Birinchi yo’nalish - kam rivojlangan va sanoat taraqqiyoti past mintaqalarda infratuzilma ob’ektlarini barpo etish va ularning boshqa rayonlar bilan aloqalarini yaxshilash. Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda davlat bevosita ishlab chiqarishga aralashmaydi, lekin tadbirkorlarning samarali faoliyat yuritishlari uchun iqtisodiy va huquqiy sharoitlarni yaratish davlatning birinchi darajali vazifasi hisoblanadi. Avtomobil va temir yo’llar, elektr tarmoqlari, gaz va suv quvurlari, aloqa liniyalari mavjudligi bunday hududlarda tadbirkorlikning rivojlanishiga katta yordam beradi. Hozirda bizning mamlakatimizda qishloq aholi punktlarini tabiiy gaz va ichimlik suvi bilan ta’minlash bo’yicha muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |