O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti “tasdiqlayman”


seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quvchilarning mustaqil ta’limini



Download 3,77 Mb.
Pdf ko'rish
bet214/276
Sana29.01.2022
Hajmi3,77 Mb.
#416266
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   276
Bog'liq
fizikani oqitish texnologiyalari va loyihalashtirish (1)

seminar, laboratoriya mashg’ulotlari, o’quvchilarning mustaqil ta’limini 
loyihalashtirish

Fizikadan o’quv predmeti sifatida o’quvchilarda juda katta qiziqish uyg’otish kerak. 
SHuning uchun, har o’quv yilida har guruhda o’tilgan mavzular bo’yicha har xil fizik
kechalar uyushtirish juda samaralidir, chunki o’quvchi o’tilgan darsda har xil tushunchalar 
va formulalar bilan tanishadi. 
Fizikaga oid asbob va uskunalardan foydalanish, sodda o’lchov va tajribalar asosida 
xulosalar chiqarishga o’rganadi. 
Fizikaviy kecha berilgan bilimlarni mustaxkamlanishining noan’anaviy bir 
ko’rinishidir. Fizik kechada har bir o’quvchi o’zining ochilmagan qirralarini namoyon 
qilishi, jumladan aktyorlik mahoratini namoyon etishi mumkin. Fizik kechalardan biri 
haqida fikr yuritamiz. Masalan, “Tebranish va yana tebranish” mavzusidagi fizik kechani 
o’tkazish metodikasi bilan tanishaylik. 
Tadbirning maqsadi: o’rganilgan materialni mustaxkamlash va takrorlash, 
o’quvchilarning dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did va qiziqishlarini tarbiyalash, 
mustaqil holda adabiyotlardan foydalanishga o’rgatish. 
Zaruriy jihozlar: plakatlar, demonstratsion tajribalar, devoriy gazetalar, qo’lda 
tayyorlangan fizik asboblar. 
Tadbirning davom etish vaqti – 2.5 soat. 
Bunda “Tebranishlar va to’lqinlar” mavzusi o’tilgandan so’ng har bir guruh o’z 
komandasini tuzishi va uni himoya qilishi zarur. Har bir guruhga:
a) fizik kechaning mavzusiga oid guruh nomini o’ylab topish; 
b) raqib komanda va jyuri a’zolari bilan tanishuv; 
v) dasturni tayyorlash topshiriladi. 
Tayyorlanish uchun 2 hafta vaqt beriladi. 
Kechaning borishi: 
Hay’at (jyuri) tarkibiga guruh rahbarlari, litseylarda amaliyot o’tayotgan talabalarni 
jalb etish mumkin. 
Har bir xay’at a’zosi kechaning dastur topshiriqlari va baholash mezonlari bilan 
tanishtirilishi lozim. 
Kechani o’tkazish bosqichlari va topshiriqlari quyidagilardan iborat:
T/R 
Bosqichlar va topshiriqlar 
Komandalar (guruhlardan) olingan 
ballar (5 ballikda) 


132 
1. 
Salomlashish, tanishtiruv 
2. 
Hayot formulasi 
3. 
Krossvord 
4. 
Kim ko’p? 
5. 
Sardorlar bellashuvi 
6. 
Sahna ko’rinishi 
7. 
Pantamino
8. 
Aytishuv
Jami: 
1-bosqich:
Salomlashish (uyga vazifa). O’quvchilar guruh nomini kechaning mavzusidan kelib 
chiqqan holda (masalan, “Mayatnik”) deb tanlashlari, salomlashishda ham “Tebranish” 
mavzusiga asoslanishlari mumkin. Bu ijodiy topshiriq bo’lib, har bir guruh o’z qiziqishi 
bilimi va quvnoqliklarini namoyon etishadi. 
Kechaning mazmunida quyidagilar bo’lishi mumkin, ya’ni bunda 1-guruh klassik 
tanishtirish, 2-guruh “Qishli qirovli kunlarning birida ...” deya nomlangan she’rni kechaning 
mavzusiga moslab fizikchasiga o’zgartirishi, 3-guruh va 4-guruh sahna ko’rinishini 
tayyorlashi, shuningdek, guruhlardan biri 
LC
T

2

formulasini bosh mavzu qilib olib, 
yana biri esa metronom tovushlari (urishlari) ostida “... vals” o’ynashi mumkin. 
O’quvchi tomonidan quyidagi she’r o’qilishi ham mumkin: 
Tebranishlar, tebranishlar, 
Sizlar – g’am va anduhlar. 
Mexanik, elektrik – har xil tebranishlar. 
Mana bir davr, 
Mana endi ikkinchisi ham 
Qanchalik u charchaydi, 
Qanchalik u jonga tegdi. 
2-bosqich:
Hayot formulasi. Bunda guruhlarga oq qog’oz tarqatiladi va unga o’quvchilar 
tebranishlarga doir formulalarni yozib borishlari kerak. Qanchalik ko’p formula yozishsa, 
guruh shuncha ko’p ball to’playdi. 
3-bosqich:
Krossvord. Guruhlarga “Tebranish” mavzusiga oid krossvordlar tarqatiladi va hay’at 
a’zolari o’quvchilar ishni boshlashlaridan oldin vaqtni belgilab oladilar. Qaysi guruh 
birinchi bo’lib topshiriqni bajarsa, o’sha guruh g’olib hisoblanadi. Krossvordni o’qituvchilar 
kollektivi yoki hay’at a’zolari tomonidan tuzish mumkin. 
4-bosqich: 
“Kim ko’p?”. Guruhlarga “Elektromagnetizm” so’zi yozilgan varaq tarqatiladi. 
Bunda “Tebranish” mavzusining har bir harfiga iloji boricha ko’p so’z tuzish kerak. Kim 
ko’p yozsa, o’sha g’olib hisoblanadi. 
5-bosqich: 
Sardorlar bellashuvi. Har bir sardor rasmda tasvirlangan asbobni oladi. Topshiriq: 
olgan asbob yordamida turli xil tebranish jarayonlarini ko’rsatish va tushuntirish kerak. Kim 
ko’p hodisani ko’rsatsa va tushuntirsa, o’sha g’olib bo’ladi. 
6-bosqich: 
“Bir mayatnik diskatekadan qaytayotib ketvorgan tezlikni uchratib qoldi. U pod’ezd 
oldida ko’zlari to’rt bo’lib Rezonansni kutardi. Biroq, Rezonans...” kelmadi. 


133 
Tezlik katta chastotada bezovtalana boshladi, biroq shu payt uning cho’ntagidagi 
uyali telefoni jiringlab qoldi. Bu qo’ng’iroqni Fazalar Siljishi qildi. U Rezonans bilan Grafik 
to’qnashib qolib, avtomobil halokatida halok bo’lganini yetkazdi. Tezlik xonim 
Rezonanssiz yashay olmasligini bilardi. Nima qilish kerak? Uning hayotida eng qiyin ... 
davr boshlandi. 
7-bosqich: 
Pantomimo. Guruh sardori qura topshiriq oladi. Undagi topshiriqda guruh sahna 
ko’rinishi o’ynab ko’rsatishi (masalan, rezonans, harakatlanayotgan mayatnik, tebranish 
konturini tasvirlashi) kerak, boshqa guruhlar nima tasvirlanganini o’ylab topishlari kerak. 
8-bosqich: 
Aytishuv. Bu konkurs dasturning qo’shimcha (zapas) qismi hisoblanadi. Uning 
maqsadi shundan iboratki, taqdim etilgan har bir ibora yoki ma’nosi bo’yicha teskarisini 
iloji boricha tez aytish kerak. Bunday ibora (yoki so’zlarni) guruhlar oldindan tayyorlaydiar, 
ularning javoblarini esa raqib-guruhlar yozadilar. Masalan, “tebranuvchi harakat” iborasi 
beriladi, uning teskarisi “takrorlanmaydigan tinchlik” iborasi bo’ladi.
Xulosa
qilib aytganda, bunday kechalar o’quvchilarga juda yoqadi va ular bunday 
tadbirga ishtiyoq bilan tayyorlanadilar. Bunda o’quvchilar o’zlarining ijodiy 
izlanuvchanliklarini, mustaqil ishlash qobiliyatlarini namoyon qiladilar. Bu bilan ularning 
fizika faniga bo’lgan qiziqishlari ham yanada oshadi. 

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   210   211   212   213   214   215   216   217   ...   276




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish