MARKAZIY OSIYO DINLARI Reja: 1.Markaziy Osiyodagi diniy e'tiqodlar 2.Tangrichilik 3.Zardushtiylik 4.Monelik
Markaziy Osiyodagi dastlabki e'tiqod shakli shomonlik deb nomlanadi.Undagi asosiy unsur shomoniy tanasida ruhlarning joylashishi tasavvur etilgan.
Turk xoqonligining chorvador aholisi qadimdan shomoniylik diniga sig'inib kelgan.
Bunda shomon ko'pincha o'z harakatlarida animistik obraz yoki shu obrazlarni eslatuvchi predmetlarni qo'llaydi.Ruhlarni chaqirish shomonlik harakatlarini ta'sirchan jamoaga yo'naltirib ulardan o'z manfaatlari yo'lida foydalanishni taqozo etadi
TANGRICHILIK
Tangrichilik osmon hudosi tangriga e'tiqod qilgan qadimiy turkiy xaqlarning diniy qarashlaridan biri bo'lib mkl.avv. 2-1min-.y.da shakllandi.Bu din mutahassislarning fikricha 5-6 ming yil muqaddam qadimgi Shumerdan Oltoygacha bo'lgan hududlarni egallab olgan. Tangrichilik yozma manbasi olqish ya'ni "qo'shiqlar to'plami " deyiladi.
Zardushtiylik,zoroastrizm — miloddan avvalgi 7—6asrlarda vujudga kelgan din. Asoschisi — Zardusht edi. Soʻnggi tadqiqot xulosalariga qaraganda, Oʻrta Osiyo, xususan, Xorazm 3. vatani boʻlgan. Oʻrta Osiyo, Eron, Afgʻoniston, Ozarbayjon hamda Yaqin va Oʻrta Sharqning bir necha mamlakatlarida tarqalgan.
Shu tarzda Zardusht 30 yoshida yangi diniy talimot payg'ambariga aylangan.
Payg'ambar so'zi esa "ezgu amallar haqida habar beruvchi" ma'nosini anglatadi.
ZARDUSHTIYLIKDA HUDOLAR
Ahuramazda-zardushtiylarning ulug' va donishmand oliy hudosi.
Mitra-zardushtiylakda ehtiromga sazovor hudolardan quyosh xudosi hisoblanadi.
Zardusht vazlari matnlarining hammasi miloddan avvalgi III-asrda 21 kitobga jamlangan.Bu kitob Avesto asosini tashkil qilgan."Avesto" matnlariga sharh eaa "Zand" deb yuritiladi.
MONIYLIK
Dualistik dinlarning eng yirigi bo'lgan moniylikka Surayk ibn Fatak (216-2176) tomonidan asos solingan.Uning arabiylashtirilgan to‘liq nomi X-asr arab manbalarida Moniy -
Surayk ibn Fatak shaklida zikr qilingan. Ushbu din qadimgi Bobil dinlari, yahudiylik, xristianlik,
buddaviylik va zardushtiylikning diniy ta’limotlari asosida vujudga kelgan. O‘z davrida
Moniylik G‘arbda Rimgacha, SHarqda Xitoy va Hindistongacha bo‘lgan hududda keng yoyilgan
va yuqori nufuzga ega bo‘lgan
Moniyning ta'limoti
Moniy targ'ib qilgan dinning asosi nur va zulm o'rtasida azaliy kurash ta'limoti.Uning mazmun mohiyati esa nurning zulmat ustidan g'alaba qozonishiga ishonish g'oyasidir.Moniylikdagi nir va zulmat tushunchalar ezgulik va yovuzlik kabi ijtimoiy axloqiy kategoriyalarning timsoli sifatida ifodalaniladi.