2.2.3-sinf ona tili darslarida gap va uning turlarini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish orqali darslarni tashkil etish
Boshlang`ich sinf ona tili darslarini bugungi kun talablaridan kelib chiqib, eng samarali ilg`or pedagogik texnologiyalar asosida tashkil qilish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun esa, avvalo, pedagogik texnologiyaning mohiyatini bilish va anglash zarur.
An’anaviy dars shaklini saqlab qolgan holda, unga turli-tuman ta’lim oluvchilar faoliyatini faollashtiradigan metodlar bilan boyitish ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajasining ko‘tarilishiga olib keladi. Buning uchun dars jarayoni oqilona tashkil qilinishi, ta’lim beruvchi tomonidan ta’lim oluvchilarning qiziqishini orttirib, ularning ta’lim jarayonida faolligi muttasil rag‘batlantirilib turilishi, o‘quv materialini kichik-kichik bo‘laklarga bo‘lib, ularning mazmunini ochishda aqliy hujum, kichik guruhlarda ishlash, bahs-munozara, muammoli vaziyat, yo‘naltiruvchi matn, loyiha, rolli o‘yinlar kabi metodlarni qo‘llash va ta’lim oluvchilarni amaliy mashqlarni mustaqil bajarishga undash talab etiladi.
Bu metodlarni interfaol yoki interaktiv metodlar deb ham atashadi. Interfaol metodlar deganda-ta’lim oluvchilarni faollashtiruvchi va mustaqil fikrlashga undovchi, ta’lim jarayonining markazida ta’lim oluvchi bo‘lgan metodlar tushuniladi. Bu metodlar qo‘llanilganda ta’lim beruvchi ta’lim oluvchini faol ishtirok etishga chorlaydi. Ta’lim oluvchi butun jarayon davomida ishtirok etadi. Ta’lim oluvchi markazda bo‘lgan yondoshuvning foydali jihatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
- ta’lim samarasi yuqoriroq bo‘lgan o‘qish-o‘rganish;
- ta’lim oluvchining yuqori darajada rag‘batlantirilishi;
- ilgari orttirilgan bilimning ham e’tiborga olinishi;
- o‘qish shiddatini ta’lim oluvchining ehtiyojiga muvofiqlashtirilishi;
-ta’lim oluvchining tashabbuskorligi va mas’uliyatining qo‘llab-quvvatlanishi;
- amalda bajarish orqali o‘rganilishi;
- ikki taraflama fikr-mulohazalarga sharoit yaratilishi.
Quyida boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga mo‘ljallangan bir nechta o‘yin namunalarini keltiramiz.O‘qituvchi kasb mahoratining shakllanishida qobiliyat muhim ahamiyatga ega. Chunki pedagogik ko‘nikma negizida o‘quvchi bilan amalga oshirishi lozim bo‘lgan ta’lim va tarbiyaviy munosabat turadi. Ana shu munosabatning uzluksiz va barqaror tus olishi muayyan pedagogik texnologiyani keltirib chiqaradi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” asosida yaqin yillarda ta’limning mutlaqo yangi metidikasi ishlab chiqiladi. Bu esa yangicha pedagogik mahorat talab etadi. . Shunga ko‘ra pedagogik texnologiyada o‘qituvchining metodik mahorati muhim ahamiyat kasb etadi. Aniqroq qilib aytganda, yangi metodik mahorat-yangicha pedagogik texnologiya demakdir. Yangicha pedagogik texnologiyaning asosiy maqsadi va vazifasi yangi metodik mahoratni o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Xulosa qilib aytganda, bilim va qobiliyatining yuzaga chiqishi o‘qituvchining ijodkorligi, yangi pedagogik texnologiyasini kasb-mahorati asosida amalga tatbiq etishdir.Buning uchun o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi, tinimsiz izlanishi ta’limning yangi usullaridan foydalanishi, dars berish jarayonida ko‘rsatmali qurollardan, texnika vositalaridan, tarqatma materiallardan, test savollaridan unumli foydalanishi kerak.
Darslarni DTS lari talablari, pedagogik texnologiya usullari asosida tashkil qilib dars – sahna, dars –suhbat, dars – sayr ko‘rinishida o‘quvchilarga bilim berishga erishish kerak. Darslarni milliylik asosida tashkil qilish noan‘anaviy darslar, hamda andozasiz darslar tashkil qilish o‘qituvchining qobiliyatiga va mahoratiga bog‘liq. O‘qituvchining innovatsion faoliyati turli xildagi qarashlarning to'qnashuvi va o'zaro boyitilgan faoliyatini samarali amalga oshirish bir qator shart-sharoitlarga bog‘liq. Unga o‘qituvchining tayinli muloqoti, aks fikrlarga nisbatan beg‘araz munosabat, turli holatlarda ratsional vaziyatning tan olinishini uqtirishga tayyorligi kiradi. Buning natijasida o‘qituvchi o'z bilim va ilmiy faoliyatini ta'minlaydigan keng qamrovli mavzu (motiv)ga ega bo'ladi.
O‘qituvchi faoliyatida o'z-o'zini faollashtirish, o'z ijodkorligi, o'z-o'zini bilishi va yaratuvchiligi kabi mavzu (motiv)lar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu esa o‘qituvchi shaxsining kreativligini shakllantirish imkoniyatini beradi.Yangilik kiritishning muhim sharti muloqotning yangi vaziyatini tug‘dirishdir. Muloqotning yangi vaziyati - bu o‘qituvchining o'z mustaqillik mavqeini, dunyoga, pedagogik fanga, o'ziga bo'lgan yangi munosabatni yarata olish qobiliyatidir. O‘qituvchi o'z nuqtai nazarlariga o'ralashib qolmaydi, u pedagogik tajribalarning boy shakllari orqali ochilib, mukammallashib boradi. Bunday vaziyatlarda o‘qituvchining fikrlash usullari, aqliy madaniyati o'zgarib boradi, hissiy tuyg‘ulari rivojlanadi. Keyingi sharti - bu o‘qituvchining madaniyat va muloqotga shayligi. O‘qituvchining innovatsion faoliyati voqelikni o'zgartirishga, uning muammolari va usularini echishni aniqlashga qaratilgandir.
O‘qituvchi va talaba o'rtasidagi muloqot namunasining o'zgarishi, innovatsion faoliyat shartlaridan biridir.Yangi munosabatlar, an'analarda bo'lganidek, qistovlar, hukmga bo'ysunish kabi unsurlardan holi bo'lishi lozim. Ular tenglarning hamkorligi, o'zaro boshqarilishi, o'zaro yordam shaklida qurilgan bo'lishi darkor. Ular munosabatlaridagi eng muhim xususiyat bu o‘qituvchi va talabaning ijoddagi hamkorligidir.
Innovatsion faoliyat quyidagi asosiy funksiyalar bilan izohlanadi:
-kasbiy faoliyatning ongli tahlili;
-me ‘yorlarga nisbatan tanqidiy yondashuv;
-kasbiy yangiliklarga nisbatan shaylik;
-dunyoga ijodiy yaratuvchilik munosabatida bo'lish;
(o'z imkoniyatlarini ro'yobga chiqarish, o'z turmush tarzi va intilishlarini kasbiy faoliyatda mujassam qilish. Demak, o‘qituvchi yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konseptsiyalarning muallifi, ishlab chiqaruvchisi, tadqiqotchisi, foydalanuvchisi va targ‘ibotchisi sifatida namoyon bo'ladi.
Hozirgi jamiyat, madaniyat va ta'lim taraqqiyoti sharoitida o‘qituvchi innovatsiya faoliyatiga bo'lgan zaruriyat quyidagilar bilan o'lchanadi:ijtimoiy-iqtisodiy yangilanish ta'lim tizimi, metodologiya va o‘quv jarayoni texnologiyasining tubdan yangilashni talab qiladi. Bunday sharoitda o‘qituvchining innovatsiya faoliyati pedagogik yangiliklarni yaratish, o'zlashtirish va foydalanishdan iborat bo'ladi;mazmunini insonparvarlashtirish, doimo o‘qitishning yangi tashkiliy shakllarini, texnologiyalarini qidirishni taqozo qiladi;pedagogik yangilikni o'zlashtirish va uni tatbiq etishga nisbatan o‘qituvchining munosabati xarakteri o'zgarishi.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati tahlili yangilik kiritishning samaradorligini belgilovchi muayyan me'yorlardan foydalanishni talab qiladi. Bunday me'yorlarga - yangilik, maqbullik (optimalnost), yuqori natijalilik, ommaviy tajribalarda innovatsiyani ijodiy qo‘llash imkoniyatlari kiradi.Yangilik pedagogik yangilik me'yori sifatida o'zida taklif qilinadigan yangini, yangilik darajasi mohiyatini aks ettiradi. Pedagog olimlar yangilikning qo'llanish mashhurligi darajasi va sohasiga ko'ra farqlanadigan mutlaq, chegaralangan mutlaq, shartli, subektiv darajalarini farqlaydi. Pedagogik yangilik o'z mohiyatiga ko'ra ommaviy tajribalar mulki bo'lib qolishi lozim. Pedagogika yangilikni dastlab ayrim o‘qituvchilarning faoliyatiga olib kiradi. Keyingi bosqichda - sinalgandan va ob’ektiv baho olgandan so'ng pedagogik yangilik ommaviy tadbiq etishga tavsiya etiladi11
V.A.Slastenin o'tkazgan tadqiqotlar o‘qituvchining innovatsion faoliyatga kasbiy tayyorgarligini aniqlash imkoniyatlarini beradi. Ular quyidagi tavsiflardan iborat:
-mo'ljallangan yangilikni yalpi va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatini bashorat qilish;
-kelgusida qayta ishlash maqsadida yangilikning o'zidagi va uni tatbiq qilishdagi kamchiliklami aniqlash;
-yangilikni boshqa innovatsiyalar bilan qiyoslash, ulardan samaradorlarini tanlab olish, ularning eng ahamiyatli va pishiqlik darajasini aniqlash;
-yangilikni tatbiq etishning muvaffaqiyatlilik darajasini tekshirish;
-yangilikni tatbiq etadigan tashkilotning innovatsiya qobiliyatiga baho berish.
O‘qituvchining innovatsion faoliyati o'z ichiga yangilikni tahlil qilish va unga baho berish, kelgusidagi harakatlarning maqsadi va konseptsiyasini shakllantirish, ushbu rejani amalga oshirish va tahrir qilish, samaradorlikka baho berish kabilarni qamrab oladi.Innovatsion faoliyatning samaradorligi pedagog shaxsiyati bilan belgilanadi.V.A.Slastenin tadqiqotlarida o‘qituvchining innovatsion faoliyatga bo'lgan qobiliyatlarining asosiy xislatlari belgilab berilgan. Unga quyidagi xislatlar taalluqli:
-shaxsning ijodiy-motivasion yo'nalganligi. Bu - qiziquvchanlik, ijodiy qiziqish; ijodiy yutuqlarga intilish; peshqadamlikka intilish; o'z kamolotiga intilish va boshqalar;
-kreativlik. Bu — hayolot (fantastlik), faraz; qoliplardan holi bo'lish, tavakkal qilish, tanqidiy flkrlash, baho bera olish qobiliyati, o'zicha mushohada yuritish, refleksiya;
-kasbiy faoliyatni baholash. Bu - ijodiy faoliyat metodologiyasini egallash qobiliyati; pedagogik tadqiqot metodlarini egallash qobiliyati; mualliflik konseptsiyasi faoliyat texnologiyasini yaratish qobiliyati,;
-bartaraf qilish qobiliyati; ijodiy faoliyatda hamkorlik va o'zaro yordam berish qobiliyati va boshqalar;
-o‘qituvchining individual qobiliyati. Bu - ijodiy faoliyat surati; shaxsning ijodiy faoliyatdagi ish qobiliyati; qatiyatlilik, o'ziga ishonch; ma'suliyatlilik, halollik, haqiqatgo'ylik, o'zini tuta bilish va boshqalar.
Hozirda “Shaxs” tushunchasi milliy ta’limning shakl va tamoyilida muhim ahamiyatga ega bo’lib, darsga zamonaviy talablar asosida yondashishni talb etadi.
Shaxsni tarbiyalash – “Ta’lim to’g’risida” gi qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” da Respublika ta’lim xodimlari zimmasiga o’ta ma’sulyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga oshirish jarayoni o’quvchilarni o’qitishga yangicha yondashish, o’qituvchilarni o’z kasbiga va o’zgalarga, yani ta’lim oluvchilarga talabchanlik bilan munosabatda bo’lishni taqozo etadi. Pedagogik jarayonining eskirib qolgan texnologiyasini yangisiga almashtirish, zamonaviy maktabga davr talablari asosida yondashish, darsga esa yangicha usullarining loyhasini tadbiq etish asosiy vazifalardan biriga aylanmoqda.
Yangi pedagogik texnologiyaning afzalligi zamon sinovidan o’tib, interfaol darsning sifat va samaradorligini oshirishda muhim omil ekanligi o’z isbotini topmoqda. Bu borada tajriba to’plagan tadqiqotchilar pedagogik texnologiya darsning muvaffaqiyatlarini kafolatlovchi omil ekanligini ta’kidlab, ommaning diqqat e’tiboriga havola etayotir.
Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidentimizning quyidagi so’zlari ibratlidir: «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kunni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
Axborot — kommunikatsion texnologiyalari barcha sohalar qatori ta’lim tizimiga ham izchillik bilan kirib kelmoqda. Jumladan, axborotlashtirilgan multimediali ta’lim texnologiyalarini boshlang‘ich ta‘limga joriy etish orqali o‘tiladigan fanlar mazmunini o‘quvchilar ongiga to‘liq va mukammal ravishda singdirish, innovatsion vositalar bilan tanishtirish muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari boshlang‘ich ta’limda multimedia vositalaridan samarali foydalanishning o‘ziga xos afzalliklari ham bor.
Ularni quyidagicha ifodalash mumkin:
− ta’limda ko‘rgazmalilik eng asosiy o‘rinlardan birini egallaydi;
− o‘quvchini izlanishga undaydi;
− o‘quvchi ta’lim jarayonini bir vaqtning o‘zida ko‘radi, uni eshitadi, o‘quvchilarga kengroq qamrovdagi va kattaroq hajmdagi materiallarni tezroq yetkazib beriladi;
− o‘quvchi tafakkurini faollashtiradi;
− o‘quvchi faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi;
− mashg‘ulotlarni jonli va muloqotli tarzda olib borishga imkoniyat tug‘iladi;
− ta’lim mazmuniga tegishli materiallarni kompyuter xotirasida saqlab ularni o‘quvchilarga xohlagan vaqtda yetkazish imkoniyati bo‘ladi;
− o‘z-o‘zini namoyish etish imkoniyatini beradi, ta’lim mazmunini yoritishda animatsiyalardan foydalanishning keng imkoniyatlari yaratiladi.
Shuning bilan birga, maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarning va o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy tarbiyasi eng dolzarb muammolardan biri bo‘lib, shu orqali jamiyat ma’naviyatini shakllantirishga erishish mumkin.
Shuningdek, boshlang‘ich ta’limda axborot-kommunikatsion vositalaridan foydalanish jarayonida o‘quvchi-yoshlarning mafkuraviy immunitetini shakllantirib, uni mustahkamlab borish lozim. Albatta bu ishlarni oiladan boshlash kerak, ya’ni oilada farzandlarimizdagi ma’naviy sifatlarni tarbiyalashdan boshlash zarur, chunki ularga berilgan tarbiya o‘zlari bilan o‘sib takomillashib boraveradi. Shuning uchun ham farzandlarimiz ma’naviyatini shakllantirish va uni yuksaltirishni avvalo oiladan, keyin esa bosqichma-bosqich uzluksiz ta’lim tizimida olib boriladi.
Qolaversa, boshlang‘ich ta’limda ona tili fani mazmuniga Vatan tuyg‘usi, milliy g‘urur, an’ana va milliy qadriyatlarimizni o‘quvchilar ongiga singdirish hamda muomala madaniyati, ovqatlanish, kiyinish, saranjom-sarishtalik, odobli, mehnatsevar bo‘lish kabi insoniy sifatlarni shakllantirib borish lozim. O‘quvchilarga ma’naviy tarbiya berishni quyidagi uch yo‘nalishda olib borgan ma’qul:
O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga ijobiy ta’sirlar. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishga salbiy ta’sirlar va ularni bartaraf etish. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishning multimediali ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish va undan amaliyotda keng foydalanishga erishish. Shuningdek, multimedia usuli ta’lim samaradorligini oshirishda quyidagi ta’limiy va tarbiyaviy afzalliklarga ega: axborotning xilma-xilligi: matn, lavha, bezak, nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animatsiyalardan foydalanishga erishiladi.
“Inson — kompyuter” interaktiv muloqotning yangi darajasi ancha keng bo‘ladi va undan har tomonlama axborotlarni oladi; o‘quvchilarga ta’lim olishda ijodiy munosabatni uyg‘otadi va bu o‘z navbatida ularga ishonchni shakllantiradi; o‘quvchilar tafakkurini faollashtiradi; o‘quv faoliyatining ijobiy motivini hosil qiladi; o‘z-o‘zini namoyish etish imkonini beradi; turli fikr va mulohazalarga diqqatni jalb qilishni o‘rganadi; yangi fikr-mulohazani bildirishga va o‘zlashtirishga ruhan tayyor bo‘ladi. Bugungi kun o‘quvchisi, ularning orzu-intilishi, qiziqishlari orasida ham katta farq bor. Shundan kelib chiqib bugungi kun o‘qituvchisi nafaqat mamlakatimizda, balki dunyo miqyosida ro‘y berayotgan yangiliklardan vaqtida xabardor bo‘lishi, o‘z sohasiga doir zarur ilmiy yangiliklarni mehnat faoliyatiga tatbiq etishi, faqat darslikka tayanib qolmasdan, mavzu ko‘lamini o‘quvchilarga anglata bilishi, o‘z ustida tinmay izlanishi, o‘zida bor bilimlarni yanada kengaytira borishi lozim.
Donishmandlarimiz aytganidek: «O‘qitish — ikki barobar o‘qish demakdir». Demak, har bir o‘qituvchi-murabbiy bu o‘gitga amal qilar ekan, aslo kam bo‘lmaydi. Eng katta farq esa hozirgi kun o‘qituvchisining ish faoliyati innovatsion axborot texnologiya dunyosi, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, jahon hamjamiyatida o‘z o‘rni borligida.
O‘qituvchilik kasbining qator mas’uliyatlarini sanab o‘tish mumkin. Bular qatoriga bola ruhiyatini o‘rganish, undagi salbiy jihatlarga qarshi kurasha olish, o‘quvchilari qalbida o‘z faniga qiziqish uyg‘otish barobarida Vatanga, oilaga, ota-onaga, do‘stlariga nisbatan mehr-muhabbatli qila olish, har bir o‘quvchining oilaviy sharoitini o‘rganib, otaonasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabilarni kiritish mumkin. Biz o‘qituvchilar yosh avlod ongiga shakl beruvchi, ularni yuksak pog‘onalarga olib chiquvchi sharafli kasb egalari ekanligimizni ham unutmasligimiz kerak
Ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi har bir inson uchun hayotda bilishi shart hisoblangan to‘g‘ri so‘zlash, ifodali o‘qish, o‘z fi krini mustaqil bildira olish, og‘zaki va yozma nutq hamda savodxonlikning imkon qadar yuqori darajasini egallashlarida ko‘prik vazifasini bajaradi. Bu ham uning zimmasidagi mas’uliyatning bir ko‘rinishidir. O‘qituvchi xalqi shunday xalqki, u har bir o‘quvchisini o‘z farzandidek qabul qiladi, uning yutug‘idan to‘libtoshib faxrlanadi, iztirobiga bab-baravar sherik bo‘ladi. Ba’zi hollarda ayrim o‘quvchilarning og‘ir oilaviy sharoiti, ota-onasi qaramog‘ida emasligi va bu uning tarbiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotganligi, ba’zan bolalar tarbiyasi faqat maktabdagina nazorat ostida bo‘lishi, bunday o‘quvchilarning muntazam darslarda qatnashmasligi kabilar o‘qituvchilarimiz dilini xiralashtiradigan jihatlar hisoblanadi, chunki o‘qituvchi uchun bolaning begonasi bo‘lmaydi, u barchasini o‘z farzandidek ko‘rib yashaydi...
Buning uchun har qaysi ota – ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan keib chiqqan holda,farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish ta’lim – tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi»Ma’lumki, barcha pedagoglar uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asosiy turlari, xususiyatlari, nazariy asoslari, ulardan amalda samarali foydalanish bo’yicha yo’l-yo’riqlar, ta’lim jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni kiritish mexanizmi jarayoni haqidagi ma’lumotlardan iborat.
Yangi pedagogik texnologiya ta’limning ma’lum maqsadga yo’naltirilgan shakl, usul va vositalar tizimidir. Texnologiya tushunchasi texnikaviy taraqqiyot bilan bog’liq holda fanga 1872- yilda kirib keldi va yunoncha ikkita 2 so’zdan “Texnos” – san’at, hunar va “Logos” – fan so’zlaridan tashkil topib “Hunar fani” ma’nosini anglatadi. Shu ma’noda texnologiyani ma’lum ma’noda san’atga qiyos qilinadi. Chunki san’at intuitsiyaga asoslanadi, texnologiya esa fanga asoslanadi. Lekin juda ko’p faoliyat sohalari dastlab san’atdan boshlanadi va texnologiya bilan tugaydi. Texnologiya – shaxsni o’qitish, tarbiyalash va rivojlantirish qonuniyatlarini o’zida jo qilgan va yakuniy natijani ta’minlaydigan va kafolatlaydigan pedagogik faoliyatdir. Texnologiya tushunchasi regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta’sir etish kuchiga ega bo’lib, nazariyachi- olimlar va o’qituvchilarni yangicha tafakkurlashga, erkin ijod qilishga undaydi. Pedagogik texnologiya tushunchasi keng ko’lamli, ser-qirra tushuncha bo’lib, u ta’lim-tarbiya amaliyotini rivojlantirish ehtiyojlari asosida kelib chiqqan va hozirda pedagogika, psixologiya fanlarida o’z o’rniga ega.
Ta’lim - tarbiya faoliyatining mazmuni, maqsad va vazifalari davrlar o’tishi bilan kengayib borishi natijasida uning shakl va usullari ham takomillashib bormoqda. Hozirda inson faoliyatining asosiy yo’nalishlari shu faoliyatdan ko’zda to’tilgan maqsadlarni to’liq amalga oshirish imkoniyatini beruvchi yaxlit tizimga,ya’ni texnologiyaga aylanib bormoqda. Shu asosda ta’lim-tarbiya sohasida so’nggi davrda pedagogik texnologiya amal qila boshladi. Ishlab chiqarishdagi texnologiyada turli materiallarga ishlov berish tegishli kasb ustalari tomonidan amalga oshiriladi.
Pedagogik texnologiyada esa ishlov beriladigan material o’quvchi (ta’lim oluvchi)ning aqliy, ruhiy, axloqiy sifatlari bo’lib, ularga o’qituvchi, tarbiyachi tomonidan ma’lum maqsadlarga erishish yo’lida har turli ta’sirlar o’tkaziladi shunda biz texno-logiyaga, eng kamida uning tafsilotiga ega bo’lamiz (V.K.Dyachenko). Pedagogik texnologiya — bu o’qitishga o’ziga xos yangicha (innovatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy izlanishning pedagogika sohasiga ko’chirilgan tasviri, ta’lim jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi (B.L. Farberman). Pedagogik texnologiya turli mualliflar (manbalar) ning barcha ta’riflari mazmunini o’zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat.
Yuqorida keltirilgan ayrim ta’riflarning o’zaro har xilligidan ko’rinadiki, pedagogik texnologiya tushunchasi ko’p qirrali bo’lib, unga pedagogik, psixologik, didaktik, tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy, ekologik va boshqa nuqtai nazarlardan yondashish mumkin. Hozirgi ta’lim-tarbiya sohasida keng rivojlanib borayotgan yo’nalishlardan biri zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashdan iborat.
Ma’lumki, ta’lim – tarbiya jarayoni katta avlod tomonidan o’z bilim va tajribalarini o’sib kelayotgan avlodga o’rgatishdan iborat bo’lib, bu jarayonda asosan inson hayoti uchun zarur axborotlarni avloddan avlodga uzatish amalga oshiriladi. Insoniyat hayoti axborotlar bilan chambarchas bog’liq. Boshqacha aytganda, insonning har bir harakati axborot olish yoki uzatish yoki undan foydalanish yoki uni o’rganish, o’zlashtirish, saqlash va boyitishdan iborat.
Pedagogik texnologiya-ta’lim metodlari, usullari, yo’llari hamda tarbiyaviy
vositalar yig’indisi; u pedagogik jarayonning tashkiliy -uslubiy vositalari majmuidir.
Pedagogik texnologiya - bu o’z oldiga ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi, butun o’qitish va bilimlarni o’zlashtirish jarayonini texnik resurslar va odamlarning o’zaro munosabatlarini hisobga olgan holda yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodidir.
Pedagogik texnologiya - ma’lumotlarni o’zlashtirish uchun qulay shakl va
usulda uzatish va o’zlashtirish jarayonidan iborat.
Demak, pedagogik texnologiya-insonga (ta’lim - tarbiya oluvchiga) oldindan belgilangan maqsad bo’yicha ta’sir o’tkazish faoliyatidan iborat. Pedagogik texnologiya o’quvchini mustaqil o’qishga, bilim olishga, fikrlashga o’rgatishni kafolatlaydigan jarayondir. Pedagogik texnologiya jarayonida o’qituvchi rahbarligida o’quvchi mustaqil ravishda bilim oladi, o’rganadi, o’zlashtiradi. Bu faoliyatni amalga oshirish uni tashkil qilish, olib borish, takomillashtirish, tahlil qilish, tadqiq qilish, qiyoslash, umumlashtirish, hulosa chiqarish, boshqarish, nazorat, baholash kabi jarayonlarni o’z ichiga oladi.Bu faoliyat boshqa hamma faoliyatlarga xos bo’lgan belgilarga ega bo’lib, avvalo jarayon ko’rinishida amalga oshiriladi va shu ko’rinishda mavjud bo’ladi.
Shu bilan birga bu jarayon o’ziga xos qonuniyatlarga ega bo’lib, bu qonuniyatlarni insoniyat tomonidan o’rganish davom etmoqda.Boshlang’ich ta’lim jarayoni bolaning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va o’z-o’zini anglash salohiyatini shakllantirishga,jismonan sog’lom bo’lishga moddiy borliq go’zalliklarini his eta olishgab, go’zallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni o’zida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga o’rgatadi.Bu o`rinda ona tili darslarining ham o`rni katta.
Bu darslarda ta’limjarayonida qo`llanilayotgan interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Interfaol metod-ta’lim jarayonida o’quvchilar hamda o’qituvchi o’rtasidagi faollikni oshirish orqali o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo’llash dars samaradorligini oshirishga yordam beradi. Interfaol ta’limning asosiy mezonlari:
-norasmiy bahs-munozaralar- o’tkazish;
- o’quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati;
- o’quvchilar tashabbus ko’rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi;
- kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo’lib ishlash uchun topshiriqlar berish;
-yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo’lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o’ziga xos ahamiyatga ega. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo’nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat.
Barcha fan o’qituvchilari dars mashg’ulotlari jarayonida interfaol usullardan borgan sari kengroq foydalanmoqdalar. Interfaol usullarni qo’llash natijasida o’quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o’z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog’lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko’nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. 12
Bu masalada amerikalik psixolog va pedagog B.Blum bilish va emotsional sohalardagi pedagogik maqsadlarning taksonomiyasini yaratgan. Uni Blum taksonomiyasi deb nomlanadi. (Taksonomiya — borliqning murakkab tuzilgan sohalarini tasniflash va sistemalashtirish nazariyasi). U tafakkurni bilish qobiliyatlari rivojlanishiga muvofiq ravishdagi oltita darajaga ajratdi.Unga ko’ra tafakkurning rivojlanishi bilish, tushunish, qo’llash, tahlil, umumlashtirish, baholash darajalarida bo’ladi. Shu har bir daraja quyidagi belgilar hamda har bir darajaga muvofiq fe’llar namunalari bilan ham ifodalanadi, jumladan:
Bilish-dastlabki tafakkur darajasi bo’lib, bunda o’quvchi atamalarni ayta oladi, aniq qoidalar, tushunchalar, faktlar va shu kabilarni biladi. Bu tafakkur darajasiga muvofiq fe’llar namunalari: qaytara bilish, mustah-kamlay olish, axborotni yetkaza olish, aytib bera olish, yozish, ifodalay olish, farqlash, taniy olish, gapirib berish, takrorlash.
Tushunish darajasidagi tafakkurga ega bo’lganda esa, o’quvchi faktlar, qoidalar, sxema, jadvallarni tushunadi. Interfaol usullar ko’p turli bo’lib ularning hammasi ham har qanday progressiv usullar kabi eng avvalo, o’qituvchidan mashg’ulot oldidan katta tayyorgarlik ko’rishni talab qiladi.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida foydalanish mumkin bo’lgan interfaol
metodlar xususida to’xtalamiz.
Ma’lumki, 3-4-sinflarda ona tili o`quv dasturiga ko`ra “ Gap va uning ma’no turlari“ o’rganiladi. Bu bo`lim materiallarini o`rganishda “Aqliy hujum” metodidan foydalanish o’quvchilarning keng va har tomonlama erkin fikr yuritish ko’nikmalarini hosil qilishga yordam beradi. “Aqliy hujum “ metodida quyidagi qoidalarga amal qilish talab etiladi:
1. O’quvchilarni o’rtaga tashlangan muammo doirasida fikr yuritishga undash, ularning mantiqiy fikrlarini bildirishga erishish.
2. Har bir o’quvchi tomonidan bildirilayotgan fikrlarni rag’batlantirib borish.
3. Har bir o’quvchining javobini doskaga yozib borish.
4. Aytilgan fikrlarga shu jarayonda tushuntirish berilmaydi.
5. Aytilgan fikrlarni muhokama qilishga va tanqid qilishga yo’l qo’yilmaydi. “Aqliy hujum “uchun tanlangan muammo butun sinf jamoasiga yakka tartibda bajarishga yoki juftliklarga ajratilib bajarishga, kichik guruhlar o’rtasida bajarishga mo’ljallanadi. “Aqliy hujum”da har qanday savol o’rtagatashlanavermaydi, u o’quvchilarni fikrlashga undaydigan, masalaga turlicha yondashishni taqozo etadigan, keng fikr yuritish mumkin bo’lgan savollar bo’lishi kerak. 3-4- sinfda “Gap va uning ma’no turlari” mavzusi o’rganilayotganda quyidagi kabi savollardan foydalanish mumkin:
1. Gap deganda nimani tushunasiz?
2. Gapning ma’no turlari nechta?
3. Darak gapga misol ayting?
4. So’roq gapning oxiriga qanday tinish belgi qo’yiladi?
5. His-hayajon gap deb nimaga aytiladi?
6. Undov gapning oxiriga qanday belgi qo’yiladi?
7. Undov gapga misol ayting? va hokazo.
1- savolda o’quvchilar quyidagi javoblari bilan qatnashadilar:
- gapga ta’rif beradi
- gapni ma’no turlarini aytishadi
- darak gap haqida gapiradii.
- ? begisi qo’yiladi.va hakazo
Ko’rinib turibdiki, o’qituvchining savoli – o’quvchilar bilish qobiliyatlarini boshqarish vositasi. Savollar qaysi ma’noda yoki vaziyatda qo’llanishiga qarab,
o’quvchilarni ilgarilab borishga, bilimlar sari intilishga undaydi, ularni fikrlash darajasini oshiradi.
O’quvchilar “Aqliy hujum” orqali fikrlarning qadr – qimmatini, umumiy tushunish va tasavvurni rivojlantirishga o’z hissasini qo’shishini anglab boradilar.
Boshlang’ich sinf ona tili darslarida qo’llaniladigan interfaol usullardan biri :
“Klaster” usulidir. Klaster so’zi bog’lam ma’nosini bildiradi. Klasterlardan darsning da’vat, anglash va fikrlar bosqichlarida foydalanish mumkin. Bu metod turli xil g’oyalar o’rtasidagi aloqalar tog’risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilma. Bu metod mavzuning o’quvchilar tomonidan puxta o’zlashtirilishini ta’minlaydi. “Klaster” metodidan o’quvchilar bilan yakka tartibda ishlash va guruh-guruh bo’lib ishlashda foydalanish mumkin.
Mazkur metod o’rganilayotgan til hodisasini umumlashtirish va ular o’rtasidagi aloqalarni toppish imkoniyatini yaratadi. “Klaster” da sinf yozuv doskasiga yoki katta varaqqa kalit so’zlar, so’z birikmalari yoki gaplar yoziladi va kalit so’zlar til hodisasining aloqadorligiga qarab bog’lab boriladi. Klaster tuzishda, agar u doska yoki katta varaqda sinf jamoasi bilan bajarilayotgan bo’lsa, barcha o’quvchilarning ishtirok etishi shart.
sifat; harakat bildirgan so’zlar fe’l; miqdor bildirgan so’zlar son degan atama bilan tanishtirildi va yuqoridagi so’zlar tarmoqqa kiritildi.
-O'ylang ot, sifat, fe’l, sonni bitta so’z bilan nima deb nomlash mumkin?
3- sinfda “Ona tili” darsligida so’z tarkibini o’rganishda, gap va uning ma’no turlarini o’rganishda, grafik tasvirdan foydalanilgan. Grafik tasvirlar boshlang’ich sinf o’quvchilarining mavhum tafakkurini o’stirishda juda qo’l kelishi bilan birga, o’quvchining tilning yozma shaklini egallashga bo’lgan qiziqishini oshiradi, tilning bir butun qoliplangan sistema ekanini anglashlarini ta’minlaydi.
Ayniqsa, o’zlashtirishi qiyin o’quvchilarga katta metodik yordam bo’ladi. Grafik tasvir ijodiy xarakterda bo’lsa, ular o’quvchilarning ijodiy fikrlashlarini rivojlantiradi, aktivlashtiradi. Topshiriqni bajarishda o’z kuchiga ishonchni paydo qiladi. Grafik tasvirlardan foydalanishni to’g’ri yo’lga qo’yishda ona tili ta limi oldida turgan masalalar sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Birinchidan, grafik tasvirlarning turini belgilab olish;
Ikkinchidan, grafik tasvirlarning grammatik mavzular bo’yicha izchil tizimini ishlab chiqish;
Uchinchidan, grafik tasvirlardan ta’lim jarayonining qaysi bosqichida foydalanish zarurligini belgilab olish;
To’rtinchidan, grafik tasvirlardan foydalanish usulini ishlab chiqish.
Hozirgi kunda grafik tasvirlardan tovush ifodasi bo’lgan katakcha, bo’g’in ifodasini, so’z ifodasi, o’zak, qo’shimchalar ifodasi, gap ifodasi, gap bo’laklari ifodasi mavjud.
Ko’rinadiki, grafik tasvirlardan ona tilidan o’rganiladigan barcha mavzularda foydalanish mumkin. Buning uchun grafik tasvirning izchil sistemasini ishlab chiqish lozim. Ishlab chiqilayotgan grafik tasvirli topshiriqlar ko’zlangan ta’limiy maqsadga yo’naltiriladi. Grafik tasvirlari yangi nazariy qoidani o’rganishda, mustahkamlashda qo’llab ko’rdik. Ular mavzuni yaxshi o’zlashtirishlariga katta yordam berdi.
Masalan, 3-sinfda gap va uning turlarni o’rganish jarayonida asosiy ta’limiy maqsad o’quvchilarning gap va uning turlariga oid so’zlarni o’z so’ziga aylantirish, ularning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanishga o’rgatish bo’ldi.Buning uchun quyidagi tizimdagi grafik tasvirlardan foydalanildi va gaplar tuzishadi:
1. Yil fasllarining nomi, harakati, belgisi ham adashdi. Sxemalariga qarab, kim birinchi ularni tartiblashtiradi va gapning qaysi ma’no turiga xosligini aytishadi?
Oppoq, yoz, yog’adi, qish, kuz, bahor, muzlaydi, ko’karadi, yashil, isiydi, issiq, sarg’ayadi, to’kiladi, sariq.
2. O’zingizga yoqqan fasl haqida matn tuzib yozing. ( o’quvchilarga matn sxemasi berilishi mumkin) Kim sxemalarni tez to’ldiradi?
Yil qaysi fasl bilan boshlanadi?
Qishda qushlar qayoqqa uchib ketadi?
So’zlardan sxemaga mos gap tuzing. (Sxemalar tavsiya etiladi)
Qor, qish, oppoq, oq, choyshabga, yerni, o’ragan, keldi.
Gapni birikmalarga ajrating.
Rasmlarni kuzating. Ularni biror tartibda qo’ying. Ulardan bir voqeani ifodalovchi hikoya tuzish mumkin bo’lsin.Ikkala guruhga bir xil rasmlar beriladi.
Hikoya yuzasidan grammatik topshiriqlar ham beriladi. Ularning ijodiy ishlari taqqoslanadi va baholanadi.
“Kim ko’p gap tuzadi?“ o’yini. Kartochkalarga bosma harflar bilan yozilgan so’zlar beriladi.O’quvchilar shu harflar ishtirok etgan so’z tuzadilar. Bu o’yin kompyuter dasturiga ham kiritilishi mumkin.
1. Berilgan harflar ishtirokida darak gap hosil qiling.
2. Berilgan harflar ishtirokidagap hosil qiling.
3. Berilgan harflar ishtirokida undov gap hosil qiling.
4. Berilgan harflar ishtirokida his-hayajon gap hosil qiling.
Bu o’yin bajarilgach, Grammatik mavzu bilan bog’liq topshiriqlar beriladi.
Masalan, tuzgan so’zlaringizga so’roq bering. Ularni ma’nosiga ko’ra turlarga ajrating.
O’yin diktant. Diktant o’quvchilarni savodxonlikka o’rgatishda va imloviy savodxonligini aniqlashda qo’llaniladigan ta’limiy yozma ish turlaridan biridir.Ona tili darslarida diktantni o’yin shaklida tashkil etish ham mumkin. O’yin diktantni
“Kim ko’p eslab qoladi ?” deb nomlagan holda o’tkazish mumkin. Bu diktantning maqsadi xotirani ishga solish va imloviy ko’nikmalarni shakllantirishdir. Bunda o’qituvchi har bir gapni bir marta o’qiydi. O’quvchilar yodida qolganlarini yozadi. O’qituvchi bir oz pauzadan so’ng ikkinchi gapni o’qiydi.
O’yin – diktantning materiali sifatida so’z olinishi ham mumkin. Unda ham o’qituvchi 3 ta so’zni birdaniga o’qiydi va 10 – 15 soniya pauza qilinadi.O’quvchi eslab qolganini yozadi. Keyin yana uch so’z o’qib beriladi. Diktant yozib bo’lingach, har bir o’quvchi diktantidagi so’zlar sonini sanaydi. O’qituvchi oldindan diktantning to’liq matnini yozib, ustini bekitib qo’ygan bo’ladi.O’quvchilar diktantini tekshirayotganda uning ustini ochib qo’yadi. O’quvchilarning bahosi tushirib qoldirgan so’zlar soniga qarab pasaytiriladi. O’quvchilar diktantni yozib bo’lishgach, o’rganilgan mavzulardan kelib chiqib topshiriqlar berilishi mumkin.
Masalan, “So’zlardagi unlilarning tagiga chizing“, “Ajratib ko’rsatilgan so’zga ma’nodosh so’z toping“, “Shu so’zlar ishtirokida gap tuzing“, “Gap tuzing va tuzgan gaplaringizning ma’no turini aniqlang “ kabi.
Dastlabki paytlarda ohangdosh so’zlardan foydalanish lozim ( ustun, tutun, osmon, somon kabi ). Bu o’yinni dastlabki paytlarda “ Eslab qol “ deb nomlash mumkin. Diktant yuzasidan o’quvchilar bilan quyidagi savollar asosida suhbat o’tkazish mimkin. Inson qancha so’zni xotirada saqlab qola oladi ? Nima uchun birov so’zlarni ko’p eslab qoladi, boshqa birovlar kam so’zni eslab qoladi. Suhbatdan so’ng o’quvchilarga ko’cha, daryo, shahar, kishilarning ismi, badiiy asar nomlarini eslab qolishga harakat qilishlari aytildi. Shundan so’ng o’quvchilarning o’zlari bu diktantni yozdirishni talab qila boshlaydilar.
“KIM KO‘P GAP TUZADI” o‘yini
O‘quvchilarga gap tuzish vazifasi yuklatiladi. Bu gaplarni ma’no turlariga bo’lish vazifasi beriladi. Masalan. Xoy bu yoqqa kel.(buyruq gap)
Ko`rinadiki, boshlang`ich sinf ona tili darslarida turli xil interfaol metodlardan unumli foydalanish mumkin bo`ladi. Bularning barchasi darsning samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Zamonaviy ta`limni tashkil etishga qo`yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt ichida muayyan nazari bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish ularda ma`lum faoliyat yuzasidan ko`nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek ta`lim oluvchilar faoliyatini nazorat qilishda pedagogik texnologiyalar muhim sanaladi.
Hozirgi kunda boshlang`ich sinf ona tili darslarida ilg`or pedagogik texnologiyalardan foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda.
Ilg`or pedagogik texnologiyalar dars samaradorligini ta’minlovchi omil bo`lib xizmat qilmoqda.Ona tili darslarida interfaol metodlarning “Aqliy hujum”, “Klaster”, “Zig-zag”, “Qora quti”, “Ortiqchasini top”, “Grafik tasvir” metodlaridan foydalanish darsning qiziqarli va jonli o`tishini ta’minlaydi. Ona tili darslarida ta’limiy o`yinlardan ham foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda “Kim ko’p so’z tuzadi?“ o’yini, “Grammatik topishmoqlarni topish“ kabi o’yinlarning ahamiyati katta.
Ona tili darslarida ”O’yin diktant”larni ham qo`llash o`quvchilar savodxonligini oshirishga xizmat qiladi
Xulosa, o‘rnida shuni ta’kidlash mumkinki, ta’lim mazmunini boyitishga oid ishlarni muntazam ravishda olib borish lozim. O‘quvchilar ma’naviyatini shakllantirishda pedagogik omillarni ham ko‘plab topsa bo‘ladi. Ular ta’lim mazmunini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga mustahkam didaktik asos bo‘la oladi va ularni ta’lim mazmuniga ustalik bilan kiritish esa, o‘ziga xos innovatsion jarayon bo‘lib, bunda o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat talab etiladi.
Mavzu: Gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari
Dars maqsadi:
a) ta`limiy maqsad: o`quvchilarning gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari haqida yangi tushunchalar asosida boyitish;
b) tarbiyaviy maqsad: yosh avlodni ona tilimizga hurmat, o`zaro mehr-oqibat, ahillik, vatanparvarlik va axloq- odob ruhida tarbiyalash, ona tabiatimizga bo`lgan mehr tuyg`usini shakllantirish;
s) rivojlantiruvchi maqsad: o`quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, dunyoqarashini kengaytirish, yozma va og`zaki nutq samaradorligini o`stirish.
Dars turi: yangi bilim berish;
Dars metodi: suhbat, savol- javob, musobaqa , ta`limiy o`yin
Dars jihozi: mavzuga oid slaydlar, ko`gazmalar, matn tasviri, kompyuter, maqol va topishmoqlar to`plami
Dars shiori: Harakat qil bilgandan ko`ra,
Bilmaganing bilgandan so`ra.
Abdurahmon Jomiy
Shakllantiriladigan kompetensiyalar: Fikrni og`zaki va yozma bayon qilish, Darak so`roq, buyruq va istak mazmunidagi gaplarni qatnashtirib, matn tuzish , og`zaki nutqda to`g`ri qo`llash;
Darsga qo`yiladigan talablar:
o`zaro hurmat,
fikrni erkin va ravon ifodalash;
o`zgalar fikrini tinglash va hurmat qilish;
adabiy til me`yorlari asosida gapirish.
Darsda kutiladigan natija:
faollik;
ijodkorlik;
erkin fikr bildira olish;
kerakli xulosa chiqara olish;
insonni tushunish va uni hurmat qilish.
Darsning rejasi:
“Chaqqonlik bahsi ( o`tilgan mavzuni mustahkamlash)
Bu meniki ( yangi mavzu bayoni darslikdagi 1-2-topshiriqlar asosida)
“Ijod gulshanida ( gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari. Yangi mavzuni mustahkamlash)
Ravon so`zlashaylik” ( dialogli matn tuzish )
Test (xulosalash)
Uy vazifasi .
Darsning borishi:
DARS ETAPLARI:
1.Tashkiliy qism 5 daqiqa
2.Otilgan mavzuni mustahkamlash 10 daqiqa
3.Yangi mavzu bayoni 15 daqiqa
4.Mustahkamlash 10 daqiqa
5.Baholash 3 daqiqa
6.Uyga vazifa 2 daqiqa
Tashkiliy qism:
-salomlashish;
-davomatni aniqlash;
-sinf tozaligini ko`zdan kechirish;
-o`quvchilarning darsga tayyorgarligini nazorat qilish.
Tashkiliy qism o`tkazilgach, o`quvchilar bilan kuz faslida nishonlanadigan bayramlar, xususan, g`ururimiz va faxr-u iftixorimiz bo`lgan Til bayrami , ustozlar bayrami ,Davlatimiz bayrog`i tashkil topgan kun hamda yaqinlashib kelayotgan Konstitutsiya bayrami haqida suhbat o`tkaziladi. Suhbat so`ngida o`qituvchi o`quvchilarga qarata shunday deydi:
Sizsiz kelajak yo`q, siz axir xalqning,
Ming yilni ko`rajak qarog`larisiz.
Sizsiz yorishmaydi osmonda Zuhro,
Zamonlar tongining charog`larisiz.
II. O`tilgan mavzuni so`rash:
O`tilgan mavzuni so`rashdan oldin o`quvchilarning mashg`ulotga tayyorgarligini tekshirish ,ularning zehnini sinab ko`rish maqsadida Aqliy hujum” usuli orqali Chaqqonlik bahsi o`tkaziladi . Har bir guruhga o`tilgan mavzularga doir savollar beriladi va ushbu savollarning javoblari o`quvchilardan talab etiladi. Buning uchun sinf o`quvchilari 4 guruhga bo`linadi va quyidagicha nomlanadi:
1-guruh: “ Yosh tilshunoslar”
2- guruh: “Tafakkur “
3- guruh: “Vatan g`unchalari”
4-guruh: Kamolot Har bir guruh uchun bitta o`quvchi Spikker etib tayinlanadi. Bu o`quvchi guruhda javob bergan o`quchilarning har bir javobiga va ishtirokiga 1 balldan baho berib boradi.
1-guruh Yosh tilshunoslar guruhiga beriladigan savollar:
1. Gap nima?
2. Gapning ma`nolari haqida nimalar bilasiz?
2-guruh Tafakkur guruhiga beriladigan savollar:
1. So`zlovchining maqsadiga ko`ra gaplar necha xil bo`ladi?
2. Qanday gaplar undov gaplar deyiladi?
3-guruh Vatan g`unchalari guruhiga beriladigan savollar:
1.Qanday gaplar buyruq gaplar deyiladi?
2. Buyruq gaplarga misol ayting.
4-guruh Kamolot guruhiga beriladigan savollar:
Gap uchun eng muhim belgi nima?
His-hayajon gaplarga misol ayting
Savol javob o`tkazilgach, uy vazifasi tekshiriladi. O`tilgan mavzu xulosalanadi.
III. Yangi mavzu bayoni:
bu etapida o`qituvchi noan`anaviy tarzda boshlab, gapning ifoda maqsadiga ko`ra turlari bo`yicha olgan bilimlarini sinash maqsadida quyidagi grammatik topshiriqli she`rni aytadi va o`quvchilar she`riy topishmoqning javobini aytishadi.
Gap degan bir oilaning
Bor ekan to`rt bolasi:
Biri o`ta qiziquvchan
Biri tezkor xabardor,
Birining xohishi ko`p,
Biri esa qilar do`q.
Azizlarim, o`ylab boqing
Tezroq yechilsin jumboq.
O`quvchilar:
Darak ,so`roq, buyruq va undov gap deb javob berishadi.
So`ng o`qituvchi guruhlararo grammatik topshiriqli o`yin o`tkazadi . Har bir guruh o`zaro bir- biriga she`riy topishmoqlar berishib, gapning ifoda mqsadiga ko`ra turlarini aytishadi
1-guruh: Bugun oldim yaxshi baho
Gapida qanday ma`no?
Bilasanmi qanday gap?
Ha, topdim ,bu_________(darak gap)
Oy kattami, quyosh
Nega kechqurun bo`lar?
Savollarim juda ko`p,
darak gap)
-mi, -chi, -a, -ya
Qaysi gapdsa vosita? (so`roq gap)
Doim ishga undaydi,
Bajarmasang qo`ymaydi
U beradi maslahat
Qani toping, marahamat. (buyruq gap)
shu tarzda o`quvchilar bir-birlariga berilgan topshiriqdan javoblarni topishgach, o`qituvchi mavzuga xos nazariy bilimlarni o`zi aytib, yangi mavzuni tushuntiradi. Bunda BBB usulidan foydalanishi mumkin.
O`qituvchi: Demak, o`quvchilar, har bir gapda ma`lum bir maqsad, niyat yoki his-hayajon ifodalanadi. So`zlovchi biror narsa , voqea-hodisa haqida xabar qiladi, yoki o`ziga noma`lum bo`lgan narsa, voqea-hodisalar to`g`risida ma`lumot olishni istaydi, tinglovchiga biror ishni bajarish uchun buyruq-xitobini bildiradi. Gaplar ana shu maqsadlariga ko`ra turlicha quriladi: o`ziga xos grammatik xususiyatlarga ega bo`lib, alohida ohang bilan talaffuz qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |