O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Mintaqalarda aholi jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulot i/sh



Download 9,72 Mb.
bet71/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

Mintaqalarda aholi jon boshiga yalpi ichki (hududiy) mahsulot i/sh

2015 y.

2016y.

I gruppa (indeks s 1,000 i vishe)

Toshkent sh.

1,898

Toshkent sh.

1,917

Navoiy

1,829

Navoiy

1,773

Toshkent

1,094

Toshkent

1,096

II gruppa (indeks s 0,500 do 1,000)

Buxoro

0,961

Buxoro

0,970

Qashqadaryo

0,784

Qashqadaryo

0,762

Sirdaryo

0,744

Sirdaryo

0,742

Andijon

0,717

Andijon

0,692

Farg’ona

0,605

Farg’ona

0,604

Xorazm

0,563

Xorazm

0,592

Jizzax

0,559

Jizzax

0,565

Samarqand

0,549

Samarqand

0,561

Surxondaryo

0,543

Surxondaryo

0,553

Namangan

0,503

Namangan

0,510

III gruppa (indeks s 0,500 i nije)

Qoraqalpog’iston resp.

0,441

Qoraqalpog’iston resp.

0,441






Hud

udlar %

Iqtisodi

yotda bandlar soni %

Yalpi ichki mah.%

sanoat max.

%

q/x mah.

%

Quri

lish ishla

ri

%

As.kap.kirit. inves.%




O’zbekiston Respublikasi

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0

100,0




Qoraqalpog’iston Respublikasi

37,1

4,9

2,5

1,9

3,0

5,3

11,1

Andijon

1,0

9,7

6,4

12,8

10,2

5,6

4,0

Buxoro

9,0

6,4

5,6

4,8

8,9

8,2

9,7

Jizzax

4,7

3,4

2,3

1,3

5,0

3,3

3,0

Qashqadaryo

6,4

8,7

7,3

8,6

8,3

7,8

12,7

Navoiy

24,7

3,3

5,2

10,1

4,9

4,4

4,7

Namangan

1,7

7,3

4,2

2,6

7,8

4,4

4,6

Samarqand

3,7

10,9

6,3

5,7

11,9

7,8

6,4

Surxondaryo

4,5

7,0

4,2

1,9

9,0

5,2

3,8

Sirdaryo

0,9

2,7

1,9

2,8

4,0

1,9

2,6

Toshkent

3,4

9,9

9,8

15,2

12,6

6,6

10,6




Fargona

1,5

11,4

6,7

7,6

8,4

7,0

5,7




Xorazm

1,3

5,3

3,3

2,2

6,0

4,8

4,2




Toshkent sh.

0,1

9,1

14,7

18,

-

17,2

16,9





Кaттa иқтисoдий вa дeмoгрaфик сaлoҳиятгa эгa бўлиши (aҳoлиси кaмидa 1,5—2,0 млн киши, ялпи
Iqtisodiy rayonlar quyidagi talablarga javob berishi kerak


Мaмлa

кaт миллий иқтисодиёти вa унинг экспoрт сaлoҳиятини юксaлтиришдa фaoл иштирoк этиши



Трaнспoрт вa бошқа инфрaтузилмaлaрнинг шaкллaнгaнлиги

Хўжaликнинг бaзовий сoҳaлaригa эгa бўлиши (элeктр энeргeтикa, қурилиш вa пaхтa тoзaлaш сaнoaти)

Минтақавий иқтисодиётнинг кoмплeкс ривoжлaнгaнлиги

Рaйон хoсил қилувчи тaрмoқ вa мaркaзлaрнинг мaвжудлиги

Ички ҳудудий-иқтисoдий жиҳaтдaн яхлитлик







Ўзбeкистoн Рeспубликaси иқтисoдий рaйонлaрининг тaвсифи


Erkin iktisodiy xududlar



Mintaqaning joylashgan o’rni





Nazorat savollar

  1. Iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni nima sababdan ma’muriy-hududiy rayonlashtirish jarayoni bilan aloqador?

  2. O’zbekistonda qaysi taksonomik bo’lak iqtisodiy rayonlashtirishning eng pastki quyi bo’lagi hisoblanadi va nima uchun?

  3. Iqtisodiy rayonlashtirish jarayonida qanday asoslarga tayanishi lozim?

  4. Hududiy mehnat taqsimoti bilan iqtisodiy rayonlashtirish jarayoni o’rtasida qanday aloqadorlik mavjud?

  5. Iqtisodiy rayon xo’jaligi asosan qanday rivojlangan bo’ladi va nima uchun?

  6. Iqtisodiy rayonning eng muhim belgisi nima? U to’g’risida o’zingizning fikringizni bildiring.

  7. O’zbekiston Respublikasida qancha va qanday ma’muriy-hududiy bo’laklar ajratilgan?

  8. O’zbekiston Respublikasining eng yirik ma’muriy-hududiy bo’laklariga xos eng muhim xususiyatlar nimalardan iborat?

  9. Shimoli-sharqiy va sharqiy hududlarda joylashgan iqtisodiy rayonlarga xos eng muhim miqdoriy va sifat belgilari nimalardan tashkil topgan?

  10. Respublika janubida joylashgan iqtisodiy rayonlar to’g’risida nimalarni bilasiz?

  11. Mamlakat markazida joylashgan iqtisodiy rayonlar to’g’risida bilganlaringizni so’zlab bering?

  12. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonning salohiyati va undan qanday foydalanilayotganligi to’g’risida nimalarni bilasiz?

4 - MAVZU. MINTAQALARNING TABIIY-IQTISODIY SALOHIYaTI VA UNI BAHOLAShNING USLUBIY ASOSLARI.

1.Mineral xom ashyo resurslari tushunchasi.

2.Mineral xom ashyo resurslarining iqtisodiy ahamiyati.

3.Mineral xom ashyo resurslarini xududiy joylashuvi, ularni iqtisodiyotda tutgan o’rni.

4.Tabiatdan oqilona foydalanish va tabiatni muxofaza qilishning asosiy yo’nalishlari.

Tayanch ibora: mineral xom ashyo, hududiy joylashuv, resurs, foydali qazilmalar, yoqilg’i, o’g’itlar

1.Mineral xom ashyo resurslari tushunchasi.

Mineral-xom ashyo resurslari har bir mamlakatning eng muhim boylik manbaidir. Undan olinayotgan mahsulotlar insonning xilma-xil ehtiyojini qondiradi. Mineral-xom ashyodan turli metallar, yoqilg’i, qurilish materiallari, ximikatlar, qishloq xo’jaligi uchun o’g’itlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Er ostidagi mineral hosilalar qidirilmagan va baholanmagan bo’lsa, u holda ular mineral xom ashyo sifatida ko’rib chiqilishi mumkin, holbuki ularni aniqlashga va qidirishga mehnat sarflangan. Ammo er ostidagi bunday mineral xom ashyo zahiralari potentsial resurslar hisoblanadi, xolos. Ular er bag’ridan qazib olingandan keyingina xaqiqiy mineral xom ashyo hisoblanadi. Mineral xom ashyo tushunchasi foydali qazilma tushunchasi bilan uzviy bog’liqdir. Foydali qazilma - bu ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishning hozirgi darajasida sanoatda foydalanish uchun yaroqli bo’lgan er qobig’idagi tabiiy mineral moddalardir. Ular er ostidan qazib olingandan keyin mineral xom ashyo ko’rinishiga ega bo’ladi. Shunday qilib, er bag’ridan qazib olingan, xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega bo’lgan foydali qazilmalar mineral xom ashyo deyiladi. Mamlakatda muayyan muddatda qidirilgan, aniqlangan, baholangan hamda prognoz qilingan foydali qazilmalar esa mineral resurslar deb ataladi3.

Foydali qazilmalar tabiatdagi miqdori, foydalanishdagi maqsadiga ko’ra ma’danli va noma’dan foydali qazilmalarga bo’linadi. Suyuq va gazsimon foydali qazilmalar alohida guruhni tashkil etadi. Konlarning geologik o’rganilish darajasi, geologik tuzilmalari, foydali qazilmalari tarkibi va xossalarini o’rganish darajasi, tog’ ishlari miqdori va xarakteri hamda ishlab chiqarish texnologiyasiga qarab, kon zapaslari 4 kategoriyaga bo’linadi. Bular: A, V, Sl, S2.

A kategoriyaga foydali qazilmalarning turlari va texnologik xossalari o’rganilgan zahiralari kiradi.

Foydali qazilmalarning V kategoriyadagi zahiralari ruda jismlarining yotishi hollari, tabiiy turlari va sanoat sortlari aniqlanib hisoblanadi. Bunday zapaslar qidirib topilgan va chegaralangan bo’ladi.

S1 kategoriyaga kiritilgan foydali qazilmalar zahiralari konlarning alohida uchastkalaridan olingan texnologik namunalarni o’rganish asosida aniqlanadi, ammo rudalarning xillari, sifati va texnologik xarakteristikasi aniqlanmagan bo’ladi.

Zahiralar geologik, sanoat ahamiyatiga molik va ekspluatatsion xillarga bo’linadi.

Mineral resurslarga bo’lgan talab vaqtga qarab o’zgarib turadi va u jamiyatning rivojlanish darajasiga, ishlab chiqarish ehtiyojlariga, shuningdek texnika taraqqiyotiga va iqtisodiy imkoniyatiga bog’liq bo’ladi. Tabiiy mineral moddalar ularga bo’lgan ehtiyoj va amalda ulardan foydalanish usullari paydo bo’lgandagina mineral resurslarga aylanadi. Texnika bilan qurollanganlik darajasi nechog’li yuqori bo’lsa, foydali qazilmalar assortimenti shunchalik ko’p bo’ladi va mineral xom ashyoning ko’plab yangi turlari sanoat ishlab chiqarishga jalb etiladi. Masalan, sanoat ahamiyatiga ega bo’lgan toshko’mirdan faqat XVII asr oxiridan, neftdan XIX asr o’rtalaridan, alyuminiy, magniy, xrom va nodir elementlar ma’danlaridan va kaliyli tuzlardan XIX asr oxiri va XX asr boshlaridan, uranli ma’danlardan esa XX asr o’rtalaridan boshlab foydali qazilma sifatida foydalanib kelinmoqda.

Odatda, foydali qazilmalar zahiralari va prognoz qilingan resurslar miqdoriy jihatdan baholanadi. Dunyo va ayrim mamlakatlar mineral-xom ashyo balansida, har bir foydali qazilma turi, zahiralarining 70-80% dan ortig’i yirik va juda katta konlar hisobiga to’g’ri keladi, qolganlari o’rtacha kattalikdagi va ko’plab mayda konlarga jamlangan.

Umuman qidirib topilgan foydali qazilmalarning talaygina qismi ma’dan miqdoriga nisbatan oz bo’lgan, yoki katta chuqurlikda va murakkab tog’-geologik sharoitlarda joylashgan konlarda jamlangan.

Mineral resurslarni sanoat yo’sinida o’zlashtirish ularni baholashga (ilmiy-tadqiqot, izlash va geologik qidiruv ishlari) va hajmiga, sanoatning o’ziga xos xususiyatlariga va jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga, xo’jalik mineral-xom ashyo sektorining mamlakat iqtisodiyotidagi roli bilan belgilanadi hamda qazib chiqarish, boyitish va qayta ishlashni o’z ichiga oladi.

Mineral resurslarning qaytadan tiklanmasligi, ulardan oqilona foydalanish zarurati, qazib chiqarish, qayta ishlash va tashishda nes-nobud bo’lishini kamaytirish, shuningdek ikkilamchi xom ashyo sifatida ishlatish va mineral resurslardan foydalanishda ekologik iqtisodiy yondoshuvga rioya qilish lozimligi bilan izohlanadi.

Mineral-xom ashyo resurslariga bo’lgan ehtiyoj iste’mol mahsulotlari ishlab chiqarishga nisbatan jadal ortib bormoqda. Bu asosan ishlab chiqarishni rivojlantirish va takomillashtirish, uning energetik va texnikaviy qurollanganlik darajasini oshirish uchun ko’p miqdorda tabiiy resurslar zarurligi bilan izohlanadi.

Mineral-xom ashyo resurslari rolining ortib borishi ularga nisbatan ehtiyojning o’sishi bilangina emas, balki ularning o’ziga xos xususiyatlari va mehnat unumdorligiga ta’siri bilan shartlanadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarishni rivojlantirish sur’atlari va darajasi ko’p jihatdan foydali qazilmalardan foydalanish samadorligi ko’lamlari va darajasiga bog’liqdir.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish