O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi navoiy davlat pedagogika instituti maktabgacha va boshlang`ich ta`lim fakulteti boshlang`ich ta`lim va sport tarbiyaviy ish ta`lim yo`nalishi ona tili o`qitish metodikasi fanidan


- sinf ona tili darslarida gap va uning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari mavzusini yoritib berish



Download 309 Kb.
bet10/19
Sana31.12.2021
Hajmi309 Kb.
#251874
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Oxirgi Norqulova Zarnigorning Bitiruv malakaviy ishi

1.3 3- sinf ona tili darslarida gap va uning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari mavzusini yoritib berish

Umuman olganda so'zlovchi tinglovchiga o'z fikrini bayon qilish uchun o'z oldiga turli maqsadlarni qo'yadi, ya'ni biror voqea haqida ma'lumot olishni istaydi, yo tinglovchini biror ishini bajarishga undaydi, yoki shu haqida istak bildiradi. Demak, so'zlovchining bunday istagi va ifoda maqsadiga ko'ra gaplar uch turga bo'Iinadi: darak gaplar, so'roq gaplar, buyruq gaplar.

Darak gap. Borliqdagi voqea -hodisa, narsalarni tasdiq yoki inkor yo'li bilan xabar qiluvchi gaplar darak gap deyiladi. Masalan: Mirzo Ulug'bek chashma bo'yiga tiz cho'kib, muzday suvga yuvindi, tahorat oldi va movut to'nini buloq atrofidagi sarg'aya boshlagan ajriqzorga yozib, peshin nomozi o'qidi. Darak gap maxsus ko'rsatkichga ega emas. Darak gap fe'l bilan, ayrim hollarda ot bilan ham ifodalanadi. Masalan: Dunyo xaritasida jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yangi davlat O'zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi. Bahor keldi, gullar ochilsa. yana avvalgiday tabiat gullar. Darak gapning oxiriga nuqta (.) qo'yiladi.

So'roq gap. So'zlovchi uchun ma'lum bo'lmagan voqea, hodisa, harakat - holat haqidagi so'roqni ifoda qiluvchi gaplar so'roq gap deyiladi. Masalan:

Suvdan oldin—-sel kelar,

Tuzdan keyin—siz kelar.

Suv, tuzga—siz qo'shsak,

Toping, qanday so' z bo' lar?

(grammatik topishmoq)

So'roq gaplarning tarkibida so'roq olmoshi va so'roq yuklamasi bo'ladi yoki so'roq ohangi bilan talaffuz etiladi. Masalan: Bor "yalpizda", yashinda

Ham "yaqin", ham yashilda

Undan so'ng yozilmasa,

U qaysi harf ekan-a?

Bir unli-yu bir undosh,

Qanday bo'g'in? Top Yo'ldosh.

(gramatik topishmoq)

So'roq gaplar quyidagi vositalar orqali hosil bo'ladi:

1. So'roq olmoshlari. kim? nima? qanday? qaysi? qancha?necha? qayerda? qachon? nega? nima uchun? Masalan:

Tuz qachon bo'ladi tus

Or qachon bo'ladi qor? (grammatik topishmoq)

2. -mi, -chi,-a,-ya yuklamalar: Terma. terim, terimchi, qanday so'zlar? Topingchi?

3. So'roq ohangi: Nahotki, daryolar oqsa teskari. So'roq gaplar mazmuniga ko'ra bir necha turga bo'linadi:

Sof so'roq gaplar tinglovchidan ma'lum bir javobni talab qiladi. Masalan: Qaysi so'zlar turlanadi? Sen Toshkentda bo'l-ganmisan? Nimadan xafa bo'lding?

Ritorik so'roq gaplar. Bunday gaplarning so'rog'i ichida javobi ham anglashib turadi. Uslubiy vosita sifatida nutq uchun xizmat qiladi. Masalan:


Men nechun sevaman O'zbekistonni? Tuprog'in ko'zimga aylab to'tiyo? (A. O.) Nechun tug'ding, men baxti qaroni? Baloga mubtalo motamsaroni? Muruvvat bilmagan kunlar uchunmi? Jafokash. berahm tunlar uchunmi? ("Navoiy" drammasidan)

3. So'roq-buyruq gaplar so'roq mazmuni bilan birga buyruq mazmunini ham ifodalaydi. Masalan: Tez-tez yurmaysanmi ? (tez-tez yur)

So'roq gaplarning oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi.

Buyruq gaplar. So'zlovchining biror narsaga buyirishi, undashi, iltimos qilishi,rnaslahati kabi fikrlarni ifodalaydigan gap buyruq gap deyiladi

Buyruq gaplar semantik jihatdan quyidagi guruhlarga bo'linadi:

1) Sof buyruq gaplar: Kitobni oxirigacha o'qi! Bugun o'qishga ertaroq bor! Darsdan kechikma!

Iltimos, yalinish ifodalanadi. Masalan: Ozgina jim o'tir. O'n to'qqizdan oshmay tur go'zal.

Maslahat, nasihat gaplar. Masalan: Nasihatim yod qilib ol farzandim.

Istak, tilak,maqsad gaplar. Masalan: Mustaqil yurt gullashi uchun tinmay mehnat qiling. Yo siz keling, yo men boray.

His-hayajon ifodalashiga ko'ra gap turlari. Bu jihatdan gaplar ikki turga bo'linadi:

His-hayajonga ega bo'lmagan gaplar.

His-hayajon yoki undov gaplar. His-hayajonga ega bo'lmagan gaplarga darak gap, so'roq gap, buyruq gaplar kiradi.

His- hayajonli gaplar. Kuchli his- hayajon bilan darak, so'roq, buyruq gaplardan hosil bo'lgan gaplar his-hayajon gap deyiladi.

Masalan:Har aytganing buyuk jangnoma

Qayga desang qaytmay keturman.

His-hayajon gaplar quyidagi ma'nolarni ifodalaydi:

1. Darak: E, biz bunaqa imtihondan endi o'tayotganimiz yo'q!

2. So'roq: Naqadar chiroyli manzara-a?! Ona!Dunyoda bundan yoqimliroq so'z bormikan?!

Buyruq: Baxtimizga mustaqillik omon bo'lsin!

Shodlik. quvonch. tantana:Alisherni alla aytib uxlatgan ona! Og'ushida Bobur kamolga yetgan ona! Torobiyni ulug' jangga jo'natgan ona! Sharaf senga, obro’ senga, senga tantana! Sharaflarga muyassarsan ey, ulug' ona!

Taajjub: Shunday erkin zamonlar ham kelar ekan-a?!

6. Qayg'u. afsus: Essiz taqdir ekan qaydan bilibmiz! ("Navoiy"drammasi).

Gapning tuzilish jihatidan turlari

Har qanday gapning tuzilish jihatidan turlarini uning grammatik asosi belgilab beradi. Gapning grammatik asosini bosh bo'laklar: ega va kesim tashkil etadi. Gap tarkibidagi grammatik asos (ega va kesim) ning ishtirokiga ko'ra gaplar tuzilish jihatidan ikki turga bo'linadi: sodda gaplar va qo'shma gaplar. Bitta grammatik asosiga ega bo'Iib ma'lum bir fikr va his-hayajonni ifodalovchi gaplar sodda gaplar deyiladi. Ikki va undan ortiq grammatik asosdan iborat bo'Iib, nisbatan murakkabroq fikrni ifodalovchi gaplar qo'shma gap deyiladi. Masalan:

Chor atrofga yoyganda gilam.

Aslo yo'qdir bundayin ko'klam.

Til bilan dil dushman bo' Imaydi.

O'ldirmaydi qo'shiqni qo'shiq.

Keltirilgan misollarning birinchisi sodda gap bo'Iib, uning grammatik asosi bitta: ega va kesimdan (yo'qdir, ko'klam} ikkinchi gap esa qo'shma gap, uning grammatik asosi ikkita: 1) dushman bo'lmaydi, 2) o'ldirmaydi qo'shiq.

Sodda gaplar grammatik asosning tarkibiga ko'ra ham ikki xil: 1) ikki tarkibli gaplar, 2) bir tarkibli gaplar.Grammatik asosi ikki bosh bo'lak (ega va kesim) dan iborat bo'lgan gaplar ikki tarkibli gaplar deyiladi. Masalan: Solihlar esga olinganda Allohning rahmati nozil bo'ladi. Bu gapning grammatik asosi ega (solihlar) va kesimi (hosil bo'ladi) dan iborat. Grammatik asosi bir bo'lakdan iborat bo'lgan gaplar bir tarkibli gap deyiladi.

Masalan: Oyni etak bilan yopib bo'lmas. Bu gapning grammatik asosi faqat kesim (yopib bo'lmas) dan iborat. Sodda gaplar, ikkinchi darajali bo'laklarning ishtirokiga ko'ra yig'iq va yoyiq gaplarga bo'linadi. Ega va kesimdan tashkil topgan sodda gaplarning bir ko'rinishi yig'iq gap deyiladi. Masalan: Qor tindi. Hamma yoq oppoq.

Tarkibida bosh bo'laklardan tashqari ikkinchi darajali bo'laklar ham ishtirok etgan gaplar yoyiq gap deyiladi. Masalan: Aziz va ulug' bo'lgan Allohga bir soat astoydil tavajjuh qilish quyosh nuri tushadigan barcha narsadan yaxshiroqdir. Bu gapda aziz va ulug' bo'lgan (aniqlovchi), Allohga (to'ldiruvchi), bir soat (aniqlovchi) astoydil tavajjud qilishning (aniqlovchi), yaxshiroqdir (kesim). Shu boisdan bu gap yoyiq gapdir.

Boshlang’ich sinfda Gap, Darak gap, His-hayajon gap, Buyruq va undov gap mavzulari nazariy o’rganiladi. Bu mavzular yuzasidan turli mashqlar o’rgatiladi. 3-sinf ona tili darslarining muhim vazifalaridan biri fikrni ifodalashda gapdan ongli foydalanish ko’nikmasini shakllantirish hisoblanadi. Morfologiya,va leksika,fonetika va orfografiya, sintaksis asosida o’zlashtirilgani uchun tilni o’rganishda gap ustida ishlash markaziy o’rin egallaydi.Gap nutqning asosiy birligi bo’lib, boshlang’ich sinf o’quvchilari ot, sifat, son, olmosh, fe’l ularning muhim kategoriyalarining tizimdagi rolini gap asosida bilib oladilar.O’quvchilar ona tili leksikasini ham gap negizida egallaydilar. So’zning leksik ma’nosi va uning qo’llanish xususiyatlari so’z birikmasi yoki gapda ma’lum bo’ladi. So’z gapda bir ma’noli bo’ladi.

Metodist olima T.G.Ramzayeva Boshlang’ich sinflarda gap ustida ishlashni shartli ravishda 4 yo’nalishga bo’ladi:

.Gap haqidagi Grammatik tushunchani shakllantirish(Til birligi bo’lgan gapning muhim belgilarini o’rgatish)

Gap strukturasini o’rgatish (So’z birikmasida so’zlarning bog’lanishi ustida ishlash,gapning Grammatik asosini,bosh va ikkinchi darajali bo’laklarning xususiyatlari,yoyiq va yig’iq gaplar ustida ishlash)

.O’quvchilarningnutqida gapning maqsadga va ohangga ko’ra turlaridan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish.

Gapda so’zlarni aniq qo’llash ko’nikmasini o’stirishYozma nutqda gapni to’g’ri tuzib yozish,(uni bosh harf bilan boshlash,tinish belgilarini qo’yish) ko’nikmasini shakllantirish.

Ishning bu besh yo’nalishi bir-biriga o’zaro ta’sir etadi va gapning ayrim tomonlarini o’rganish maqsadidagina ularning har biri mustaqil muhokama qilinadi.

Gapni o’rganish va nutqda undan foydalanish ko’nikmasini shakllantirish o’quvchilarning aniq bilimlarini doimiy kengaytirib,boyitib borishga asoslanadi.”Gap”mavzusi barcha sinflarda o’rganiladi. Gapning belgilari haqidagi bilimlar chuqurlashtirib boriladi. O’quvchilar fikr ifodalovchi nutq birligi –gap haqidagi elementar tasavvurdan gapning bosh va ikkinchi darajali bo’laklari, gapda so’zlarning bog’lanishi, gapning uyushiq bo’laklarini o’rganishga o’tadilar.



Gap ustida ishlashning boshlang’ich bosqichi savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Bu davrda o’quvchilar gapning muhim xususiyatlari (fikr ifodalashi,tugallangan ohang bilan aytilishi) bilan tanishadilar. Gapning bu xususiyatlarini bilmasdan turib, so’zlardan gap tuzib bo’lmaydi. Agar o’quvchilar gapning bosh bo’laklarini ajrata olmasalar, gap nutqning yaxlit birligi ekanligini bilmaydilar. Ega va kesim gapning qurulishi va mazmunining asosini tashkil etadi.

3- sinf “Ona tili” darsligida “Gap” mavzusining yoritilishi va mavzuni o’rganishda foydalanishga mo’ljallangan ijodiy topshiriqlar Boshlangich sinflarda ona tili o’qitishning asosida grammatik nazariya emas, balki nutqiy ko‘nikma va orfografik malaka hosil qilish turadi. Bu davrda bolalar til materiallarini tahlil qilishga , asosiy tushunchalarni ajratishga o‘rgatiladi. Materialni tahlil va tarkib qilish, guruhlash va umumlashtirish, o’xshash va farqli tomonlarini topish, nutqiy va orfografik ko‘nikmalarni amalda tadbiq etish jarayonida bolalar har tomonlama rivojlanadi. 3-sinfda “Gap” bo’limi mavzusini o‘rganishga 30 soat ajratilgan. O’quvchilar 2-sinfda gap bilan amaliy tanishganlar, nutqdan gaplarni ajratishni ,gapning tugallangan mazmun bildirishini , gap oxirida ovozning pasayishi va to’xtam bo’lishini , yozuvda nuqta qo’yilishini, gap kim yoki nima haqda aytilganini va u haqda nima deyilganini bildirgan so’zni aniqlashni, gap tuzishni va gapni savollar orqali kengaytirishni, gapning birinichi so’zi bosh harf bilan boshlanishini bilib olganlar. 3- sinfda o’quvchilarning “Gap’ mavzusi yuzasidan olgan bilimlari takrorlanib, mustahkamlanadi va kengaytiriladi. “Gap” bo‘limi mavzusi o’tilganda o’quvchilar gapning turi, gap bo’laklari va gapda so’zlarning bog’lanishi haqida ma‘lumot oladilar;”Darak va so‘roq gap”, “His-hayajon gap”, “Gapning bosh bo’laklari” (ega va kesim) , “Ikkinchi darajali bo‘laklar ” mavzularini; gapda bir- biri bilan boglangan so‘zlarni juft-juft qilib ajrata olishni o’rganadilar. Darslikdagi yangi materialni o’rganishga kirishish oldidan o‘quvchilarning ijodiy fikr yuritishlari , izlanishlari, qiziqishlari va faolliklarini oshirish maqsadida “Nutq nima?” “Nima uchun nutqimizda turli gaplar qo‘llanadi?” , “So`roq gaplar qanday tuziladi?’, “His- hayajon gaplar qanday bo‘ladi? kabi savollar qo‘yilgan. Bu kabi savollar darsning maqsad va vazifasini belgilaydi. XX asrning 80-yillarida “samaradorlik” tushunchasining didaktik jihatlarini O.Roziqov tahlil qilgan edi . U ta‘lim jarayoniga qo’yilgan o’quv maqsadi bilan bolalar erishgan natija o’rtasidagi farqni tahlil qilib, samaradorlikni ta‘lim jarayoniga qo’yilgan maqsad va erishilgan natija o’rtasidagi tafovut shaklida qayd etgan. Shu bilan birga muallifning yozishicha, samaradorlik fanlararo tushuncha bo’lib, uning mohiyati ta‘limni tashkil etish muhiti, vaqt, natija, talimni tashkil etish madaniyati kabi tushunchalar bilan aloqador. O.Roziqov didaktik hodisalarni sistеmatik tahlil qilish mеtodologiyasiga asoslanib, ta‘limning samaradorligini oshirishning qator tamoyillarini ham qayd etgan. Ta‘limning samaradorligini oshirish uchun ta‘lim jarayonida qo’yilgan maqsad bilan erishiladigan natija o’rtasidagi tafovutni kamaytirish (1), ta‘lim vositalarining ta‘lim jarayoni mazmuniga mosligi (2), ta‘lim mazmuni va faoliyat usullarini bir paytda o’zlashtirish (3), ta‘limni bolalarning yuqori darajadagi taraqqiyotini mo’ljallab tashkil etish (4) kabilar samaradorlik tamoyillari sifatida asoslangan. Kеyinchalik O.Roziqovning M.Mahmudov va B.Adizovlar bilan hamkorlikda e’lon qilgan asarlarida talimning samaradorligi yanada kеngroq tadqiq qilindi . “Talim samaradorligini oshirishning,-dеb yozadi mualliflar, - ikki xil ko’rsatkichi mavjud: samaradorlikning sifat ko’rsatkichlari; samaradorlikning miqdor ko’rsatkichlari” . Mualliflarning yozishicha, samaradorlikning sifat ko’rsatkichlari ma’lumot mazmuni va faoliyat usullarini egallash shartlariga, samaradorlikning miqdor ko’rsatkichlari talim maqsadi hamda bolalar erishgan haqiqiy bilim, malaka va taraqqiyot o’rtasidagi farqlarga ko’ra aniqlanadi . Samaradorlikning sifat ko’rsatkichlari quyidagilar: o’quv-tarbiya ishlarini bolalarning eng yuqori darajadagi taraqqiyotini mo’ljallab tashkil etish; ta‘lim jarayoni maqsadi bilan natijasi o’rtasidagi tafovutni uzluksiz kamaytira borish; ta’lim vositalarining ta‘lim jarayoniga mosligini taminlash; o’quv matеriali va faoliyat usullarini bir paytda (parallеl) o’zlashtiriladi.



Download 309 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish