O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


-mavzu: Qadimiy davr madaniy - ma’rifiy faoliyat shakllari va maskanlari



Download 1,43 Mb.
bet6/55
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#301669
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

3-mavzu: Qadimiy davr madaniy - ma’rifiy faoliyat shakllari va maskanlari.

Reja:

1. Qadimiy davr ijtimoiy - madaniy harakteristikasi.

2. Qadimiy e’tiqodlar asosida dinlarning paydo bo’lishi.

3. Zardo’shtiylik dini , madaniyati va ma’rifati.

4. Zardo’shtiylar falsafasi, odatlari, marosimlari va bayramlari.

5. Zardo’shtiylarning diniy, madaniy - ma’rifiy markazlari: «Otashxona», «Otash uylari», «Otash saroylari» va boshqalar.

6. Xalq ijodi, qadimiy tillar va yozuvlarning paydo bo’lishi.

(Surxondaryo) dan topilgan juda ko’p tosh qurollar, turli hayvon suyaklari hamda neandertal bolaning skeleti g’orda yashovchi odamlarda o’ziga xos primitiv madaniyat asoslari vujudga kela boshlaganidan dalolat beradi. Ibtidoiy teshiktoshliklar olovdan samarali foydalana olganlar. 9 yoshli neandertal bola dafn etilgan qabrdan har xil predmetlar va tog’ echkisi shoxini topilishi o’sha davrlarda diniy tasavvurlar paydo bo’lganini tasdiqlaydi. Teshiktoshliklar e’tiqodi bo’yicha, tosh va shox himoya vositasi sifatida murdani himoya qilgan. Bola ko’milgani va u hayvon shoxlari bilan o’ralgani bu o’sha davr odamlarida ma’lum ma’noda bo’lsa ham fikrlash qobiliyati borligidan dalolat beradi.

Omonqo’ton g’ori (Samarqand), Obiraxmat va Ko’lbuloq (Toshkent), Qalacha va So’x (Farg’ona vodiysi), Uchtut (Navoiy) oid topilmalar (150-3- ming yil oldin), odamlar to’da bo’lib yashab, ovchilik bilan hayot kechirishgani, ov qurollaridan foydalana boshlangani, bu bilan bir qatorda ovchilik o’yinlari (ovga tayyorgarlik ko’rish mashqlari) paydo bo’lgani haqida ma’lumotlar beradi. Qoya va g’or devorlarida ibtidoiy odamlar chizgan tasvir rasmlardan shuni bilsa bo’ladiki, bu davrdan boshlab odamlar o’simlik va hayvonot dunyosini tushunishga harakat qilganlar. Ularning ongi, harakatlari, marosimlarida «fetishizm», ya’ni odam uchun kerakli narsalar (masalan, yog’och va tosh qurollar) ni muqaddasligiga ishonish; «animizm», ya’ni bu tabiatdagi barcha hodisalar, narsalar, hayvonlarning joni va ruhi borligi, ularning ilohiy kuchiga sig’inish; «magiya», ya’ni atrofdagi barcha hodisa, predmet va jonzodlarga g’ayri-tabiiy ilohiy kuch yordamida ta’sir etishga ishonish unsurlari paydo bo’ladi.

So’nggi Paleolit (30 ming-12 ming yil avval) davri Samarqand, Krasnovodsk (Turkmaniston), Uchtut (Navoiy), Oxangaron kabi maskanlardan topilgan yodgorliklar (mehnat qurollari) da esa san’at (badiiy bezak) izlari ko’zga tashlanadi.

Qadimgi tarixni o’rganuvchi olimlarning fikriga qaraganda, o’sha davrdan boshlab ayollar urug’i hukmdorligi (matriarxat) davri boshlangan ekan. Matriarxat davrida jamiyatda ayollar hukmdor mavqega ega bo’lgan, mansab, nasl va mulklar ona urug’i bo’yicha meros bo’lib o’tgan, er xotinning jamoasiga o’tib yashagan, erkaklar ayollarga bo’ysungan va xokazo. Matriarxat davrida ayollar turmushiga xos madaniyat ustivor bo’lgan. o’sha davrlardan boshlab bola tarbiyalash, ro’zgor yuritish, taom tayyorlash kabi odatlarning shakllanishida ayollar asosiy o’rin tutgan. Ov qilish erkaklarning vazifasi bo’lsada, ovdan keyingi barcha tadbirlarda ayollar bosh rol o’ynagan. Ayollar boshchiligida ovchi-erkaklar ishtirokida ovga, totem hayvonlarga bag’ishlangan maxsus marosimlar, tomoshalar uyushtirilgan.

Markaziy Osiyo hududida Paleolit davridayoq ilk tasviriy san’at namunalari paydo bo’ldi. Qoyatoshlarga o’yib chizilgan yoki rangli bo’yoqlar bilan tasvirlangan ibtidoiy san’at paydo bo’ldi. Bular totemistik e’tiqod bilan bog’liq bo’lib, ulardan biri Surxondaryoning Zarautsoy darasida topilib o’rganilgan. Zarautsoydagi kamar va ungurlarda qadimgi tosh davrlarda yovvoyi buqani itlar yordamida ovlash manzarasi qizil bo’yoq bilan tasvirlangan. Ovchilar qo’lida o’q - yoy, sopqon, ko’pchiligi cho’qqisimon yopinchiq yopinib olgan. Bunda ov qilishning butun manzarasi, ovchilarning diniy tasavvurlari va badiiy fikrlashlari tasvirlangan.

MEZOLIT davri (mil. av. 10-6 ming yilliklar) Machay g’ori (Surxondaryo), Obishir (Farg’ona vodiysi) ga oid madaniy topilmalar diqqatga sazovordir. Bu davrda ov va mehnat qurollari takominlashtiriladi, kamon va yoydan samarali foydalaniladi, termachilik, ovchilik, baliqchilik bilan shug’ullanish ravnaq topadi va bu mashg’ulotlarga oid odatlar paydo bo’ladi.

NEOLIT “yangi tosh” davri (Mil. av. 6-3 ming yilliklarda) Markaziy Osiyo xalqlari va madaniyatida “neolitik inqilobiy” o’zgarishlar sodir bo’ladi. Qabilalar termachilik, ovchilik, baliqchilik kabi ishlar bilan xo’jalikda band bo’lishi bilan bir qatorda ishlab chiqarish xo’jaligiga ham o’tadi: hayvonlar xonakilashtiriladi, sodda dehqonchilik paydo bo’ladi. Markaziy Osiyo hududida o’ziga xos xo’jalik madaniyati:



  1. Xisor (chorvachilik) madaniyati,

  2. Joytun (dehqonchilik) madaniyati,

  3. Kaltaminor (aralash) madaniyati vujudga keladi.

Mazkur davrdagi Kaltaminor madaniyati alohida aham iyatga egadir. CHunki, Uzunkul, Tayloqko’l (Farg’ona vodiysi), Jonbasqala (Qoraqalpog’iston), Tuzkon (Buxoro) va boshqa joylardagi yodgorliklar taxlili shuni ko’rsatadiki, bu davrda ikki daryo oralig’ida odamlarning turmush tarzi ancha taraqqiy etib, rivoj topadi, to’qimachilik, kemachilik paydo bo’ldi, sodda dehqonchilik shakllanadi, qabilalar uyushmalari vujudga keladi. SHu davrda yasalgan mehnat qurollari, vositalari uteletar maqsadda (aniq amaliy qullash uchun) yaratilgan bo’lsada, ularga belgilar qo’yish va ularni badiiy bezash odatlari paydo bo’ldi. Bu davrda me’morchilik, kichik hajmdagi sodda xaykaltaroshlik, borliqni belgi va obrazlar bilan aks ettiradigan sodda naqqoshlik, mis eritib qurollar yasash, toshga ishlov berish, tikuvchilik, zargarlik kabi sohalar vujudga keladi. Bu o’sha davr odamlarining ma’naviy ehtiyojlari o’sganligi va madaniyati yuksala boshlaganidan dalolat beradi.

JEZ davri (mil. av. 3 ming yillik – 1 ming yillik boshi) yodgorliklari: Zamonbobo (Buxoro), Suvergan (Qoraqalpogiston), CHust (Namangan), Amirobod (Xorazm), Sopollitepa (Surxondaryo) topilmalari Markaziy Osiyo xalqlari hayotida qator o’zgarishlar bo’lganidan, jumladan, odamlarni turmush tarzi va madaniyati ravnaq topganiga guvoxlik beradi. Bu davrda chorvachilik ravnaq topdi, o’troq dehqonchilik shakllanadi, sun’iy sug’orishga asoslangan yerlar o’zlashtiriladi, bug’doy, arpa, tariq, suli kabi ekinlar ekiladi. Sodda g’allakorlik bilan birga urug’ ekish va o’rim davrlarida rioya qilinadigan mehnat udumi va marosimlari shakllana boradi. CHorvadorlar va dehqonlar mol-mulkini himoya qilish maqsadida qabilalarning himoya kuchlari paydo bo’ladi. Jez davrida qabilalarda ota xuquqi (patriarxat) ustun turadigan bo’ldi. Qabilalar ittifoqlarga uyushadi. Qabila ittifoqlari madaniyati uyg’unlashadi, mukammalashadi. Ittifoqlarda kuchli qabila madaniyati ustuvorlik qila boshlaydi.

Miloddan oldingi 2-4 asrlarda eng diqqatga sazovor hodisalarning biri sifatida Markaziy Osiyoda ilk shaharlarning paydo bo’lishi va yangi tipdagi shahar madaniyatini shakllana boshlaganini alohida qayd qilmoq kerak. Jumladan, Sopollitepa, Jarquton (Surxondaryo), Namozgox, Oltintepa (Turkmaniston), Xorazm, Marokand kabi joylarda qal’a-shaharlarni vujudga kelishi o’sha davrga xos yuksak madaniyat manzilgoxlarini vujudga keltirdi. Qal’alarning atrofini o’ralishi, shaharlarda o’ziga xos me’morchilik bunyod bo’lishi, dehqonchilikdan xunarmandchilikning ajralib chiqishi, turli kasb - xunarlarning ravnaq topishi, mol almashuv va sodda savdo - sotiq taraqqiy etishi, bozor atrofida turli madaniy-maishiy maskanlar, tomoshagoxlarning paydo bo’lishi, aholining uy-ro’zgor, kiyinishga alohida e’tibor berilishi, bularning ham masi shahar madaniyatining kamol topishiga jiddiy zamin bo’ldi.

Miloddan avvalgi 1-ming yillik Markaziy Osiyo tarixiga juda katta yangiliklar olib kelgan davr hisoblanadi. Mavjud suv xavzalaridan samarali foydalaniladi, Xorazm, Surxondaryo, Toshkent, Qashqadaryo, Zarafshon, Sirdaryo o’rta oqimi voxalarida kanallar qaziladi. Suv inshootlarini qazish vujudga keladi, sug’orma dehqonchilik madaniyati keng rivojlanadi. Mehnat qurollarining taraqqiy etishi, temirdan foydalanuvning takomillashuvi natijasida xunarmandchilik ravnaq topadi. Mehnat ayriboshlanib, turli kasb (temirchi, zargar, kulol, tikuvchi, quruvchi) lar rivojlanadi.

Dunyo tsivilizatsiyasining boshqa mintaqalaridan farq qiluvchi Markaziy Osiyoga xos arxitektura-me’morchilik shakllanadi.Uz navbatida turli qal’a-shaharlarga xos me’morchilik vujudga keladi. Marokanda, Kiroshota, Marv kabi shaharlar rivoj topadi. 1 ming yilliklar o’rtalarida Xiva va Buxoro shaharlari bunyod bo’ladi.

Ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyot natijasida bu hududda dastlabki davlatlar - Qadimgi Xorazm, Baqtriya, So’g’d, Parfiya, Kangyuy, Dovon va bu davlatlarga xos madaniyatlar vujudga keladi. San’at rivoj topadi. Bu davr san’ati xususiyatlari zargarlik buyumlarida o’z aksini topgan. Samarqanddan topilgan o’qchi, odam-xo’kiz, afsonaviy hayvonlar tasviri tushirilgan taqinchoqlar, Toshkent atrofidan topilgan sher boshli bilakuzuklar uslub jihatidan axmoniylar san’atiga yaqin. Sirdaryo bo’yida yashagan aholi xonadonlarida “Zariadr va Odatida” ning mahalliy matni asosidagi tasvirlari bo’lgan. SHimoliy Uzbekiston hududidagi qabristonlardan topilgan badiiy buyumlar “hayvonsimon tasvirlash usuli” da uslublashtirilgan hayvon shakllari bilan bezatilgan.

Markaziy Osiyo tarixidagi siyosiy-iqtisodiy o’zgarishlar, bu hududdagi madaniy taraqqiyotiga ham jiddiy ta’sir qildi. Miloddan avvalgi 4-3 asrlar davomida Markaziy Osiyo yerlarining ko’pchilik qismida eronlik Axmoniylar sulolasi hukmdorlik qilgan. Bu qadimiy Eron madaniyatini mahalliy madaniyatga ta’sirini kuchaytirdi. Bu davrdan boshlab Markaziy Osiyoda qadimiy eron tili, odatlari, e’tiqodlari Markaziy Osiyo xalqlari orasida ham tarqaladi.

Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Markaziy Osiyoning janubiy - g’arbiy qismini Aleksandr Makedonskiy ( Iskandar Zulqarnayn) bosib oladi va yunon-makedon, hukmdorligi 150 yil davom etgan. Yunon-makedonlar ham Markaziy Osiyo madaniyatiga o’z ta’sirini o’tkazdi. Jumladan, bu hududda ham yunon arxitekturasi, xaykaltaroshlik san’ati, teatr tomoshalari paydo bo’ldi. Bu ta’sirni Markaziy Osiyo janubida paydo bo’lgan Yunon-Baktriya davlatida yaqqol sezsa bo’lardi. Natijada, janubda yunon va baktriya madaniyatlari uyg’unlashuvi o’ziga xos Yunon–Baqtriya madaniyatini vujudga keltirdi.

Miloddan oldingi II-I asrlarda Markaziy Osiyo hududining janubida Yunon-Baktriya xokimligini Toharlar yo’q qilib, Tohariston davlatini tuzishadi.

SHimolda Amu va Sirdaryo oralig’ining bir qismi hamda hozirgi Janubiy-g’arbiy Qozog’iston hududida shimoldan kelgan ko’chmanchi turkiy xalqlaridan biri–kanglar Buyuk Kang davlatini tuzishadi. Farg’ona vodiysida esa Parkan davlati (poytaxti Gushan-hozirgi Uzgan) vujudga keladi. Biroq, milodiy asr boshlanishi arafasida janubda Massaget qabilasi Tohar urug’laridan birining nomi bilan atalgan Kushon podsholigi vujudga keladi, va u borgan sari (Markaziy Osiyo, Afg’oniston, SHimoliy Hindiston) ni o’z ichiga olib, o’sha davrda dunyodagi 3 yirik imperiyalar qatoriga qo’shiladi. Kushon davri madaniyati insoniyat tarixida o’zining munosib o’rnini topadi. Me’morchilik, xaykaltaroshlik, devoriy rang tasvirlik, temir, tosh, suyaklar yuksak badiiy saviyadagi asarlar yaratish Kushon madaniyatining tarkibiy qismiga aylanadi.

Kushon imperiyasida ko’p dinlarga e’tiqod qilishgan. Bu imperiyada zardushtiylikning turli ko’rinishi-mahalliy Mazdeizm (Mitra–Quyosh va Anaxita yer-suv kulьti), Yunon–Baqtriya kulьtlari, erondan o’tgan moniylik, Hindistondan o’tgan buddaviylik va boshqalar keng tarqalgan. Janubiy Uzbekistonda Budda xaykallarini topilishi bu yerda Buddizm tarqalganiga dalil bo’ladi. SHunday qilib, Kushon madaniyati o’zida mahalliy, yunon–baqtriya, eron, xind an’analarini omuxta etgan o’ziga xos boy va go’zal ma’naviyat sifatida namoyon bo’ldi. Miloddan avv. 4 asr–mil. 4 asrda Markaziy Osiyo hududida badiiy madaniyat-tasviriy san’at va amaliy bezak san’atning barcha sohalarida yuksak ko’tarilish davri bo’ldi. Uning muhim xususiyatlaridan biri–san’atlar uyg’unlashuvidir, Xususan bu davrda xaykaltaroshlik va rang-tasvirning me’morlik bilan o’zaro uyg’unligi namoyon bo’ldi. Xaykallar loydan yasalgan, gips qoliplarda qo’yilgan, ayrim xollarda toshdan yo’nilgan. Xolchayonning bo’yalgan xaykallari inson qiyofalari (shoxlar, ma’budlar, jangchi, sozanda, masharabozlar, bolalar) ni gavdalantirgan. Dalvarzintepa turar joylaridan topilgan devoriy rasmlar mavzuining xilma - xilligi va ularning maxoratli ishlanganligi (turli etnik guruhlar, marosimlar, koxin va koxin ayol, zirxlangan chavandoz, ayollar, naqsh mavzui va b.) bilan farq qiladi.

O’zbekistonning janubiy hududi xaykaltaroshligida Budda dini bilan bog’lik bo’lgan Gandhar xaykaltaroshligi maktabi bilan aloqalar seziladi.

Monumental san’atning uslubiy yo’nalashlari O’zbekistonning qadimgi xunarmandlik san’atida ham o’z aksini topgan. Tangalardagi o’ta individuallik bilan tasvirlangan yunon-baktriyaliklar tomonidan qadrlangan ellinistik ma’budlar, Osiyolik hukmdorlarning qiyofalari-Kushon va Xorazmning ismi noma’lum shoxi, Buyuk Kushon shoxlarining umumlashma tasviri va Osiyo xalqlarining ma’budlaridan ko’pchiligining xaykallari qadimgi yunon va mahalliy badiiy an’analarning qo’shilib ketganidan dalolat beradi. Markaziy Osiyo xalqlarida qadimdan mavjud bo’lgan turli diniy qarashlar (totemistik, animistik, politeistik, magik kabilar) zamirida va ularning kerakli g’oyalarini birlashtiradigan Zardushtiylik dini keng tarqalgan. Bu dinning muqaddas kitobi–“Avesto” o’sha davrning, qolaversa jahon madaniyatining noyob durdonasidir.

Markaziy Osiyo, Eron, Ozarbayjon hududlarida miloddan oldingi 7-6 asrdan miloddan keyingi 7-8 asrlar orasida asosiy din sifatida Zardushtiylik (zaroastrizm, otashparastlik) shakllanadi va taraqqiy etadi. Bu din ko’pgina qadimiy diniy e’tiqodlar, jumladan, Mitraizm (quyoshparastlik) zamirida taraqqiy etadi.

Ma’lumki, zardushtiylarning fikricha, dunyo asosini ikki qarama - qarshi narsa yaxshilik va yomonlik, yorug’lik va qorong’ulik, issiqliq va sovuqlik, hayot va o’lim o’rtasidagi kurash tashkil qilgan. SHuning uchun dunyodagi barcha ijobiy hodisalarni yaxshilik xudosi-Axuramazda (Xurmuz) va ham ma salbiy narsalarni yomonlik xudosi Anhara-Maynьyu (Axriman) irodasiga bog’lik deb tushunishgan. Zardushtiylar yaxshilik xudosiga yaxshilik qilishni, yomonlik xudosiga yomonlik qilmasligini iltimos qilib sig’inishgan. SHuningdek, zardushtiylar yaxshilik xudosi Axuramazdaning yordamchilari Mitra (yigit qiyofasidagi quyosh va yorug’lik tangrisi), Anaxita (go’zal qiz siymosidagi unumdorlik, xosildorlik, farovonlik tangrisi), Xumo (go’zal qush qiyofasidagi baxt, taqdir va boylik tangrisi), Xubbi (mard yigit qiyofasidagi suv tangrisi), Mirrix (yosh jangchi qiyofasidagi urush va g’alaba tangrisi) kabilarga ham itoat qilishgan.

Zardushtiylar o’z marosimlarida koinotning 4 unsuri – quyosh (olov), suv, yer, xavoni ulug’lashgan, ularni dunyodagi eng muqaddas narsalar deb tan olishgan. Olov quyoshning yerdagi shakli deb, unga alohida sajda qilishgan. SHuningdek, olov barcha gunohdan tozalovchi sexrli kuch sanalgan va unga bag’ishlab maxsus otashxonalar, otash saroylari, otash uylari qurishgan, unda turli bayram, marosimlar uyushtirishgan. Old Osiyoda paydo bo’lgan oromiy xati ta’sirida qadimgi Xorazm, Sug’d va Baqtriy yozuvlari paydo bo’ladi.

Markaziy Osiyo hududidagi eng qadimiy yozuvlardan biri-bu Xorazmning Qo’yqirilgan qal’adan topilgan xumdagi (miloddan oldingi 4 - asrga tegishli) xatdir. Miloddan oldingi 3 - asrga tegishli Tuproqal’adagi 18 topilma - yogoch, teridagi yozuvlar - Xorazm davlati yuksak moddiy va ma’naviy rivojlanish maskani bo’lganidan dalolat beradi.

Parfiya podshologining poytaxti eski Niso qadimiy shaharchasida 2 mingga yaqin sopol idishdagi yozuvlar - miloddan oldingi 3-1 asrlarda o’rta Osiyoda o’ziga xos Parfiyan yozuvi paydo bo’lganidan ham dalolat beradi. Miloddan oldingi ming yillik oxirida keng tarqalgan qadimiy yozuvlardan biri sug’d yozuvidir. Zardushtiylarning muqaddas kitobi - “Avesto” mana shu yozuvda bayon qilingan. “Avesto” mazmuni bir necha ming yillar ichida vujudga kelib, og’izdan-og’izga o’tib, mil. oldingi. 7-6 asrlarda yozma shakli vujudga kelgan. Tarixchilar bergan ma’lumotlarga qaraganda, “Avesto” ilk varianti oltin harflar bilan 20 ming mol terisiga bitilgan ekan. Bu kitob Iskandar vaqtida yo’q qilingan. Parfiyan podshosi tomonidan tiklanib, yangi Avesto yozuviga ko’chirilgan va Ganjadagi Otashsaroyiga saqlanishga topshirilgan ekan. Afsuski, vaqt o’tishi bilan bu noyob yodgorlik ham yo’qolib ketgan. “Avesto” da dunyoning yaratilishi, insonni xalq bo’lib kamol topishi, ezgulik uchun yovuz kuchlar bilan kurash o’z ifodasini topgan. “Avesto” faqat odamningina emas, balki bir xovuch tuproq, bir qultum suv, bir nafaslik xavoning ham muqaddas ekanligi haqidagi kitob. Dunyodagi biror bir diniy ta’limot, yo biror bir alloma zaminni va undan unuvchi bug’doyni, uning xosilasi - nonni “Avesto” chalik ko’klarga ko’tarmagan.

Abu Rayxon Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” nomli asarida quyidagicha yozadi: “Podshox Doro ibn Doroning xazinasida “Avesto” ning 20 ming qoramol terisiga tillo bilan bitilgan bir nusxasi bor edi. Iskandar otashxonalarni yondirib, unda xizmat qiluvchilarni o’ldirgan vaqtda ularni kuydirib yubordi. SHuning uchun o’sha vaqtdan beri Abistonning beshdan uchi yo’qolib ketdi”.

Iskandar “Avesto” ning tibbiyot, falsafa va ilmi nujumga doir o’rinlarni tarjima qilib, qolgan qismini yoqib yuborishni buyurgan, bu noyob yodgorlik keyingi asrlardagi paxlaviy, fors tillardagi talqini asosidagina bizgacha yetib kelgan.

Sosoniylar davri (3-4 asr) da “Avesto” matnlarini yig’ish, tiklash va taxlil qilish borasida ham ulkan ishlar qilingan. “Avesto” mazmuni zamonlashtirilgan, uni yozish uchun oromiy yozuvi asosida maxsus “Avesto” alfaviti yaratilgan, unga o’rta fors tilida tushuntirishlar berilgan. SHunday qilib, “Avesto” yozuvi orqali ajdodlarimizning tarixi, turmushi, falsafasi, odatlari, xo’jaligi haqida qimmatli ma’lumotlar bizgacha yetib keladi. Baqtriyada deyarli bir vaqtning o’zida ikki yozuv ishlatilgan. Ularning biri - oromiy yozuvi asosida va ikkinchisi Iskandar istilosidan so’ng yunon alfaviti asosida vujudga kelgan.

Milod.boshida paydo bo’lgan qadimiy turk yozuvi – “Urxun-Enisey” yoki “Turkiy run” deb nom olgan. Bu yozuv Enasoy (Enisey) dan tortib Markaziy va Urta Osiyoga tarqalgan xalqlarga mansub edi. 38 harfli qadimiy turk yozuvi yodgorliklari qoya, devor, qabrtosh hamda temir idish, sopol, tanga, yogoch, qog’ozlarda saqlanib qolgan.Urxun - Yenisey yodgorliklari bilan birga taxminan 4 asrda SHarkiy Turkistonda (sug’d yozuvi negizida) qadimiy uyg’ur yozuvi paydo bo’ladi. Bu yozuv o’rta asrlarda keng tarqalgan: mo’g’illar imperiyasining (12-13 asrlar) rasmiy yozuvi, Markaziy Osieda (14-15 asrlar) arab yozuvi bilan bir qatorda foydalanilgan, uning yordamida ko’plab davlat xujjatlari, adabiy va ilmiy asarlar yaratilgan. Ko’zada topilgan mil. oldingi 3-2 asrlarga oid yodgorliklar natijasida oromiy grafikasi asosida Farg’ona yozuvi ham bo’lganligi haqida ham taxminlar mavjud.

Kharoshtxi va braxma yozuvlarida oromiy xatlari izlari bo’lsa ham , ular xind yozuvlari asosida rivoj topgan va Markaziy Osiyoning janubiy hududlarida o’z izlarini qoldirgan. Zardushtiylik dini paydo bo’lgan zamin haqidagi baxs uzoq asrlardan buyon davom etib kelmokda. Ayrimlar zardushtiylar vatani Parfiya degan farazni bildiradi, ayrimlar Midiyada paydo bo’lgan desa, boshqalar Turonzamin (Xorazm, Baqtriya, Sug’d, Farg’onada) paydo bo’lib, so’ngra Eron va boshqa mamlakatlarga tarqalgan, deydilar.

Abu Rayxon Beruniy Markaziy Osiyo xalqlarning qadim zamonlarda jamoat bo’lib bir joyga to’planadigan, doimo olov yonib turuvchi muqaddas xonalari, ya’ni jamoa yig’inlari o’tkaziladigan, diniy marosimlar chog’i ko’pchilik kelib ovqatlanadigan olovxonalari bo’lganligini yozadi. Bu olovxonalarning qoldiqlari o’sha eski nomida (otashkada) hozir ham tog’lik tojiklar orasida saqlanib qolgan. Bu olovxonalarda erkaklar dam olib, xalfanalar qilishgan, jamoa yig’inlari o’tkazilgan, shuningdek, yo’lovchilar tunab qolishgan. Bu joylar “Erkaklar uyi” deb ham atalgan. Bular hozirgi choyxonalarning ilk ko’rinishi bo’lishi mumkin.

Zardushtiylik ta’limotiga e’tiqod etgan odam tozalik va poklikka rioya qilishi, hayvonlarga ozor bermasligi lozim, soch va tirnoqlarga bo’lgan pokiza munosabat ham Axura Mazdaga yoqadigan xususiyat sanalgan. Bu odat hozirgi kungacha yetib kelgan bo’lib sartaroshxonalarda soch tolalari tezda oyoq ostidan yig’ib olinishi, xonadonlarda ham sochni xoxlagan joylarga tashlamay chekkaroq joylarga yig’ib, keyin mevali daraxtlar tagiga ko’milishi, tirnoqlar duch kelgan joyga tashlanmasligi o’sha odatlarning ko’rinishidir.

Ma’lumki, miloddan ilgari Eron, Sug’d va Xorazmda zardushtiylik kalendaridan foydalanilgan. Yilning har fasli har oyining o’z bayramlari va mashxur kunlari bo’lgan. Masalan, “farvardin mox – yoz boshi, tir mox - kuz boshi, mexr mox - kish boshi, diy mox-bahor boshi edi. Ularning oylari ichida to’rt faslga qarab ishlatiladigan (hayit) kunlari bor edi”, - deydi Beruniy. Ba’zi etnograf olimlarning, jumladan N.Lobachevaning fikricha, qadimdan o’rta Osiyoda yil boshi bahorga to’g’ri kelar edi. Sosoniylar sulolasi davrida (3-asr) yil boshi yozga, ya’ni 21-22 iyunga ko’chirilgan. Birok oy kalendariga o’tilganidan keyin, yilning birinchi oyi yana bahorga, tun va kunduz baravar bo’lgan kunga, ya’ni 22 martga ko’chirilgan. Bu xaqda Beruniy yozadi: “Navro’z o’tmish zamonlarda quyoshning saraton burjiga kirish paytiga to’g’ri kelar edi. So’ngra u orqaga surilgach, bahorda keladigan bo’ldi”.

“Navro’z” ning kelib chiqishi haqida ko’plab fikrlar, afsonalar, miflar mavjud. Masalan zardushtiylar davridagi ba’zi tushunchalarga qaraganda, yaxshilik xudosi Axura-Mazda bahor - yozda, yomonlik xudosi-Axriman kuzda va qishda hukmdorlik qilar emish. Bahorning birinchi kunini yaxshilik xudosi yomonlik xudosining ustidan g’olib chiqqan muqaddas sana deb uni bayram qilishgan. Bu sana “Navro’z” kuniga aynan to’g’ri kelgan. Boshqa qadimiy afsonalarga ko’ra Odam Ato va Momo Xavo bir - biri bilan uchrashgan kun «Navro’z» bayrami deb tan olingan emish.

Firdavsiyning “SHoxnomasida” esa yangi yil «Navro’z» ning kelib chiqishi shox Jamshid nomi bilan bog’lanadi. Masalan, Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida odamlarni kasbga o’rgatadi, temir eritib qurol yasatadi, ip yigirtirib kiyim to’qitadi, ham mom, uy, saroylar bunyod qiladi, bog’ bunyod qiladi. Nihoyat, ishlari gurkirab ketgan kunlardan bir kuni taxt yasatib, unda osmonga ko’tariladi. A.Navoiyning “Tarixi mulki ajam” nomli asarida Jamshidning buyuk kashfiyotlari so’nggida ulug’ kun Navro’z ixtiro qilinganligi bayon qilinadi.

Beruniy keltirgan afsona bo’yicha ham Navro’z ulkan ishlar qilgan Jamshid shoxga bog’lanadi. “Jamshid o’ziga arava yasab olgach, o’sha kuni aravaga chiqib oldi, jinlar va shaytonlar uni xavoga ko’tarib, bir kunda Damovand tog’idan Bobilga olib bordilar. Odamlar bu ajoyib voqeani ko’rgach, o’sha kunni hayit qildilar va Jamshidning (aravada uchishiga) taqlid qilib arg’imchoqlarda uchdilar”.

«Navro’z» ning paydo bo’lishi haqidagi bunday afsonalarni turli nuqtai-nazarda talqin qilish mumkin. Biroq masalaga ilmiy yondashadigan bo’lsak, “Navro’z” ning yuzaga kelishi har tomonlama ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, ya’ni quyoshning ham al burjiga kirishi, kecha va kunduzning vaqt jihatidan barobar bo’lishi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi, bahorning kelishi bilan bog’lik bo’lgan. Buning ustiga, “Navro’z” ning chuqur ildizlariga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda ibtidoiy odamlarning dehqonchilikka o’tganidan so’ng dalalarda yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin o’tkaziladigan bahor bayramlariga borib taqaladi.

Bizgacha yetib kelgan qadimiy manbalardan shu narsa ravshanki Eron, Urta Osiyo va Afg’onistonda “Navro’z” bayramini o’tkazish Axmoniylar davrida (miloddan avval 6-asrlarda) keng tarqalgani ma’lum bo’ldi. Agar shunday bo’lsa “Navro’z” ning tarixi 26 asr va undan ortiq vaqtga egadir. Zardushtiylik kalendari bo’yicha fevralь oyining 1-kuni – “Kichik Navro’z” (yoki Ommaviy Navro’z) boshlangan, 6-kuni esa “Katta Navro’z” uyushtirilgan. Sosoniylar sulolasi davrida bu ikki “Navro’z” birlashtirilib, kichik va katta “Navro’z” o’rtasidagi barcha kunlar bayram deb e’lon qilingan.

Vaqt o’tishi bilan “Navro’z” bayramini nishonlash bir oygacha cho’zilgan. Beruniy quyidagilarni bayon qiladi: “Keyingi podshoxlar bu oy, ya’ni farvardin moxning barcha (kunlari) ni hayitga aylantirib, ularni 6 ga taqsim etdilar. 1- besh kun podshoxlar uchun, 2-si ulug’ kishilar uchun, 3-si podshoxlarning g’ulomlari uchun, 4-si xizmatkorlari uchun, 5-si xalq ommasi uchun, 6-si cho’ponlar uchun”.

Podshoxlar o’zlari uchun belgilangan 1-besh kunni quyidagi tartibda , ya’ni 1-kun "Podshox Navro’z kuni hayitini boshlab, odamlarga o’zining xalqni qabul qilishini bildiradi. 2-kuni martabasi juda yuqori kishilar, ya’ni dehqonlar va mashxur (xonadon) axllari qabul qilinib, 3-kuni otliq sipoxlar va ulug’ donishmandlar uchun, 4-kuni esa o’z o’g’illari hamda qaramog’idagi kishilarni qabul etish uchun o’tiradi. 5-kuni o’zi uchun Navro’z qiladi". Oddiy xalqning milodgacha bo’lgan “Navro’z” ni nishonlashda o’ziga xos odatlari bo’lgan. Masalan, bir–birlariga shakar va shirinliklar xadya qilishgan, gullar taqdim etishgan, bir-birlariga suv sepilgan, bayram arafasida 7 xil don (bug’doy, arpa, juxori, guruch, no’xot, mosh, loviya) dan go’ja tayyorlanib, qo’ni–qo’shni, qarindoshlarga tarqatilgan. Bulardan tashqri eroniylarda “S” harfi bilan boshlanadigan 7 xil o’simlik urug’idan o’stirilgan ko’katlar bilan dasturxon bezatilgan. SHuningdek, quritilgan mevalardan tayyorlangan sharbat, bo’yalgan tuxumlar va boshka noz-ne’matlar qo’yilgan. Arvoxlar ruhini shod etish uchun shamlar yoqilgan. Katta idishga suv to’ldirilib, unga ko’k barg yoki ko’kat solib qo’yilgan. Bu odat yangi yil xosildorlik va mo’l-ko’lchilik yili bo’lsin, degan istakni bildiradi.

Beruniy “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” kitobida suvga bag’ishlangan odatlar, hayitlar haqida ko’p to’xtalgan. Lalmilkor yerlarda “Suv xotin” “Sust xotin” marosimi shakllangan. Bunday odatlarda, odamlar bu yil suvli, xosildor bo’lsin deb bir-birlariga suv sepganlar. Bu odat forishliklarda hozirgi kunlargacha saqlanib qolgan. Bunda qishloq ayollari katta qo’g’irchoq yasab unga qari kampirning ko’ylagini kiydirishgan, so’ngra maxsus qo’shiqlar aytishib, qo’g’irchoqni dalalardan, ko’chalardan, ko’tarib o’tib, har bir xonadonga olib kirishgan. Marosim qatnashchilari “Sust xotin” qo’shig’ini aytib, uylarga kirishganida uy egalari ularni xursandchilik bilan qarshilab, albatta qo’g’irchoq ustidan suv sepishgan, o’z imkoni doirasida xayr-exson qilishgan.

Beruniy bergan ma’lumotlarga qaraganda, Xorazmda “Vaxshangom” deb ataluvchi hayit bo’ib, u Vaxsh va Jayxun suviga bag’ishlangan. Bu kuni odamlar Jayxun daryosiga borib cho’milishgan. Kuz mavsumida nishonlanadigan katta bayramlardan “Mexrjon” va “Tirgon”bayramlaridir. Beruniy yozishicha «Quyosh va oy falakning ikki ko’zi bo’lganidek, Navro’z va Mexrjon zamonning ikki ko’zidir». Demak “Navro’z” bahorda kun va tunning baravar kelishida nishonlansa, “Mexrjon”-kuzdagi teng kunlikda nishonlanadigan bayram bo’lgan. “Navruz” kuni tabiatda jonlanish boshlansa, “Mexrjon” kuni o’suvchi narsalarning yetilishi chegarasiga yetib, o’sish moddalarining undan uzilishi sodir bo’lgan. “Mexrjon” bayramidan so’ng odamlar qishga tayyorgarlik ko’ra boshlagan. “Xuroson podshoxliklarida shu kuni otliq askarlarga kuzlik va qishlik kiyim berish rasm bo’ldi”, deb yozadi Beruniy. “Tirgon” bayrami kuz boshida yig’im - terim boshlanishidan oldin o’tkaziladigan bayram. “Tir” so’zi “kuz” degan ma’noni bildiradi.

Agar bahor so’nggida va yozda suvga e’tiqod qilish odatlari keng tarqalgan bo’lsa, kech kuz, qish va erta bahorda uyushtiriladigan barcha bayram va marosimlarda olov va gulxan yoqish odat bo’lgan.

Zardushtiylikning eng yirik bayramlaridan “Sada” bayrami bo’lib, u olovning kashf etilishiga bag’ishlangan.

Firdavsiyning “SHoxnoma”sida “Sada” bayramiga asos solingani haqida maxsus bob bor. Unda yozilishicha adolatpanox Xushang bir guruh kishilar bilan toqqa borayotganida to’satdan baxaybat ilonga duch keladi. Xushang katta tosh otadi, biroq tosh ilonga tegmay qoyatoshga borib tegadi va birdan toshlar orasidan uchqun va olov chiqadi. SHu hodisadan so’ng Xushang olovni qanday xosil qilishni kashf etadi:

Mavjud manbalarga asoslanib “Sada” bayrami qish mavsumida o’tkazilganligini yaqqol bilsa bo’ladi. Biroq ba’zi tarixiy manbalarda bu bayram qish boshlanishida, boshqalarida qattiq sovuq kunlar boshlanishidan oldin, ya’ni 22 dekabr kuni, eng qisqa kun va eng uzoq tun bo’lganda, yana bir manbalarda qishki sovuqlar tugaganda o’tkazilishi haqida ma’lumotlar beriladi. Bundan kelib chiqadiki, qish vaqtidagi barcha bayramlarda olov, gulxan yoqish odat bo’lgan. Ularning eng kattasi “Sada” bo’lgan bo’lishi mumkin.

Balki “Sada” bayrami qishning oxirida o’tkazilgan bo’lishi ham mumkin. Beruniy bu to’g’rida qiziqarli ma’lumotlarni keltiradi. Aytilishicha, shu kuni qish jaxannamdan dunyoga chiqadi. SHuning uchun olov yoqib alangalatish, shu olovlarga yovvoyi hayvonlarni tashlash, alanga ichiga parrandalarni uchirish va olov atrofida ichimliklar ichib, o’yin – kulgi qilish podshoxlar marosimlariga aylanadi.

Islomgacha bo’lgan davrda qiziqarli bayramlar ko’p bo’lgan. Ulardan biri ayollar bayramidir. Bu bayram “Ro’zi isfandarmuz” deb atalgan. Bu xaqda Beruniy: “o’tmish zamonlarda bu oy va bu kun xotinlar hayotiga xos bo’lib, erlar ularga exson qilar edilar”,-deb yozadi. Isfandarmuz so’zining ma’nosi “aql” va “muloxaza” demakdir. Isfandarmuz solixa, nomusli, yaxshi ishlar qiluvchi va eriga muxabbatli xotinga vakil bo’lgan farishtaning nomi ham dir.

Bayram va hayitlar kishilarni ona-tabiatga qaytaradi, tabiat boyliklari va go’zalliklarini tushunish va qadrlashga o’rgatadi.




Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish