O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi namangan muhandislik-qurilish instituti



Download 9,72 Mb.
bet138/209
Sana31.12.2021
Hajmi9,72 Mb.
#242640
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   209
Bog'liq
Mintaqaviy iqtisodiyot maruza matni-2

Kichik korxonalarga bevosita moliyaviy yordam ko’rsatish.

Bozor iqtisodiyotiga o’tayotgan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, shu kabi faol tadbirkorlar uchun qo’llanilgan multiplikatsiya ta’sirida moddiyishlab chiqarishning turli xil tarmoqlarida va xizmat sohalarida yangi ish joylari yaratish imkoniyatlari ko’payadi. Ishchi kuchining mehnat bozorida davomli taklifi demografik rivojlanishga bog’liq bo’ladi, shu bilan ta’lim, sog’liqni saqlash, aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohalaridagi bevosita davlat siyosati ta’siriga, soliq, pul-kretid, hududiy siyosatga ham to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’ladi.

Bu bandlik ta’minlanishida mehnatni tartibga solish milliy siyosati asosida majmuali yondashuv tushuniladi. Shunga muvofiq, ushbu siyosatning maqsadlari strategiyasi (qisqa, o’rta va uzoq muddatli) aniqlanadi. Yaqin kelajakdagi tadbirlar dasturi ishsizlarga vaqtincha moddiy yordam ko’rsatish bilan ularga ko’mak berish va ishsizlikning oldini olish masalarini o’z ishiga olishi kerak. Ishchi kuchiga talabni rag’batlantirish, yangi ish joylarini yaratish va sarmoya faoliyatini jonlantirish, ish haqi va daromadlarni tartibga solish o’rta muddatli rejada bosh bo’g’in hisoblanadi.

Uzoq muddatli davomli mehnat qilishni xohlaganlarning hammasiga erkin, unumdor (daromad) bandlik uchun kerakli bo’lgan sharoitlar yaratish ko’zda tutiladi. Butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlash, avvalo, zamonaviy texnologiyalarni keng joriy qilishga ya’ni talabga ko’ra, zaruriyatni hisobga olgan holda, ishchi kuchining malakasi, kasbiy bilimi mahorati va saviyasiga bog’liq bo’ladi.

Birinchidan, mehnat bozoriga chiqadigan, ayniqsa, avval uy xo’jaligida va norasmiy sektorlarda band bo’lgan barcha toifadagi ishchi kuchining zamonaviy maxsus kasb-hunar bilan qamrab olinishini ta’minlash zarur.

Ikkinchidan, mehnat bozoridagi ishchilarning raqobatbardoshligini va moslashuvchanligini oshirish, kerak bo’lganda kasbiy yoki mehnat faoliyatini almashtirish uchun shart-sharoit yaratish maqsadida tor doiradagi mutaxassislikdan kompleks kasblarga tayyorlash va yangi texnologiya bo’yicha o’qitishga o’tish lozim. Bu, birinchi navbatda, bo’shatilgan ishchilarga tegishli bo’lsa, maqsadga muvofiq bo’ladi.

Uchinchidan, kasb ta’limining milliy tizimi mehnat bozori ko’rsatkichlari va talablariga javob berishi va unda ma’lum kasb yoki mutaxassislikka oid ishchi kuchiga bo’lgan talab to’liq hisobga olinishi kerak.

Ishsizlikda, tavakkalli yoki majburiy bandsizlik ham mavjud bo’lib, unga nogironlar, yosh bolali onalar, malakasiz ishchilar, kasbiy tayyorgarlikka ega bo’lmagan yoshlar duchor bo’ladilar.

Nogironlarni unumli band qilish maqsadida ularning imkoniyati cheklanganini va mehnatga loyiqlik darajasini baholab, ishga joylashishiga ko’maklashish lozim. Bunda ish beruvchilarning qiziqishlarini oshirish uchun majburlash choralariga nisbatan moliyaviy va boshqa rag’batlantirishlar samaraliroq hisoblanadi. Bularga rioya qilmagan korxonalar nogironlarni reabilitatsiyalash jamg’armasiga jarima to’laydilar. Tushgan mablag’lar nogironlarni kasbiy reabilitasiyalash bo’yicha xizmatlarni moliyalashtirishga, kvotadan ortiq joylarni yaratadigan ish beruvchilarni rag’batlantirishga, maxsus ustaxonalarni jihozlashga va pul bilan ta’minlashga sarflanadi.

Yosh bolali ayollarni muvaffaqiyatli va oqilona ishga joylashtirishning o’ta muhim jihatlari mavjud:



  • xizmatlari arzon baholi maktabgacha tarbiya muassasalarining mavjudligi;

  • mehnat bozori tomonidan talab qilinadigan ta’lim va malakani oshirish;

  • ishlab chiqarishdagi mehnat bilan bolaga qarash va uy xo’jaligini olib borishga imkon beradigan tartibli ishlar uyg’unlashuvini tashkil etish.

Yoshlarni malakali o’qitish bilan ularning shaxsiy korxonalari yaratilishini uyg’unlashtiradigan dasturlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu samarali usul bo’lib, unga yoshlarni mehnat bozoriga kirichidan oldin kasbiy yo’nalishda tayyorlash yo’li bilan asosiy ijtimoiy hayotga hozirlash orqali erishildi.

Mehnat resurslari bilan ko’p ta’minlangan respublikamiz mehnat bozori rivojlanish kontseptsiyasining asosiy maqsadi – mehnatga layoqatli aholi bandligining kamayishi, ishsizlikning o’sishi, yangi ish joylari yaratilishining sustligi mehnat unumdorligining pasayishi, inflyatsiya mavjudligi, mulkchilikning turli shakllari sekinlik bilan amalga oshirilishi, haqiqiy mehnat daromadlari kamayishi kabi sharoitlarda ishchi kuchiga talabni oshirish va uning taklifini kamaytirish bo’yicha kompleks tadbirlar ishlab chiqishdan iborat. Ular o’tish davrida O’zbekiston milliy iqtisodiyotini chuqur tarkibiy o’zgartirish va erkinlashtirish hamda, isloh qilishning strategik maqsadlariga asoslanib ishlab chiqiladi.

Buni hisobga olgan holda mazkur kontseptsiyaning strategik maqsadlari qilib quyidagilarni belgilash mumkin:


  • ijtimoiy yo’naltirilgan mehnat bozorini bosqichma-bosqich shakllantirish;

  • ish bilan band bo’lmagan mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlovchi hamda ishchi kuchiga bo’lgan talab va taklifni tartibga soluvchi mustahkam rivojlangan mahalliy hamda xorijiy bandlik xizmati tashkilotlari tizimini takomillashtirish;

  • yangi ish joylarini tashkil etishga, aholining bandlik darajasini oshirishga va ishlab chiqarish salohiyatidan unumli foydalanishga asos bo’luvchi chuqur iqtisodiy tarkibiy islohotlarni shakllantirish;

  • aholining ish bilan oqilona bandligini shakllantirish;

  • qayta ishlash sanoati, xizmat ko’rsatish va shaxsiy mehnat tarmoqlarida yangi ish joylarini yaratish, o’smirlar, ko’p bolali ayollar, nafaqaxo’rlar va nogironlar uchun mehnatning kafolatlashtirilgan mintaqalarini tashkil qilish;

  • ishchi kuchiga talabni oshirish va ishsizlikning kamayishini ta’minlovchi kichik va o’rta biznes hamda xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish;

  • mulkchilikning ijara, jamoa, xissadorlik va xususiyshakllari va shaxsiy yordamchi xo’jaliklarni rivojlantirish;

  • ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishni mahalliy va xorijiy samarali texonologiya va texnika bilan ta’minlash;

  • sanoat korxonalari va ishlab chiqarish ijtimoiy infratuzilmasi ob’ektlarini vujudga keltirish;

  • mahalliy xodimlarning malakasini, raqobatbardoshlgini va chet elga yuborilishi ko’lamini oshirish, ularda yangi iqtisodiy, ma’naviy va mafkuraviy tafakkurni shakllantirish;

  • har bir band bo’lmagan kishiga ixtiyoriy va mustaqil ish joyini tanlash hamda mehnat qilish imkoniyatlarini yaratish;

  • mehnat bozori, ishsizlik va aholi bandligidagi jarayonlarni tartibga soluvchi iqtisodiy, tashkiliy hamda xususiy mexanizmlarni takomillashtirish.

Mazkur maqsadlarga uzluksiz erishish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi mehnat bozori rivojlanishining asosiy bosqichlari va vazifalarini aniq belgilash zarur.


Download 9,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish