44 - jadval
Hozir mavjud suv resurslarinin taqsimoti, million m³
Daryo basseyni
|
Daryo
|
Er osti suvi
|
Zaxkash
kollektor
foydalanish
uchun tavsiya
etilgan
|
Mavjud suv
resurslari
|
|
O’zak oqim
|
Kichik
|
Jami
|
|
|
|
Sirdaryo
|
10,490
|
9,425
|
19,915
|
1,590
|
2,600
|
24,105
|
Amudaryo
|
22,080
|
10,413
|
32,493
|
301
|
2,310
|
35,104
|
O’zbekiston uchun jami
|
32,570
|
19,838
|
52,408
|
1,891
|
4,910
|
59,209
|
Vaxsh va Panj daryolari qo’shilib hosil bo’ladigan Amudaryo hamda Norin va Qoradaryo va Toshkent yaqinida Chirchiq daryosi qo’shilib, hosil bo’ladigan Sirdaryo bosh daryolar hisoblanadi. Amudaryo basseyni Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshonlarni qamrab oladi, ammo faqat Qashqadaryo va Sherobod daryolari butunligicha O’zbekiston hududida joylashgan. Bosh daryolarga qo’shimcha O’zbekistonda17,7 mingdan ortiq tabiiy suv oqimlari mavjud. Sathi 700.000 ga bo’lgan Amudaryo deltasi tabiiy suv-botqoqlik tizimini tashkil qilib Orol dengizi inqirozi tufayli sezilarli darajada o’zgardi.
Daryolar – O’zbekistonning suv resurslari qo’shni Tojikiston va Qirg’iziston bilan uzviy bog’langan. Ichki va O’zbekiston hududini kesib o’tuvchi transchegaraviy daryolar yillik yuza suv resurslari 99,5 km³ ga teng bo’lib, uning faqat 12,2 km³ qismi mamlakatimiz mintaqalarida hosil bo’ladi.
Orol dengizi va uning qirg’oq zonasi transchegara suv oqimlarining yillik miqdori bilan ta’minlanadi, bunda14,5 km³/yil miqdordan kam bo’lmagan limit suv olinadi. Bu miqdor Amudaryo uchun10 km³/yil miqdordan va Sirdaryo uchun4,5 km³/yil dan tashkil topgan. Ushbu limitlarga rioya qilish har bir yilda mavjud suv miqdori va foydalanuvchilar tomonidan suvdan oqilona foydalanishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish qobiliyatiga bog’liq. Delta va qirg’oq ekotizimlarni zarardan muhofaza qilish maqsadida O’zbekiston qirg’oq va delta ichi ko’llar va dengiz ko’rfazlarini o’rnini bosuvchi sun’iy ravishda boshqariladigan havzalar tizimini yaratishni va o’rmon melioratsiya choralarini rejalashtirgan. Ushbu maqsadda, mamlakatda mavjud suvning o’rtacha3,0 km³ yilda Amudaryoning quyi oqimida Qiziljar tarafiga oqizilishi mo’ljallangan. Suv mavjudligiga qarab, oqizilgan suv miqdori yiliga0,5 va4 km³ /yil(2005 yil) orasida bo’ldi.
Muzliklar – O’zbekiston Respublikasi hududida Surxondaryo, Qashqadaryo, Piskom daryolarining yuqori qismida umumiy muzlash maydoni 141,54 kv.km. bo’lgan 486 ta tog’ muzligi mavjud. Ularning zahirasi suvga bo’lgan ehtiyojni qondira olmaydi.
Ko’llar – O’zbekiston hududida umumiy maydoni 8785 kvadrat km.ni tashkil etgan 505 ta ko’l bor. Aksariyatining yuza maydoni 1 kv.km.dan kam kichik havzalar bo’lgan bu ko’llar ulushiga ko’llar umumiy sonining 95 foizi va umumiy maydonining faqatgina 3 foizi to’g’ri keladi. Keyingi 20 yil davomida tekislik ko’llari rejimida antroprogen omillar salmog’i oshdi. Tabiiy rejimda to’yinadigan ko’llar umumiy soni keskin kamayishi va sug’oriladigan dehqonchilik hududlari chekkalari bo’ylab havzalarning yangi turi – irrigatsiya – tashlama ko’llar vujudga kelishi kuzatilmoqda. Misol uchun, Arnasoy botig’ida Chordara suv omboridan tashlangan suvlar hamda Mirzacho’l kollektor – zovur suvlaridan Aydarko’l hosil bo’ldi. Undagi suv hajmi 45 km. kubdan iborat.
O’zbekistonda chamalangan regional suv zahirasi18.455 million m³/yilga teng. Jami amalda olinadigan suv miqdori 7.749 million m³ /yilga teng bo’lib bu chamalangan zahiraning taxminan 42 foizini tashkil qiladi.
5 - jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |