O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan davlat universiteti ijtimoiy-Iqtisodiy fakul’teti «Ijtimoiy-madaniy faoliyat»


Mavzu: Ijtimoiy-madaniy muassasalarning madaniy-xordiqiy faoliyati



Download 1,43 Mb.
bet48/55
Sana01.01.2022
Hajmi1,43 Mb.
#301669
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi n

Mavzu: Ijtimoiy-madaniy muassasalarning madaniy-xordiqiy faoliyati.

Reja:

  1. Bayram va ommaviy bayramlar xaqida.

  2. Dam olish va hordiq chiqarishda xalq ijodi va an’analaridan foydalanish.

  3. O’zbek xalq an’analari, bayramlari dam olish va xordiq chiqarishning vositasi sifatida.

"Bayram" - turkcha so’zdan olingan bo’lib, to’y, marosim, xursandchilik degan ma’nolarni bildiradi. Bayram ijtimoiy mahalliy hayotning eng muhim qismlaridan biri bo’lib, shodiyona, hursandchilik vujudga keltiradigan voqealarni nishonlaydi. Osmonni oyosiz tasavvur qilib bo’lmaganidek, hayotni ham bayramsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bayramlarni barcha nishonlaydi. Lekin madaniy-ma’rifiy muassasalar — Axolining hordig’ chiqarish markazlari va istiroxat bog’lari - ommaviy bayramlarni tashkil qiluvchi asosiy bug’inlaridir. Axolining hordig’ chiqarish markazlari va istiroxat bog’lari madaniy-ma’rifiy muassasalarning eng yirik va murakkab shakllaridan biridir. Bayramlarni bemalol axolining hordig’ chiqarish markazlari ishining "gultoji" desak, xato qilmaymiz.

SHuni alohida ta’kidlab o’tish kerakki, ommaviy bayramlar madaniy-ma’rifiy muassasalarda uyushtiriladigan tadbirlarning yarmidan ko’p qismini tashkil qiladi. Buning ustiga, u ko’pgina madaniy-ommaviy shakllarni o’z ichiga qamrab oladi. Masalan, bayramning tarkibiy qismi ko’pincha teatrlshtirilgan kontsertlar, tomoshalar, mavzli kechalar, marosimlardan iborat bo’ladi. Bayramlar shu qadar ko’p qirrali ijtimoiy-madaniy hodisaki, uning mohiyatini tushunmoq uchun har tomonlama va chuqur yondashmoq kerak. Agar bayramlarning vujudga kelishi, rivojlanishi va undagi o’zgarishlar hamda an’analarning shakllanishini bilmoqchi bo’lsak - tarix; uning hayotda tutgan o’rnini, jamiyat taraqqiyotida o’ynadigan rolini bilmoqchi bo’lsak - sotsiologiya; ommaga qanday ta’sir etishi va tarbiyaviy jarayonda qanday ahamiyatga ega ekanligini bilmoqchi bo’lsak - pedagogika; unda san’atning qanday shakllari, vositalaridan foydalanilishini va uning badiiy madaniyat, xalq ijodining rivojiga qanday hissa qo’shishini bilmoqchi bo’lsak - san’atshunoslik nuqtai nazaridan o’rganish maqsadga muvofiqdir.

Fan olamida bayramlar ilk bor qanday vujudga kelgan? Degan ,-muammo haqida umum qabul qilingan yagona ma’lumotlar yo’q. Lekin adabiyotlarda: "Bayramlar marosimlarning rivojlanishi natijasida vujudga kelgan" va "Bayram inson madaniyatining ilk shakllaridan biridir" degan gipotezalar mavjuddir. Bizningcha, bunga ularni oydinlashtiradigan "bayram inson va uning mehnati bilan birga vujudga kelgan" degan yana bir taxminni kiritishimiz mumkin. Bu fikrni isbot qilish uchun insonning vujudga kelishiga oid tarixiy manbalarga tayanib mantiqiy fikr yuritamiz.

SHunday qilib, bayram - inson mehnati natijasining shakli sifatida vujudga kela boshlaydi va uning asosiy qismi sifatida o’yinlar (san’atning tamoyil ko’rinishi) va marosimlar rivojlana boshlaydi. Demak, mehnat bu bayramning bosh manbai, asl zamiri hamda ilk chashmasidir. Mehnat natijasidan kishining bahramand bo’lishi bayram holatini vujudga keltirgan. Bu holat bayramning tamoyil shakli sifatida namoyon bo’lishiga qaramasdan, u inson madaniyati va san’atini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratib bergan. Tabiat sirlarining ilohiy kuchlarga bog’lanishi natijasida tabiatning ilohiy kuchiga sig’inish, yomg’ir tilash, kabi diniy marosimlar ham vujudga kela boshladi.


Download 1,43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish