O’zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti


Fojeaviylik va komediyaviylikka munosabatni tarbiyalash



Download 0,6 Mb.
bet17/44
Sana03.02.2022
Hajmi0,6 Mb.
#427761
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44
Bog'liq
Мажмуа. Касб маънавияти

Fojeaviylik va komediyaviylikka munosabatni tarbiyalash.
Estetik tarbiyaning asosiy vazifalaridan biri o’quvchilarda, aholida yuksak badiiy didni, fojeaviylik va komediyaviylikka nisbatan to’g’ri munosabatni shakllantirishdir. Biz o’tgan mavzularda fojeaviylik mohiyat – mazmunini tushunish tarixan o’zgarganini ta’kidlagan edik. Antik davrda dastlab fojeaviylik tabiat kuchlarining(ma’budlarining) o’lib tirilishi bilan bog’liq marosimlar, misteriyalar o’laroq tushunilgan. Keyin, adabiyot va san’at rivojlanishi jarayonida tragediyalar alohida teatr san’atining dramatik janri sifatida yuzaga chiqqan. Fojeaviylik mohiyati esa qahramonning xudolar irodasiga qarshi chiqib, o’z taqdirini o’zgartirishga urinishining muvaffaqiyatsizlikka mahkumligida ko’rilgan.
Buni qadimgi yunon fojeanavisi buyuk Sofoklning “SHoh Edip” asari misolida ko’rib chiqamiz. Asar o’zbek tiliga Asqad Muxtor tomonidan tarjima qilingan, o’tgan asrning 70-yillarida u hozirgi O’zbek Milliy teatri tomonidan sahnalashtirilgan. Unda Edip to’g’risidagi qadimgi yunon asotirining eng dramatik, kulminatsion nuqtasi tasvirlangan. Ushbu fojeani tushunish uchun avval asotirning mazmunini bayon qilamiz.
Fiva shahar-davlatining podshohi Lay o’g’il ko’radi. O’g’lining kelajak taqdirini bilish uchun Delfadagi Appolon ibodatxonasi basharotchisi Pifiyaga murojaat etadi. Pifiya bolakay peshonasiga kelajakda o’z otasining qotili, onasining eri bo’lish yozilganini aytadi. Ota-ona bundan dahshatga tushib, chaqaloqdan qutilishga harakat qiladi. Uni o’ldirishga jazm qila olmasdan, ikki oyog’ining paylaridan teshib bog’lab, yo’rgaklangan, katta savatga solingan bolani cho’poniga tog’lar orasiga olib borib o’ldirishni buyuradi. CHo’pon bolani o’ldirmasdan, savatni tashlab keladi. Qo’shni davlatning ko’y boqib yurgan cho’poni chaqaloq yig’isini eshitib, uni topib oladi, xursand bo’lib, uyiga olib keladi va xotiniga topshiradi. U yaqinda farzand ko’rgandi, ammo u nobud bo’lgani tufayli cho’ponning xotini iztirob chekib, tinimsiz yig’ida edi. CHo’pon xudolar bizning iltijolarimizni eshitdi, farzandimiz o’rniga farzand berdi, deb xotinini yupatadi. Bolaga Edip deb ism qo’yadilar. Edip boshqa go’daklardan ajralib turar edi. CHo’pon o’z podshohiga voqeani aytib beradi.
Podshohning farzandi yo’q edi. U bolani keltirishni buyuradi. Go’dakning ulug’vorligini, ichki salohiyatini sezgan podshoh va xotini uni o’g’il qilib olib, bolaga shahzodaga, bo’lajak podshohga xos ta’lim – tarbiya beradi. Edip ulg’ayib, balog’at yoshiga yetgach, Delfaga Appolon ibodatxonasi bashoratchisi Pifiya huzuriga boradi. Undan o’zining kelajak taqdiri to’g’risida so’raydi. Pifiya bashoratini qaytaradi. Dahshatga tushgan Edip bosh olib ketishga, ota-onasi huzuriga qaytmaslikka qaror qiladi. U o’zini asrandi farzand ekanini bilmaydi. Dunyo ko’ziga qorong’u Edip Fiva tomon yo’l oladi.
Bu vaqtga kelib, Fivada o’lat kasali tarqalgan edi. SHahar darvozasi oldida joylashib olgan sfinks (yarim sher, yarim odam qiyofasidagi afsonaviy maxluq. Misr ehromlari oldida bahaybat haykali saqlangan – A. E.), agar kim uning savoliga to’g’ri javob bersa, shaharni o’latdan xalos etishini aytadi. Odamlar podshohga – Edipning haqiqiy otasi Layga murojaat etadi. U Sfinks savollarga javob topolmaydi. Alamidan shahardan chiqib ketadi. Torgina tog’ yo’lida bir-birini tanimaydigan ota va bola uchrashadi. Ikkalasi ham alam va iztirobda, o’zida yo’q. Podshoh yigitdan yo’ldan qochishini talab qiladi. O’rtada janjal chiqadi. Podshoh qo’lidagi aso bilanyigitni urmoqchi bo’ladi. U asoni tortib olib, bir urib raqibini qulatadi va yo’lida davom etadi. Podshoh zarbdan o’lib qoladi. Aravakash podsho jasadini qaytib olib keladi. Uni dafn etadilar.
Darbadar yurgan Edip, kunlardan bir kun Fivaga kelib qoladi. SHaharga kirmoqchi bo’lganida, sfinks undan ham “Qaysi maxluq ertalab to’rt oyoqda, peshinda ikki oyoqda, kechqurun uch oyoqda yuradi”, deb so’raydi. U “Inson, bolalikda emaklaydi– to’rt oyoqda yuradi. ulg’ayib ikki oyoqda, keksayganda aso tutadi – uch oyoqda yuradi”, deya javob beradi. Sfinks shaharni o’latdan xalos etadi. Xursand bo’lgan shahar aholisi yigitni podshoh etib ko’taradi. Hech narsadan xabari yo’q Edip taxtga o’tiradi va avvalgi podshohning bevasiga, ya’ni o’z onasiga uylanadi. Oradan yillar o’tadi. Onasidan farzandlar ko’radi, lekin yana o’lat boshlanib, sfinks paydo bo’ladi. Sfinksdan Edip baloni daf qilish chorasini so’raydi. U marhum podshoh qasosi olinmay qolgan, qachon qotil jazolansa, shaharni o’latdan xalos etishini aytadi. Edip qotilni topib jazolashga qasam ichadi. Va so’rov-surishtirishni boshlab yuboradi. Sofokl asari ayni shu joydan boshlanadi. Edip haqiqatni so’rab-surishtirib tagiga yetadi. O’z otasini o’ldirib, onasiga uylanganini aniqlaydi. Haqiqatni ko’rolmagan, uni dahshatli gunohdan saqlab qololmagan ko’zlarini sitib tashlab, bosh olib, xoru zorlik, darbadarlik tomon ketadi.
Asarning yuksak badiiy xislatlari haqida gapirib o’tirmaymiz. Fojeaviylik asarda inson va taqdir o’rtasidagi kurashda inson halokati muqarrarligida yuzaga chiqmoqda. Bu ayni o’sha davrning diniy-asotiriy dunyoqarashiga, e’tiqodiga mos edi.
Evropa Uyg’onish va Ma’rifatparvarlik davrlari asarlarida, xususan SHekspir ijodida, shuningdek undan keyingi davrlarda fojeaviylik tabiatini tushunish dunyoviylashdi. Endi fojeaviylik adabiyotda taqdiri azal hukmining muqarrarligida emas, balki jamiyat va inson, eski qoloq an’anaviy axloqiy qarashlar va yangidan paydo bo’layotgan ilg’or g’oyalar o’rtasidagi murosasiz ziddiyat tufayli yangi ilg’or g’oya tashuvchisining halokatida o’z aksini topa boshladi. F.Engels fojeaviylik mohiyati vujudga kelgan yangi tarixiy zarurat va uni amalga oshirish uchun ob’ektiv va sub’ektiv shart-sharoit yetishmasligi o’rtasidagi ziddiyatlardir, deb hisoblaydi.
F. SHelling fojeaviylikni bir muncha o’ziga xos talqin qiladi. U zaruriyat – ob’ekt, erkinlik – sub’ekt (qahramon) o’rtasidagi ziddiyatni fojeaviy ziddiyat hisoblaydi. Zarurat – ob’ekt, mavjud ijtimoiy voqelik, uning qoidalari, an’analari, mafkurasi. Unga qarshi chiqqan qahramon - sub’ekt mag’lubiyatga uchraydi.
Industrial jamiyat rivojlanishi jarayonida tragediyalar o’rnini shafqatsiz realistik asarlarga, jamiyat riyokorligini, illatlarini fosh etuvchi romanlar, qissalar, hikoyalarga bo’shatib berdi. Tanqidiy realizm san’ati inson ongining, ruhiyatining barcha puchmoqlarini ochib berdi. XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida adabiyot endi ongosti hodisalarini tahlil qilishga kirishdi. Inson hayotining ma’nisini, inson tabiatining ko’zdan yashirin ziddiyatlarini ochdi. Ba’zi adiblar inson yashayotgan jamiyat uning hayotini hatto absurdga, ya’ni bema’nilikka aylantirishni, zamonaviy inson qaysi ideallarga, g’oyalarga ishonishni bilmasligini qalamga oldi. Ongosti oqimini aks ettiruvchi ruhiy tahlil uslubidagi asarlar paydo bo’ldi. Bunday asarlardan maqsadsiz yashashning o’zi fojea, bema’nilik degan xulosa qilib chiqadi.
Fojeaviylikka go’yoki komediyaviylik muqobilhisoblanadi. Bir vaqtlar aslida shunday bo’lgan. Bugun tragik asarlar yaratilmayotir. Ammo komediyaviy asarlar soni kamaygani yo’q. Uning janrlari xilma-xillashib borayotir. Gap shundaki, komediyaviylik yuksak janrga emas, tuban janrga kiradi. YUksak janrlardan yuksak ideallarni, g’oyalarni ifodalash talab etiladi. Qolaversa, ideallar va yuksak g’oyalarni ifodalash uchun qahramon, uning yashash muhiti oddiy, kundalik hayotdagidek emas, balki favqulodda o’ziga xos bo’lishi lozim.
Hayot esa aslida faqat ulug’vor maqsadlardan, buyuk orzu-intilishlardan va oliy tuyg’ulargina iborat emas. Turmushda juda oddiy, ammo o’ta zarur ehtiyojlar shunchalik ko’pki, ularga inson g’arq bo’lib, ko’pincha yuksak ideallarni eslashga vaqt ham topolmaydi. Qorni och kishi birinchi navbatda yegulik topishga urinadi. CHo’ntagi quruq bo’lsa, kimnidir hojatini chiqarib, biror yumushini bajarib, bir necha chaqa ishlab topishga harakat qiladi. Buning uchun u potensial ish beruvchiga yoqishga intiladi, uni maqtaydi, ko’nglini ko’klarga ko’taradi, hatto jiddiyroq aldovdan ham toymaydi. Hayotidagi bunday voqealar biroz bo’rttirilib, mahorat bilan qalamga olinsa, sahnalashtirilsa, yoki filmlarda ko’rsatilsa, komik asar vujudga keladi. Albatta, quvlik bilan nosamimiy aytilgan maqtovlarga laqma, yoki o’ziga bino qo’ygan personaj uchadi. Tevarak atrofida kuzatib turganlar esa uning ustidan kuladi.
Xalq og’zaki ijodida maqtanchoq, o’ziga bino qo’ygan, ziqna, ochko’z, shuhratparast, xotinboz, yoki laqma, sodda, befarosat, didi past va sh.k. axloqiy va ma’naviy kamchiliklari bor kishilarni kulgu qiladigan hikoyatlar, rivoyatlar, ertaklar va latifalar soni hisobsiz. Mumtoz adabiyotda ham ko’plab bunday asarlar bor. Ularda quvnoq, zukko, quv insonlar obrazi yaratilgan.
Komediyaviylik kulgi, quvnoqlik orqali jamiyatni va insonni illatlardan, kamchiliklardan qutiltirish, gerdayib ketgan, oyog’i yerdan uzilgan kishini yerga tushirib, to’g’ri yo’lga solishga urinishdir. Qolaversa, komediyaviylik insonga kulgu orqali ma’naviy hordiq beradi, asablarini dam oldiradi, kundalik hayotiga rang-baranglik kiritadi. SHu sababdan komediyaviylikka o’tkir satira – illatlarni fosh etib, qattiq tanqid qilish ham, nozik va o’ta nafis yumor ham, biroz dag’alroq masxarabozlik ham, ba’zan ancha beparda mazmundagi latifalar ham kiradi.
Komediyaviylik shaklan nihoyatda boy. Komik asar o’z shakliga mos kelmaydigan yoki unga qarama-qarshi mazmunni ifodalashi mumkin. SHu sababdan ko’pchilik olimlar ushbu qarama-qarshilik tasvirlanayotgan manzara, bayon qilinayotgan voqealarning keskin nomuvofiqligi (kontrast) komediyaviylik tabiatini tashkil qiladi,deb hisoblagan. Kant komediyaviylikni tubanlikning yuksaklikka, SHopenhauer axmoqonalikning oqilonalikka, Gegel yolg’onning, soxtalikning mustahkam haqqoniylikka nomuvofiqligi, ular o’rtasidagi ziddiyat va h.k. deb talqin qilganlar. Bachkana ahamiyatsiz narsa buyuklikka da’vo qilsa, qo’rqoq kishi o’zini botir qilib ko’rsatishga harakat qilsa, albatta, kulgili chiqadi.
Estetik tarbiyada komediyaviylik tabiatini yoshlarga to’g’ri tushuntirish katta ahamiyatga ega. Zero, kulgu eng kuchli quroldir. U jamiyat va inson hayotini illatlardan, kamchiliklardan tozalashning samarali vositalaridan biridir. U inson axloqini davolaydi. Bundan tashqari, kulgu insonga ichki kuch-quvvat, energiya bag’ishlaydi. Ushbu ma’noda u yaratuvchi ijodiy kuchdir. Komediyaviylikning insonparvarlik mohiyati aynan inson axloqiga, ijodiy salohiyatiga yaratuvchilik ta’siri ko’rsatishda yuzaga chiqadi. Lekin komediyaviylik noto’g’ri talqin qilinsa, faqat ko’ngilochar janr deb tor tushunilsa, uning tarbiyaviy salohiyati pasayib ketadi. Ba’zan esa hatto tubanlik va axloqsizlikka aylanib qolishi ehtimoldan holi emas.

Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish