O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


- jadval Sug’orishni rivojlantirish va sug’oriluvchi qishloq xo’jaligida suvga talab10



Download 9,72 Mb.
bet168/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

46- jadval
Sug’orishni rivojlantirish va sug’oriluvchi qishloq xo’jaligida suvga talab10

Daryo basseyni

Maydon va suvga talab rivojlanishi stsenariylari

2010

2025

Minimum

Optimum

Maksimum

Minimum

Optimum

Maksimum



mln. ga

km³

mln. ga

km³

mln. ga

km³



















Amudaryo

2,3

37,0

2,6

34,0

2,9

33,0

2,3

27,0

2,9

35,0

3,9

39,0

Sirdaryo

1,8

22,0

1,9

21,0

2,0

20,0

1,9

22,0

2,0

20,0

2,3

20,0

Jami

4,1

59,0

4,5

55,0

4,9

53,0

4,2

49,0

4,9

55,0

6,2

59,0

“Barqaror rivojlanish – jamiyat taraqqiyotining eng muhim zamonaviy tamoyillaridan biri. Unga binoan jamiyatning eng muhim maqsadi – rivojlanishning uzluksizligini, uning barqaror xarakterini ta’minlashdir. Barqaror rivojlanish o’z ichiga iqtisodiy, ekologik, demografik va boshqa komponentlarni qamrab oladi va nafaqat hozirgi kunda yashovchilar, balki kelajak avlodlarning munosib turmush darajasini ta’minlashni ko’zda tutadi”11.

Barqaror rivojlanishni ta’minlashga jiddiy ta’sir etuvchi omillardan biri suv tanqisligi muammosidir.

Suv resurslarining dunyo miqyosida notekis taqsimlanganligi ko’pgina mintaqalarda suv tanqisligi muammosi kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda. Xususan, Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotida muhim hisoblangan Sirdaryo va Amudaryo Qirg’iziston va Tojikistonning tog’li hududlarida shakllanadi. Mintaqaning bu ikki yirik transchegaraviy daryolaridan biri –Sirdaryo Qirg’iziston, Tojikiston, O’zbekiston, Qozog’iston Respublikalarining janubidan, ikkinchisi – Amudaryo esa Tojikiston, Afg’onistonning shimolidan, Turkmaniston, O’zbekiston Respublikalari hududidan oqib o’tadi. Sirdaryo havzasining ko’p yillik o’rtacha oqimi 36 mlrd.m³ ni, Amudaryoniki esa 78 mlrd.m³ ni tashkil etadi. O’zbekiston iqtisodiyoti tarmoqlarida yiliga o’rtacha 52 mlrd. m³ suv ishlatiladi. Shundan 22 mlrd. m³ Sirdaryo havzasiga, qolgan qismi Amudaryo havzasiga to’g’ri keladi. Shuningdek, Sirdaryo havzasida 6,3 mlrd.m³, Amudaryo havzasida 5,1 mlrd. m³ suv resurslari O’zbekiston hududida shakllanadi, qolgan katta qismi yuqorida qayd etilgan transchegaraviy daryolardan olinadi.

Sirdaryo havzasida daryo oqimini tartiblashtirish maqsadida bir necha suv omborlari qurilgan. Ulardan eng yirigi To’xtagul suv ombori bo’lib, hajmi 19 mlrd. m³ dan iborat. Qirg’iziston Respublikasida 1970 yillar o’rtalarida Sirdaryoning asosiy irmog’i hisoblanmish Norin daryosiga To’xtagul suv ombori qurildi. Bundan ko’zlangan maqsad qurg’oqchil va seryog’in yillardagi suv oqimi hajmini tenglashtirgan holda O’zbekiston va Janubiy Qozog’istondagi paxta, bug’doy, sholi kabi ekin maydonlarini sug’orishda samarali foydalanishdan iborat edi. Bu suv omboriga va undan quyiroqdagi to’rtta suv omborlarga qurilgan kaskad GESlarning gidroenergetik quvvati 2 870 MVt ni tashkil qiladi. Sobiq Sovet hukumatining 1984 yilgi 413 – raqamli Protokoliga muvofiq, to’plangan suvning yil davomida taqsimlanishi oqimi 75 foizga 25 foizga nisbatda bo’lishi kelishib olingan, ya’ni suvning katta qismi vegetatsiya davriga (aprel – sentyabr) to’g’ri kelib, qish davridagi oqim esa 180 m³/sek.dan oshmasligi kerak edi. Yozda olingan elektroenergiya Markaziy Osiyo elektro – energetika tizimi orqali O’zbekistonning Farg’ona va Janubiy Qozog’iston mintaqasidagi iste’molchilarga etkazilardi. Qirg’istonda qish mavsumidagi issiqlik va elektroenergiyaga bo’lgan ehtiyojlar O’zbekiston va Qozog’istondan keltiriladigan yoqilg’i hisobiga qoplanardi12.

Bu davlatlar mustaqillikka erishgandan so’ng yuqoridagi kelishuvni bajarish murakkablasha boshladi. Iste’molchilar yonilg’i isitish tarmog’idan gidroenergiya isitish tarmog’iga o’ta boshladilar. Markaziy Osiyo transchegaraviy daryolarning yuqori oqimidagi davlatlar qish davrida suv oqimini elektroenergiya olish uchun oshirib, yoz oylarida esa suv zahirasini to’plash maqsadida qisqartira boshladilar.

Bu, o’z navbatida, daryolarning o’rta va quyi qismida, O’zbekiston va Qozog’iston davlatlaridagi qishloq xo’jaligi sug’orish tizimlarida suv taqchilligini keltirib chiqara boshladi. Qishda esa kanal va irmoqlarning muzlashi va erlarni suv bosishi ko’payib bordi.

Hattoki, quyi oqimdagilar yirik suv oqimini boshqara olmay, uning katta qismini Aydarko’l kabi botiqlarga tashlay boshladilar. Masalan, 1990 – 2009 yillarda oqim hajmi vegetatsiya davrida 8,5 mlrd. m³ dan 5,3 mlrd. m³ gacha qisqargan holda, qichki novegetatsiya davrida 3,2 mlrd. m³ dan 8,7 gacha ko’tarilgan (47-jadval).



47-jadval


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish