O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti


Suv resurslaridan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish



Download 9,72 Mb.
bet165/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

2.Suv resurslaridan samarali foydalanish va uni muhofaza qilish.

Quruq iqlim sharoitida suvning ahamiyati beqiyos ulug’vor, axir bekorga aytilmaganku: “suv bor joyda hayot bor” deb. Darhaqiqat suv Er kurrasi miqyosida ulkan ahamiyat kasb etadi, suv sayyoramizning gidrosfera qobig’ini tashkil qilgan holda boshqa qobiqlar bilan mustahkam o’zaro aloqada, bog’liqlikda mavjuddir. Markaziy Osiyo yoki Orol dengizi hududi ulkan bekiq (okeanga chiqmaydigan) havza bo’lib, tog’li qismida vujudga kelgan suv oqimi butunlay xalq ho’jaligi sohalarida sarflanadi. Suv taqchil bo’lgan bu o’lkada ishlab chiqarishni rivojlantirish suv resurslariga juda bog’liq.

O’zbekiston suv resurslarini Orol dengizi havzasi miqyosida o’rganish joiz. Chunki, respublika hududini ikki yirik daryo: Amudaryo va Sirdaryo kesib o’tgan, ularning suv olish havzalari Tyan-Shan va Pomir-Oloy tizimi tog’larida joylashgan. O’zbekistonda eng yirik daryo Amudaryo hisoblanadi. Uning tog’ qismida suv oluvchi havzasi 227 ming km2, uning havzasidan har yili o’rtacha 79 km3 suv oqib o’tadi. Shundan respublika hududida taxminan 6 km3 (7,5 foiz) suv oqimi vujudga keladi. Sirdaryoning tog’li qismidagi suv oluvchi havzasi maydoni 150 ming km2, ushbu havzada har yili o’rtacha 38 km3 suv oqib o’tadi. Shundan taxminan 4 km3 (qariyb 10 foiz) suv O’zbekistonda vujudga keladi. Qirg’iziston va Janubiy Qozog’istondagi berk botiqlarining suv oqimi 10,2 km3 ni tashkil qiladi. Orol dengizining o’rtacha yillik suv hajmi 126,9 km3.

O’zbekiston va unga qo’shni mamlakatlarning aksariyati Orol dengizining ichki drenaj basseynida joylashgan bo’lib, transchegaraviy suv resurslarini baham ko’rishadi. Chuchuk suvning taqchilligi hozirda eng katta ekologik muammo hisoblanadi va kelajakda muammo bo’lib qoladi, chunki suv hosildorligi past sho’rlangan erlarni qishloq xo’jaligi mahsulotini olish maqsadida sug’orish uchun hal qiluvchi resurs hisoblanadi. Drenaj kollektorlar suvini daryolarga oqizish va suv tozalash tizimlarining samarasizligi suv resurslari sifati pasayishiga va suv sho’rligi ortib borishiga olib kelmoqda.

Suv resuslaridan foydalanish jihatidan O’zbekistonning tabiiy sharoiti ancha noqulay. Markaziy Osiyo gidrografiya tarmog’ida suv havzalari va resurslar juda notekis joylashgan. Suv resurslariningfaqat taxminan 10 foizi mamlakatda hosil bo’lishi tufayli O’zbekiston qo’shni mamlakatlardan oqib kiradigan suvga yuqori darajada bog’liq. Ekologik imkoniyatlarni hisobga olmay suv resurslaridan foydalanish ham suv sifati yomonlashgani va ichimlik suvi bilan ta’minlashda tang vaziyatga olib keldi.

O’zbekistonning ikkinchi atrof-muhit holati sharhi(AQSh) paytida bo’lib o’tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2009 Butunjahon suv kuni mavzui “Baham ko’rilgan suv – baham ko’rilgan imkoniyatlar” bo’lib unda qisman Orol dengizi basseynida oxirgi o’n yilliklarda suvdan foydalanish tufayli yuz bergan, nafaqat Markaziy Osiyoda, balki dunyoda eng tashvishli suv inqirozlaridan biri, Orol dengizi falokatiga diqqat jalb qilindi.



Er usti suv resurslarining eng ko’p miqdori(90 foizga yaqin) qo’shni mamlakatlarning tog’li hududlarida hosil bo’ladi. Ichki suv resurslari ko’l, er osti suv resurslari, daryolar va muzliklar suv resurslaridan iborat. Yirik va kichik daryolar, shuningdek er osti suvi O’zbekistondagi qimmatli suv resurslarining asosiy tarqibiy qismlari hisoblanadi.

Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish