o‘lchov bilan taqqoslash usuli
qo‘llanadi. Bunda
o‘lchanayotgan kattalik o‘lchash yordamida topilgan kattaliklar bilan taqqoslanadi.
Masalan, o‘zgarmas tokning kuchlanishini elektr yurituvchi kuchi normal element
EYUK iga teng bo‘lgan taqqoslash kompensatorida o‘lchash yoki massani pishangli
tarozilarda muvozanatlashtiruvchi toshlar bilan o‘lchash. Bu usul ta’sir etuvchi
kattaliklarning o‘lchash natijasiga ta’sirini kamaytirishga imkon beradi.
Nol (kompensatsion) usul
o‘lchanayotgan kattalikni qiymati ma’lum bo‘lgan
kattalik bilan taqqoslashdan iborat, ammo ular orasidagi ayirma ma’lum kattalikni
o‘zgartirish usuli bilan nolga keltiriladi. Potensiometrlar, muvozanatlashtirilgan
ko‘priklar va boshqalar nol usulga asoslanib ishlovchi asboblarga misol bo‘la oladi.
Nol usul o‘lchashning yuqori aniqligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |