O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Axloqiy tarbiyani kuchaytirish zarurati



Download 0,6 Mb.
bet15/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Axloqiy tarbiyani kuchaytirish zarurati.
Axloqiy tarbiyaning insonni jamiyat bilan uyg’un yashashga o’z individual manfaatlarini boshqalao manfaatlari bilan muvozanatga keltirishni o’rgatishdir. Avvalo individualizm va kollektivizm tamoyillari haqida... Axloqiy tarbiyada shaxsning individuval manfaatlari, qiziqishlari, tashabbusi va sh. k.lar hisobga olinib, individualizm oqilona chegaralarda inkor qilinmasligi maqsadga muvofiq. Individualizmni to’liq kollektivizmga (jamoaviylikka) qarama – qarshi qo’yish yaramaydi. YO shaxs manfaati, yo jamoa (jamiyat) manfaati qabilida masalani qo’yish xatodir. Masalaning to’g’ri yechimi - shaxs va jamoa manfaatini birdek hisobga olish, ularni uyg’unlashtirishdir.
Kollektivizm tuyg’usi va tamoyili inson ehtiyojlarini to’g’ri tarbiyalashning, insonning asl insoniy tabiatini rivojlantirishning individualizm qatorida muhim omilidir. Tarbiyada individualizmga bir tomonlama ustunlik berilib, kollektivizm yetarlicha hisobga olinmasa, inson xudbin (egoist), man-man, hatto yulg’ich bo’lib o’sadi. U tashqi ko’rinishidan vazmin,kamgap bo’lishi mumkin, ammo ichida faqat o’zini o’ylaydi, o’z manfaatini hamma narsadan ustun qo’yadi, odamlarning samimiyligidan, ishonuvchanligidan, yordamidan o’zining g’arazli maqsadlarida foydalanadi. Hamma uning aytganini qilishi, “unga yordam berishi” kerak, u esa hech kimga hech narsa qarz emas – mana xudbinlikning asosiy belgisi.
Egoizm (xudbinlik) asta – sekin o’rchib, egotsentrizmga (xudparastlikka) aylanishi mumkin. Egotsentrizm – inson hamma narsaning markaziga faqat o’z shaxsini, manfaatlarini qo’yishi, boshqa har qanday manfaatlarga – jamoa, jamiyat, davlat manfaatlariga bepisand qarashidir. “xudparastni ne qilg’oni o’ziga xubdir, bu nopisand fe’lg’a tafovut ko’pdir16”, deya ta’kidlaydi Alisher Navoiy. U xudparastlikni budparastlik bilan teng qo’yadi: “Xudparast – budparast”, - deb yozadi u “Mahbubul qulub” asarida. Bu yerda Navoiy “butparast” deganda johil, Haq va haqiqatni tanimagan, kufr botqog’iga botgan, imon-e’tiqodsiz, faqat o’ziga, o’z nafsi va jig’ildoniga, hirsi va shahvatiga sig’inadigan kishini nazarda tutmoqda.
Egoizmning vujudga kelish sabablaridan biri o’z farzandini haddan ortiq erka o’stirish, uning barcha injiqliklari, xohish – istaklarini amalga oshirish, bolada, o’zlari sezmagan holda, iste’molchilik psixologiyasini shaklantirishdir. Egoizmning yana bir sababi nisbatan qobiliyatli, yoki yetakchilikka moyil, irodali shaxslarga yoshlikdan – maktab, kollej, oliy o’quv yurtida, keyinchalik mehnat jamoasida, sinfdoshlari, kursdoshlari, hamkasblari tomonidan alohida e’tibor berilishi, “tan olinishi”dir. Agar qobiliyatli kishi bularni hurmat va o’ziga bildirgan ishonch, bu ishonchni oqlash kerak deb emas, balki shunday bo’lishi kerak, chunki men ulardan ustunman, kuchliman, aqlliroqman, deb qabul qilsa, uning egoist bo’lib voyaga yetishi muqarrar. SHu sababdan tarbiya jarayonida oiladan boshlab, ayniqsa maktabda qobiliyatli bolalarga to’g’ri yo’nalish berish, boshqalarning senga ko’rsatayotgan e’tiborini, hurmatini oqlashing kerak degan qarashlarni ular ongiga singdirish lozim.
Egoizmga, odatda, altruizm muqobil hisoblanadi. Altruizm shaxsiy manfaatlarni o’ylamasdan, o’zini boshqalarga bag’ishlash, boshqalardan qo’lidan kelgan yordamini ayamaslikdir. Altruizm beg’arazlikning yuqori ko’rinishi sifatida axloqiy jihatdan ma’qullansa-da, unga munosabat bir xil emas. Ba’zilar altruizmni don-kixotlik, savdoyilikning bir ko’rinishi, shaxsning o’ziga nisbatan yetarlicha ma’suliyatda bo’lmasligi, deb hisoblaydi. Altruizm zarur hollarda qat’iyat ko’rsata olmay, o’zganing egoizmiga yon bosishga olib kelishi, jamiyat manfaatlarini himoya qila olmaslikka, ijtimoiy prinsipsizlikka sabab bo’lishi mumkin. Tarbiya jarayonida altruizm egoizmning to’liq muqobili bo’la olmasligi, ba’zi hollarda u egoizmni oziqlantiruvchi, unga sharoit yaratuvchi, ba’zan hatto vatanparvarlik burchini bajarishda qiyinchiliklar tug’dirishi mumkinligini esdan chiqarmaslik kerak. Bizda egoizm xudbinlik, altruizm esa muravvat va futavvat, deb atalgan. Altruizmga futuvvat ko’proq mos keladi. Futuvvat ham o’zini boshqalarning hojatini chiqarishga bag’ishlamoq, o’zgalarga beg’araz yordam bermoq, hamdard bo’lmoqdir. Alisher Navoiyning ushbu bayti
“Muruvvat borcha bermakdur, yemak yo’q,
Futuvvat borcha qilmoqdir, demak yo’q”, –
har ikki tushunchaning mohiyatini qisqa va juda teran ifodalaydi. Garchi futuvvat keyinchalik tariqat bilan birlashib ketib, sufiyona mazmunda talqin qilingan bo’lsa-da, aslida u dunyoviy umuminsoniy mohiyatga, mazmunga ega bo’lgan va uni saqlab qolgan. Futuvvatning umuminsoniyligi undan diniy va sufiyona mazmunda ham foydalanish imkonini bergan. N. Komilov to’g’ri ta’kidlaganidek: “tasavvuf futuvvatda yuksak g’oyalarning amaliy-ijtimoiy tatbiqini ko’rgan bo’lsa, futuvvat tasavvufda nazariy-e’tiqodiy tagzaminni topgan edi”.17 Futuvvatga islom adabiyotida, birinchi galda O’rta Osiyo va Eron adabiyotida, falsafiy va diniy ta’limotlarda yuksak ijobiy munosabatni ko’ramiz. Futuvvat mo’g’ul zulmi davrida sarbadorlar, javonmardlar harakatining g’oyaviy mafkurasini, shiorini tashkil qilgan. Xalqimiz orasida farqlanib kelinayotgan to’kin-sochin to’y qilish va mehmondo’stlikining ildizlari ham, bir tomondan, futuvvatga borib taqaladi.
Ammo kundalik maishiy hayot qiyinchiliklari avomni, nafs va hirs o’ziga to’q kishilarning (bir guruh ziyoli, imon-e’tiqodi mustahkam fidoyi kishilardan tashqari) muruvvat va futuvvatning yuksak g’oyalari va mezonlari asosida emas, o’z foydasini ko’zlab, “sizdan ugina, bizdan bugina” talablariga muvofiq yashashga undadi. Futuvvat ahlini ba’zilar devonalar deb, devonalikni esa aqldan ozganlik, deb baholadilar. Devonalik axmoqlik emas. U sufiy holatini anglatuvchi tushuncha. Futuvvat esa devonalik emas, ammo devonalikdan xoli ham emas.
Vatanparvarlik haqida avvalgi boblarda ko’p gapirilgan edi. Ularni takrorlab o’tirmasdan, yana bir eslatmoqchimizki, haqiqiy vatanparvarlik – bu yurt ravnaqi yo’lida o’z kasbi doirasida halol mehnat qilish, o’z xizmat vazifasi va burchini halol bajarishdir. Ma’naviy tarbiyaning barcha yo’nalishlarida, xususan axloqiy tarbiyada vatanparvarlik mehnatsevarlikka, ma’suliyatga, burch va vijdon amriga aylansagina ro’yobga chiqishi mumkinligiga e’tiborni qaratish lozim. Turkiy xalqlarda muhtojlarga, g’arib va musofirlarga beg’araz yordam berish ag’aliq, ataliq, axiylik (axiy-bobo)kabi atamalarda ifodalangan. Bugun “otaliq” tushunchasida bevosita va beg’araz yordam ko’rsatish mazmuni saqlab qolingan. Masalan, maktabning otalik tashkiloti unga moddiy-o’quv bazasini mustahkamlashda, a’lochi o’quvchilar va faol o’qituvchilarni moddiy rag’batlantirishda, bayramlarni o’tkazishda yordam ko’rsatadi.
Otaliq va og’aliq tushunchalari nafaqat ijtimoiy-maishiy mazmunida, shuningdek ijtimoiy-siyosiy mazmunida ham qo’llanilgan. Taxt vorisining tarbiyachisi, yoki uning nomidan hokimiyatni vaqtincha boshqaruvchi kishi otaliq deb atalgan. Og’aliq ham shunga o’xshash mazmunda, taxtga (hokimiyatga) yaqin kishi sifatida biror hududni muxtoriy boshqaruvchisi, taxt vorisiga homiylik qiluvchi kishi mazmunida qo’llanilgan. SHu sabab otaliq va og’aliq tasavvufda muruvvat va futuvvat ko’rinishlarini ifodalovchi atama bo’lib rasmiylashmagan. Ammo axiylik Turkiya va YAqin SHarqdagi ba’zi tariqatlarda atamaga aylangan. Axiy so’zi bugungi o’zbek tilida iste’moldan chiqib ketgan. U bobo va oqsaqol so’zlari bilan almashtirilgan. N.Komilov “Tasavvuf”asarida futuvvat tarofdorlari javonmardlar, axiylar, fatiylar deb atalganini qayd qiladi va “axiy” so’zini do’st, birodar deb talqin qiladi.18
Sufiycha atama mazmunida bu to’g’ri. CHunki bir shayxning, pirning (axiyning) muridlari o’zaro do’st, birodarlardir. Darvoqe, arabcha “shayx” oqsoqol degan mazmunini bildiradi. Aslida turkiy “axiy” “bobo”,19 “oqsoqol” tushunchalarini anglatishini bilib qo’yish ortiqchalik qilmas.
Axloqiy tarbiyada kosmopolitizmga munosabat masalasini chetlab o’tib bo’lmaydi. Kosmopolitizm ko’pincha vatanparvarlikka qarama-qarshi qo’yiladi. Kosmopolit butun yer kurrasini o’z vatani deb biladi. Uning uchun millat tuyg’ularidan, vatan tuyg’usidan, milliy manfaatlardan go’yoki umumbashariy manfaatlar ustun. Kosmopolitizm sovet mafkuraviy baholarga muvofiq milliy nigilizmning ko’rinishlaridan biri hisoblangan. Ikkinchi jahon urushidan keyin SSSRda kosmopolitizmga, g’arb oldida qulluq qilishga qarshi kurash niqobi ostida aslida tafakkur erkinligiga, odamlar tashabbusiga hamda yahudiy millatga mansub ziyolilarga qarshi siyosat olib borilgan. Urushdagi g’alabadan keyin odamlar qatog’on yillarida vujudga kelgan ijtimoiy qo’rquvdan ancha xalos bo’lgan, ichki va tashqi dushmanlarni yengdik, endi erkin va yaxshi yashaymiz degan umid ularda paydo bo’lgan edi.
YAhudiylar masalasiga kelsak, urush yillari butundunyo yaxudiylari SSSRga Gitler qirg’inidan ularni (halokatdan) xalos qiluvchi kuch sifatida qaragan va SSSRga har tomonlama yordam uyushtirgan edi. Stalin ularni urushdan keyin yaxudiy davlati Isroilni tuzishda qo’llab-quvvatlashga, hatto Qrim hududidan joy berishga va’da bergandi. Urushdan keyin turli sabablarga ko’ra, sobiq antigitlerchilar koalitsiyasi bo’linib ketdi va o’zaro muxoliflarga aylandi. Ikki tuzum o’rtasida sovuq urush boshlandi. Tabiiyki, yirik yahudiy bankirlari, kapitalistlari o’z hukumatlari tomonida bo’ldi. Oddiy yaxudiylar esa arosatda qoldi. Har ikki tuzum ham ichki va tashqi maqsadlar yo’lida axloqni siyosatga qurbon qildi. SSSRda kosmopolitizmga qarshi kurash avj oldi, AQSHda amalda kommunistlarga qarshi Makkarti qonuni qabul qilindi. Har ikki davlatda shpionchilik vasvasasi kuchaydi. SSSRda kosmopolitizmga vatanparvarlik va internatsionalizm (sotsialistik baynalminlallik) qarshi qo’yilgan.
Kosmopolitizm sun’iy o’ylab topilgan tushuncha emas. Uning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy va boshqa oziqlantiruvchi omillari va sabablari bo’lgan. Turli tarixiy davrlarda kosmopolitik g’oyalardan yevropada diniy va siyosiy mustabidlikka, shovinizm va millatchilikka, irqchilik va shu kabi o’ta keskin qarashlarga va siyosatga qarshi mafkuraviy kurashda foydalanilgan. Undan keyinchalik mustamlakachilar ham foydalanishga harakat qilganlar.
Kosmopolitik g’oyalar to’liq yo’qolmaydi. Bugun uni globallashuv tendensiyasi va ommaviy madaniyat oziqlantirib turibdi. Urush va tinchlik muammosi, demografik ahvol va oziq-ovqat ta’minoti, boshqa global muammolar, ayniqsa ekologik, iqlim o’zgarishi, tabiiy kataklizmlar, panepidemiyalar xavfi kabi muammolar yer kurrasini butun insoniyat uchun yagona vatan, har bir shaxs sayyoramiz taqdiri uchun mas’ul ekanligini eslatib, kosmopolitik tuyg’u uchun zamin yarataveradi.
Axloqiy tarbiya orqali insonda erkinlik va mas’uliyat tuyg’ularini shakllantirish muhim. Erkinlik va mas’uliyat dialektik birlikni tashkil etadi. Ular ayricha holda mavjud emas. Mas’uliyatsiz erkinlik – bu boshboshdoqlik, anarxiya, cheklanmagan xudbinlik va h.k.lardir. Erkinlik – bu mas’uliyatdir, ma’suliyatsizlik va xudbinlik esa – qaramlikdir, o’z nafsi va hirsiga qullikdir.
Aksilaxloqiy g’oyalar, tushunchalar, afsuski, hayot qiyinchiliklari ta’sirida, ijtimoiy va insonlararo munosabatlarda masala yechimining noto’g’ri, adolatsiz, ammo oson yo’lini tanlashning salbiy tajribasi sifatida vujudga kelgan. Qiynalib, mehnat qilib topishdan ko’ra, ba’zan vazifani suiiste’mol qilib, pora olib, yoki o’g’irlik qilib topish osonroq. Achchiq haqiqatni aytib, aybni tan olishdan, yolg’on aytib aybni yashirish osonroq. Lekin aslida bu “oson” hisoblangan tushunchalar ertami-kechmi jamiyatga, odamlarga juda katta zarar keltiradi. SHuning uchun qadim zamonlardan ular aksilaxloqiy hisoblangan va qoralangan.
Erkinlikning falsafiy ta’rifi anglab olingan zarurat (Gegel), anglab olingan zarurat bo’yicha harakat (Engels) ekanligini yana bir bor eslasak, erkinlik ezgulik va yovuzlikni aniq farqlab, gumanistik vijdonni tarbiyalash asosida vujudga kelishi ayonlashdi. Lekin bular bilan cheklanmaydi. Erkinlik axloqiy tanlashda namoyon bo’ladi. SHu sababdan u iroda bilan ham bog’liq. Binobarin, erkin shaxsni voyaga yetkazish uchun unda mustahkam irodani, qaror qabul qila olishni, o’z xatti-harakatini, qabul qilgan qarorini tanqidiy baholab, unga zarur hollarda tuzatish kirita olish mas’uliyatini tarbiyalash talab etiladi.
Axloqiy g’oyalar, me’yorlar rivojlanishini ko’rsatuvchi mezon – bu jamiyatda inson erkinligining o’sishi, qadr – qimmatining ortishidir. Inson erkinligini, ongi va tafakkurini cheklashdan, uni hukumron diniy yoki siyosiy mafkuraga, urf – odat va an’analarga majburan buysundirishdan voz kechishda, vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlanishda, fikrlar va qarashlar xilma – xilligi qaror topishida, insonparvarlik g’oyasi boyib, inson jamiyat taraqqiyotining maqsadiga aylanishida axloq va umuman ma’naviyat rivoji namoyon bo’ladi. Mazkur jarayonda axloqning cheklovchi, taqiqlovchi me’yorlari nisbatan kamayib (to’liq yo’qolishi mumkin emas, taqiqsiz, cheklashsiz jamiyat tizimi buziladi), undovchi, rag’batlantiruvchi me’yorlari ko’payib, kuchayib boradi. Axloqiy tarbiyada insonga o’zini tiyishni, ba’zi salbiy narsalarni qilmaslikni o’rgatish barobarida ijobiy, savob ishlar qilishga ehtiyoj tug’dirish, ezgulikka befarq, indeferent bo’lmaslikni shakllantirish muhimdir. YOzuvchi Bruno YAsenskiyning do’stingdan va dushmaningdan qo’rqma, befarq kishilardan qo’rq, degan o’giti doimo dolzarbdir. YOzuvchi ta’biri bilan aytganda, nari borsa, do’sting senga xoinlik qilib, sotishi, dushmaning o’ldirishi mumkin. Befarq kishilarning jim va beparvo qarab turishi tufayli sotqinlik ham, qotillik ham qayta-qayta sodir bo’laveradi. YOzuvchining ehtirosli obrazli fikridan axloqiy tarbiyaning muhim undovchi vazifasi – faol hayotiy pozitsiyani egallashni tarbiyalash ekanligi ayonlashadi.
Axloqiy talablar, me’yorlar insonni jamiyatning boshqa a’zolari bilan uyg’unlikda yashashga, jamiyat institutlaridan to’g’ri foydalanishga, odamlarga va jamiyatga qo’shilib, uning bir to’laqonli a’zosi bo’lishga o’rgatadi. SHu sababdan bolalarda, yosh avlodda axloqiy talablarni tarbiyalash bilan ota-onalar, oila, mahalla, bog’cha, maktab, mehnat jamoasi, jamoat tashkilotlari – jamiyatning asosiy bo’g’inlari o’z vakolatlari doirasida shug’ullanadi. Ularning faoliyati yana-da samaraliroq bo’lishi uchun, tarbiya ishlarini muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq. Tarbiyaning oiladan tashqari bosqichlarida bu vazifani xalq ta’limi muassasalari, yoshlarning jamoat tashkilotlari o’z zimmasiga oladi. Maktablarning ota – onalar qo’mitalari, mahalla o’zining tegishli komissiyalari orqali oilaning tarbiyaviy faoliyatiga yordam berishi mumkin.
Har qanday tarbiya ikki tomonlama jarayonligini, bola nafaqat tarbiyaning ob’ekti, shuningdek sub’ekti ham ekanligini (o’z o’zini tarbiyalashni) nazarda tutsak, bolaning boshqalardan olayotgan o’rnagi, shaxsiy kuzatuvlari va tajribasi uning qanday inson bo’lib shakllanishida katta rol o’ynashi oydinlashadi. Jamiyatdagi shiorlarning, mafkuraviy targ’ibot-tashviqotning hayotga, haqiqatga mosligi yoki mos kelmasligi yoshlarga kuchli ta’sir ko’rsatadi. SHu sababdan tarbiya jarayonida haqiqiy qiyinchiliklarni, muammolarni ulardan yashirmaslik, faqat sabablarini to’g’ri tushuntirish kerak. YArimhaqiqatni aytish, faqat yutuqlarini ko’z-ko’z qilib, kamchiliklarni xaspo’shlash, muvafaqqiyatsizliklar sababini “ob’ektiv” sabablarga (ob-havo, qurg’oqchilik va h.k.), yoki tashqi muxoliflar kirdikorlariga, jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasiga keltirib bog’lash, o’z xatolarimiz borligini tan olmaslik tarbiya ishiga zarar keltiradi.
Bolaning axloqiy tarbiyasiga ota – onalar va kattalarning xulq atvori sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Ota – onalar va kattalar bolaga qanchalik yo’l – yo’riq berib, pandu nasihatlar qilmasin, o’zlari nomaqbul turmush kechirsalar, aytgan gaplariga amal qilmasalar, ularning barcha tarbiyaviy urinishlari chippakka chiqadi. Bola ularga ishonmaydi, hatto aytgan to’g’ri so’zlarini ham yolg’on sifatida qabul qiladi. Ota – ona, kattalar qilmishi bolaga hamisha bevosita yoki bilvosita ibrat, taqlid uchun namuna bo’lib xizmat qiladi. Ota – ona xulq – atvori bolaga hamisha aktual (hozirning o’zida) yoki potensial (kelajakda) ibratdir. YAxshi xulq – yaxshi ibrat, yomon xulq – yomon ibrat.
Axloqiy tarbiyada axloqqa zid g’oyalarga nisbatan murosasizlik qilinishi, ma’naviy immunitet shakllanishiga yetarlicha e’tibor qaratilishi shart. YOlg’on, hasad, nafs, hirs, fahsh, o’g’rilik, zo’ravonlik, qotillik, xoinlik, xudbinlik va shu kabi insonning asl tabiatiga zid g’oyalar, tushunchalar inson va jamiyat hayotida salbiy rol o’ynaydi, ma’naviyatni ich – ichidan yemiradi. Axloqiy tanlashning mazmun-mohiyati ham aksilaxloqiy tushunchalardan ustun bo’la olish, halokatli yovuzlik yo’lidan ketmaslik, ezgulikka, insonparvarlikka, vijdonga sodiq qolishdir. Axloqiy tanlashda inson o’z xudbinligi, nafsi, hirsi, hasadi, qo’rqoqligi va boshqa kamchiliklaridan ustun kela olishi lozim. Zarur hollarda u siyosiy rejim qutqusiga, mukofotlariga uchmasligi, yoki tazyiqidan qo’rqmasdan, xalqiga, vataniga sodiq qolishi, insoniy burchiga, vijdoniga xilof ish qilmasligi kerak. Bu endi shunchaki oddiy axloqiy tanlash emas, ma’naviy jasoratdir. O’zbekistonda barkamol avlod axloqini tarbiyalash miliy nomukammallik tuyg’usidan xoli, o’z kuchiga,aql-zakovatiga, bilimiga ishonadigan, mehnatsevar, boqimandalikning har qanday ko’rinishidan or qiladigan, qat’iyatli, irodali, vatanparvar, o’z milliy madaniyati, xalqi tarixidan, yutuqlaridan g’ururlanadigan, ayni paytda millatchilik va milliy man-manlikdan yiroq, kamchiliklarni tanqidiy baholay oladigan va ularni bartaraf etishga, yaratuvchlikka intiladigan halol insonni shakllantirishni anglatadi. Bunga barcha kuch va vositalar yo’naltirilishi kerak.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish