O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 9,72 Mb.
bet69/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

6.QUYI AMUDARYo IQTISODIY RAYONI. Qoraqalpog’iston Respublikasi (16.01.1936-9.04.1993 y.) va Xorazm (15.01.1938 y.) viloyatidan tarkib topgan respublikaning eng chekka shimoli – g’arbiy qismini egallagan. Uning maydoni 172,7 ming km2 yoki mamlakat hududining 38,4 foizini tashkil etadi. Qoraqalpog’ison Respublikasi maydoni jihatdan respublikada eng oldingi o’rinda turadi (166,6 ming km2 ), Xorazm viloyatiniki esa 6,1 ming km2 ni tashkil etadi. Shu boisdan ham bu jihatdan O’zbekiston Respublikasining eng katta iqtisodiy rayoni hisoblanadi. Rayon, Amudaryoning quyi oqimida, Orol dengizining janubiy qismida Qizilqum cho’lining g’arbida va Ustyurt platosining sharqiy qismida va O’zbekiston Respublikasining shimoli­ g’arbiy chekkasida joylashgan. Tabiiy sharoitiga ko’ra xilma-xil, asosan tekisliklardan iborat, faqatgina Sulton Uvays tog’i va ayrim qirlar qad ko’tarib turadi.

Mamlakat mehnat taqsimotida rayon iqtisodiyoti agrar­industrial yo’nalishga ega paxtachilik, donchilik, chorvachilik hamda oziq­-ovqat, tog’-­kon kimyosi, qurilish materiallari va to’qimachilik, engil sanoatning ayrim tarmoqlari rivojlanganligi bilan ko’zga tashlanadi. Shunga binoan, rayonda paxta, sholi, jun, o’simlik yog’i, gilam, trikotaj, non va non mahsulotlari, omuxta em, alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarish yo’lga qo’yilgan. Bundan tashqari, rayonda xalqaro turizmni rivojlantirish uchun shart-sharoit mavjud.

Rayon hududida tabiiy gaz, neft, har xil tuzlar, qurilish materiallari va boshqa foydali qazilmalarning konlari ochilgan.

Aholisining urbanizatsiyalashgan darajasiga ko’ra respublikada Toshkent iqtisodiy rayondan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Mehnat resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Unga O’zbekistonda jami band aholining 10,6 foizi to’g’ri keladi. Bu yalpi ichki mahsulot va sanoat ishlab chiqarish hajmiga xos ko’rsatkichlardan nisbatan yuqoridir.

Xo’jaligining negizini qishloq xo’jaligi, avvalombor paxtachilik, sholichilik va yaylov chorvachiligi egallaydi. Rayonga O’zbekistonda etishtirilgan paxtaning deyarli 12 foizini, sholining 4/5 ismi to’g’ri keladi. Iqlimning keyingi yillarda quruq kelishi Amudaryo suvining keskin kamayishiga, oqibatda esa sholi maydonlari, yalpi hosili va hosildorligining qisqarishiga olib keladi. Suvning etishmasligi paxtachilik va chorvachillikka ham ziyon etkazdi. Bunday holat Orol dengizi atrofidagi ekologik inqiroz bilan birgalikda rayonning iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga juda katta salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.

Sanoat tarmoqlaridan yoqilg’i, elektroenergetika, kimyo, qurilish materiallari, ayniqsa engil va oziq-ovqat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Qo’ng’irot shahrida O’zbekistonda yagona soda zavodi ishlaydi. Rayonda Taxiatosh IESi, Urganch yog’-moy zavodi, Xo’jayli go’sht Kombinati va boshqalar ajralib turadi.

Rayonga O’zbekiston miqyosida amalga oshirilgan eksportning 6.3 foizi, importning 4,5 foizi to’g’ri keladi. Bu iqtisodiy salohiyati yuqori bo’lgan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayni uchun uncha katta ko’rsatkich emas.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish