O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Mintaqaviy iqtisodiy siyosat bo’yicha xorijiy tajribalar



Download 9,72 Mb.
bet146/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

2.Mintaqaviy iqtisodiy siyosat bo’yicha xorijiy tajribalar.

Xorijiy adabiyotlarni o’rganish shuni ko’rsatadiki, hududlarni rivojlantirish va ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bo’yicha turli mamlakatlarda xilma-xil yo’nalishlar mavjudligiga qaramasdan, ular o’rtasida tafovutlar kam, mintaqaviy iqtisodiy siyosatni amalga oshirishdagi maqsadlari esa quyidagi vazifalarni hal etishga qaratilgan:

-iqtisodiy qoloq mintaqalar rivojlanishini rag’batlantirish;

-markaziy hokimiyat vazifalarining katta qismini mahalliy davlat organlari zimmasiga yuklash;

-yirik shaharlarda sanoat ishlab chiqarishi to’planishini cheklash;

-yangi o’zlashtirilgan hududlarda ishlab chiqarishni joylashtirish va rivojlantirishni rag’batlantirish.

Mintaqaviy siyosatni amalga oshirishning eng ommaviy usullaridan biri hududiy rivojlantirish jamg’armalarini tashkil etish hisoblanadi. Birinchi marta 1975 yilda Evropa Ittifoqi qoshida hududiy muvofiqlashtirish jamg’armasi tashkil etilgan. Boshqa bir qancha mamlakatlarda ham ayrim hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish maqsadida maxsus jamg’armalar (Italiyada davlat subsidiyasi hisobiga faoliyat ko’rsatadigan va Janubiy hududlar infratuzilmalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan «Janub xazinasi»; Bolgariyada ayrim hududlar rivojlanishini jadallashtirish davlat dasturini ta’minlash bo’yicha jamg’arma, Vengriyada uchta maqsadli jamg’armadan iborat hududlar rivojlanishining markaziy jamg’armasi va boshq.) tuzilgan.

Ko’plab xorijiy mamlakatlar mintaqaviy siyosatining muhim xususiyati shundaki, unda yirik ma’muriy-hududiy birliklar (guberniya, shtat, provintsiya) emas, balki muayyan shahar va munisipalitetlar hududiy muvofiqlashtirish makonlari hisoblanadi. Jumladan, Frantsiyada kam rivojlangan Janubi-G’arb mintaqasining 9 ta aglomeratsiya va 17 shahar, Ispaniyada 10 ta “rivojlanish markazlari” va 2 ta “sanoatni rag’batlantirish markazlari”, Yaponiyada 10 ta “sanoat rivojlanishining alohida rayonlari”, 6 ta “yangi sanoat shaharlari”, Italiyada 12 ta “sanoatni rivojlantirish areallari” va 26 ta “industrializatsiya yadrolari”, Germaniyada 300 ta “muhim aholi punktlari” va hokazo.

Bu sohada niderlandiyaliklar va belgiyaliklar tajribasi ayniqsa diqqatga sazovor. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, shaharlar va qishloqlar rivojlanishini rejalashtirish bo’yicha qonun birinchi marta Belgiyada 1915 yilda qabul qilingan.

Ko’plab mamlakatlarda mintaqaviy siyosat o’zining ichki imkoniyatlari va shart-sharoitlaridan kelib chiqib, turli hududlar uchun turlicha qo’llanilishi mumkin. Masalan, tug’ilishni kamaytirish siyosati nihoyatda qattiq yo’lga qo’yilgan Xitoyning zichlik ko’rsatkichlari ancha past bo’lgan Uyg’ur-Syangan avtonom okrugi va Tibet uchun oilada bolalar soni cheklanmagan.

Rivojlangan mamlakatlar orasida Yaponiyaning bu sohadagi tajribasi alohida afzalliklarga ega. Aniq maqsadga yo’naltirilgan uzoq muddatli dasturlar izshil amalga oshirilishi natijasida Yaponiya tarixan qisqa davr ichida dunyodagi eng taraqqiy etgan mamlakatlar safidan joy oldi. Yaponiya mintaqaviy iqtisodiy siyosati er va tabiiy resurslarning cheklanganligidan, kishilar faoliyatini tabiiy sharoit bilan uyg’unlashtirish zaruratidan, mamlakat turli hududlari aholisining turmushi bo’yicha bir xil sharoit yaratish talabidan kelib chiqadi.

Umuman, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining har bir bosqichida mintaqaviy dasturlar ishlab chiqish jamiyat va davlat oldida turgan maqsad va vazifalardan, ularning miqyosi va amalga oshirish imkoniyatlaridan kelib chiqib belgilanadi. Yaponiyada moddiy va moliyaviy resurslar hamda ishlab chiqarish quvvatlarini kam rivojlangan, “nomarkaz” mintaqalarga jalb etishning tez moslashuvchan va qulay usuli barpo etildi.




Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish