O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


-Mavzu:Ijtimoiy - madaniy faoliyatning tarixiy bosqichlari



Download 1,43 Mb.
bet5/55
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#301669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

2-Mavzu:Ijtimoiy - madaniy faoliyatning tarixiy bosqichlari.
Taniqli olim M.Bekmurodovning yozishicha, “Ijtimoiy-madaniy faoliyat o’z shakllanish tarixida quyidagi bosqichlarni bosib o’tdi:

  1. Zardushtiylik davrida olovga, quyoshga, nurga sig’inish orqali odamlarni ezgulik, issiqlik, nur atrofida birlashtirishga intilishgan. Buning uchun odamlarni yaxshilik, ezgulik xudosi Mitra obrazi orqali birlashtirishga intilish harakati amal qilgan.

  2. Islom dinini yoyishda aholini ommaviy tarzda itoatga undalgan. Bu davrda odamlarni guruhiy ma’rifatga chorlash harakati bo’lgan. SHu tariqa:

a) ilk ma’rifiy – maishiy muassasalar tashkil etilgan (xonaqoxlar).

b) hordiq chiqaruvchi muassasalar shakllanib, rivojlangan (choyxonalar,

guzarlar, musofirxonalar);

v) tijorat bilan uyg’unlashgan muassasalar faoliyat yuritgan

(karvonsaroylar, rabotlar);

g) diniy-ma’rifiy muassasalar ochilgan (masjidlar);

d) oliy diniy va dunyoviy ta’lim muassasalari rivoj topgan

(madrasalar).

Ijtimoiy-madaniy faoliyatning yuqori bosqichi odamlarning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish, qo’shimcha kasblar, hunarlarni o’rganish, qiziqishlar asosidagi klublar, to’garaklarda faoliyat yuritish singari mashg’ulliklar tarzida amal qila boshladi.

SHuningdek, ijtimoiy-madaniy faoliyat turmush tarzini bezash, an’ana va urf-odatlarni o’tkazish, diniy marosimlarni, tabiat va rasmiy bayramlarni nishonlash shaklida ham namoyon bo’la bordi. SHu tariqa ijtimoiy-madaniy faoliyatning odamlar hayotida mustahkam joylashganligining asosiy omillari oydinlashdi. Ularni quyidagicha tasniflash mumkin:



  • tabiat kuchlaridan qo’rquv asosidagi uyushuv ehtiyoji;

  • uyushuvning doimiyligini ta’minlash uchun intilish, ya’ni guruh qabila, urug’ yo’lboshchilari tomonidan muayyan diniy marosimlarni so’zsiz bajarilishining talab etilganligi;

  • boshqa qabila, urug’lar tahdididan himoyalanish bilan bog’liq ijtimoiy ehtiyoj;

  • qabila, urug’ doirasida amal qilib kelayotgan hayot tarzini, uning davomiyligini ta’minlash maqsadida turli hunarlar (ov qilish, jang qilish, ekin ekish va h.k)ni yosh avlodga o’rgatib borish zarurati;

  • naslni davom ettirish zaruratidan kelib chiquvchi ijtimoiy ehtiyoj oilaga birlashish;

  • bo’sh vaqtni qiziqarli o’tkazish xohishidan iborat madaniy ehtiyoj;

  • odamlarni favqulodda vaziyatlarda yalpi safarbar qila olishga erishish zarurati;

  • odamlarni o’zaro ahilligi, totuv turmush tarzini ta’minlash uchun ularni biror bir mashg’ulot turi bilan band etib turishdan iborat ijtimoiy ehtiyoj;

  • san’at turlaridan zavq olish, go’zallikka intilish, nafis narsalarni yaratishdan iborat ma’naviy ehtiyoj;

  • yoshlarni maqsadli tarbiyalash uchun muayyan ideallarga yo’naltiruvchi sog’lom raqobat ruhini yaratishdan iborat jamiyat ehtiyoji;

  • yoshlarni keng dunyoqarash va chuqur bilimli qilib hayotga tayyorlash uchun ularga qo’shimcha bilim va hunarlar berish zarurati;

  • jamiyatdagi an’ana, marosim, bayram, urf-odatlarning o’tkazilishini ma’lum tartibotlar asosida muvofiqlashtirib borishdan iborat ijtimoiy ehtiyojlar shular jumlasidandir.

Ijtimoiy – madaniy faoliyat shu omillar asosida o’zining asosiy funktsiyalariga ega bo’ldi. Bu funktsiya, ya’ni vazifalar quyidagilardir:

-uzluksizlik;

- davomiylik;

- foydalilik;

- me’yoriylik;

- xavfsizlik;

- go’zallikka oshuftalik;

- ma’naviy o’zlikni saqlab turish;

- shaxsni va jamoani rivojlantirish;

- estetik saviya, didni rivojlantirish;

- ta’lim, san’at, fan, ishlab chiqarish va boshqa turli xizmat sohalari oldidagi faoliyatlar hamda vazifalarni ixtiyoriy tarzda jamoaviy yoki individual shakllarda rivojlantirish.

Odamdan qoladigan yodgorlik yaxshi bir bog’, hech bo’lmasa biron musofirning kuniga yarab qoladigan bir tup daraxt, jamoat foydalanishi uchun qurilgan bir masjid yoki hammom va nihoyat sog’liq farzanddir. Tirikligida shu to’rt farzdan birontasini qilib ketgan kishining nomi o’chmaydi.

Amir Temur ham shunday kishilardan biridir. Birinchi navbatda xalqiga hamda mamlakatiga erk, tinchlik va farovonlik olib keldi. U CHingizxon xurujidan keyin vayron bo’lib yotgan shaharlarni qaytadan tikladi, obodu-farovon qildi, Samarqand, Buxoro, SHom kabi shaharlarni jahonga ko’z-ko’z qilsa arzigudek shaharlarga aylantirdi.

Samarqandda 1371 yilning boshi–1372 yilning ikkinchi yarmida shaharning kunbotar tarafida baland tepalik yonbag’rida Arki oliy deb atalgan mustahkam bir qal’a qad ko’tardi. SHaharning devori mustahkam qilib tiklandi, uning oltita darvozasi: Ohanin, Feruza, So’zangaron, Gozurgoh, Buxoro va CHorraha darvozalari tiklandi. SHahar arki ichida to’rt ashyonalik ikkita ulkan saroy: Ko’ksaroy va Bo’stonsaroy qad ko’tardi.

Amir Temur Samarqandda har bir mo’min-musulmon uchun muqaddas hisoblangan ziyoratgohlarni obod qilishga alohida e’tibor berdi. Ko’plab masjid, madrasa va xonaqohlar qurdirdi, yangi bozorlar, karvonsaroylar, hammomlar va boshqa jamoat binolarini bunyod ettirdi.

Amir Temur Samarqand tevaragida bir talay chiroyli shaharchalar qurdirdi va ularga Misr, Damashq, Bag’dod, SHeroz, Sultoniya deb ot qo’ydi. Fikrimizcha, bu bilan Temur Samarqandni jahonning yorug’ yulduzi, uning tevarak-atrofidagi shaharlarni esa uning atrofida aylanib turgan yo’ldosh sayyora demoqchidir.

SHaharning tevarak-atrofida hazrat sohibqiron 1378-1404 yillar orasida Bog’i nav, Bog’i Jahonnumo, Bog’i taxti qoracha, Bog’i Davlatobod, Bog’i dilkusho, Bog’i shamol, Bog’i chinor, Bog’i naqshi jahon, Bog’i baland, Bog’i amirzoda SHohruh, Bog’i maydon degan o’n ikkita katta va xushmanzara chorbog’lar bunyod etdi. CHorbog’larning balandroq yerida muhtasham qasr, qasr oldida favvoralar va gulzorlar qurdirdi.

Amir Temur ota shahri Kesh (SHahrisabz)ni ham obod qildi. Bu yerda Dor ut-tilovat (Qur’on tilovat qilinadigan uy) deb ataluvchi jamoat binosi qurdirdi. 1370 yili bu yerga Temur otasining piri SHamsuddin Kulolni dafn ettirgan. U 1374 yili qabr ustiga gumbazli maqbara qurdirdi va unga otasining hokini ham olib kelib qo’ydirdi.

SHahrisabzda Amir Temur qurdirgan (1380-1404) eng katta va mashhur bino bu Oqsaroydir. Klavixo va Zahiriddin Muhammad Boburning xabar berishicha, Oqsaroy nafaqat oliy hukmdor va uning oilasi istiqomat qiladigan, balki davlat muassasalari ham faoliyat ko’rsatadigan joy bo’lgan. Hozirda uning janub tarafdagi peshtoqi saqlangan, xolos.

Hazrat sohibqiron Buxoroyi sharifni ham obod qildi. Ulug’ ilohiyot olimi Sayfiddin Boharziyning maqbarasi bo’lib, xonaqoh va dahmadan iborat.

Amir Temur tariqat peshvolari, Yassaviya tariqatining namoyondalarini ham hurmat qilgan. Toshkent yaqinida bino etilgan Zangi ota (haqiqiy ismi Oyxo’ja ibn Toshxo’ja) va uning turmush o’rtog’i Anbar ona maqbaralaridir. Har ikkala maqbara ham XIV asr oxirlarida bino qilingan va Turkistonning mashhur ziyoratgohlaridan biriga aylangan.

Ahmad Yassaviy (1105-1166)ning qabri ustiga qurilgan ikki gumbazli baland maqbarani ham qurdirgan. Maqbara ziyoratxona, dahma (go’rxona) va xonaqohdan iborat.

Ilm-fan va madaniyat saltanat uchun ozuqadir. Buni Amir Temur yaxshi bilardi. SHuning uchun ham u olim va fozil kishilarni o’ziga do’st tutgan, ularning izzat-hurmatini o’rniga qo’ygan, davlatni idora qilishda ularning kengash va maslahatlaridan foydalangan.

Ibn Arabshohning aytishicha, Temur shoirlar va hazil-mutoyiba ahlidan ko’ra olimlarni ko’proq xush ko’rardi.

Tarixchilarning guvohlik berishicha, Amir Temur o’z saroyiga yetuk olimlarni, xususan, faqihlarni, matematika, astronomiya, tibbiyot, falsafa, tarix, musiqashunoslik, ilmi aruz fanlarining yetuk namoyondalarini to’plagan.

Amir Temur va Temuriylar zamonida ayniqsa tarix fani taraqqiy etdi. Nizomiddin SHomiy va SHarafuddin Ali Yazdiylarning “Zafarnoma”si, G’iyosiddin Ali Yazdiyning “Ro’znomayi g’azovoti Hindiston”, Hofizi Abruning “Zayli Zafarnoma”, Tojiddin as-Salmoniyning “Tarixnoma”si, Mirzo Ulug’bekning “Tarixi arba’ ulus”, Abdurazzoq Samarqandiyning “Matla’ us-sa’dayn va majma’ ul-baxrayn”, Mirxondning “Ravzat us-safo”, Xondamirning “Xabib us-siyar fi axbor va afrod ul-bashar”, Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asarlari o’sha zamonning yaxshi ilmiy mahsulidir.

Haqiqiy qahramonlik har kuni, har soatda fidoiy bo’lish, o’zini tomchi va tomchi, zarrama-zarra buyuk maqsadlar sari charchamay, toliqmay tinimsiz safarbar etib borish, bu fazilatni doimiy, kundalik faoliyat mezoniga aylantirish – haqiqiy qahramonlikdir aslida mana shu, deb aytgan edi Prezident I.A.Karimov.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish