136
fizikaga qiziqqan bir necha o’quvchini ajratib oladi. Har bir sinf o’quvchilariga alohida-
alohida ko’rsatmalar beradi, tushunmagan mavzularini tushuntirib beradi, uyga topshiriqlar
beradi, xaftada, bir marta nazorat qiladi. O’zida bir bo’lgan fizikaga doir adabiyotlarni o’qib
o’rganishlari uchun olib kelib beradi. O’quvchilar adabiyotlarni o’qib olimpiadaga
tayyorgarlik ko’ra boshlaydilar.
I tur olimpiada, ya’ni maktab miqyosida olimpiada o’tkazish muddati I chorak
oxiriga, ya’ni 4-10 noyabrlarda o’tkaziladi. Bunda maktab fizika o’qituvchilaridan biri jyuri
raisi bo’ladi. Rais boshchiligida olimpiada uchun masalalar tanlanadi. Qaysi kuni olimpiada
o’tkazilishi e’lonlar doskasiga yozib qo’yiladi.
O’quvchilarni bir sinfga yig’ib, o’qiydigan sinfiga qarab variantlar tarqatiladi.
Ma’lum muddatdan keyin ishlar yig’ib olinadi. Ishlarni fizika o’qituvchilari tekshirib
avvaldan kelishilgan shartga asosan ballar qo’yiladi. Eng yuqori ball olgan o’quvchilar
ismi, shariflari va ishlari maktab rahbari buyrug’i asosida tuman olimpiadasiga yuboriladi.
G’olib o’quvchi bilan o’qituvchi yanada jiddiyroq tayyorgarlik ko’ra boshlaydi. Tuman
olimpiadalarini o’tkazish yanvar oylariga to’g’ri keladi. Bu yerda olimpiada ikki turda
nazariy va amaliy bilimlarini sinash orqali o’tkaziladi.
So’ngra shu asosda viloyat va respublika olimpiadalari o’tkaziladi. Respublika
olimpiadalarida umumiy to’plangan ball barcha ballarning 75 % ortiq ball to’plagan
o’quvchilarga o’rin beriladi va xalqaro olimpiadada qatnashish tavsiya etiladi.
Xulosa qilib, aytganda fizikadan o’tkaziladigan sinfdan tashqari mashg’ulotlarning
barchasi o’quvchilarni fizika va texnika fanlariga qiziqshini orttirishga xizmat qiladi.
Fizika ta’limi jarayonida dars tizimi bilan bir qatorda darsdan tashqari ishlarni tashkil
qilish va o’tkazish katta ahamiyatga ega. Bunda o’quvchilarning darsda olgan bilimlarini
mustaxkamlash, chuqurlashtirish, mustaqil ishlash, ijodiy tafakkur qilish, qobiliyatlarini
hamda amaliy ko’nikma va malakalarini rivojlantirish umumiy holda fizika faniga bo’lgan
qiziqishlarini oshirish nazarda tutiladi.
Fizikadan darsdan tashqari ishlarning ko’rinishlari turlichadir (1-sxema).
Darsdan tashqari ishlarni tashkil qilishda quyidagi prinsiplarga amal qilish kerak:
-
ixtiyoriylik;
-
o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olish;
-
o’quvchilarning garmonik ijodiy rivojlanishini ta’minlash;
-
ishlarning ijtimoiy foydali yo’naltirilishi;
-
uning keng ommaviylashganligi;
-
har qanday topshiriqlarni bajarishning majbariyligi;
-
darsdan tashqari ishlarning o’quv ishlari bilan aloqasi va h.k.
Darsdan tashqari ishlarning guruhli shakliga fizikaviy to’garaklar, darsdan tashqari
o’qishlar, devoriy gazetalar chiqarish, “Quvnoqlar va zukkolar konkursi”, “O’tkir zexnlilar
konkursi” kabilarni kiritish mumkin.
Fizikadan darsdan tashqari ommaviy tadbirlarga olimpiadalar, konkurslar, kechalar,
uchrashuvlar, haftaliklar kabilarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: