2-variyant-1-javob pdf



Download 39,28 Kb.
Pdf ko'rish
Sana12.07.2022
Hajmi39,28 Kb.
#781833
Bog'liq
2-variyant-1-javob



2- variant
1.Javob
Bu davrda kitobot san’ati miiatyuraning o’ziga xos maktabi sifatida shakllangan hamda rivoj topgan
edi.kitoblar barcha bezaklari o’zaro uyg’unlikda bog’langan, chiziqli ritm, manzara, ranglarning
nozik uyg’unligi ularning bezak tuzilishini belgilaydi.
Hujralar o’ymakori usulda bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi tobadonga panjaralar
o’rnatilgan.peshtoqlari o’ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o’simliksimon naqshlar orasida
quyoshga intilayotgan afsonaviy humo qushi va bug’uning o’tlab yurgan tasviri , koshinkori bezaklari
yorqin bo’yoqlarda aks ettirilgan.
Ashtarxoniylar davrida ilm-fan,san’at,me’morchilikda qilingan ishlar haqida ma’lumotlar
qolgan.Hukmdorlar tomonidan qurdirilgan Buxoroda Abdulazizxon,Ubaydullaxon
madrasalari,Boqimuhammadxon,Ubaydullaxon masjidlari,Subxonqulixon registonda qurdirgan huvuz
va Buxorodagi kasalxona(Do rush-shifo),Balxda Nodirmuhammadxon,Subxonqulixon
madrasalari,Balx arkidagi imoratlar,jome masjidi,hazrati Ali mozoridagi gumbaz hamda Imomqulixon
Madinada qurdirgan chorbog’,Nur tog’idagi hovuz,Makkaga Ka’baga kiraverishdagi darvozalardan
biri ostanasi uchun ishlatilgan oltin va kumush yog’och zinalar haqida ma’lumotlar tarix
sahifalaridan o’rin olgan.
Nodir Devonbegi madrasasi
Buxoro shahrining Labi hovuz ansambli sharqiy qismida joylashgan Nodir
Devonbegi madrasasi Buxoro xoni Imomqulixonning vaziri Nodir Devonbegi (Nodir mirzo Tog‘ay ibn
Sulton) tomonidan bunyod etilgan. U yuz urug‘i boshliqlaridan bo‘lib, XVI asr oxiri – XVII asr
boshlarida yashab faoliyat ko‘rsatgan
Madrasa 1622-1623-yillar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu so‘nggi o‘rta asrlar davriga to‘g‘ri keladi.
Me’moriy obida bunyod etilgan davrdagi tarixiy shart-sharoit haqida gapiradigan bo‘lsak,
Imomqulixon taxtga chiqishidan biroz oldin taxtda Boqi Muhammad (1601-1605) hukmronlik qilar
edi. U 1602-yilda Eron Safaviylariga zarba berib, Balxni kuch bilan bo‘ysundirdi va ukasi Vali
Muhammadni hokim etib tayinladi. 1605-yil Boqi Muhammad vafot etgach, ukasi Vali Muhammad
taxtga o‘tqazildi. Ichki kurashlar yana avj oldi. Qabila beklari xon hokimiyatiga bo‘ysunmay,
muholifatchilikni kuchaytirdilar. Buxorolik amirlar xonga qarshi isyon uyushtirilganligidan xabar
topgan Vali Muhammad farzandlarini olib
Eronga qochadi. Amirlar taxtga Boqi Muhammadning o‘g‘li Imomqulixonni (1611-1642) o‘tkazadilar.
U Vali Muhammad boshlab kelgan Eron qo‘shinlarini tor-mor keltirib, mamlakat mustaqilligini
saqlab qoladi. Vali Muhammad asir olinib, qatl qilinadi. 1613-yilda Toshkent yerlarini egallagan
qozoqlarga hujum qilib, Toshkentni o‘z tasarrufiga kiritdi. O‘g‘li Iskandar sultonni Toshkent hokimi
etib tayinladi. Iskandar sulton boj, xiroj va boshqa soliqlarni ko‘paytirib, aholiga qattiq zulm o‘tkazdi.
Bunga qarshi Toshkentda qo‘zg‘olon ko‘tarildi va Iskandar sulton o‘ldirildi. Bu voqeadan xabar
topgan Imomqulixon Toshkent ustiga qo‘shin tortdi. Qo‘zg‘olonchilar ayovsiz jazolandilar.
Imomqulixon davrida markaziy davlat hokimiyati nisbatan mustahkamlandi. Imomqulixondan keyin
Nodir Muhammad (1642-1645) davrida ijtimoiy-siyosiy tarqoqlik yana kuchaydi.
Nodir Devonbegi madrasasi bunyod etilgan davrda Buxoro xonligida
Ashtarxoniylar sulolasi hukmronlik qilar edi.
Me’moriy obidaning bunyod etilishida har xil o‘lchamdagi xom va pishgan g‘ishtlar, loy, yog‘och,
maxsus “qir” qotishmasi, tunuka, marmar, sement, tosh, ganch va shunga o‘xshash ashyolardan
keng foydalanilgan.
Me’moriy obidaning dizayni haqida gapiradigan bo‘lsak, hovli atrofida 4 tomondan 2 qavatli kichik
hujralar bilan o‘ralgan. Hujralarga o‘ymakori uslubida bezatilgan eshiklar, eshiklar tepasidagi
tobadonga panjaralar o‘rnatilgan.
Hovliga pishiq g‘isht yotqizilgan. Bosh tarzi maydonga qaragan. Old tomonida hovuz bor. Peshtog‘i
o‘ziga xos mahobatli va serhashamdir. Undagi o‘simliksimon naqshlar orasida quyoshga intilayotgan
afsonaviy xumo qushi va bug‘uning o‘tlab yurgan tasviri koshinkori bezaklari yorqin bo‘yoqlarda aks
ettirilgan hoshiyalari madrasa peshtoqiga, kitobasiga arabiy yozuvlar bitilgan. Ustun go‘shasi


burmasimon. Peshtoqining 2 yon qanotidagi 2 qavatli 3 tadan chuqur ravoqli peshayvon alohida zeb
berib pardozlangan burchaklaridagi 2 guldasta ravoqdagi naqshlar bilan o‘zaro uyg‘unlashgan.
Madrasa tarhi 52×49 m., hovli 34×30 m. ni tashkil etadi.
Me’moriy obida Sharq me’morchiligi an’analariga tayangan, naqshinkor, “Chor” uslubida bunyod
etilgan. Madrasa o‘z davrida ilm-ma’rifat o‘chog‘i bo‘lgan, u yerda talabalarga diniy va dunyoviy
fanlardan saboq berilgan.
Me’moriy obidaning o‘ziga xos tomonlari haqida gapiradigan bo‘lsak, inshoot dastlab karvonsaroy
sifatida qurilgan, xonning qarori bilan madrasa holiga keltirilgan. Unda madrasalarga xos ayvon,
masjid va katta darsxona yo‘q. Madrasa fasadining bezatilishi, fantastik qush tasvirining tushirilishi
kabi jilolar bilan e’tiborlidir. Shu tomonlari bilan Buxorodagi boshqa me’moriy obidalardan ajralib
turgan.
Me’moriy obidaning bugungi kundagi holati: Madrasa bir necha marta ta’mirlanib, gumbaz, ravoq va
devorlaridagi namlik yo‘qotilib, buzilib ketgan hujralari qayta tiklanganligini, Samarqand va Buxoro
ustalarining sa’yharakatlari bilan bosh tarzi qayta jilolanganligini aytib o‘tishimiz lozim. 1997-yilda
Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha obidalar qatorida Nodir
Devonbegi madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YUNESKO tashkilotining Butun Jahon
yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi. Davlatimiz tomonidan qabul qilinayotgan qonun va qonunosti
hujjarlari me’moriy inshoot muhofazasining huquqiy kafolatidir.
Abdulaziz-xon madrasasi
Buxorodagi me’moriy yodgorliklardan biri bo‘lgan Abdulazizxon madrasasi ashtarxoniylarning
beshinchi vakili Abdulazizxonning buyrug‘i bilan me’mor Mimxoqon ibn Xo‘ja Muhammadamin
tomonidan 1652-yilda qurilgan. U o‘rta asrlarning songgi bosqichiga mansub bo‘lib, Buxorodagi
Ulug‘bek madrasasi qarshisida qurilgan.
Uning qurilishiga homiylik qilgan Buxoro xoni Abdulazizxon (1614-yil Balx –
1681-yil Makka) Nodir Muhammadxonning katta o‘g‘li bo‘lgan. 1626-yildan Xuttalon hokimi, 1630-
yildan esa Balxning g‘arbiy tumanlari hokimi fazifasida faoliyat yuritgan. 1645-yildagi fitna natijasida
Buxoro xonligi taxtini egallagan. Abdulazizxon markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat
qilgan, mamlakat obodonchiligiga birmuncha hissa qo‘shgan. Buxoroda ko‘pgina muhtasham binolar
qurdirgan (Abdulazizxon madrasasi va b.).
Madrasa tuzilishi oddiy va hujralari ikki oshyonli. Katta peshtoq nafis va nodir koshinkori naqshlar
bilan ziynatlangan. Islomiy naqshlar qatorida afsonaviy jonivorlar tasviri ham berilgan. Madrasa
hujralari, ayniqsa, janubiy ayvon peshtoqi turli-tuman naqshlar bilan bezatilgan. Gumbaz shipining
ganchli muqarnaslari orasida islimiy naqshlar va zarhal bezagi bor. Naqshlar, asosan, moviy rang
bo‘yoqlar bilan chizilgan. Asosiy o‘lchami: atrof aylanasi 50×67 m., hovli — 28×35 metr bo‘gan.
Madrasa XVII asrda Buxoro mahobatli me’morchiligining yetuk namunasidir.
Bugungi kunda madrasa hovlisida sayyohlar uchun milliy musiqa va folklor tomoshalari ko‘rsatiladi.
Shimoliy-sharqiy burchagidagi miyonsaroyda Buxoro yog‘och o‘ymakorligi namunalaridan iborat
ko‘rgazma tashkil etilgan. O‘zbekiston hukumati tomonidan berilayotgan e’tiborga to‘xtaladigan
bo‘lsak, 1997-yil Buxoro shahrining 2500 yilligi munosabati bilan Buxorodagi barcha me’moriy
inshootlar qatorida Abdulazizxon madrasasi ham qayta ta’mirdan chiqdi. YuNESKO tashkilotining
Butun Jahon yodgorliklari ro‘yxatiga kiritildi.
Labi Xovuz majmuasi
Labi Xovuz majmuasi, o’z nomini shu erda 1620 yilda joylashgan katta hovuzdan olgan. Labi Xovuz
Buxoro markazida joylashgan bo’lib, Ko’kaldash madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va
Xonakalardan iborat.
Shahar me’morchiligi uchun sun’iy suv havzalari bo’lgan hovuzlardan nafaqat amaliy maqsadlarda,
balki shaharni yanada har tomonlama bezatish uchun ham foydalanish odatdagi holdir. Buxoroda
saksontadan ortiq bunday obodonlashtirilgan hovuzlar bo’lib, shaharni ta’minlab turar edi. Ulardan
eng mashhur bo’lgan hovuz LabiHovuzdir.


Buxoroning markazi (16-17 asrlar). Labi Hovuz – Buxoro ahli va mehmonlarining sevimli joyi. Siz bu
joyda eski qadrdonlarni uchratishingiz va yangi do’stlar orttirishingiz, o’tmishni esga olishingiz va
kelajak haqida fikr yuritishingiz mumkin. Maydon o’rtasida katta xovuz bo’lib, uning atrofida turli
binolar barpo etilgan: Ko’kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va xonaqosi.
Bu erda eng eski bino - Ko’kaldosh madrasasi. XVI asrda Ko’kaldosh ismli vazir Buxoroda O’rta
Osiyodagi eng katta madrasani qurish haqida buyruq bergan.
Nodir Devonbegi madrasasi joylashgan hududda karvon saroy qurish ishlari boshlangan. Keyinchalik
Nodir Devonbegining rejalari o’zgargan va karvon saroy madrasaga aylantirilgan. Bu salbiy
okibatlarga olib kelgan: bu erda talabalar uchun masjid xam, ma’ruza zali ham bo’lmagan – ular
ko’zda tutilmagan. Lekin bu bino sirlangan sopol va chinni koshinlar bilan chiroyli bezatilgan.
Buxoroda siz faqatgina shu madrasaning peshtoqida afsonaviy
Semur
ғ 
qushi va inson yuzi aks etgan quyosh tasvirlarini ko’rishingiz mumkin. Yilning issiq faslida
madrasa ichki hovlisida siz folklor tomoshasidan zavqlanishingiz mumkin. Tim qora tungi osmon,
xazin va quvnoq maftunkor kuy... Siz “Ming bir kecha”ni boshqacha tasavvur eta olarmidingiz?
Hovuzning boshka tomonida darvishlar uchun kichik mehmonxona - Nodir Devonbegi Xonaqosi
joylashgan.
Markaziy Osiyo mintaqasida Buxoro islom markazi bo’lgan. Bu erga ko’plab ziyoratchilar kelishgan,
ular tunda qoladigan qo’noqqa muxtoj bo’lganlar. Shu boisdan shaharda ko’plab kichik
mehmonxonalar va karvon saroylar mavjud bo’lgan. Ehtimol, bu xonako dindorlar o’rtasida mashhur
bo’lgan, chunki unda nafaqat uxlash uchun xonalar, balki namoz o’qish uchun katta masjid ham
bo’lgan. Yuksak did bilan bezalgan eshik hovuz suvida aks etadi.
Buxoroning markazi (16-17 asrlar). Labi Xovuz – Buxoro axli va mexmonlarining sevimli joyi. Siz bu
joyda eski kadrdonlarni uchratishingiz va yangi do’stlar orttirishingiz, o’tmishni esga olishingiz va
kelajak xakida fikr yuritishingiz mumkin. Maydon o’rtasida katta xovuz bo’lib, uning atrofida turli
binolar barpo etilgan: Ko’kaldosh madrasasi, Nodir Devonbegi madrasasi va xonakosi.
Bu erda eng eski bino - Ko’kaldosh madrasasi. XU1 asrda Ko’kaldosh ismli vazir Buxoroda O’rta
Osiyodagi eng katta madrasani kurish xakida buyruk bergan.
Nodir Devonbegi madrasasi joylashgan xududda karvon saroy kurish ishlari boshlangan. Keyinchalik
Nodir Devonbegining rejalari o’zgargan va karvon saroy madrasaga aylantirilgan. Bu salbiy
okibatlarga olib kelgan: bu erda talabalar uchun masjid xam, ma’ruza zali xam bo’lmagan – ular
ko’zda tutilmagan. Lekin bu bino sirlangan sopol va chinni koshinlar bilan chiroyli bezatilgan.
Buxoroda siz fakatgina shu madrasaning peshtokida afsonaviy Semurg kushi va inson yuzi aks etgan
kuyosh tasvirlarini ko’rishingiz mumkin. Yilning issik faslida madrasa ichki xovlisida siz folklor
tomoshasidan zavklanishingiz mumkin. Tim kora tungi osmon, xazin va kuvnok maftunkor kuy... Siz
“Ming bir kecha”ni boshkacha tasavvur eta olarmidingiz?
Xovuzning boshka tomonida darvishlar uchun kichik mexmonxona - Nodir Devonbegi Xonakosi
joylashgan.
Buxoroda 17 asrda ham zarboflik bo’lganligi haqida Rossiya elchilarning 16691671 yillarda
Abdulazizxon saroyiga tashrif ma’lumotlarida aytilgan.Unda keltirilishicha,elchi ular Buxoroda o’z
yurtida ketayotganida ularga oltinga tikilgan chakmon,salla va belbog’ sovg’a qilingan.Buxoro
zardo’zlaridan biri,mashhur shoir Fitrat zardo’zning(1664-1721)nomi bizgacha yetib kelgan.18 asrda
Buxoroda zargarlik ko’p bo’lgn.Oltin,kumush,zumrad,la’l’lojuvard,feruza va boshqa toshlar turli
usullsrda ishlov berilganda keyin jozibali,ko’rkam buyumlar yaratish uchun keng imkoniyatlar
tug’ilgan.Ayol va erkaklar bezaklari,bundan tashqari,zodagonlar uchun badiiy bezakli qurol va ot
bezaklari tanlangan.Ayollar uchun zargarlik bezaklari nihoyatda xilma-xil bo’lgan


zirak,bilakuzuk,ro’mol to’g’nog’ichi,tugma,tumor,marjon va boshqalar.18asrda marjonning
markazida toshli o’lgan ichki bezak oltin munchoqli foydalanishning o’ziga xos samarali usuli
bo’lganligidan dalolat beradi.18asr o’rtalarida qo’shni janubiy mamlakatlardan ko’plab oltin va
qimmatbaho toshlarning olib kelinishi bu davrda san’atnin rivojlanishiga sabab bo’ldi.

Download 39,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish