Ishsizlar soni va ishsizlik darajasi
Yillar
|
Ishsizlar soni, ming kshii1)
|
Ishsizlik darajasi,
Foizda
|
|
jami
|
shu jumladan:
|
jami
|
shu jumladan:
|
|
ayollar
|
erkaklar
|
ayollar
|
erkaklar
|
2011
|
622,4
|
274,7
|
347,7
|
5,0
|
4,8
|
5,1
|
2012
|
626,3
|
275,4
|
350,9
|
4,9
|
4,7
|
5,0
|
2013
|
639,7
|
281,1
|
358,6
|
4,9
|
4,7
|
5,0
|
2014
|
687,0
|
301,5
|
385,5
|
5,1
|
4,9
|
5,2
|
1) Mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza kilish vazirligi ma’lumotlariga asosan
Ishchi kuchi eksporti – ishchi kuchining biror mamlakatga ma’lum muddatga shartnoma asosida foydalanish sharti bilan sotilishidir. U boshqa eksport tovarlaridan ma’lum muddatga foydalanilishi bilan farq qiladi. Ishchi kuchi eksporti talaygina foydali jihatlarga ega. Chunonchi:
mamlakatimizda ishchi kuchi taklifiga talab etarli darajada emas. Ishchi kuchi eksporti esa, bu muammoni hal etishga yordam beradi. Eksport natijasida ishsizlar ma’lum ish bilan ta’minlanadilar;
ishchi kuchini jahon bozoriga chiqarish raqobatchilik muhitining ancha sifatlilik, mukamallik, ishonchlilik kabi bir qancha talabalarni qo’yadi. Bozordagi mavjud muddatli raqobatga bardosh bergan har qandaytovar, tabiiyki, ichki bozorda ham yuqori sifatga va yuqori qimmatga ega bo’ladi. Shu bilan birga jahon mehnat bozoriga tovarlar – ishchi kuchi eksporti ilg’or mamlakatlar tajribasini, zamonaviy mukammal texnologiyalar sirini yanada puxtaroq egallashda yuqori sifatga erishish, o’z kasbi bo’yicha zarur axborotlar hajmini kengaytirib, malakaviy samaradorlik darajasini mustahkamlash imkonini beradi;
xorijiy mamlakatda malaka oshirayotgan ishchi kuchida til o’rganish imkoniyati paydo bo’ladi;
ishchi kuchi eksportidan kelgan tushum YaMMning tarkibiy qismi bo’lmish milliy daromad o’sishiga olib keladi;
ishchi kuchi eksporti, o’z navbatida, malakali ishchi kuchi importining kamayishiga olib keladi. Natijada respublikamizning malakali ishchi kuchiga bo’lgan talabi o’z ishchi kuchi hisobiga qondiriladi va ortiqcha xarajatga hojat qolmaydi;
eksport qilingan ishchi kuchi mamlakatga chet el valyutasi tushumini ko’paytiradi.
O’zbekistonning eng muhim muammolaridan biri – aholini mehnat bilan band qilish hududiy dasturlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Har yili o’rtacha 350 ming yangi ish joylari, asosan aholining ko’payishi va yashirin ishsizlik darajasi yuqori bo’lgan qishloq joylarda yaratilmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko’ra, mamlakatimizda ishsizlik ko’rsatkichlari yuqori emas.
Aholi bandligining tarmoqlar bo’yicha o’zgarishini tahlil qilish shuni ko’rsatmoqdaki, qishloq va o’rmon xo’jaligida ortiqcha ishchi kuchlarining boshqa sohalarga o’tishi natijasida bu sohalarda bandlar deyarli kamaydi. Aholi bandligining umumiy miqdori qurilish, uy-joy, kommunal va maishiy xizmatning noishlab chiqarish turlarida, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohalarida, shuningdek, bozor infratuzilmasi sohalarida ya’ni moliya, kredit, sug’urta muassasalarida, boshqaruv idoralarida o’sdi.
Respublikada bandlik muammosining echimi xususiy tadbirkorlik, kichik va o’rta biznesni rivojlantirish istiqbollari bilan chambarchas bog’liq bo’lib, shu nuqtai nazardan, ushbu sohaning rivojlantirilishi uchta asosiy maqsadni ko’zlaydi, mavjud bo’lgan kichik korxonalarni qo’llab-quvvatlash; kichik biznesning yangi sub’ektlari yaratilishi, norasmiy asosda ishlayotgan kichik korxonalarni asta-sekinlik bilan rasmiy sektorga birlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |