlashtirishni taqozo etadi. Aks holda turli manfaatlar to’qnashuvi jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy barqarorlikni izdan chiqarib yuboradi, taraqqiyotni ortga siltab tashlaydi, hatto mamlakatni parchalab yuborishi yoki uning mustaqilligini yo’qotishga sabab bo’lishi mumkin.
Ijtimoiy hodisalarni turli mezonlar va tamoyillar asosida tasniflash mumkin. Bu manfaat(lar) tushunchasiga ham taalluqli. Biz yuqorida keltirganlardan tashqari o’zga mezonlar, tamoyillar olinsa, tasnif manzarasi boshqacha ko’rinish hosil qiladi. Ayniqsa, davlat boshqaruvi, siyosiy partiyalar faoliyatida strategik va taktik manfaatlar sezilarli, ba’zan ancha kuchli ahamiyat kasb etadi. Bunday paytlarda taktik manfaatlardan kelib chiqib o’zaro muxolif partiyalar vaqtincha murosaga borishi, koalitsion hukumat tarkibiga kirishi, yoki parlamentda birlashgan muxolifat tashkil qilishi kuzatiladi. Lekin strategik manfaatlarda umumiylik kam bo’lsa, bunday koalitsiya va sheriklik, biror jiddiy muammo yuzaga kelganda, o’zaro kelisha olmasdan tarqab ketishi ham keng tarqalgan hodisadir.
Turli darajadagi sotsiumlar manfaatlarini muvozanatga keltirish, uyg’unlashtirish uchun avvalo manfaatlar mazmun-mohiyatini, namoyon bo’lish shakllarini va har xil manfaatlar o’zaro munosabatlari xususiyatlarini, ziddiyatlarini, ularni optimal rivojlantirish yo’llarini jamiyat a’zolariga, sub’ektlariga to’g’ri tushuntirishi lozim.
Temir qurollarga o’tilib mehnat unumdorligi, yetishtirilgan mahsulotlar hajmi ortishi jarayonida individ o’z manfaatlarini chuqurroq va kengroq anglay boshladi, ularni mahalladoshlari, qishloqdoshlari, jamoasi manfaatlaridan farqlab, hatto ba’zan ularga qarama-qarshi qo’ya boshladi. Ortiqcha ishlab chiqilgan mahsulotlardan bir qismini o’zi va oilasi uchun o’zlashtirishga harakat qildi. Ibtidoiy tuzumda hamma narsa o’rtada, umumiy edi. CHunki ortiqcha maxsulot ishlab chiqilmas, urug’-jamoa faqat birgalikda yashab qolishi, ochlikni va tashqi xatarlarni bartaraf etishi mumkin edi. SHu sababdan ibtidoiy jamiyatda individual, shaxsiy manfaatlar rivojlanmas, tan olinmas edi. Lekin bu ibtidoiy odamlar individual fazilatlarning, hislatlarning farqiga bormasligini, qadrlamasligini bildirmaydi.
Urug’-jamoada, qabilada botirlik, jasurlik, ovda va jangdagi mohirlik kabi individual xususiyatlar juda yuqori baholangan. Xuddi shunday tashkilotchi, ishning ko’zini biladigan dono oqsoqollar, jo’yali maslahat beradigan kishilar, mohir ustalar, ayniqsa urug’-jamoaning asotirlarini, rivoyat va afsonalarni, mardligi va qahramonligini, e’tiqodi va ma’naviy qadriyatlarini saqlovchi, avloddan-avlodga yetkazuvchi, marosim va urf-odatlarni boshqaruvchi, ajdodlar ruhi bilan bog’lanib turuvchi kishilar - qushnochlar, tabiblar, shomonlar, afsungarlar, shoirlar, baxshilar ta’siri kuchli bo’lgan. Odamlar ularda g’ayritabiiy qobiliyat va kuch bor deb ishongan.
Ibtidoiy odamlar individual farqlarni teran tushinsalarda, individualizm tamoyilini yoqlamagan, shaxs manfaatlarini jamoaga qarama-qarshi qo’ymagan. Hali jamiyat bu darajagacha o’sib yetilmagan. Mehnat qurollari va ishlab chiqarishning o’sishi, yashash uchun zarur minimal mahsulotlardan biroz ko’proq mahsulot yetishtirilishi uni xususiy shaklda o’zlashtirishga va shaxsiy manfaatlarning vujudga kelishiga zamin yaratdi. SHaxsiy manfaatlar bilan birgalikda individualizm paydo bo’ldi. Individualizm insonning o’z shaxsiy ehtiyojlarini anglashi va qondirishga intilishi bo’lib, ularni jamoasi manfaatlaridan ajratish, ma’lum darajada qarama-qarshi qo’yishdir.



Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish