Ishlab chiqarishni hududiy oqilona tashkil etish qonuniyati - bu qonuniyatga asosan, ilmiy texnik taraqqiyotning (ITT) yangi yutuqlarini hisobga olgan holda, ishlab chiqarish korxonalarini iloji boricha xom-ashyo manbalariga yaqin joyda joylashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Ishlab chiqarishning hududiy ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi qonuniyati - bunda biron bir hudud ichida ixtisoslashuv va korxonalar o’rtasida eng takomillashgan ishlab chiqarish aloqalarini o’rnatish hamda ularning tashqi iqtisodiy aloqalardagi keng hamkorligi ko’zda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |